BO'STONLIQ TUMANI KЕNGASHI
Статистикаhttps://www.facebook.com/share/g/1C65VjBxSj/ https://www.youtube.com/channel/UCh2e_m379vYJ_RYLGGHmBgA https://kengash.gov.uz/news?region_id=10&authority_id=429 https://www.instagram.com/bostonliqkengashi30?igsh=eTk4M2IxeWxlMTd1&utm_source=qr
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 66
- Всего постов
- 71
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 17.08 - 21.08 ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 10 - 14.08.26 HAFTALIK DAYJESTI Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi 🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi S.Esonboyevning aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish va ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlari o‘rganildi. 🔻O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi ishsiz va ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Jumladan, fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ko‘rib chiqildi. 🔻Shuningdek, mahallada ishsiz aholini aniqlash, ularning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib munosib ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi. 🔻O‘rganish yakunida mahallada ishsiz fuqarolarni kamaytirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan samarali foydalanish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
без подписи
без подписи
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi M.Raxmedovning O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ijtimoiy holati, ta’lim olayotgan, ishlayotgan va vaqtincha ishsiz bo‘lgan yoshlar bilan ishlash holati tahlil qilindi. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔺Shuningdek, yoshlarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, ularni sport, madaniyat, san’at, ta’lim va boshqa ijtimoiy foydali mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar holati ham tahlil qilindi. 🔺Deputat tomonidan ishsiz yoshlarni aniq maqsadli qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
2026-yil 1-yanvardan boshlab xalq deputatlari Toshkent shahri va viloyatlar Kengashlari tomonidan yiliga ikki marotaba tegishincha viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan har chorakda tuman (shahar) hokimlarining o‘z hududlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirgan ishlar haqidagi hisobotlari eshitiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PF-185-son Farmoni Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿Qonun ijrosi o‘rganildi 🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Abduxayomova va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni ko‘rsatish holati bo‘yicha tuzilgan savolnomaga asosan o‘rganish o‘tkazildi. 🔺O‘rganish davomida markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash va individual yondashuv asosida zarur xizmatlarni tashkil etish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy-maishiy ko‘mak ko‘rsatish hamda zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish ishlari tahlil qilindi. 🔺Shuningdek, fuqarolarga o‘z huquqlari va qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida tushuntirish ishlarining tashkil etilganligi, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, ijtimoiy xizmatlarning manzilli va sifatli ko‘rsatilishi holati ham ko‘zdan kechirildi. 🔺Deputat tomonidan markaz mas’ullariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik, har bir murojaatni individual o‘rganish, qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan to‘liq foydalanishlari uchun zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
без подписи
без подписи
Mahallada chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifati o‘rganildi 🟢Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan tumanning “Xumson” mahallasida mahalla raisi hamkorligida qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati sifati 🟢O‘rganish davomida mahalladagi ayrim ko‘chalarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani, chiqindi tashish xizmati bilan shug‘ullanuvchi “Rahnamo Servis” MChJning maxsus transport vositalari belgilangan grafik asosida kelmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat, o‘z navbatida, chiqindilarning to‘planib qolishi va hududning sanitariya-ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. 🟢Shuningdek, aholi bilan suhbatlar davomida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatidagi uzilishlar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari eshitildi. Mazkur masalani tezkor hal etish maqsadida deputat va mahalla raisi tashabbusi bilan ayrim ko‘chalarda to‘planib qolgan chiqindilar maxsus transport vositalari yordamida olib chiqib ketildi. Hududda sanitariya va obodonlashtirish ishlari tartibga keltirildi. 🟢O‘rganish yakunida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini grafik asosida tashkil etish, maxsus transport vositalarining mahallaga o‘z vaqtida kelishini ta’minlash hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
без подписи
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xald demokratik partiyasidan saylangan deputat Sadirov Jamshid Ergashovich tomonidan Deputatlik soʻrovi yuborildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
без подписи