Borimizshude
СтатистикаE'tiqodimiz; Ahli Sunna val al - Jamoa Mazhabimiz; Hanafiy Hayotda yozganimizdek emas yozilganidekmiz Muallif; @Uchqunbek_M — OBUNA BO'LING!
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 20
- 1/48двое суток
- 22
- 1/72трое суток
- 24
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Unitaz suvini bosmasdan tejab qolgan farosatini oyoq kiyimingni toʻgʻri yech deyishga sarflaydigan doʻstingiz bormi sizni ham....😵💫 #Uchqun
Salom 18 yil oldingi tongim seni songindim...
Sen uchun jonimni beraman sen uchun o'laman O'zbekistonim ) baribiram yashab qolishga imkon qoldirmayabsannn......
Mening koinotimda tarelkalar uchmaydi, lekin oyimni jaxlini chiqarsam....
Juma namozida salqinroq joy izlab odamlar zichroq o'tirgan joyga borib he yo'q be yo'q oralari sal ochiqroq turgan ikki kishining orasiga qisilibgina o'tiridim. Keyin imom birdaniga Allohning uyida shaytonga joy yo'q dedi. Ichim g'alati boʻlib ketdi. 😁
Burqa kiygan Eroniy yoki Falastin qizi bilan uchrashib qolsamda...
Hammamiz iqtisodiy o'sish rivojlanish deymiz - u. Men barcha ekranli narsalarni tashlab choponni kiyib, belbog'ni bog'lab, chakkasiga pichoqni qistirib 18 - asrlarga ketvorgim keladi ba'zan... #Uchqun
Kun kimlardadir issiq kofe yoki salqin ichimliklar bilan boshlanadi menda esa ,, exxxxx kecha ertaroq uxlasam bo'larkan " bilan boshlanmoqda....
Aslida men ancha yillar oldin kundalik yozishga qaror qilganman dangasaligim tufaylimi yoki meni atrofimda bo'layotgan hodisalar shunchalik jo'nligi sababmi doim boshlangan joyida qolib ketavergan. Buning uchun uzur so'rayman. Ancha yoshlikdan meni yozishga va so'z terishga ishtiyoqim baland edi. Tengdoshlarimdan ancha avval badiiy kitob o'qiganim rost lekin yuqori sinfga oʻtib adabiyot darslari o'tila boshlaganda men ustozning qoʻrsli yoki oʻzimni tanballigim sababmi adabiyotni biroz tapchanga surganman tengdoshlarimdan bir ikki yil o'tkazib adabiyotga qiziqishim ortgan va bu qiziqish bir - biriga umuman fe'li tushmaydigan kalandimog' ustoz bilan til topishib ketishimga ham sabab boʻlgan, balki ustoz borasida adashayotgandirman hozirgidek no'noq fikrlardim u kezlar ham. Tarix ustozimiz ham bizga koʻp narsani yortib berolmaganidan hozir ham biroz ranjiyman lekin unda ham ayb yoʻq, u kezlar uning qoʻlida cheklangan malumotlar boʻlgan xolos. Maktab tarixida anglaganim tarix otasi Geradod, Doro l, Kir ll, Quyosh Hudosi, olov mavbudi, shular edi na bizning taqdirimizga va na biroz achinimishimizga sabab bo'lolmaydigan jinurgur qaxramonlar. Bir turk yozuvchsi ,, qishloq odamini o'ldirish kerak" deganda men juda qoʻpol tushinib olgan ekanman qaysidir maʼnoda u to'g'ri yondoshgan ekan. Chunki bizni ustozlar gulaklarga ( sinfxonalariga ) kirgandan keyin asirlarini tirigini tirikka o'ligini o'likka ajratadigan paytlar edi unda. Askarga o'xshab qolardi. Kelajagingiz 2 - yoki 3 - sinfdan ular tomonidan maʼlum bo'lar yillar davomida sizni o'sib borishingiz bizlikka bog'liq. Ular sinfxonalariga kirib faqat doimiy 5 yoki 6 bolaga dars o'tib qolganlar o'tirgan joyiga mixlangan bo'yi yillarni yutqizaverardi. Balki oʻzimni oqlayotgandirman. Hammasi mayli hammasi mayli men faqat faqat O'zbekiston tarix darsligimga achinaman nega uyerda koʻproq gapirishmagan nega kitobni yuzimizga otib yuzimizga muzdek suv sepib bo'lsa ham o'rgatishmagan nega bizni bir bayroq ostida birlashishga chaqirishmagan bozordan yig'ib kelingan podaga o'xshaymiz hech kimning hech kim bilan ishi yo'q. Hammaning hayolida faqat men degan tushuncha. Nega biz degan tushuncha yo'q Behbudiy, Qodiriy, Munavvar qori, Alixontoʻra Sog'uniy