tgindex
O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi

O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi

Статистика
@birlashaВидеоузбекский

"O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi"ning telegramdagi rasmiy kanali https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag https://www.youtube.com/channel/UC2x-Jur9W3HOGE32XNayATw

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 035
−4 за 4 дн.
Сутки
−5
−0,48%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
826
21 постов
Вовлечённость
79,8%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
426
1/48двое суток
488
1/72трое суток
526

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • “Shuhrat” medali sohibi Ma’rufjon Azimov ovoz yozish studiyasida taniqli xonanda Otabek Madrahimov qo‘shig‘iga doirada jo'r bo'lish jarayonidan lavha. Ustozning ijro paytida doiradagi har bir tovushga, har bir usulga hamda qochirimlarga mohirona va yuksak musiqiy did bilan yondashishlari musiqiy asarni jozibadorligini yanada oshiradi. Shuningdek, aynan Ma'rufjon Azimov ijrolaridagi aniqlik, o'ziga xoslik qo‘shiqning milliy ruhini yanada boyitib, ijroga o‘ziga xos badiiy bezak bag‘ishlaydi hamda tinglovchini o'ziga rom etadi. Bularning barchasi ustozning har jihatdan mukammal doira ijrochisi ekanliklaridan yana bir bor dalolat. Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • O'z davrining mohir doirachilaridan biri, Avstriyada bo'lib o'tgan VII Jahon festivali laureati Ravshanbek Akbarbekov 1940-yili Toshkentning Eski shahar mavzesida tavallud topgan. U kishi "Bahor" ansambli repertuarlarida milliy va xorijiy kuylar jumladan, afg'oncha, eroncha, kubincha, angolcha, qrim-tatarcha, mozambikcha, yaponcha, koreyscha, kavkazcha kabi ko'plab xalqlar musiqasi usullarining mohir ijrochisi bo'lgan. Masalan, "Bahor" ansambli Bolgariyadagi festivalda ushbu xalq kuyini ijro etishadi. Ravshan aka esa bu kuyga doirada qoyilmaqom usul beradi. Bundan zavqlangan bolgar xalqining mashhur sozandasi Ravshan akaning qo'lini o'pib qo'ygan edi. Shuningdek, ustoz sozanda afg'on qo'shiqchisi Xiyol, ozarbayjon xalq artisti Rashid Bebutov qo'shiqlariga doirada jo'r bo'lganlar. Ravshan Akbarbekov 300 dan ortiq bastakorlar kuylariga shu jumladan, "Samarqand bahori", "Yetti go'zal", "Besh qarsak", "Alyor", "Paxta", "Buxoro to'lqini", "Bast", "Katta o'yin" kabi raqslar hamda ko'plab xonandalar qo'shiqlariga doiradagi ijrosi bilan o'ziga xos jilo bergan. U kishi O'zbekiston xalq artisti Tamaraxonim, Mukarrama Turğunboyeva, Galya Izmaylova, Tamara Yunusova, Gulnora Mavayeva, Qunduz Mirkarimova, Malika Qalandarova, Qizlarxon Do'stmuhammedova, Malika Ahmedova, Dilafruz Jabborova kabi xalq sevgan raqqosalar bilan ijodiy hamkorlikda ishlagan. Ravshan akaning shogirdlaridan bo'lgan O'zbekistonda xizmat kõrsatgan artist, professor Dilmurod Islomov shunday xotirlaydi: "Hech yodimdan chiqmaydi. Ijodiy safarlar chog'ida qrim-tatar ansambli rahbari har doim katta-katta konsertlarda Ravshan akani o'z ansamblida doirada ijro etib berishini iltimos qilib kelishardi". O'z kasbining mohir ustasi Ravshanbek Akbarbekov 1993-yili olamdan o'tdi. https://t.me/birlasha

  • Bugun 13-avgust o'zbek doira san'ati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan ustoz sozanda, Avstriyada bo'lib o'tgan VII Jahon festivali laureati Ravshanbek Akbarbekov tavallud topgan kun. (1940-1993) Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 11 авг.8041329

    8-avgust Shanba kuni marhum ustozimiz O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Dilmurod Islomov xonadonlarida ustozning yorqin xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi. Unda ustozning yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari hamda san’at ahli jam bo‘lib, u kishining mazmunli hayot yo‘li, ustoz sifatidagi ibratli faoliyati va insoniy fazilatlarini yodga oldilar. Mazkur tadbirda ustoz bilan bog‘liq samimiy xotiralar, unutilmas voqealar eslanib, ustoz haqida iliq fikrlar bildirildi. Ustozlarning saboqlari, ezgu ishlari va tarbiyalagan shogirdlari orqali ularning nomlari abadiy yashaydi. Marhum ustozimiz Dilmurod Islomovning joylari Jannatdan, oxiratlari obod bo‘lsin. Alloh taolo u kishini o‘z rahmatiga olsin. Ustozlar xotirasi qalblarda mangu! Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • https://www.instagram.com/reel/Db28UxJtHs3/?igsh=MTc4N2E1N2MzazBnYg==

