Data science - Azamat
СтатистикаNorvegiyadagi o'zbek Data analitiki. instagram.com/norway_azamat datacamp.pxf.io/K0O9V9 t.me/boost/datascience_azamat linkedin.com/in/azamatsobirov
- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Познавательное
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 961
- 1/48двое суток
- 1 101
- 1/72трое суток
- 1 187
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Norveg tilini o’rganish uchun dars sotib olmang. Sendvich tayyorlang va termosga kofe damlab bomjlar yashaydigan ko’chaga boring. Birorta o’zingizga yoqqaniga borib sendvich bersangiz butun hayotini aytib beradi. Sizni ham eshitadi. Juda qiziq hikoyalarni eshitasiz. Bu Behzod akani maslahatlari. Hech kimni hayoliga kelmaydigan narsa. Muammo: Norvegiyada deyarli hamma ingliz tilini biladi. Norveglar bilan shunchaki do’stlashish qiyin. Shu sababli norveg tilini praktika qilish qiyin. Darslar qimmat turadi, oyiga $500-$1000. Bu narsa high agency deyiladi. Muammodan nolish o’rniga, bor imkoniyatlardan foydalanish. High agency AI davrida eng muhim qobiliyatlardan biri bo’lsa kerak. Sababi endi raqamli har qanday mahsulotni yaratish osonlashdi. Ilova yaratish uchun endi kod yozishni 1-2 yil o’rganish shart emas. Sizni boshqalardan ajratib turgan 1-2 yillik devor qulamoqda. 20 yil oldin ingliz tilini bilish hammani hayron qoldirgan va hozir sizga ortiqcha afzallik bermaydi. Kod yozish ham shunga yaqinlashib qolsa kerak. Shunaqa muhitda sizning muammoga yechim topa olish qobilyatingiz sizga afzallik beradi. High agency haqida 30 minutlik insho. Hammaga o’qishni tavsifa qilaman.
TLDR: Yurugish foydali va oson. Norvegiyaga 2021-yil yanvarda kelganman. Ko’chada -15 havo. Odamlar ko’chada yugurayapti. Juda g’alati ko’ringandi. Boshqa qiladigan ishi yo’qmi degandim. Oradan vaqt o’tib futbol, velosiped, kayak, rock climbing, voleybol kabi sport turlarini ko’rdim. Zo’r hammasi lekin yurish eng zo’ri ekan. Birinchi marta to’g’ri yugurishni Behzod akadan o’rgandim. 1 soatdan ko’proq yugurdik. Juda mazza qildim. Shundan keyin yugurishga chiqishni boshladim. Odamzod oldindan dalada mehnat qilib kun ko’rgan. Hozirda ko’pchilik komyuterda o’tirib ishlaydi. Bu necha ming yillab dalada mehnat qilgan yoki ovchilik qilgan tana uchun maqul emas. Yugurishni boshlab olish to’siq juda kam. Velikka chiqish uchun velik olish kerak, zalga borish uchun obuna olish kerak. Yugurish uchun qulayroq oyoq kiyim yetarli. Maxsus kiyimlarni olish boshida shart emas, o’zingizda bor kiyimlar yetadi. Qulay kiyim kiyasiz, ko’chaga chiqasiz va siz sportni boshladingiz. Asosiy men boshida bilmagan narsa: terlab hansirab qolguncha to’xtamasdan yugurish kerak emas. Birinchi yurishdan biroz tezroq yugurasiz. Charchadingiz demak yurasiz yoki to’xtaysiz. Yurak yana sekinroq urgunicha. Keyin yana sekin yugurishni boshlaysiz. Shu usulda 30-60 minut davom etasiz. Jami 2-3 km yugurasiz balkim. Zerikarli bo’ladi boshida. Shu tarzda davom etsangiz to’xtash va yurish qismi kamayadi va 1 soatda endi 7-9 km yugurasiz. Balkim runners high ni his qilasiz. Bu tarzda yugurish orqali muskullar tanadagi yog’larni yoqadi. Hansirab yugurish shakarni. Shakar yonganidan keyin kul qoladi. Kul sababli ertasi kuni oyoqlar og’riydi. Yugurish ham sog’lig’imizga ham ishimizga foyda. Miyya ham yaxshiroq ishlaydi.
