tgindex
Janob Musayev | Engineering Life

Janob Musayev | Engineering Life

Статистика

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

Последний пост
2 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
42
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Маркетинг
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 797
−4 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 634
40 постов
Вовлечённость
90,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 42
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 098
1/48двое суток
1 258
1/72трое суток
1 357

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 2 авг.729273

    Agar xizmat yoki mahsulot narxi qandaydir devorlar ortiga berkitilgan bo'lsa va uni ko'rish uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni qaysidir tizimda doimiy qoldirishdan boshqa yo'l yo'q bo'lsa, unda bu narx adolat bilan qo'yilgan narx emas. #startup_life @Janob_Musayev

  • видео или голосовое, без подписи

  • 5 ta farqni topinglar) #polvon @Janob_Musayev

  • 27 июл.1 164204

    Timeweb rahmat GrantGO, MentorGO va EventGO loyihalari saytlari ishga tushgandan beri server provayder sifatida TimeWebni ishlatib kelamiz. Servisi zo'r ishlaydi. Admin panel zamonaviy ko'rinishda va juda qulay. Narxlari ham judayam arzon, tahminan oyiga $10-15 (edi). O'tgan 5 yil ichida deyarli uzilish bo'lmadi. Bo'lganda ham bizga ta'sir qiladigan darajada emasdi. Narxlarida ozroq o'zgarish bo'lganda ham boshqa bunday servis topish qiyinligi va serverni ko'chirish o'zi katta bosh og'riqligi sabab uni o'zgartirmay keldik. Afsuski, tentak chol o'z manfaati uchun boshlagan urush shu yerga ham ta'sir qildi. 2022-yil o'rtalarida xorij kartalaridan to'lov qilish muammoga aylandi. Ammo oradan 2-3 oy o'tmasdan avvaliga Arabiston keyinroq Qozog'iston to'lov tizimi orqali to'lov qilish imkoniyatini qo'shishdi. Konversiyadan yana ozroq yutqazdik. Rubl o'ynashi ta'sir qilishni boshladi. Xarajatlarimiz oyiga $20 ga yaqinlashib qoldi. Shunda ham shu yilgacha servisdan sodiqlik va mamnun holda foydalanib keldik. Toki sun'iy intellekt APIlariga zarurat tug'ilguncha. Lokal kompyuterda ishlab turgan Anthropic va Google APIlari serverga joylanganda "Bu hududdan bizga so'rov yuborish taqiqlangan" degan xato ko'rsatdi. O'ylaganimdek Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalar ta'siri ekan. Qizig'i Timeweb bu paytgacha allaqachon bu tizimlarga o'zining Gateway xizmatini ishga ham tushirib ham ulguribdi. Lekin bu gateway orqali AI xizmatlariga murojaat qilish ancha qimmatroq hisoblanadi. Masalan, Sonnet 4.6 modeliga $3-$15 o'rniga rublda tahminan ~$5-$26ga teng qilib narx qo'yilgan. Shundan keyin serverni Timeweb ichida Rossiyadan Niderlandiyaga ko'chirib o'tkazishga qaror qildik. Lekin u serverlarni katta ehtimol bilan o'zlari ham kimdandir ijaraga olishgani sababli oxirgi oyda bir oyga $33 to'lashga to'g'ri keldi. Eng qizig'i 5 yil davomida muammosiz ishlagan xizmat aynan o'tgan oyda aynan Niderlandiyadagi serverlar qizib ketishi natijasida 2 kunga o'chib qoldi. Qo'shimcha kulerlar o'rnatish ham ancha cho'zildi. Shundan keyin yakuniy qarorga keldik — serverni boshqa provayderga ko'chiramiz. Ish ancha qiyin bo'ladi deb o'ylagandim. Lekin Claudening tan-joni sog' bo'lsin migratsiya rejasini tuzib, konteynerlarni yangilab, skriptlarigacha yozib berdi. Qo'shimchasiga SSH orqali ulagandim serverdagi xatoliklarni ham o'zi tahlil qilib konteynerlar sozlamalarini to'g'irlab ham chiqdi. Tahminan 4-5 soat aktiv vaqt sarflab bugun serverlarni yangi joyga ko'chirdik. Timewebdagi serverimiz yana tahminan bir hafta, pulimiz tugaguncha turib turadi. Shundan keyin u bilan to'liq xayrlashamiz. Ammo yuqori darajadagi sifatli servis va 5 yillik hamkorlik uchun Timewebga rahmat aytmoqchiman. #grantgo #mentorgo @Janob_Musayev

