tgindex
e-gov.uz

✅Raqamli hukumat markazining rasmiy kanali 🤖 @egovuz_bot 📞+998 55-501-36-06 ✉️ E-mail: info@egov.uz 🌐Web: e-gov.uz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/egovernmentuz Instagram: https://www.instagram.com/egov.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
18:57
Постов за неделю
34
Всего постов
160
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
4 305
−3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 147
40 постов
Вовлечённость
26,6%
к подписчикам
Постов в день
4,9
всего 160
Упоминаний
82
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 225
1/48двое суток
1 403
1/72трое суток
1 514

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🇺🇿 #raqamlashtirish ☄️ “Raqamli sud” to‘liq ishga tushiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasi taqdim etildi. Strategiyada 57 ta vazifa, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar dasturida 160 ta aniq chora-tadbir va 2030-yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 33 ta maqsad belgilangan. 👉 Asosiy o‘zgarishlar: ⏺ 2027-yil 1-iyuldan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi. Bu bir sudning o‘z qarorini o‘zi qayta ko‘rib chiqishi amaliyotiga chek qo‘yishi va fuqarolarning adolat izlab poytaxtga borish zaruratini kamaytirishi kerak. ⏺ Fuqarolik sudlari aholiga yanada yaqinlashtiriladi. 2030-yilgacha zaruratga qarab deyarli barcha tuman va shaharlarda fuqarolik sudlari faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. ⏺ Fuqaro noto‘g‘ri sudga murojaat qilsa, ariza unga qaytarilmaydi — sudning o‘zi uni tegishli sudga yuboradi. Arizada juz’iy kamchilik bo‘lsa, uni bartaraf etishda sud fuqaroga faol ko‘maklashadi. ⏺ Tadbirkorlarning idorama-idora sarson bo‘lishiga chek qo‘yish uchun “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” standarti joriy etiladi. ⏺ Jinoyat ishlarida inson huquqlari kafolatini kuchaytirish uchun “asosli gumon” (prima facie) standarti joriy qilinadi. Tergov sudyasi shaxsni ushlab turish qonuniyligini va gumon yoki ayblov uchun asoslar yetarliligini tekshiradi. ⏺ Oliy sud Rayosati qarorlarini qamrab oluvchi ochiq “Presedentlar reyestri” yuritiladi. Maqsad — yagona sud amaliyotini ta’minlash. ⏺ 2028 yildan “sud ma’murchiligi” instituti joriy etilib, sudyalar odil sudlovga daxldor bo‘lmagan tashkiliy vazifalardan ozod qilinadi. ⏺ “Raqamli sud” to‘liq ishga tushiriladi. Sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizi elektron shaklda berilishi, sud majlislarining 100 foizi audiozapis orqali qayd etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, mediatsiya va yarashuv mexanizmlari kengaytiriladi, noqonuniy deb topilgan ma’muriy hujjatlarning ochiq reyestri yuritiladi. “Xalq vakillari hay’ati” ishtirokida ko‘riladigan jinoyat turlari kamida 3 taga yetkaziladi. Prezident strategiya loyihasini ma’qullab, unda nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan tegishli farmonni imzoladi. Ya’ni yangi bosqichning asosiy mezoni bitta: fuqaro sudga murojaat qilganda sarson bo‘lmasligi, buzilgan huquqi o‘z vaqtida tiklanishi va sud qarorining adolatli ekaniga ishonch hosil qilishi kerak. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.3181из uzinfocomofficial