haqida juda jo'n malumotlar bergansiz men Turkiston qayg'usi kitobini o'qiganimda naxot mendek satang uchun shuncha o'qituvchi bir O'zbek qaxramon topib berolmasa, mendek tanti uchun nega bir magʻrur dov yuragini koʻrsatib berolishmasa. Bir bayroq ostida yaxshiroq birlasholmasak. Yaqinda yurtimda ,, Pivo '' festivali bo'ldi. U yerda 50 dan oshgan odamlar yigʻilib o'lguncha ichishsa men mingdan ming rozi edim. Lekin yig'ilganlarning katta qismi 20 - 25 yosh oralig'i, siz bu telba avlodga meni qoʻshib yutqazib qo'ymayabsizmi deylik bizga Hudo ko'rsatmasin boshimizga Ukraina yoki mazlum Falastinning kuni tushsa ulerdek har birimiz bir vatan har birimiz bir to'g'on boʻlib turolamizmi oramizda Mulla Zokir Qosimovdek yaltoqilar chiqmasligiga kim kafil beradi, bizda 5 - kalo'nnaga simpatiya juda yuqoriligi ham menga juda alam qiladi jinursin.... ✍ Uchqun
O'zimga qarshi Isyon So'zimni boshini oddiy narsalar bilan boshlamoqchi emasman. Bu millat kimligini unutib qo'yganidan boshlamoqchiman. Bu millat onalari Buxoriylarni Beruniylarni, Temuriylarni va keyin Jandid va Qo'rboshilarni tarbiyalagan - u bugungi kunga kelib zombi qilib tarbiyalayotganga o'xshaydi ajab. Naxotki otalarni kundan kunga dunyo maydonida cho'kib ketayotganimiz qiziqtirmayabdi halqning boshiga kelayotgan o'g'lingizga nima qilsang ham o'g'irlab gardaningga tiqib ol bu millat qayg'usi seni qiziqtirmasin deysizlarmi. Ajab 39 millionmiz minglab korxona millionlab tadbirkorlarimiz bor ammo bir fudbol kulubining budjeticha pulimiz yo'q. Vo ajab, yoqa tishlayman. Jadidlar yozgan yoki Rauf Parpi yoki Shavkat Rahmon yozgan tanqidiy she'r yoki maqolalari kamchiliklari hamon kuchda g'alati emasmi bu. Axir 4 yoki 5 avlod ulg'aydiku qachon o'zimizni taniymiz. Atrofimdagi ba'zi yigitlarni ko'rib g'ashim keladi Maydakash pul uchun qadiryatini oyoq osti qiladigan yoki g'arab odamlari oldida majburdek yelka qisib iymanib turadigan yigitlarimizga va o'zimga achinaman. Yana ba'zilariga ko'zim tushdi millat qizlari ustida dallollik qilganiga yoqasidan oldim va keyinchalik ham qilgan ishidan zarracha afsus chekkaniga guvoh bo'lmadim. Havas bilan o'qiyotgan yigitlarni ko'pidan so'rasam xalqning boshiga kelgan va boy yashayotgan qo'shnisi yoki ovuldoshiga havas qilib o'qishga kirganini aytadi qurmag'ur, bilmaydida davlat odamlarga boy yashaydigan darajada oylik bermasligini. Qing'ir yo'llar bilan boyiydida pastkash. Qachon g'oya bilan yashaysiz. Men yutqazib qo'ydim siz yutqazmang. Tog'ay Murodning ,, Otamdan qolgan dalalar " Kitobini iltimos yaxshilab o'qing. Nabijon Boqiyni ,, Qatlnoma " Bahtiyor Abdug'afurni ,, Qonli gullar vodiysi Madaminbek " Keyin istalgan joyda ,, 101 o'zbek hayoti " Degan maqola yoki videoni diqqat bilan tinglang. Yokida Najmiddin Ermatovni ,, Ko'k bo'ri kezgan sarxad " nomli she'rini bir tinglab ko'ring yana bo'lmasa Bekalini ,, 71 avlod qo'shig'i " Rauf Parfi ,, Assalomu aleykum dorning og'ochi " Shavkat Rahmon ,, Turkiylar " Yoki ,, Hirgoya " Dunyo shishdad bilan rivojlanyabdi. qarashlaringizni boyitmasangiz o'zgalar axboroti bilan aldaydi turmush sharoiti bilan jalb qiladi. Baxtlilik kayfisenti bilan orzuyingizga aylanadi va keyin sizni qo'lingiz bilan o'zingizni va o'zligingizni keyin millatingizni yo'q qiladi.... ✍Uchqun
Doim o'qilgan yoki muqovasi eski kitoblarni ko'rsam uni bir boshidan varoqlab chiqaman. O'qisa kerak deysizda ( yo'q men aslida kitob ichida unutib qoldirilgan pullarni izlayman...
Yoshligimda odamlar qo'llari bilan meni ko'rsatib ,, bu tegirmondan ham butun chiqadi " deyishar edi. Hozir uyning eshigidan ham tashqariga chiqolmayabman.