📊 Мы ищем будущих Data Analysts! Открыт набор на Data Analytics 3.0 - бесплатную образовательную программу от TBC Uzbekistan. Если ты хочешь развиваться в Data Analytics, работать с реальными бизнес-задачами и учиться у экспертов одной из крупнейших финтех-команд региона — эта программа для тебя. За 5 месяцев ты сможешь: ✨ Получить практические навыки в Data Analytics ✨ Учиться у экспертов TBC Uzbekistan ✨ Работать с реальными кейсами ✨ Получить возможность присоединиться к команде TBC Uzbekistan по итогам программы Если ты студент старших курсов или недавний выпускник и хочешь начать карьеру в аналитике данных - подавай заявку уже сегодня! Регистрация уже открыта.👇🏻 Заявка на участие в программе
Data anilitika, ilova yaratish va shunga o’xshash kompyuterdagi ishlar boshqa qo’l mehnatli ishlardan farq qilmaydi. Misol, santexnik magazindan truba (xomashyo) va kerakli narsalarni oladi, qo’li va anjomlar (apparat) bilan ularni ulab sizga issiq suv keladigan dush (natijadagi mahsulot) yasab beradi. Dush bu tayyor mahsulot. Xomashyo + apparat = mahsulot Dataga keladigan bo’lsak. Siz internetda bosgan har bir belgi, intagramdagi layk, paymedagi pul o’tkazmalari barchasi bu data (malumot). Shu ma’lumotlarni aparatga (kod) tiqib, tayyor odam tushinadigan holatga keltiringiz sizni mahsulotingiz hisoblanadi. Shu sababli Agile komandalarda Product owner (Mahsulot egasi) degan rol bor. Uni vazifasi kundalik analitiklik qilish emas. U mahsulotni yaxshilash, mijozni eshitish va muammolarini hal qilish ustida ishlaydi.
Ishimda Github Copilot ishlatamiz (kod yozadigan AI) Oldin har bir odam uchun oyiga pul to‘lanar edi va yetarlicha tokenlar berilardi. Endi Github shuni foydalanilgan tokenlarga qarab pulini hisoblashni boshlabdi. Bu degani butun kompaniya oldin 100 ta odam uchun oyiga 100$ to‘lab kelgan bo‘lsa endi oyiga 100$ lik token sotib oladi va barcha shundan ishlatadi. Tabiiyki kimdir ko‘p kimdir kam ishlatadi. Birinchi 3 kunda ma’lum bo‘lishicha. Top foydalanuvchi oldingi tarifdagi oylik limit 9 barobarini 3 kunda ishlatib bo‘libdi. Shu sabab kompaniya AI tokenlari uchun ichki limitlarni qo‘yishni boshladi. Xullas AI ham arzon emasligi bilinishni boshlayapti.
Data bu juda qimmatli mahsulot. Kecha Yandexda musiqa eshitib moshina haydadim. Yaxshi musiqa kelganda ovozni baland qildim. Yoqmaganini o’tkazdim. Yoqqanini qaytadan eshitdim. Shu haraktlarimni orqali Yandex men haqimda ko’p narsani bilib oladi. Ovoz balandlash, o’tkazish, qaytarish: - nechanchi sekundda - qaysi janrdagi musiqada - qaysi qo’shiqchida - qo’shiq yili Holatingiz: - Bluetooth ulanganmi (naushnik, moshina) - kun vaqti - wifi, yoki 4G (ko’chada degani) Xullas birgina shu ma’lumotlar bilan siz haqingizda ko’p narsani tahmin qila olishadi. Qayerda yashashingiz, yoshingiz, ishingiz, moliyaviy holatingiz. Buni hammasi sizga biror mahsulot yoki servis sotish uchun ishlatiladi.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!
Data analitik bo’lish aslida unchalik qiyin emas. Bu Skandinaviyadagi (Norvegiya, Shvetsiya, Daniya) eng katta media kompaniyasining Data analitikka bergan so’rovi: - SQL - BI ilova bilan tajriba - Snowflake - Python yoki biror dasturlash tilidan habari bo’lishi E’tibor bergan bo’lsangiz Python oxirida kelayapti. Ham aynan Python bo’lishi shart emas. Sababi, anchadan beri Pythonda kod yozib tahlil qilish samarador (efficient) emas.
