"Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MChJ
СтатистикаO'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" MChJ Web: t.ly/U5Upd Facebook: t.ly/OQHZ Instagram: t.ly/7imL LinkedIn: t.ly/79MQ Youtube: t.ly/slgNI
- Последний пост
- 1 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🌍 Bolajonlarga bering dunyoni! 🎗 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni dunyo bolalari uchun eng quvonchli va beg‘ubor bayramlardan biridir. ▶️ Ushbu kunni 1-iyun sanasida nishonlash g‘oyasi ilk bor 1925-yilda Shveysariyaning Jeneva shahrida ilgari surilgan. 1950-yildan boshlab esa 1-iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. ✅ Mamlakatimizda farzandlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning barkamol voyaga yetishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 🪅 Zero, bolalar – kelajagimiz bunyodkorlari va hayotimiz davomchilaridir. Ularni asrab-avaylash, sog‘lom va bilimli etib tarbiyalash har bir ota-ona, oila va jamiyatning muqaddas burchidir. 🎊 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar! Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin! Ushbu ulug‘ ayyom xonadoningizga tinchlik, qalbingizga xotirjamlik va hayotingizga baraka olib kirsin. 🤲 Yaqinlaringiz bilan birga sog‘lik-salomatlikda, quvonch va baxtga to‘la kunlarni nishonlash nasib etsin. Hayit ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin! ✨
AGROPORTAL endi yanada xavfsiz! Agroportal mobil ilovasida FACE ID texnologiyasi ishga tushirildi. Endilikda tizimga kirish va tasdiqlash jarayonlari yanada: ✅ Xavfsiz ✅ Ishonchli ✅ Tez va oson ✅ Shaffof — Yuqori darajadagi biometrik himoya orqali ma’lumotlaringiz himoyada bo‘ladi. — Bir necha soniyada identifikatsiya amalga oshiriladi. — Har bir operatsiya nazorat ostida va ishonchli tizim asosida ishlaydi. Ushbu texnologiya Adliya vazirligi bilan hamkorlikda joriy etildi. Agroportal — “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi. Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
⚖️ AgroTarozi: aniqlik va shaffoflik sari muhim qadam 💻 “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ direktori Utkir Maxmudov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida “AgroTarozi” platformasini joriy etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etdi. ✅ Seminarda don qabul qilish korxonalari mas’ullari, laboratoriya xodimlari va agrar soha mutaxassislari ishtirok etdi. 🔎 Tadbir davomida platformaning ishlash tamoyillari, ma’lumotlarni tizimga aniq kiritish va inson omili sabab yuzaga keladigan xatolarni kamaytirish usullari tushuntirildi. 🤖 Shuningdek, sun’iy intellekt asosida hosil og‘irligini qayd etish, ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish hamda qabul jarayonlarida shaffoflikni oshirish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi. 📰 Ayni paytda bunday seminarlar respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
9-may — Xotira va qadrlash kuni 🇺🇿 Bu sana — yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va bugungi osoyishta hayotimiz yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan yod etish kunidir. "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" jamoasi barcha faxriylarimizga cheksiz minnatdorlik bildiradi hamda yurtimizga tinchlik, xonadonlarga fayzu baraka tilaydi. Xotira — muqaddas, qadrlash esa insoniy burchdir. Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
🏅 Sohamiz fidoyilariga yuksak e’tirof 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh mutaxassislar vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirish, zamonaviy IT yechimlarini joriy etish hamda tizimni raqamlashtirish yo‘nalishida samarali mehnat qilib kelayotgan “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” tizimi vakillari ham bor. 🔹 Raximov Bohodir Tairovich — Raqamlashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan; 🔹 Abduhayev Dilmurodjon Shavkatbek o‘g‘li — Raqamlashtirish departamenti bosh mutaxassisi; 🔹 Sharipova Manzura Tairxo‘jaevna — “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ boshqarma boshlig‘i “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar. 👏 Ushbu e’tirof soha mutaxassislarining fidokorona mehnati, yuqori mas’uliyati va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasining yuksak bahosidir. “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” jamoasi nomidan barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
🌐 Bugun dunyoda qaysi davlat raqamli texnologiyalarga tayansa, o‘sha jamiyat tezroq rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ham raqamlashtirish jarayonlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, agrosanoat sohasida zamonaviy IT yechimlar, elektron platformalar, sun’iy intellekt va aqlli monitoring tizimlarining joriy etilishi samaradorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. 🚜 Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish: — tezkorlik — shaffoflik — samaradorlik — qulay xizmatlar demakdir. Bugun IT sohasi yoshlar uchun ham keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Dasturchi, AI muhandisi, data-analitik va kiberxavfsizlik mutaxassisi kabi kasblar eng istiqbolli yo‘nalishlarga aylanmoqda. 📌 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan barcha soha vakillarini samimiy tabriklaymiz! Hurmat bilan, Agrosanoatni raqamlashtirish markazi Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🌾 AgroTarozi tizimi orqali g‘alla qabul qilish jarayonlari raqamlashtirilmoqda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, O‘rta Chirchiq tumanidagi don qabul qilish maskanida 2026-yil hosili uchun tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. 💻 Tashrif davomida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ rahbari Utkir Mahmudov tomonidan “AgroTarozi” tizimi imkoniyatlari taqdim etildi. ⚙️ Ushbu tizim: — hosil vazni va sifatini elektron qayd etadi — jarayonlarni avtomatlashtiradi — shaffoflikni oshiradi 📊 Vazir tizim samaradorligini yuqori baholab, uning tezkor va samarali ishlashini alohida ta’kidladi. 📌 Shuningdek, barcha hududlarda ushbu tizimdan to‘g‘ri foydalanish zarurligi qayd etildi. Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube
🌸 NAVRO‘Z MUBORAK! 🌸 Bahorning ilk nafasi bilan hayotingizga yangilanish, quvonch va yorqin imkoniyatlar kirib kelsin! Har bir kuningiz fayz, baraka va xotirjamlik bilan o‘tsin. Xonadoningizdan tinchlik arimasin, ko‘nglingiz esa doimo iliqlik va mehrga to‘lsin. Yangi fasl sizga kuch, ilhom va ulkan muvaffaqiyatlar olib kelsin ✨ 🌿 Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin! 🌼
🌙 HAYIT AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 🌙 Ushbu muborak kun qalbingizga xotirjamlik, mehr va nur olib kelsin. Xonadoningizdan fayz-u baraka arimasin, dasturxoningiz doimo to‘kin bo‘lsin. Har bir lahza sizga quvonch, har bir kuningiz esa yangi umid va imkoniyatlar olib kelsin. Yaqinlaringiz bilan birga unutilmas, baxtli onlar tilaymiz ✨ 🤲 Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
📱 Agroportal endi mobil qurilmalarda! Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi — Agroportal endi mobil ilova ko‘rinishida ham taqdim etildi. Endi fermerlar, dehqonlar va soha mutaxassislari xizmatlardan smartfon yoki planshet orqali tez va qulay foydalanishlari mumkin. 📌 Mobil ilova imkoniyatlari: • elektron davlat xizmatlaridan tez va xavfsiz foydalanish • ariza va hujjatlarni yuborish hamda javoblarini olish • elektron hujjatlarni shakllantirish va saqlash • hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish • xizmatlar holatini onlayn kuzatish 🚀 Agroportal — qishloq xo‘jaligi xizmatlarini yanada qulay va tezkor qiladi. 📥 Ilovani yuklab olish Website | Instagram | Facebook | LinkedIn | YouTube