  • 24 июл.1 34152

    Zubayr har safar uydagi muzaltgich oldidan o'tganda shu magnitga qarab talpinadi. Irlandiyada tug'ilgan bo'lsa ham qalban O'zbekistonlik baribir 🇺🇿 #polvon @Janob_Musayev

  • 23 июл.1 31231

    Startap asoschisi sifatida sizda faqat ikki yo‘l bor

  • 21 июл.1 3892

    видео или голосовое, без подписи

  • 21 июл.1 391132

    Birinchi rasmdagidek mashinalar ishlab chiqishdan ikkinchi rasmdagiga yetib kelish uchun qanchalik ahmoq bo'lish kerakligini hech tushunmayman. Tarixdagi eng iconic bo'lgan logotiplardan birini ham o'ldirishdi. #off_topic #cars #jaguar @Janob_Musayev

  • 9 июл.1 818213

    GPT-5.6 faqat kod yoki matn yaratmaydi, balki natijani o‘zi tekshiradi, kamchiliklarini topadi va yakuniy ko‘rinishini yaxshilaydi.

  • 8 июл.1 569111

    G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi. Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi. Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.

  • 6 июл.1 8864434

    Claude Code limiti uchun kichik "hack" Claude Codedan foydalanib ko'rganlar biladiki uning 5 soatlik limiti tugab qolishi oson. Ayniqsa, kuchliroq modellar ishlatilganda. Yashirin muammo Lekin bu yerda muammo faqat limit ozligida emas, uning hisoblanishi qachon boshlanishida ham. Claude bu yerda rolling window usulidan foydalanadi. Masalan, agar siz 9:00 dan kelib ish boshlasangiz, limitingiz 9:00 da boshlanadi va 14:00 gacha yetmasligi mumkin. Undan keyingi limitni oxirgacha yetkazish uchun esa 19:00 gacha ishda qolib ketib qolishingiz mumkin. Agar shu rolling emas, fixed window bo'lib har kuni 6:00 yoki 7:00 dan boshlanganda edi, sizda kun davomida 2 ta emas, 3 ta window bo'lardi. Ishdan ham 16-17:00 oralig'ida bemalol bo'shar edingiz. Yechim — Hack Yaqinda bilib qoldimki, Claude limitini har kuni aniq vaqtda boshlashning yo'li oson ekan. Buning uchun Cowork qismida har kuni ertalab o'zingizga ma'qul vaqtda ishlaydigan Scheduled Job yaratasiz. U judayam oddiy bo'lishi mumkin. Masalan, shahringizdagi bugungi havo harorati haqida ma'lumot berish yoki kunlik yangiliklar. Uni ishlatishda eng yengil Haiku modelini ishlatasiz. Shunda sizda limit har kuni shu job ishga tushgandanoq boshlanadi. Ertalab 8-9 da ishga kelganingizda tushlikkacha ishlatishingiz uchun ko'proq limit bo'ladi. Huddi shunday joblardan kun davomida 12:00 va 17:00 ga ham qo'yib qo'ysangiz bo'ladi. Kamchilik Agar yuqoridagi usulda har 5 soatlik limitingizni 100% ishlatsangiz, haftalik limitingiz bir haftaga qolmasdan tugab qolishi mumkin. Ammo hammasini ishlatmasangiz hech narsadan yutqazmaysiz. Foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham yetkazib qo'yarsiz :) #Claude #AI #tips @Janob_Musayev

  • 1 июл.1 729101

    Anthropic eng kirchimol modeli bo'lgan Sonnetning 5-versiyasini e'lon qilibdi. Benchmarklar va yangiliklarni o'zingiz ko'rib olarsiz. Eng asosiysi 31-avgustgacha Sonnet 4.6 dan ham arzonroq ishlar ekan. #news #AI @Janob_Musayev