  • 8 авг.661141

    Ustozim Dilmurod Islomovni xotirlab... Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 7 авг.732174

    ...Yana tonglar otib kun, Kulgaymi, kulmagaymi. Kimni boy berdi dunyo, Bilgaymi, bilmagaymi. Sayyoralar yuz yilda, Yozarkan bir dasturxon. Bunday mehmon ming yilda, Kelgaymi, kelmagaymi?!... O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning "Yodingiz hamisha yodda" nomli she'ridan parcha. Наyоtdа о‘z о‘rnini tорgаn insоnlаr хоtirjаm, unсhа-munсhаgа kо‘rinish berаvermаydigаn, оg‘ir-vаzmin bо‘lishаdi. Ulаrning о‘z hаyоti, yо‘li bоr. Вirоvgа mаlоl kelmаydi, zаhrini sосhmаydi, qо‘li осhiq bо‘lаdi... Siz kim bilаndir, аytаylik, сhоy iсhib, suhbаtlаshib о‘tirishni хоhlаysiz. О‘shа kishi shundаy оdаm. Ustozimiz Dilmurod Islomov ham ana shunday og'ir-vazmin, har bir gapni chuqur o'ylab keyin gapiradigan, xayrli ishlari bisyor, muhtojlarga qo'llaridan kelgancha yordam beradigan va bu ishlarni boshqalarga ko'z-ko'z qilmay holis bajaradigan saxiy inson edilar. Ustozimiz bilan suhbatdan keyin biz shogirdlar o'zimizda yengillik va halovat topardik. Suhbatlariga to'ymasdik va to'ymadik... Qudratilla Qobilqoriyev. 08.08.2026.

  • 6 авг.7401212

    "Shuhrat" medali sohibi Ma'rufjon Azimovning "Eslab-eslab" ko'rsatuvida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Abbos Qosimov haqidagi fikrlari hamda ustoz doirachilar nomidan sovg'alari. Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 6 авг.9011416

    Arxiv. San'atimiz darg'alari bir davrada. Ko'rib zavq oling. Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • Hurmatli doira san'ati ixlosmandlari! 6-avgust Payshanba kuni soat 17:30 dan boshlab FM 103.1 "O'zbekiston" radiokanali orqali "Soz sadosi" eshittirishini tinglang. Dasturning navbatdagi soni o'zbek doira ijrochiligi maktabi hamda o'zbek milliy raqs ijrochiligi maktabi asoschisi, O'zbekiston xalq artisti, Mehnat qahramoni Usta Olim Komilov hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlanadi. Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 26 июл.1 04893

    Madaniyat va san'at sohasining jonkuyar fidoyilari: pedagogika fanlari nomzodi, professor Baxtiyor Sayfullayev (marhum); O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekiston doirachilari jamoat birlashmasi asoschisi, professor Dilmurod Islomov (marhum). 10-mart, 2015-yil. Telegram 👉https://t.me/birlasha Facebook 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagram 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tube 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 19 июл.1 993713

    Toshkent shahar Chilonzor tumani Usta Olim Komilov nomidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi a'lochisi Sherzod Shukurov tomonidan ushbu ta’lim muassasasining "Qars sado" doirachilar ansambli a'zolari uchun doira cholg'usida ijrochilik mahoratini rivojlantirish bo'yicha mahorat darsi o'tkazildi. Mazkur tadbir ansambl rahbari Rasuljon Mahmudaliyev tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Unda doira cholg'usida amaliy ijrochilik mahoratini oshirish bo'yicha mashqlar, ustoz-shogird an'analarining o'ziga xos jihatlari haqida to'xtalib o'tildi. O'z navbatida o'quvchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Doira ijrochiligiga qiziquvchilarni mazkur doira to'garagiga taklif etamiz. Telefon: +99893509-24-49 Telegramda 👉https://t.me/birlasha Facebookda 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagramda 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tubeda 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 12 июн.1 41052

    Ayni damda "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida "Bormisiz-omonmisiz" ko'rsatuvining O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Dilmurod Islomov xotirasiga bag‘ishlangan soni takroran efirga uzatilmoqda. Telegramda 👉https://t.me/birlasha Facebookda 👉https://www.facebook.com/groups/313582046706559/?ref=share Instagramda 👉https://www.instagram.com/doirachilar_birlashmasi?r=nametag You Tubeda 👉https://youtube.com/@ozbekistondoirachilarijamoatbi

  • 4 июн.1 6037

    без подписи