Охват к подписчикам
38,6%
ERR
Реакции к просмотрам
0,73%
27 на 24 постов
Пересылки к просмотрам
0,46%
17
Постов в день
0,3
всего 24
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 28 июн.Uxo Vangoga degan jamoa uchun maxsus forma! @Brain_Time14,06%
- 21 июл.20 fut (6,1 metr) balandlikdagi reanimatsiya Yuqoridagi "Hayot bo‘sasi" nomli fotoda J.D. Tompson ismli kommunal hizmatchi o‘z hamkasbi Rendall G. Chempionga "og‘izdan og‘izga" usuli yordamida reanimasion yordam berayotgani muhrlangan. Uning hamkasbi past kuchlanishli elektr liniyasiga tegib ketishi natijasida xushini yo‘qotgan. Chempion o‘z hamkasbi Tompsonning yordami tufayli hayoti saqlanib qolgan. 🧠 @Brain_Time12,54%
- 13 июл.Tomoyasu Hotei (1962-yil 1-fevralda tug'ilgan) – yaponiyalik afsonaviy rok gitarachisi, qo'shiqchi, bastakor va aktyor. U dunyoga eng mashhur "Battle Without Honor or Humanity" (Kventin Tarantinoning Kill Bill filmidan) treki muallifi sifatida tanilgan. ▪️40 yildan ortiq vaqt mobaynida 40 milliondan ortiq albom sotgan. 1980-yillarda Yaponiyaning afsonaviy BOØWY rok guruhining asoschisi va gitarachisi bo'lib shuhrat qozongan. ▪️Uning musiqalari "Transformers" kabi Gollivud filmlarida va videoo'yinlarda ishlatilgan. ▪️Bir qator filmlarda, jumladan Samuray jangchisi (Samurai Fiction) kabi kartinalarda suratga tushgan. @Brain_Time12,44%
- 1 авг.Mana, nimaga doim Magnum chempion bo'ladi degan savolga javob. 🧠 @Brain_Time12,22%
- 18 июл."Boston choyxo'rligi" ( Boston tea Party) - Amerika kolinistlari tomonidan 1773-yil 16-dekabrda inglizlarga qarshi qilingan protest. Unda Ost-indiya kompaniyasiga tegishli, ortilgan choy yuki yo'q qilinadi. Bu harakat Amerikaning keyinchalik mustaqil(1776-yil 4-iyul) bo'lishi uchun dastlabki qadam bo'lgan deyish mumkin. Britaniya "Choy qonuni" joriy etgan edi va unga qarshi Amerikada keskin harakat tus oladi. Birinchi kontinental kongressda ko'rilgan masala aynan shu bo'ladi. "Boston choyxo'rligi" Britaniya uchun 2 ta asosiy muammo olib keldi. ▪️Ost-indiya kompaniyasi moliyaviy inqirozi. ▪️Amerikada Britaniyaga nisbatan ommaviy harakat. Harakat 1773-yilda Ost-indiya kompaniyasining 7 kemasi, og'ir yuklangan (2000 ta quti) holda ketayotganda sodir bo'ladi. Ularning umumiy maqsadi nafaqat qonunni bekor qilish edi, dunyoda inglizlarning choy monopoliyasiga chek qo'yishga harakat qilish edi. Shuningdek, harakat qatnashuvchilari o'zlarini "Ozodlik o'g'lonlari" deb atashadi. Yakunda harakat besamar ketmaydi, Britaniya qonunni bekor qiladi, biroq buning evaziga Boston meridan (Xatchinson) bu "o'g'lonlarni" topib jazolashni buyuradi. 🧠 @Brain_Time11,44%
- 13 июл.Mandela effekti — ko'plab odamlarning aslida bo'lmagan yoki boshqacha sodir bo'lgan voqealarni bir xil tarzda xato eslashi, ya'ni soxta kollektiv xotira hodisasidir. Bu atama 2013-yilda Nelson Mandela qamoqxonada vafot etdi deb eslagan odamlar ko'pligi aniqlangach, Fiona Brum tomonidan ommalashtirilgan (aslida u 1990-yilda ozodlikka chiqqan). Psixologlar buni miyaning ma'lumotlarni qabul qilishdagi xatosi va boshqalarning xotiralariga qo'shilib ketishi (konfabulyatsiya) bilan izohlaydilar. Ommabop madaniyatda bu hodisa ko'pincha parallel olamlar yoki xotiraning o'zgarishi kabi nazariyalar bilan bog'lanib, qizg'in munozaralarga sabab bo'ladi. @Brain_Time11,27%
