tgindex
De Facto

Toshkent Zakovat klubi a'zosi @k_rahimov

Последний пост
5 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
76
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 438
−8 за 6 дн.
Сутки
−5
−0,35%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
512
40 постов
Вовлечённость
35,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 76
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
457
1/48двое суток
523
1/72трое суток
564

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • OpenAI hali ommaga chiqarilmagan Astra nomli yangi model ustida ishlamoqda degan xabarlar tarqamoqda. Kompaniya da’vosiga ko‘ra, uning ichki versiyasi matematiklar uzoq vaqt yecha olmagan 10 ta ochiq masalada yangi yechimlar topishga yordam bergan. Masalalar gruppalar nazariyasi, kombinatorika, kodlash nazariyasi, kvant hisoblash va kriptografiyaga tegishli. Xususan, barcha gruppalar sofizmmi degan uzoq yillik savolga kontrprimer — nosofizm grupla konstruksiyasi olingani aytilmoqda. Muhim jihati, Astra shunchaki tayyor javob yozmagan. Model: - asosiy matematik g‘oya va isbot yo‘nalishini taklif qilgan; - olimlar bilan birgalikda natijalar maqola shakliga keltirilgan; - isbotlar Lean tizimida formal tekshirilgan, ya’ni kompyuter har bir mantiqiy qadamni nazorat qilgan. Barcha 10 ta masala uchun sarflangan hisoblash quvvati API narxida taxminan 2000 dollarga teng bo‘lgani aytilmoqda. Ammo Astra sinab ko‘rilgan barcha masalalarni yechmagan: masalan, ming yillik masalalaridan hech biri hali yechilmagan. Xullas, yangi davr boshlanmoqda. Agar xabar rost va to‘liq tasdiqlansa, AI tarixida juda katta burilish — sun’iy intellekt birinchi marta bir nechta haqiqiy ochiq matematik muammolarda original ilmiy natija bergan bo‘ladi. DE FACTO

  • Javob. Телекомпания ВИД Izoh. Vlad Listev boshchiligida asos solingan VID telekompaniyasining asoschilaridan biri Aleksandr Lyubimov sabab kompaniyaning mashhur logosi paydo bo'lgan. Kompaniya logosi 90-yillar bolalariga qalbiga qo'rquv solgani ham heckimga sir emas))) DE FACTO

  • #savol Qarshingizda qadimgi xitoy faylasufining bosh haykali. O'tgan asrning 90-yillari boshida bu haykal muzeyga tashrif buyurgan Lyubimovning e'tiborini tortadi. Savol. Lyubimov asos solgan kompaniya nomini ayting DE FACTO

  • "Simob ustuni" (mmHg — millimetr simob ustuni) bilan bosimni o'lchash usuli XVII asrda paydo bo'lgan. 1643-yilda italiyalik olim Evangelista Torricelli shisha naychani simob bilan to'ldirib, uni simob solingan idishga teskari ag'dargan. Naychadagi simob to'liq tushib ketmagan va taxminan 760 mm balandlikda to'xtagan. Torricelli shuni aniqladiki, bu balandlikni Yer atmosferasining bosimi ushlab turadi. Shundan keyin: 1 atmosfera (1 atm) = 760 mmHg deb qabul qilingan. mmHg — "millimetr simob ustuni" degani. Ya'ni bosim shuncha millimetr balandlikdagi simob ustunini ushlab tura oladigan kuchga teng. Nima uchun aynan simob tanlangan? Juda zich suyuqlik (suvdan taxminan 13,6 marta zichroq). Agar suv ishlatilganida, 1 atmosfera bosimini o'lchash uchun 10,3 metr baland ustun kerak bo'lardi. Simob shisha devoriga kam yopishadi, natijalar aniqroq chiqadi. Oddiy haroratda bug'lanishi nisbatan kam bo'lgani uchun o'lchash qulay bo'lgan. Hozirgi kunda ko'pchilik ilmiy hisob-kitoblarda Pascal (Pa) birligi ishlatiladi, ammo tibbiyotda, ayniqsa qon bosimini o'lchashda, tarixiy an'ana tufayli mmHg hanuz keng qo'llaniladi. DE FACTO

  • Javob: Simob. Izoh: Gap Evangelista Torricellining barometr tajribasi haqida bormoqda. Tajribada simob ishlatilgan. “Sigma” esa yunon alifbosidagi “S” harfiga ishora qiladi.

