- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 213
- 1/48двое суток
- 244
- 1/72трое суток
- 263
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bir sirni sizga aytmoqchiman, ko'pchilikni iltimosiga binoan mobil app ustida ishlayapmiz😁 Mobil App tayyor bo'lguncha esa startap qurishni debocha.yoshlarventures.uz orqali o'rganib turing. DIQQAT SAVOL! Bilaman siz allaqachon o'rganishni boshlagansiz, nechta sertifikat oldingiz? @debochadur
без подписи
"Yoshlar Ventures"ning San-Fransiskodagi jamoasi Sam Altman bilan uchrashdi! 📌 AQShda tahsil olayotgan o'zbekistonlik talaba-muhandislardan iborat "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi vakillari o'ziga xos uchrashuvda OpenAI bosh direktori Sam Altman bilan suhbat qurdilar. Oqshom esa Eventbrite hammuassisi hamda PayPal, Airbnb, Pinterest, Palantir, Uber va SpaceX kabi gigantlarning ilk bosqich investorlaridan biri bo'lgan Kevin Hartz bilan palov ustidagi qizg'in netvorking bilan davom etdi. 🚀 Ushbu muhim voqea "Yoshlar Ventures"ning San-Fransisko ofisi rasman o'z ishini boshlayotgan bir vaqtga to'g'ri kelmoqda. Bu Kremniy vodiysidagi ishtirokimizni yanada kengaytirish va yosh o'zbekistonlik startap asoschilarini global maydonga olib chiqish missiyamizdagi ulkan qadamdir. ⚡️Global innovatsiyalar markazida xalqaro va strategik aloqalarni mustahkamlayotganidan faxrlanamiz. Zero, dunyoning qaysi burchagida bo'lishidan qat'i nazar, biz iqtidorli yoshlarimizga o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun doimo imkoniyatlar yaratishga tayyormiz! Bizning yoshlar endi bevosita dunyoning eng oldi tech ekotizimida o'z o'rniga ega bo'lmoqda! ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
✅ “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturining 1-kuni ham yakunlandi 🎓 Tadbir davomida Cornell University’dan tashrif buyurgan professorlar Wesley Sine, W. Chad Carlos va Mark Beck tomonidan ajoyib darslar o’tildi 📌Sessiyalar davomida asoschilarimiz startaplari uchun shaxsiy feedback olishdi, strategik qaror qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantirishdi. Bundan tashqari, asoschilarimiz uchun coffee break va lunch time tashkil etildi Kuzatishda davom eting hali barchasi oldinda🚀 ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
😳 Cornell Universtetidan kelayotgan Professorlarimiz bilan tanishing! 1️⃣ Professor Wesley Sine - Tadbirkorlik va innovatsiya bo’yicha dunyoning yetakchi tadqiqotchilaridan biri. Olti qit’ada minglab tadbirkorlarni o’rgangan, ularga maslahat bergan va dars bergan. Startaplardan tortib Fortune 500 kompaniyalargacha konsalting tajribasiga ega. 2️⃣ Professor W. Chad Carlos - Cornell universitetidan PhD darajasiga ega. Tadbirkorlik bo’yicha tadqiqotchi, pedagog, konsultant va executive coach. Ilgari KPMG’da Silikon vodiysining yetakchi texnologiya kompaniyalari, jumladan Google bilan ishlagan katta konsultant bo’lgan. 3️⃣ Professor Mark Beck - Harvard MBA. JELD-WEN kompaniyasining sobiq bosh direktori (CEO) bu davrda 8 ta kompaniyani sotib olish (acquisition) va muvaffaqiyatli IPO’ni amalga oshirgan. Danaherda $5 milliard qiymatidagi biznes portfelini boshqargan sobiq prezident. B-Square Precision Group kompaniyasining hammuassisi. 🚀 Ushbu professorlar 7–10-avgust kunlari Toshkentga tashrif buyuradilar. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