- 1 июл.Blue Screen of Death (BSoD) yoki Moviy halokat ekrani – bu Microsoft Windows operatsion tizimida kritik xatolik yuz berganda paydo bo'ladigan maxsus ogohlantirish ekranidir. Tizim mustaqil ravishda tuzata olmaydigan xatoga duch kelganda, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar yetmasligi va qurilmalarni himoya qilish uchun o'z faoliyatini majburiy to'xtatadi va qayta yuklanadi. Eng ko'p tarqalgan sabablar: ▪️Drayverlar muammosi: Noto'g'ri o'rnatilgan, eski yoki tizimga mos kelmaydigan drayverlar (ayniqsa video karta yoki tarmoq drayverlari). ▪️Uskunalar (Hardware) nosozligi: Tezkor xotira (RAM), qattiq disk (HDD/SSD) yoki videokartaning buzilishi yoki haddan tashqari qizib ketishi. ▪️Tizim fayllarining zararlanishi: Viruslar yoki noto'g'ri o'chirilgan dasturlar tufayli Windows tizim fayllarining shikastlanishi. ▪️Yangi qurilmalar: Kompyuterga yangi ulangan qurilmalarning mavjud tizim bilan mos kelmasligi (konflikt). @Brain_Time11,24%
- 1 июл.Brain - birinchi kompyuter virusi Brain ("Farooq Alvi Brothers" nomi ham bor) — IBM PC shaxsiy kompyuterlari (MS-DOS operatsion tizimi) uchun dunyodagi eng birinchi ommaviy kompyuter virusidir. U 1986-yil 19-yanvarda Pokistonda yaratilgan. ▪️Virus Pokistonning Lahor shahridagi Basit va Amjad Farooq Alvi ismli aka-uka dasturchilar tomonidan yozilgan. ▪️Virus zarar yetkazish uchun emas, balki mualliflik huquqini himoya qilish (anti-pirat) maqsadida yaratilgan. Aka-ukalar o'zlari yozgan tibbiy dasturni odamlar noqonuniy nusxalayotganidan norozi bo'lishgan. ▪️Virus disketa yuklanuvchi sektoriga o'z yaratuvchilarining ismi, manzili va telefon raqamlarini yozib qo'ygan. Maqsad noqonuniy nusxa foydalanuvchilarini aniqlash bo'lgan. ▪️Bu virus "Boot sector" (yuklanish sektori) virusi edi. U qattiq disklar emas, asosan 5.25 dyumli moslanuvchan disketalar (floppy disk) orqali tarqalgan. ▪️"Brain" tariqdagi ilk yashirinuvchi (stealth) virus hisoblanadi. Tizim virus zararlagan sektorni o'qimoqchi bo'lganida, virus unga toza va original sektorni ko'rsatib, o'zini bildirmaslikka harakat qilgan. ▪️Virus kompyuter xotirasini biroz sekinlashtirgan va disketa nomini (label) "@ Brain" deb o'zgartirgan, biroq fayllarni butunlay o'chirib yuborish yoki tizimni buzish kabi zararli funksiyalarga ega bo'lmagan. @Brain_Time11,20%
- 2 авг.Amir Temurning mashhur bog‘lari haqida bilasizmi? Sohibqiron Amir Temur Samarqand va uning atroflarida bir-biridan go‘zal, muhtasham bog‘lar barpo ettirgan. Ushbu bog‘lar nafaqat dam olish maskani, balki elchilar qabul qilinadigan va davlat yumushlari hal etiladigan muhim koshonalar bo‘lgan. Amir Temur bog'laridan eng mashhurlari: 🔹 Bog‘i Baland Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan. 🔹 Bog‘i Behisht "Jannat bog‘i" deb atalgan ushbu koshona Temurbekning eng sevimli xotini Tuman og'o(Xayrunniso) sharafiga barpo etilgan(1378). Unda mardakor va usta hunarmandlar tomonidan nihoyatda go‘zal qasr va favoralar qurilgan. 