  • #savol Evangelista o‘zining mashhur tajribasida aynan SIGMAni tanlagan. Bunga uning yuqori zichligi, shishaga kam yopishishi va oddiy haroratda nisbatan kam bug‘lanishi sabab bo‘lgan. Savol: SIGMA bilan almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering. DE FACTO

  • Mavsum finalini ko'rdim. O'zi shu mavsumda faqat shuni ko'rdim va shu jamoa oldin 6:0 ga yutganiga qoyil qoldim). Savollar, asosan odatdagiday, sportcha zakovatdan tubdan farq qiladi: har bir savol dual, trial, tetral va h.k., faqatgina boshlovchi qo'lidagi javobni tahmin qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Yoki aniq o'qigan bo'lishi kerak (Buzrukning kuzi kitobdan berilgan savol kabi). Lekin eng yoqqan javob topilishi - gilam haqidagi. Bahodir bopladi. Jamoaga qoyil. Ikkita qiz umuman gapirmadi shekilli, balki jim turish ham san'at ekani rostdir. Ularning ham bilimlar qolganlardan kam emasligiga ishonchim komil, shunchaki o'yin uslubi boshqa. Eng kutilmagani va oxirida to'g'riligiga shunchaki qoyil qolganim - ikkinchi savoldayoq klub yordami olingani. Kapitanga qoyil! Boshlovchi har doimgiday o'z uslubida. (Buzrukning kuzini eshitmagani hayratlantirdi). Qaysidir ko'rsatuv juda g'ashiga tegibdi, Millioner bo'lsa kerak. Nimayam derdik, 50 mlrd bilan bundanam sifatli ko'rsatuv qilish mumkin deb o'yladim) Jamoaga esa omad! Ularni mavsum chempionligi bilan tabriklayman! Yil finalida o'ynab yutish nasib qilsin. Bolet qilaman) DE FACTO

  • без подписи

  • без подписи

  • #yoz_26 4-tur 2-liga 1-liga prof-liga Professional va Birinchi liga (Magnum jamoasi) savollari Ikkinchi liga savollari De Facto

  • #yoz_26 Professional liga 4-tur savollarining to'g'ri javoblari 1. Birinchi o‘yinga tayyor 2. Qiziq 3. Xona, fil 4. Oq fil 5. Skvosh 6. Kapa 7. Bikford simi 8. She'r, sher 9. Kalmar o‘yini 10. Ernest Xeminguey 11. Itni hisobga olmaganda 12. Sigaret qoldiqlari 13. Said 14. Afg‘on 15. O‘g‘il voyaga yetkazish 16. Echki 17. Bachkana 18. Osmon uzoq, yer qattiq 19. Uzunquloq pirim 20. Yosuman 21. Bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash 22. Kallaqand 23. Sa’diy Sheroziy 24. Karfagen 25. Anomaliya 26. Alifbo bo‘yicha 27. Qaqnus parvozi 28. Jek 29. Misi chiqadi 30. Mix 31. Ayiq 32. Ko‘rmasligi, aytmasligi, eshitmasligi 33. Gameln 34. Xorazmlik Xayyom 35. Egrilik sari (Breaking Bad) 36. Shamlarni o‘chirish DE FACTO

  • Berlinda 1933 yilda fashistlar tomonidan yoqib yuborilgan yahudiy mualliflarning 20 ming kitobi xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan. U yer ostida joylashgan va faqat kutubxonaning bo'sh javonlaridan iborat bo'lib, ularni Bebelplatz maydonidagi toshlardagi shaffof "deraza" orqali ko'rish mumkin. DE FACTO

  • без подписи

  • без подписи

  • #yoz_26 3-tur 2-liga 1-liga prof-liga Professional va Birinchi liga (J.Ahmedov jamoasi) savollari Ikkinchi liga savollari De Facto

  • #yoz_26 Professional liga 3-tur savollarining to'g'ri javoblari 1. Ishlar qalay? 2. Powerbank 3. Zaryad oldirish kerak 4. Kimyogar 5. Kenguru 6. GTA 6 treyleri e'lon qilinishi 7. Dopey (Anqov) 8. Yoʻlchi va Joʻlomon 9. Z 10. Ot 11. Numizmatika 12. Daraxt 13. Alber Kamyu 14. Maymun 15. Imitation Game 16. Uyquda gapirish 17. Til 18. Bedananing uyi yoʻq, qayga borsa bitbildiq 19. Ot kishnagan oqshom 20. Kurka 21. Tutanxamon 22. Alireza Firuzja 23. Chaqaloq hidi 24. Langar 25. Uyquda gapirilgan jumlalar 26. Urush 27. Koʻngil koʻchalari 28. Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq, xirmonda hozir 29. Abduqodir Husanov 30. Infantinoning parvozi 31. L 32. Truman Show 33. Qoʻl 34. Boyning jannatga tushishi 35. Kiyosaki 36. Mishel Nkuka Mboladinga De Facto