🚀 STARTUP ARENA #AGRO Agro sohada startapingiz bormi? Uni investorlar oldida taqdim etib, rivojlantirish uchun investitsiya olishni xohlaysizmi? O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi katta bozor va katta imkoniyatlarni ega. Suvdan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, issiqxonalarni avtomatlashtirish, mahsulotni saqlash va eksport kabi yo‘nalishlarda yangi startaplar uchun hali juda ko‘p imkoniyat bor. Yoshlar Ventures O‘zbekiston bo‘ylab agro sohada startap yaratgan va o‘z loyihasini rivojlantirayotgan jamoalarni izlayapti. Biz uchun qiziq bo‘lgan yo‘nalishlar: 🏡 Aqlli issiqxonalar Issiqxonalarni avtomatlashtirish, harorat, namlik va sug‘orishni boshqarishga yordam beradigan startaplar. 🎯 Precision Agriculture Yer, suv, o‘g‘it va hosildorlikni aniq ma’lumotlar asosida boshqaradigan startaplar. 🌾 Agrotexnologiyalar Hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligidagi jarayonlarni yaxshilashga yordam beradigan startaplar. 💧 WaterTech Qishloq xo‘jaligida suvni tejash va undan samarali foydalanishga yordam beradigan startaplar. 🌦 ClimateTech Iqlim va ob havo sharoitlariga moslashishga yordam beradigan startaplar. 🚚 Supply Chain Mahsulotlarni saqlash, tashish va yetkazib berish jarayonlarini yaxshilaydigan startaplar. 💳 AgriFinTech Fermer va dehqonlar uchun kredit, sug‘urta, to‘lov va boshqa moliyaviy xizmatlarni qulaylashtiradigan startaplar. 🌍 ExportTech O‘zbekiston agro mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishni osonlashtiradigan startaplar. Bu ro‘yxat faqat biz uchun qiziq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatadi. Agar startapingiz agro sohadagi muammoni hal qilsa, yo‘nalishingiz ro‘yxatda aynan shu nom bilan bo‘lmasa ham, ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Arizalar 11 avgustgacha qabul qilinadi. Saralashdan o‘tgan jamoalar 16 avgustdan Azizbek Kurbonovning “The Art of Pitch” kursida qatnashadi. Bu jarayonda jamoalar startapini investorlar oldida qanday taqdim etishni o‘rganadi va Demo Dayga tayyorlanadi. 🚀 26 avgust kuni DEMO DAY Saralangan jamoalar o‘z startaplarini investorlar oldida taqdim etadi. Eng muhimi, shu kuni startapingiz uchun investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Startapingizni keyingi bosqichga olib chiqish vaqti keldi. 👇 Ariza topshirish: https://forms.gle/KSD2tUhamdrm9JHv6
🚀 DEBOCHADA FROM ZERO KURSI Avgust oyidagi qabul boshlandi! Startapingiz bormi yoki startupga qiziqasizmi? Unda bu imkoniyatni o‘tkazib yubormang! 🔥 📚 1 oy davomida Debochadagi maxsus darslar orqali o‘z g‘oyangizni bosqichma-bosqich rivojlantirib, uni real loyihaga aylantirasiz. 👥 Haftalik workshoplar Yoshlar Ventures loyiha menejerlari bilan amaliy bilimlar, tajriba va foydali tavsiyalar olasiz. 🎯 DemoDay - katta final! Inkubatsiya yakunida o‘z loyihangizni venchur fondlari va investorlar oldida pitch qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 📲 Qatnashish uchun yopiq Telegram guruhimizga qo‘shiling! https://t.me/+LSxgSXXMiEZmZDc6 ⏳ Deadline: 09.08.2026 Shoshiling! Balki sizning g‘oyangiz aynan shu 1 oyda real startupga aylanar. 🚀
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄 Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀 Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆 👉 Darsni boshlash Qani, ketdik! 🔥 Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
Hop, ko‘ndirdizlar! 😄 Eng yaxshi darslar — faqat sizlar uchun! 🚀 Darslarni ko‘rib, bilimlarni o‘zlashtirib bo‘lgach, sertifikatlaringizni kommentlarda ko‘rsatishni unutmang! 🏆 👉 Darsni boshlash Qani, ketdik! 🔥 Kim birinchi bo‘lib sertifikat oladi? 👀
Ting ting ting !!! Yangi kurs bugun chiqadi, qani 50 ta turli hil like bo'lishi bilan kursni chiqaramiz!
MyTaxi founderi kimligini bilasizmi?
Ting ting ting !!! Yangi kurs bugun chiqadi, qani 50 ta turli hil like bo'lishi bilan kursni chiqaramiz!