Menga o'zbek ovqatini ramsga tushiring va har bir to'plam uchun 8$ ishlang degan email keldi. Bu rasmlar keyin AI ni o'rgatishga (train) ishlatiladi. Sababi o'zbek ovqatlari va tayyorlanishi bo'yicha rasm/videolar internetda juda kam (boshqalarga qaraganda). O'zi umuman o'zbek tilida internetda kontent juda kam. Shu sababli AI chatbotlar o'zbek tilida yaxshi yoza olmaydi. AI uchun data tayyorlash - bu sohasidagi qora ish desa ham bo'ladi. Lekin bundan boyib ketganlar ham ko'p. Misol uchun, Alexadr Wang - Scale AI. Bunaqa onlayn kichik topshiriqlarni pul uchun bajarish oldin ham bor edi. 2016-2018 yillar Lionbringdeni ingliz-o'zbek tarjimasini qilib 20-40$ oyiga ishlar edim. Sizga qiziq bo'lsa va talablarga javob bersangiz ariza topshirib ko'ring. Bu reklama emas. https://dataforcecommunity.transperfect.com/project/clary-image-collection-uzbekistan?job-source=DF005&j=324951&sfmc_sub=58519870&l=78_HTML&u=12234980&mid=536000373&jb=3
Marketing bo’yicha qiziq kuzatuv. Savdo majmualarida (Mall), Korzinkada va shunga o’xshash joylarda 2000-yillar qo’shiqlarini juda ko’p eshitdim. Do’stim bu targeting ekanligini aytdi. Hozirda 2000-yillardagi yoshlar ulg’aydi va ularda pul bor. Do’konlar ham ularni target qilayapti dedi. Marketing darajasi ancha kuchayibdi. Qisqa muddatda. Bunaqa narsalar kimnidur hayoliga kelib, barcha joyda amalga oshirilmaydi. Birinchi g’oyani Korzinkani biron filialida tekshirishadi. Agar natija bo’lsa boshqa do’konlarda ham shunday qilishadi. Natija bo’lgan bo’lmaganligini data analitiklar aniqlaydi.
1 oydan beri O’zbekistondaman. Ko’rinishidan Data analitiklari davri kelayapti. Oldin yozganimdek yaxshi o’zgarishlar ko’p. Odamlar daromadi ancha oshgan, shaharda ayniqsa. Juda ko’p narsa raqamlashtirilayapti. Bu juda ko’p datani yaratilishiga olib keladi. Bu datani kimdur tahlil qilishi va bizneslarga kerakli maslahatlarni berishi kerak. Albatta AI ham Data analitik ishiga ta’sir qiladi. Balkim oldinlari bir katta kompaniyaning datasini tahlili uchun 10 ta analitik kerak bo’lgan bo’lsa endi 3 ta analitik bu ishni eplashi mumkin. Lekin bizneslar soni ham ortib bormoqda.
Biror nimani bajarish yoki o’rganish uchun ChatGPTni tekin obunasida biroz yozishsangiz limitiga yetib qoladi. Pullik varianti arzon emas. Lekin boshqa AI lar ham bor va ularni ham belgilangan darajada tekinga ishlatish mumkin. Misol, Claude, Gemini, Deepseek. Shuni osonlashtirish yo’li bormikan deb kecha Claude bilan gaplashib telegram bot yaratdim (birinchi marta). Uni ishlash holatiga yetib kelishi oson bo’lmadi lekin 4-5 soat ichida MVP tayyor edi. Bu hali birinchi versiyasi. Shu mavzudan habari borlar bo’lsa your input is appreciated. @freegpt_uz_bot https://github.com/azamat6037/freegpt
Norvegiyada soliqlar juda baland. Misol uchun daromad solig‘i 30-35% (oylikka qarab). Lekin bu to‘langan soliqlarni foydasini sezadi. Kommentdagi pdf hujjatda bir bola voyaga yetgunicha qancha sarflanishini ko‘rish mumkin. Bog'chaga bir yilda: $17 ming Maktabga bir yilda: $13 ming Universitet barchasi: $60 ming Bu hayot davomida shifoxona va shunga o'xshash harajatlar bilan davom etadi. Hammasi bo'lib: o'gil bola davlatga $280 mingga, qiz bola $310 mingga to'g'ri kelar ekan. Lekin har bir odam umri davomida to'langan soliqlari sabablari bu harajatlarni qoplar ekan.
O’zbekistonga keldim. Kechasi 23:30 da uyda turib Ucelldan esim oldim. NBUdan uzcard oldim. Hammasi onlayn. Aeroport va vokzallarni eshigini oldidagi yo’llar ochilgan. Ko’chada bir-biridan qiziq do’kon va servislar. Yaxshi o’zgarishlar juda ko’p.
