tgindex

Dev Farhod

описание

Yetakchi Dasturiy Muhandis ✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman. ✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman. ©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing

292
подписчиков
Охват к подписчикам
143,8%
ERR
Реакции к просмотрам
1,41%
159 на 25 постов
Пересылки к просмотрам
0,83%
94
Постов в день
0,9
всего 26

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 10 авг.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! Onda-sonda ko‘rinib qoladigan va post yozib turadigan birodaringiz shu yerda. 🙂 Startup qurishda “g‘oya sariq chaqa, eng muhimi execution” degan gapni ko‘p eshitganmiz. Bugun esa aslida unday emasligini angladim. Bir daqiqaga g‘oya umuman muhim emas, deb faraz qilaylik. Masalan, Facebook’ning clone’ini yaratish g‘oyasini oldik va “eng muhimi execution” deb ishni boshladik. Lekin bir o‘ylab ko‘raylik: ishlab turgan product’ni xuddi o‘ziday qilib yaratishdan nima ma’no bor? Shundan anglashiladiki, g‘oya ham execution kabi muhim. Shunday ekan, g‘oya izlab yurganingizda “men hech narsani eplay olmayman” deb ruhingizni tushirmang. Bu bosqichning o‘zi ham startup qurish jarayonining bir qismi. Menimcha, startup qurishda eng avvalo muammoni topish turadi. Chunki haqiqiy muammoni topmasangiz, nimani execute qilasiz?! Bu hali birorta startup qurmagan dasturchining fikrlari. 🙂 Salomat bo‘lasiz!4,24%
  • 12 авг.Inson hissiy mavjudot. Biz robot emasmizki, kunning har bir daqiqasini rejalashtirib, hammasini rejadagidek bajara olsak. Ruhiy holatimiz ham doim bir xil emas. «Lekin mas’uliyat-chi?» deysizmi? Albatta, mas’uliyat kerak. Lekin calendar’ga amal qilishning o‘zi mas’uliyat emas. Mas’uliyat, qilinishi kerak bo‘lgan ishni qilish. Shuning uchun hozir vazifalarimni ikki turga ajratyapman: 1. Takrorlanadigan ishlar 2. Bir martalik vazifalar Takrorlanadigan ishlarni vaqtga qattiq bog‘lamasdan, odatlarni bog‘lash (habit stacking) usulidan foydalanayapman. Masalan: Har namozdan so‘ng bir bet Qur’on o‘qish. Bu yerda signal vaqt emas, balki boshqa bir odat. Bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 2 ta yangi odat shakllantirishga harakat qilaman. Bir martalik vazifalarni esa bitta listda saqlayman va bo‘sh vaqtim hamda holatimga qarab bajarib boraman. Bu uslub hozircha men uchun juda yaxshi ishlayapti. Yaxshi reja kunning har bir daqiqasini nazorat qilish emas. Muhimi, kerakli ishlar bajariladigan tizim yaratish.3,31%
  • 29 нояб. 2024 г.Biror marta 29.895 qatorli "unit test" fayl yozganmisiz? 😇 Bizda bu odatiy holat. Biz kutubxonalarni manbaa kodini shunday olib, faylga qo'shib yuboramiz. 😂 @devfarhod2,77%
  • 15 нояб. 2024 г.Yangi “setup”. Ekran kengligi va tiniqligi ancha qulaylik berar ekan. Windows 11 ni ham interfeysi juda yoqdi. 🚀 @devfarhod2,76%
  • 13 авг.Bu yerdan bir xulosa qilish mumkin: AI ishni yo‘qotmayapti, uning tabiatini o‘zgartiryapti. Film yaratishda operatsion ishlar kamayib, rejalashtirish va qayta-qayta fine-tune qilish asosiy mehnatga aylandi. Men anglagan yana bir narsa: juda arzonlashgan narsa, qanchalik qimmatli bo‘lmasin, qadrsizlashadi. Juda qimmat narsa esa, qanchalik oddiy bo‘lmasin, qadrli bo‘ladi.2,52%
  • 13 авг.Yuqorida aytganimdek, content ishlab chiqarish osonlashmoqda. Bu esa fikrning qadrini oshirmoqda. Internet sifatli, ammo umumiy content bilan to‘lib borar ekan, odamlar original fikr va original content’ni tobora ko‘proq qadrlay boshlaydi.2,50%
  • 6 дек. 2024 г.Boy bo‘lish uchun xohish emas, ehtiyoj darajasida yashang! 💡 Xohish – bu biz qilishni xohlaydigan narsalar. Ehtiyoj – bu qilmasak bo‘lmaydigan, majburiyat bo‘lgan narsalarimiz. Misol uchun: - 🍳 Uyda sog‘lom taom pishirib yeyish ehtiyoj, ko‘chada ovqatlanish esa xohish. - 👕 Tanani yopish uchun kiyim olish ehtiyoj, yangi uslub uchun kiyim olish esa xohish. Ehtiyojni qondirmasdan yashab bo‘lmaydi, lekin xohishlardan tiyilib yashash mumkin. Biroq xohishdan tiyilish nafs tufayli juda qiyin. Xohishlarni boshqarish uchun maslahatlar: - Xohish paydo bo‘lganda uni kechiktirishga harakat qiling. Qancha ko‘p tiyilsangiz, shuncha yaxshi bo‘lib boraverasiz. - Xohishni uyg‘otuvchi narsalarni yo‘qoting. Agar daromadingiz tez sarflanib ketayotgan bo‘lsa: - Xohishlaringizni cheklang. - Tejalgan pulni sarmoya qiling. 💸 Izohlarda xohish va ehtiyojlarga o’z misollaringizni yozib qoldiring! Unutmang: xohish va ehtiyojlar nisbiy. Siz uchun ehtiyoj bo‘lgani, boshqa odam uchun xohish bo‘lishi mumkin. @devfarhod2,38%
  • 13 авг.🚀 Mojo 1.0 chiqdi Mojo bu Modular tomonidan yaratilgan yangi dasturlash tili. Eng qiziq tomoni, u Python ga o'xshash sintaksisni saqlagan holda, C++ va Rust kabi yuqori performance talab qilinadigan vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Asosiy fokus esa AI va zamonaviy hardware: CPU, GPU va boshqa acceleratorlarda tez ishlaydigan kod yozish. Qisqasi: Python qulayligi + systems programming performance + AI uchun optimizatsiya. Kecha Modular Mojo 1.0 ni rasman e'lon qildi. Endi ko'rish qiziq: Mojo haqiqatan ham AI development da Python ga jiddiy muqobilga aylana oladimi? Modular ning Mojo 1.0 haqidagi maqolasi2,34%
  • 27 нояб. 2024 г.Shu kunlarda biznes va pul haqida ko’p o’qiyapman va o’ylayapman. Odatda oddiy ishchi bo’lishimizga sabab, o’zimizni ishimizni boshlash xavf-xatarli ekanini o’ylaymiz. Balki yirik korxonalarda yirik ishlar qilishni xohlaymiz. Nima bo’lganda ham, xavf-xatar haqida gapirsak. Kimningdir qo’lida ishlash ham xavfsiz emas. Doim “Korxonani ishi yaxshi bo’lsinda, ishsiz qolib ketmayda.” - degan hadikda yashaymiz. Shunday ekan, nega qiyin bo’lsada, kichik bo’lsada o’z biznesimizni qurmaymiz?! Ikki yo’l ham xatarli-ku. @devfarhod2,30%
  • 17 нояб. 2024 г.Yangi startap boshlamoqchi bo’lsangiz, iltimos, bir o’ylab ko’ring O’zbekistonda yangi loyihalarni katta korporatsiyalar kayfiyat uchun qiladi, yoki biznesmenlar aytiga qiziqib dasturchilarni yig’ib o’rtaga pul tashlaydi, yoki oyoqqa turgan, o’z sarmoyasi bor juda mard insonlar yaratadi. Yana tanlovlarda grant yutib sarmoya oladiganlar ham bor, lekin ko’p emas. Startap deganimda men pul keltiradigan, moliyalashtirilgan bir biznes deyapman. Bizda startap so’zi ma’nosi “o’zini eplavolgan biznes”ni anglatadi. Aslida esa startap “o’z biznes modelini qidirayotgan, talantlar tomonidan boshqaraladigan” korxonadir. Amerikada umuman pul topmaydigan startaplar yo’q deganda 1-2 mln dollar ko’taradi, bizda esa hatto pul topishning o’zi kifoya emas. Shu sabab ham kattarib ketgan startaplar deyarli bizdan chiqmaydi. Venchur, angellar, ekspertlar o’zicha g’arb metodikasi bo’yicha pul bermoqchi bo’ladi, lekin hech kim O’zbekistonda 10,000$ MRR ga yetmagan startapga pul berasizlarmi degan savolga javob berolmaydi. Yetsangiz ham siz scalable emassiz, yoki sotishni bilmaysiz yaxshi (ha o’zidan o’zi 10K ga erishganmiz-ku), yo vision’ingiz sodda, yo yana nimadir yoqmaydi :) Urining, izlaning, lekin bilingki, O’zbekiston siz kutayotgan startapbop muhit emas. Bu yerda angelning ham, venchurning ham oddiy bankdan farqi yo’q. Birinchidan ulardan pul olishning o’zi azob, loyihangizni baholashi undan ham qiziq — hali bunga yetib olgunimizcha biz o’zi oyiga 10,000$ topishimiz kerak. Nechta startap bor O’zbekistonda noldan 10,000$ gacha oylik tushumga erishgan? Hatto shunda ham sizning reja/vision’ingizga skeptisizm, ishonchsizlik bildirishadi, aslida esa O’zbekistonda 10,000$ oyiga bitta dastur bilan topish Amerikada 50,000$ topish bilan ekvivalentdir. O’zim hozir shunday vaziyatdaman. Men startap cookbook’da berilgan barcha amallarni bajardim, lekin O’zbekistonda hammasi boshqacha ishlarkan. Qozog’istonda ham. Umuman mahalliy regionda men o’zimni kichkina bir qumloqda o’tirgandek his qilyapman. Gar bilakda shuncha kuch bor ekan, ne qilaman bu yerda yurib deganday, hozir loyihada pivot emas, hayotimda pivot qilmoqchiman. Bilmadim qanaqa, lekin menga bu o’yinlar yoqmayapti. Qoidalarni bilmayman, hakamlarni bilmayapman, gohida o’yin borligidan ham bexabar qolyapman. Agar Amerikada ham shuncha stress bo’lsa, Amerikada buni boshdan kechirish yaxshiroqmikan…2,01%
  • 26 окт. 2024 г.без подписи1,69%
  • 22 нояб. 2024 г.#AITools NotClass — Bu uskuna YouTube videolari yoki podkastlarini to‘liq ko‘rmasdan turib, sizning aniq savolingizga tegishli qismini topib beradi. 🎯 Endi soatlab videolarni ko‘rib chiqish shart emas — kerakli javobni topish bir necha soniyalarda amalga oshadi! Shu kabi foydali AI uskunalari haqida ko‘proq bilishni istasangiz, kanalga obuna bo‘ling: 👉 @devfarhod .1,68%