Building the New Generation of Startup Founders ⚡️ Yoshlar Ventures xalqaro hamkorlik doirasida "Cornell University" delegatsiyasini O‘zbekistonda qabul qiladi. 📆 "Cornell SC Johnson College of Business"ning 3 nafar professori ishtirokida 7–10-avgust kunlari startap asoschilari uchun maxsus seminarlar va amaliy sessiyalar tashkil etiladi. ✅ Dastur davomida startup qurish, global fikrlash, innovatsiyalarni tijoratlashtirish va asoschilarning strategik qarorlar qabul qilishi kabi mavzular yoritiladi. ⚡️ Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz!
Yangi kurs kutyotganlar bormi? 👀
⚡️ Sirdaryolik startapchilar, diqqat qiling! Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Yoshlar Ventures jamoasi vakillari Ertaga Yangiyerda bo’ladi. Maqsad bitta: siz bilan yuzma-yuz ko’rishib, startapingiz haqida bevosita o’zingizdan eshitish. 🗓 30-iyul, soat 10:00 (9:30da yig’ilamiz) 📍 Yangiyer shahri. Aniq manzil Telegram guruhda e’lon qilinadi. Uchrashuvda: • Startapingizni qisqa pitch qilasiz • Savollarga javob berasiz va fikr olasiz • Loyihangiz mos kelsa, investitsiya bosqichiga o’tish imkoniyati ochiladi Qatnashish tartibi oddiy: ariza formasini to’ldirasiz, oxirida Telegram guruh havolasi chiqadi. Aniq manzil va boshqa tafsilotlar o’sha yerda bo’ladi. Arizani hozir to’ldiring 👇 https://forms.gle/UBDzgFVtGeLWNmDV9
🔥 Vanihoyat! Barcha Kutgan Kun Keldi! 🥳 Uzoq kutilgan va hayajonli jarayondan so‘ng, UzCombinator 2-mavsum "Suhbat" natijalari e’lon qilinadigan sana va vaqt aniq bo‘ldi! 🚀 📅 Sana: 29-iyul ⏰ Vaqt: 20:00 📌 Natijani qanday bilish mumkin? • uzcombinator.uz saytimizga tashrif buyuring • Profilingizga kiring • O'z natijangizni bilib oling! 🎥 Eslatma: Natijani ko‘rish jarayonini videoga olib, o‘z emotsiya va reaksiyalaringizni ijtimoiy tarmoqlarda #UzCombinator heshtegi bilan ulashishni unutmang! Eng zo'r reaksiyalarni sahifamizda ulashamiz! Barchaga omad tilaymiz! ⚡️ ⚡️ @uzcombinator
Выход на рынок США 🇺🇸 30–31 июля в MOST C-Space Hub пройдет двухдневная практическая программа для технологических компаний, инвесторов и участников инновационной экосистемы. Программа будет полезна тем, кто: • планирует запуск или масштабирование бизнеса в США; • рассматривает инвестиции в компании с международным потенциалом; • ищет клиентов, партнеров и новые деловые возможности; • сопровождает стартапы и компании при выходе на глобальные рынки. За два дня международные эксперты разберут стратегию выхода, регистрацию компании, поиск первых клиентов, юридические и налоговые вопросы, защиту интеллектуальной собственности и подготовку бизнеса к международным инвестициям. Участников также ждут практические сессии, индивидуальные консультации, B2B-встречи, разбор кейсов. 📅 30–31 июля 2026 📍 Ахмад Дониш, 20А, MOST C-Space Hub 📌 Формат: офлайн, 2 дня, на английском языке Количество мест ограничено. Подать заявку можно по ссылке: https://forms.gle/fT61CqJTxnHuRrqT9
🎉 Ajoyib natija! Debochadagi faol foydalanuvchilarimiz soni yana bir muhim marraga yetdi - platformamizda jami 500 ta sertifikat o'z egalariga topshirildi! 🚀 Bu yutuq yo'lida tinimsiz harakat qilgan barcha ishtirokchilarimizni chin datdan tabriklaymiz. Oldinda bizni yanada katta marralar va imkoniyatlar kutmoqda. Ps: Agar siz ham o'z sertifikatingizni qo'lga kiritgan bo'lsangiz 🔥 @debochadur
⚡️ Investitsiyasiz o‘sish yetarlimi? Startapchilarga doim bitta savolni beraman: “Bootstrap usulida topayotgan daromadingiz keyingi o‘sishga yetadimi yoki yo‘q?” Agar javobingiz “Yo‘q, tezroq kengayish uchun investitsiya kerak” bo‘lsa, demak bu video aynan siz uchun. 👉 Batafsil: Debocha @debochadur ⚡️
без подписи