🔹 Bog‘i Davlatobod Hindiston yurishidan so‘ng, zafarli g‘alabalar sharafiga barpo etilgan. 4 hovuz va saroy bo'lgan. Bog‘ atrofida chuqur xandaqlar qazilib, qal'a ko‘rinishida mudofaa tizimiga ega qilib qurilgan. Unga osma ko'priklar orqali kirilgan. 🔹 Bog‘i Dilkusho "Ko‘ngilni ochuvchi bog‘" Amir Temur xotinlaridan biri – Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida joylashgan. Markazida hashamatli uch qavatli saroy boʻlgan, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. 🔹 Bog‘i Jahonnamo "Jahon ko'zgusi‘". Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. „Zafarnoma“da yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan. 🔹 Bog‘i Maydon Cho‘ponota tepaligi etagida joylashgan. Bog‘ markazidagi mermardan yasatilgan ulkan taxt va Oqsaroy tipidagi muhtasham koshona bilan ajralib turgan. 🔹 Bog‘i Nav "Yangi bog‘". Amir Temur tomonidan umrining oxirgi yillarida barpo qilingan (1404). Unda ham to‘rt burchakli baland va hashamatli qasr hamda atroflarida xushmanzara daraxtzorlar bo‘lgan. 🔹 Bog‘i Chinor Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi „Qoʻsh tamgalik“ tepaligi oʻrnida) barpo qilingan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan. 🔹 Bog‘i Shamol Amir Temurning nevarasi (Mironshohning qizi) tug‘ilishi munosabati bilan barpo qilingan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bogʻlar bo'lgan: Bogʻi Boʻldu, Bogʻi Zogʻon, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Amirzoda Shohrux, Bogʻcha, Bogʻi Dilafroʻz, Bogʻi Sheron, Gulbogʻ, Lolazor, Bedana qoʻrugʻi, Chumchuqlik, Gʻozxona. @Maqsud_Muxtor1,18%
- 2 маябез подписи0,38%
- 14 авг.Moos shkalasi (yoki Mox shkalasi) — minerallarning nisbiy qattiqligini aniqlash uchun ishlatiladigan 10 ballik tizimdir. Ushbu usulni 1811-yilda nemis mineralogi Fridrix Moos taklif qilgan. Moos shkalasi boʻyicha ularning joylashish tartibi quyidagicha: talk — 1; gips—2; kalsit —3; flyuorit—4; apatit—5; ortoklaz—6; kvars—7; topaz—8; korund—9; olmos—10. Nisbiy qattiqlik Moos shkalasi etaloni bilan sinalayotgan obyekt yuzasiga chizib aniqlanadi. Minerallarning faol va passiv qattiqligi farq qilinadi. Agar mineral bilan oʻzining boʻlagi tirnalganda iz qoldirsa, u faol qattiqlikka ega boʻladi (masalan, olmos). 🧠 @Brain_Time10,00%
- 14 авг.Mahak toshi (yoki sinov toshi) — bu qadimda oltin va kumush kabi qimmatbaho metallarning haqiqiyligi hamda soflik darajasini aniqlash uchun ishlatilgan qora yoki toʻq rangli, silliq va qattiq toshdir. Zargarlar qimmatbaho metallni ushbu toshga ishqalab koʻrishgan: undan qolgan rangli chiziq orqali metallning soxta yoki haqiqiyligi fosh boʻlgan. Shu sababli, majoziy maʼnoda bu ibora haqiqatni yolgʻondan ajratuvchi mezon, inson tabiatini sinaydigan holat yoki imtihon maʼnosida qoʻllanadi. ▪️Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek qalamiga mansub satirik "Mahak toshi" hikoyasi mavjud. ▪️Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Hakim Sattoriyning saralangan asarlaridan iborat "Mahak toshi" nomli kitobi nashr etilgan. 🧠 @Brain_Time10,00%