AI haqida hammayoqda o’qib odam charchaydi. Biroz vahimaga tushadi. AI ishimni olib qo’ymasmikan yoki hamma AI ni o’rganayapti men qolib ketayapman deb o’ylaydi. Sababi biz AI ga qiziqayotgan yoki ishlatayotganlar qobig’idamiz. Dunyoni katta qismi hali AI ni nimalar qila olishini bilmaydi. Bu siz va bizga o’xshagan endi AI ni o’rganayotganlar uchun zo’r imkoniyat. AI yordamida haqiqiy muammolarga yechim yaratib, uni ish topish yoki ishda o’zimizni ko’rsatishga ishlatishimiz kerak. The bar is low (for now).
Databricks’da AI assistant bor. Yangi Agent mode yaqinda qo’shildi. U Claude code kabi ishlaydi lekin databazani ichida. Kodimiz dbt da. Uni dbt ga ruhsati yo’q. Shunda ham juda zo’r ishlayapti. Hozir quyidagi savolni oldim: Daniyadagi mijozlar marketing consent’i juda past. Bu normal emas. Sababi nima? Kod yoki data’da xato bormi? Yoki haqiqat shumi? Buni aniqlash uchun 15-20 tacha table’ni tekshirishim kerak. Kamida 1-2 soatlik ish. Shu savolni AI agentga berdim. Olmamni yuvib yeb keldim. Javob tayyor. Javobni tekshirdim va kerakli odamga habar berdim. Tejalgan vaqtni hamkasblar bilan gaplashishga yoki boshqa qiziqroq loyihalarga ishlatsam bo’ladi.
Barchaga Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
Bugun ishda vibecoding bo‘yicha kichik demo qildim. Ishxonada Claude code yoki Codex ishlatish mumkin emas. Biz uchun GithubCopilot OpenAI modellari bilangina mavjud. GithubCopilotni anchadan beri ishlataman, lekin unchalik zo‘r emas edi. GPT-5.3 dan keyin sezilarli darajada yaxshilandi. Bugungi demo: Bir dashboard uchun har oy yangi data tablega qo‘shiladi. 3 xil manbadan kelgan data o‘zgartirilib (transformation) qilinib, mavjud tablega qo’shiladi. Bu jarayon qo‘lda qilinib kelingan bir necha yillardan beri. Men bu jarayonni dbt ga 4-5 oy oldin ko‘chirgan edim. Shu payt GithubCopilotni sinako‘rgandimim. Barcha SQL query tarixini berib shundan dbt loyiha yarat prompti bilan. Ishlamagandi. Xuddi shu narsa yaqinda takrorladim. Endi ishladi. AI juda tez rivojlanyapti. Menimcha undan ko‘p foyda olsak bo‘ladi.
Norvegiyadagi bizneslar odamlar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishiga moslashgan. Misol, zal. Obunani onlayn sotib olasiz, eshikni kod bilan ochasiz, zalda sotiladigan narsalarni olib Vipps (Payme) orqali pul jo‘natib qo‘yasiz. Zalda ishchi ishlamaydi. Tozalovchi bir kunda bir marta tozalab ketadi. Buni ishlashiga sabab: odamlar ishonchli va ishchi ishlatish qimmat. Odamlarda o‘g‘irlash yoki aldashga sabab yo‘q. Jamiyat ishonch ustiga qurilgan. $5 lik narsani o‘g‘irlash orqali $5000 lik ishdan ayrilib qolish mumkin (asymmetric risk). Shu sabab norveglar qonunga amal qilib yashaydi. Boshqa joylardan kelganlar bilan gaplashsangiz, boshqacha hikoya. Ishonch bu pul degani. Buni bozor ham tasdiqlaydi. Misol, Norvegiyada ipoteka 5% O‘zbekistonda 18-20%. Bu yerda boshqa faktorlar ham bor. Lekin pulni qaytib kelmaslik ehtimoli baland bo‘lsa % ham baland bo‘ladi. Qonunlarga amal qilib yashash barcha uchun foydali. Qonundan qochish uchun ishlatilgan quvvatni ko‘proq pul topishga ishlatgan afzal.
Rasmda buguni ertalab 7:50. Havo -15 daraja. Lekin hayot har doimgidek davom etadi. Hamma ishiga, maktabiga boradi. Norvegiyaga kelib, yaxshi ob-havoni kutmaslikni o’rgandim. Ob-havo yaxshi bo’lsa bu bonus. Yomon bo’lsa muammo emas. Norvegiyada ob-havo yomon bo’lishi 90% holatda rejalarni o’zgartirmaydi. Odamlar va infrastruktura shunga moslashgan.