  • 30 июн.1 835171

    Kod hech qachon aldamaydi Ishda koddagi deyarli hamma o'zgarishlar SI bilan qilinayotgani yoqmayotgan bir joyi hamma yerda ortiqcha kod izohlari ko'payib ketgani. PRlarda bir qator o'zgarishga ham 5 qator izoh yozilyapti. Haqiqiy kodni o'qish qiyinlashib ketyapti. Linus akaning 26 yil oldin aytgan gaplarini qayta trendga chiqarish kerak bo'lgan zamondamiz. #engineering_life @Janob_Musayev

  • 28 июн.1 601563

    Bugun dam olish kuni oilam bilan aylangani chiqdik. Ketishdan oldin Claudega 4-5 ta ishni qator qilib tayinlab, har biriga "Savol so'ramasdan bajar" deb qo'shib, elevated rejimga qo'yib keldim. Eng muhimi "Make no mistakes!" deb tayinladim. Uyga borgandan keyin qilgan ishlarini tekshirib olaman. Yaxshi qilmagan bo'lsa gap eshitadi :) @Janob_Musayev

  • 25 июн.2 138305

    Sun'iy intellekt bilan development vaqtini qanchalik tezlashtirmang baribir kompilyatsiya qachon tugashini soatlab kutishdan qochib bo'lmas ekan. Har holda o'n minglab fayllar bitta repository ichida yotadigan enterprise monolit loyihalarda. Ish agentlarga topshirib qo'yilgan taqdirda ham ular ham baribir shu joyga kelganda qotib qoladi. Bu huddi shahar ichidagi tirband ko'chalarda aravangni Matiz o'rniga Porshe bilan almashtirishga o'xshaydi. Svetaforlar o'rtasida qanchalik tez harakatlanma baribir tirbandlik ichida kutishga majbursan. Xulosa: Infrastrukturani optimallashtirish ish qurollarini optimallashtirishdan ko'ra samaradorlikni ko'proq oshiradi. #engineering_life @Janob_Musayev

  • 16 июн.2 563133

    Microsoft Claude Coworkga raqobatchi e'lon qildi — Copilot Cowork Bugun Microsoft Claude Coworkga raqobatchi sifatida o'zining Copilot Cowork mahsulotini e'lon qildi. Claudedan nima farqi bor? Amalda hech qanday. UX tomonlama ham Claudedan "ilhom" olingan :) Asosiy farq Microsoftning 400 mlndan ortiq korporativ foydalanuvchilari bor. Ularning ko'pchiligi Claude ishlatmaydi. Kompaniyalar uchun ham tayyor subscription ichida qo'shimcha xizmat olgani yaxshiroq yangi subscription olgandan ko'ra. Yangilikni e'lon qilayotgan yigitcha esa Charles Lamanna, tez orada Microsoftning katta bir bo'limi C-level boshqaruvchisi bo'lishi kutilyapti. Hali 40 ga kirmagan bo'lsa kerak. U bilan men oramizda 7 ta menejment qavati bor 🥲 https://www.microsoft.com/en-us/microsoft-365/blog/2026/06/16/copilot-cowork-is-now-generally-available/ #news #microsoft_life @Janob_Musayev

  • 15 июн.1 9055

    видео или голосовое, без подписи

  • 15 июн.1 84885

    Microservislar asosiy xususiyati Yaqinda Sam Newmanning Building Microservices kitobini o'qishni boshladim. Kirish qismida mikroservislar o'zi nima ekani va ularning asosiy xususiyati qanday bo'lishi kerakligini yaxshi ochib bergan ekan. Yuqoridan xulosa qilish mumkinki, qurayotgan tizimingizni qanchalik mayda bo'laklarga bo'lmang, agar ularni mustaqil deploy qilish imkonsiz bo'lsa, unda arxitekturani mikroservis deb atab bo'lmaydi. #engineering_life #book_insights @Janob_Musayev

  • 3 июн.2 332401

    o’sha paytlar sal uyat edi AI ishlatish. Hozir-chi? Ishlatmasang kuladiganlar bor.

  • 27 мая2 136241

    Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin!

Janob Musayev | Engineering Life — tgindex