Telefonning zaryadi 1 % qolgan odam ko'pincha salovat aytishni boshlaydi...
#endida Qo'li yo'q odamlarni ham qitig'i bormikin - a? 🧐
Oʻqirsiz G'alati bu yil 1,5 million talaba oʻqishni bitiribdi. Statistikani aytishicha 2025 - 2026 o'quv yilida 1 million 535 ming nafarga yetibdi, ajabo. Ammo ish oʻrnichi nega bu haqida hech kimda savol yo'q. Nega ish beruvchilar 4 - kurs talabalari bilan o'rtadagi shartnomalardan oʻzini olib qochishadi. Nega davlatimiz so'ngi yillarda xususiy OTMlarga eshikni samarqand darvozasi qilib tashladi, menimcha bu shunchaki hammani oliy maʼlumotli qilish yoki taʼlim erkinligi emas, bu o'z o'rnini topa olmayotgan soʻngi umidini oʻqishdan izlayotgan va maktabni bitirayotgan yuz minglab bolalar koʻchada ishsizlikda qolmasligi uchun imtixonlarni yengillashtish va qabul kvo'talarini keskin oshirish va ishsizlikni sun'iy ravishda 4 ana boring 5 yoki 6 yilga kechiktirash. Deylik 5 yoki 4 yil o'tdi endi ular mehnat bozorida. Bugungi kunda talaba, doctor, buxgalter yoki hokimyatda ishlaydiganlarni tushdan keyin taxida koʻrsak ajablanmaydigan darajaga keldik. 4 yil davomida millionlarni sarflab olinga qog'oz hech qanday qiymatga ega emas. Bozor oq yoqaliklarga to'yingan. Hursandchilik, yaxshi niyyat va qaytib og'ir mehnat va qora bozorga kirmaslik vaʼdasida 4 yil o'qigan talab haqiqat oldida bir zum dovdirab qolishi aniq. Oyligi 8 yoki 15 milliongacha boʻlgan payvandchi, santexnik, elektirik bo'lishdan ko'ra 4 million evaziga ofisda yugurtak boʻlishni oylab kutib oʻtiradi.. Bizning sharoitda yana 15 yoki 20 yil shunday oʻqishning davom etishi qandaydir portlashlarni yuzaga keltiradi menimcha. Xalqning iqtisodi va ish beruvchi buncha yukni ko'tarolmaydi. Ha aytgancha faqat uylanish uchun oʻzini ziyoli ko'rsatish maqsadida o'qiyotganlar ham bor, shundaylarni ham bilaman.😁 Hammmasi g'alati jinursin hammasi....
Kavshanib o'tiraman bo'lak non, Siyoxsiz ruchka yo'nilgan qalam. Biz ham yashaylikda deydi jon, Netay kulmoqqa qo'ymaydi alam. Varog'i qayrilgan kitob ranjir, O qog'ozlardan qurilgan kapa. Tishlangan olma yuvilgan anjir, Bo'mbo'sh xolodelnik mendan hafa. Ex rostan poyma-poy oyoq kiyim, Sezdim kitoblar ustimdan kular. Meni haydashga tushadi uyim, Mashxurligimni shu xonam bilar. Xayxot, menga faqat u yoqardi, Igna birla quduq qazmadim. Odamlar meni tentakka chiqardi, Lekin ona o'zimni osmadim. Poraxo'rlar haqida she'rim ko'p, Lekin Vatan haqida she'r yozmadim. Deyishar boshlig'ing oyog'in o'p, Qo'l siltadim aqldan ozmadim. Vatan kelajagi qalbim o'ydi, Siyosatni titkilab to'ymadim. Ko'ngil adolatsizlikdan to'ydi, Ammo; Yirtiq paypog'imni yangilab qo'ymadim. Shunday o'lmoqlikdan qo'rqaman, Uchqunman degani bormas tilim, Men ham adolatga yo'liqaman. Shunday tugaydi mening yo'lim. Muallif; Uchqun
Voyyyyyy ey Hudo ''Endi nima qilamannn'' deydigan odamlar 100 % aslida nimadir qilib qo'ygan bo'ladi....
-Biz bunday inqilob istamagan edik. Amirni ag‘darib, adolatli jamiyat qurmoqchi edik... deya Munavvar Qorini quchoqlab yig‘lab yubordi Fitrat madrasa va masjidlarga bolsheviklar bog‘lab qo‘ygan ot va eshaklarni ko‘rib. 📚Ishtonsizlar inqilobi 🖊️Nurali Qobul
Agar qayta imkon berilganda men amalga oshirgan va reaksiyaga kirishgan har qanday ishimdi qayta qilmas edim. Tolstoy aytganday; nimay - ki qilgan bo'lsam bari behuda...
Xotin tarafdan mehmonlar keldi. Xotin mehmonlarga biron narsa buyurtma qiling biron narsa chaqiring dedi, men yandex chaqirdim...🚕