bimm.uz
СтатистикаOliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti 📞 71-202-01-15 📧 info@bimm.uz 🌐 www.bimm.uz 📲 https://www.instagram.com/bimmuz/ 📲 https://www.facebook.com/bimmuz 📲 https://www.youtube.com/c/bimmuz_official
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 70
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 550
- 1/48двое суток
- 1 776
- 1/72трое суток
- 1 915
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#AQShSImalaka_oshirish O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari AQShda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda AQShning Rowan universitetida “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturi davom etmoqda. 🔗 https://new.bimm.uz/d/news/training/4046-ozdjtu-professor-oqituvchilari-aqshda-xalqaro-malaka-oshirish-dasturida-ishtirok-etmoqda Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Malaka_oshirish #AQSh #SunʼiyIntellekt “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” dasturi: OTT mutaxassislari AQSHda xalqaro malaka oshirmoqda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamkorligida AQSHning Rowan University universitetida tashkil etilgan “Ta’limda sun’iy intellekt: nazariya, liderlik va amaliyot” xalqaro malaka oshirish dasturi qizg‘in davom etmoqda. Dastur ishtirokchilari sun’iy intellektning nazariy asoslari, AI platformalarini ta’lim jarayonlari va universitet boshqaruviga joriy etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/197486 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇵🇱🇺🇿 POLSHA - O‘ZBEKISTON XALQARO QO‘SHMA MALAKA OSHIRISH KURSI Polshaning QS World University Rankings 2026 reytingida TOP-900 talikdan o‘rin olgan Gdansk universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorligida professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro qo‘shma malaka oshirish kursiga qabul e’lon qiladi. 📅 Kurs muddati: 2026-yil 14-sentabrdan 15-oktabrgacha 🌍 Dastur ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2 hafta — Gdansk, Polsha (Gdansk universiteti ) 2 hafta — Toshkent, O‘zbekiston (O’zDJTU Tarmoq markazida) 💰 Kurs narxi: 3000 AQSh dollari. Dastur narxiga quyidagi xizmatlar kiradi: – 144 soatlik xalqaro malaka oshirish kursi. – Shengen vizasini rasmiylashtirish. – Ikki tomonga aviachipta. ✨ Qo‘shimcha to‘lov evaziga ishtirokchilar uchun Yevropaning bir qator davlatlariga sayohatni o‘z ichiga olgan "EURO TOUR" dasturi ham tashkil etilishi mumkin. Mazkur dastur ishtirokchilarga Yevropa ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni egallash hamda xalqaro sertifikatga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. ⏰ Arizalar 2026-yil 3-avgustga qadar qabul qilinadi. 📍 Manzil: O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +998 90 977 49 07 https://t.me/narimanbekovna ‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan. Xalqaro malaka oshirish kursiga atigi 25 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Bugunoq ro‘yxatdan o‘ting va xalqaro ta’lim tajribasi sari muhim qadam tashlang.
Hurmatli Prezident! Sizning rahnamoligingizda mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ilm-fan va ta’lim sohasini izchil rivojlantirish, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyatga ega avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, ularning malakasini muntazam oshirish, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish hamda ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga qaratilgan e’tiboringiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan har bir mutaxassisga yuksak mas’uliyat va fidoyilik ruhini bag‘ishlamoqda. Ushbu qutlug‘ kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq va barakali umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#FarDU_MM Joriy yilning 20-iyul kuni Samarqandda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi hamda Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida: ✅ malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish; ✅ o‘quv-metodik materiallarni takomillashtirish; ✅ professor-o‘qituvchilar hamda trenerlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish; ✅ sun’iy intellekt va raqamli ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish; ✅ qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va tadqiqotlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu hamkorlik ikki mintaqaviy markaz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy va raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim tizimida ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga xizmat qiladi. @fardu_mm
видео или голосовое, без подписи
#Хавфсиз_ва_соғлом_юрт 📞 Фирибгарлар сизни алдашига йўл қўйманг! Фирибгарлар кўпинча ўзини банк ёки давлат идораси ходими сифатида таништириб, карта маълумотлари, СМС-кодлар ёки пул ўтказишни талаб қилади. ⚠️ Унутманг: 🔹 Ҳеч кимга банк картангиз маълумотлари ва тасдиқлаш кодларини берманг. 🔹 "Хавфсиз ҳисоб"га пул ўтказиш ҳақидаги гапларга ишонманг. 🔹 Шубҳали қўнғироқларни дарҳол якунланг. 📢 Қўнғироқни тугатинг. Текширинг. Хабар беринг! Telegram | Youtube | Instagram | Facebook
#MalakaOshirish Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy anjuman Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Shuningdek, anjumanda ta’lim tizimidagi global transformatsiya jarayonlari sharoitida pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, malaka oshirish tizimini takomillashtirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini baholashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi “Ta’lim tizimining transformatsiya jarayonlarida pedagog kadrlar kasbiy salohiyatini malaka oshirish mexanizmi asosida rivojlantirish: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” FarDU huzuridagi mintaqaviy markaz, 2026-yil, 20-iyun. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи