tgindex

Dev Farhod

описание

Yetakchi Dasturiy Muhandis ✔️ Dasturiy muhandis sifatida kariyerangizni qurishni o'rgataman. ✔️ Kariyeraviy hayotimdagi ibratli yutuq va yechimlarni ulashaman. ©️ Chewy, Mastery, Marvin, EPAM, Turing

292
подписчиков

Лучшие посты

за три месяца
  • 13 авг.208 просмотров4 пересылок

    🎬 The Cully Hill Boys: kino yaratish o‘zgaryapti 110 daqiqalik The Cully Hill Boys filmi generativ AI yordamida yaratilgan. Real aktyorlarning yuz va ovoziga asoslangan digital likeness'lar litsenziya asosida AI personajlariga aylantirilgan. Film taxminan $2 mln budjet va 4 hafta ichida yaratilgani esa yanada qiziq. 🎥 Filmni YouTube da ko‘rish: https://www.youtube.com/watch?v=h_qQ0aKyXEA

  • 10 авг.165 просмотров7 реакций1 пересылок

    Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! Onda-sonda ko‘rinib qoladigan va post yozib turadigan birodaringiz shu yerda. 🙂 Startup qurishda “g‘oya sariq chaqa, eng muhimi execution” degan gapni ko‘p eshitganmiz. Bugun esa aslida unday emasligini angladim. Bir daqiqaga g‘oya umuman muhim emas, deb faraz qilaylik. Masalan, Facebook’ning clone’ini yaratish g‘oyasini oldik va “eng muhimi execution” deb ishni boshladik. Lekin bir o‘ylab ko‘raylik: ishlab turgan product’ni xuddi o‘ziday qilib yaratishdan nima ma’no bor? Shundan anglashiladiki, g‘oya ham execution kabi muhim. Shunday ekan, g‘oya izlab yurganingizda “men hech narsani eplay olmayman” deb ruhingizni tushirmang. Bu bosqichning o‘zi ham startup qurish jarayonining bir qismi. Menimcha, startup qurishda eng avvalo muammoni topish turadi. Chunki haqiqiy muammoni topmasangiz, nimani execute qilasiz?! Bu hali birorta startup qurmagan dasturchining fikrlari. 🙂 Salomat bo‘lasiz!

  • 13 авг.128 просмотров3 реакций1 пересылок

    🚀 Mojo 1.0 chiqdi Mojo bu Modular tomonidan yaratilgan yangi dasturlash tili. Eng qiziq tomoni, u Python ga o'xshash sintaksisni saqlagan holda, C++ va Rust kabi yuqori performance talab qilinadigan vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Asosiy fokus esa AI va zamonaviy hardware: CPU, GPU va boshqa acceleratorlarda tez ishlaydigan kod yozish. Qisqasi: Python qulayligi + systems programming performance + AI uchun optimizatsiya. Kecha Modular Mojo 1.0 ni rasman e'lon qildi. Endi ko'rish qiziq: Mojo haqiqatan ham AI development da Python ga jiddiy muqobilga aylana oladimi? Modular ning Mojo 1.0 haqidagi maqolasi

  • 12 авг.121 просмотров4 реакций

    Inson hissiy mavjudot. Biz robot emasmizki, kunning har bir daqiqasini rejalashtirib, hammasini rejadagidek bajara olsak. Ruhiy holatimiz ham doim bir xil emas. «Lekin mas’uliyat-chi?» deysizmi? Albatta, mas’uliyat kerak. Lekin calendar’ga amal qilishning o‘zi mas’uliyat emas. Mas’uliyat, qilinishi kerak bo‘lgan ishni qilish. Shuning uchun hozir vazifalarimni ikki turga ajratyapman: 1. Takrorlanadigan ishlar 2. Bir martalik vazifalar Takrorlanadigan ishlarni vaqtga qattiq bog‘lamasdan, odatlarni bog‘lash (habit stacking) usulidan foydalanayapman. Masalan: Har namozdan so‘ng bir bet Qur’on o‘qish. Bu yerda signal vaqt emas, balki boshqa bir odat. Bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 2 ta yangi odat shakllantirishga harakat qilaman. Bir martalik vazifalarni esa bitta listda saqlayman va bo‘sh vaqtim hamda holatimga qarab bajarib boraman. Bu uslub hozircha men uchun juda yaxshi ishlayapti. Yaxshi reja kunning har bir daqiqasini nazorat qilish emas. Muhimi, kerakli ishlar bajariladigan tizim yaratish.

  • 13 авг.120 просмотров3 реакций

    Yuqorida aytganimdek, content ishlab chiqarish osonlashmoqda. Bu esa fikrning qadrini oshirmoqda. Internet sifatli, ammo umumiy content bilan to‘lib borar ekan, odamlar original fikr va original content’ni tobora ko‘proq qadrlay boshlaydi.

  • 13 авг.119 просмотров3 реакций

    Bu yerdan bir xulosa qilish mumkin: AI ishni yo‘qotmayapti, uning tabiatini o‘zgartiryapti. Film yaratishda operatsion ishlar kamayib, rejalashtirish va qayta-qayta fine-tune qilish asosiy mehnatga aylandi. Men anglagan yana bir narsa: juda arzonlashgan narsa, qanchalik qimmatli bo‘lmasin, qadrsizlashadi. Juda qimmat narsa esa, qanchalik oddiy bo‘lmasin, qadrli bo‘ladi.

  • 14 авг.100 просмотров

    Grok 4.6 chiqdi. GPT-5.6 Sol darajasi, lekin arzonroq. Uzoq ishlarda kuchli. @devfarhod