  • Sinoplik Diogen (taxminan miloddan avvalgi 412 yil, Sinop — miloddan avvalgi 10 iyun, 323 yil, Korinf) — qadimgi yunon faylasufi. Yoshligida Diogen Delfiy Pifiyasidan "qiymatlarni haddan tashqari baholash" haqida bashorat oladi va bashoratni dastlab so'zma-so'z qabul qildi va qalbaki pul ishlab chiqazish bilan shug'ullandi. Jinoyatda qo‘lga tushganidan so‘ng u o‘z shahrini tark etishga majbur bo‘lgan. Diogen Afinaga keladi va kinik maktabining asoschisi Antisfenning shogirdi bo'ladi. Tez orada u o'zining donoligi, turmush tarzi va g'ayrioddiy qiliqlari tufayli mashhur bo'ldi. O'z ta'limotida Diogen asketizmni - yerdagi ne'matlardan voz kechishni, mustaqillik va o'zini o'zi ta'minlashni targ'ib qiladi. Tashqi sharoitlarga qaramlik hissi, Diogenning fikriga ko'ra, qullikning asosi edi. U faqat qanoatlantirish murosaga olib kelishini targ'ib qildi va erkin hayotdan voz kechishni talab qiladigan ehtiyojlardangina voz kechadi. Hatto qullikda ham, Diogenning fikricha, ichki erkinlikka ega bo'lgan kishi mustaqil shaxs bo'lib qolishi mumkin. Asketizm bilan bir vaqtda Diogen nikoh va vatan tushunchalarini rad etadi, u birinchi bo'lib "kosmopolit" so'zini ishlatgan. Uning hayratlanarli harakatlari nafaqat e'tiborni tortadi, balki "jiddiy fan" qarshi tura olmaydigan bahsda asosiy mavzuga aylanadi. Xalq qahramoni va xalq donishmandlari Diogen obrazi koʻplab hikoyat va rivoyatlarning paydo boʻlishiga, shunga mos ravishda manbalarda qarama-qarshilik va mulohazalarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Diogen haqidagi eng mashhur afsonalarga uning Aleksandr Makedonskiy bilan uchrashuvi va fonar bilan odamni izlash kiradi. Podshoh faylasufni har qanday istakni bajarishga taklif qilganda, u chetga chiqishni so'radi, chunki Iskandar quyoshni to'sib qo'ygan edi. Boshqa safar Diogen kunduzi chiroq yoqadi va ko'chalarda yura boshlaydi. Undan nima qilayotganini so'rashganda, faylasuf shunday javob berdi: "Men odamni izlayapman". Diogen sindromi - bu o'zini o'zi e'tiborsiz qoldirish, ijtimoiy izolyatsiya, befarqlik, har xil narsalarni to'plash va yig'ish tendentsiyasi (patologik yig'ish) va uyatsizlik bilan tavsiflangan ruhiy kasallik. Bazadan assosatsiya: - Diogen klubi - Sherlok Xolms akasi Mykroft Xolms asos solgan indamaslar klubi. Jimlik, jentlmenlar klubi so'zlari ishora - laqabi "it". Itga xos qiliqlar (xom go'sht yeyish, sodiqlik kabi) va it porodalari unga ishora. - "adashi" so'zi (Laertlik Diogen ham bor) - Aflotun bilan qarama-qarshilik (A: odam - ikki oyoqli patsiz mavjudot! D: - pati yulingan tovuq odam ekan unda! A: - tirnoqlari o'tkir bo'masligi ham talab qilinadi!) - Ruminiyada vino bochkalaridan qilingan hotel bor va u norasmiy nom sifatida Diogen hoteli deyiladi. - Quyoshni to'sish bilan voqealar. De Facto

  • 4 июл.596112

    Polikrat va baliq afsonasi Miloddan avvalgi VI asrda Samosning hukmdori Polikrat deyarli har bir urushda g'alaba qozonar, boyligi va qudrati tobora ortib borardi. Misr fir'avni Amasis II unga shunday maslahat beradi: "Omading haddan tashqari kuchli. Xudolar bunday baxtni yoqtirmaydi. Eng qimmatli narsangni qurbonlik keltir." Polikrat eng sevimli qimmatbaho uzugini olib, uni dengizga uloqtiradi. Oradan bir necha kun o'tgach, bir baliqchi unga ulkan baliq sovg'a qiladi. Oshpaz baliqni yorayotganida, uning qornidan aynan Polikrat dengizga tashlagan uzuk chiqadi. Bu voqeani eshitgan Amasis dahshatga tushadi. U buni taqdirdan qochib bo'lmasligining alomati deb hisoblaydi va Polikrat bilan do'stligini uzadi. Ko'p o'tmay, Polikrat dushmanlari tomonidan hiyla bilan tutib olinadi va qatl etiladi. Bu hikoya Herodot tomonidan keltirilgan. Shu sababli u antik davrning eng mashhur rivoyatlaridan biri bo'lgan deyish mumkin. De Facto

  • #yoz_26 Ikkinchi liga 2-tur savollarining to'g'ri javoblari 1. Shohizinda 2. Bering 3. Shryodinger mushugi 4. Ilon 5. Marsel Prust 6. O‘ron 7. La Skala 8. Sut 9. Ayyor Pyotr 10. Ursula von der Leyen 11. a) Napoleon b) Eynshteyn 12. Qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilgan shaharlar 13. Monarx kapalaklar 14. Meri Shelli 15. Smurflar 16. Abdulhamid Cho‘lpon 17. Qor, Tog‘ 18. a) Maysara. b) Maymana 19. Tur Xeyerdal 20. 1001 21. Gangnam 22. Bobomurod Hamdamov 23. Xinkali 24. Boris Pasternak De Facto

  • 3 июл.508311

    #yoz_26 2-tur 2-liga Ikkinchi liga savollari De Facto