    📶 IEC Bosh kotibi O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi 👨‍🦰 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi Filipp Metsger bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. 🔘 IEC delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston IT sohasining rivojlanishi, shuningdek, UZINFOCOM va UzSOC faoliyati haqida ma’lumot taqdim etildi. Raqamli infratuzilma, axborot xavfsizligi va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va IEC o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, xalqaro standartlarni joriy etish, milliy mutaxassislarni tayyorlash hamda o‘zbekistonlik ekspertlarning xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. 📅 Shuningdek, O‘zbekiston 2027-yil 1-yanvardan boshlab IECning to‘laqonli a’zosiga aylanishi rasman tasdiqlandi. ✔️ To‘laqonli a’zolik O‘zbekistonga xalqaro standartlarni nafaqat qo‘llash, balki IECning texnik qo‘mitalari orqali ularni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayonida bevosita ishtirok etish imkonini beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Komissiyaning to‘laqonli a’zosi bo‘lgan yagona davlatga aylanadi. ➿➿➿➿➿ 📶 Генеральный секретарь МЭК посетил Министерство цифровых технологий Узбекистана 👨‍🦰 Министр цифровых технологий Шерзод Шерматов провёл официальную встречу с Генеральным секретарём Международной электротехнической комиссии (МЭК) Филиппом Мецгером. 🔘 В рамках визита делегации МЭК была представлена информация о развитии IT-сектора Узбекистана, а также деятельности UZINFOCOM и UzSOC. Особое внимание было уделено текущим инициативам в области цифровой инфраструктуры, информационной безопасности и внедрения передовых технологий. В ходе встречи стороны обсудили расширение сотрудничества между Узбекистаном и МЭК, внедрение международных стандартов, подготовку национальных специалистов и участие узбекских экспертов в разработке международных стандартов. 📅 Также было официально подтверждено, что с 1 января 2027 года Узбекистан получит статус полноправного члена МЭК. ✔️ Полноправное членство позволит Узбекистану не только применять международные стандарты, но и принимать непосредственное участие в их разработке и совершенствовании через технические комитеты МЭК. Узбекистан станет единственным государством Центральной Азии с полноправным членством в Комиссии.

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • 🇺🇿 #Qonunchilikdagi_yangiliklar ☄️ Lisenziya olmasdan, 3 oy davomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratilmoqda   📆 Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, maxfiy hujjatlar 30 yil mobaynida saqlanishi belgilandi.   ⌛️ Shuningdek, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarni saqlash muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra:   🔵 2019-yil 1-yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanadi.   🔵 2019-yil 1-yanvardan e’tiboran shakllantirilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar idoraviy arxivlarda 50 yil mobaynida saqlanadi.   📜 Shu bilan birga, lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga lisenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.   🔔 Rejim doirasida talabgor faoliyatini maxsus elektron tizim yoki YAIDXP orqali vakolatli organga bepul xabar bergan holda, lisenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.   ✅ Rejimning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) lisenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.   🔎 Talabgor “Biznesga lisenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:   ▪️ o‘z faoliyatini lisenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini ko‘radi; ▪️ tegishli lisenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • 🇺🇿 #Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi   Qonun (O‘RQ–1164-son, 13.08.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 📖 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkinligi belgilandi.   Ilgari Kodeksda otaning ismi familiya sifatida berilishi nazarda tutilmagan edi.   🏛 “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron arxiv hamda nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi.   📋 Elektron arxivlarning o‘ziga xos talablari quyidagilardan iborat:   🗄 elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy ta’minoti mavjudligi;   🗄 elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi;   🗄 elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi;   🗄 elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini ta’minlash;   🗄 elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish.   🏢 Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkinligi ko‘zda tutildi.   ✅ Shuningdek, Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari aniq belgilandi.   🟡 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • 13 авг.1 38267

    🇺🇿 #raqamlashtirish 🟡 Raqamli tibbiyot: DMED tizimi aholiga qanday qulayliklar yaratmoqda?   💻 Prezidentimizning tibbiyotga qaratib kelayotgan yuksak e’tibori bilan soha to‘liq raqamlashtirilmoqda. Shu maqsadda ishlab chiqilgan DMED tizimi yurtimizda joriy etilgan davlat raqamli tibbiyot axborot platformasi hisoblanadi.   📌 U shifokor qabuliga yozilish, elektron tibbiy karta yuritish, tashxis va tahlil natijaslarini saqlash, shuningdek, QR-kodli elektron retseptlarni rasmiylashtirish uchun mo‘ljallangan.   🌀 Platformada hozirga qadar 38 milliondan ziyod aholining elektron tibbiy kartasi shakllantirildi. 🧑🏻‍💻 Ayni paytda tizimda 2500 dan ziyod IT-operatorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.   🖥 DMED imkoniyatlarini yanada yaxshilash maqsadida birgina 2025-yilda tibbiyot muassasalari uchun qo‘shimcha 33,2 mingta kompyuter sotib olinib, umumiy soni 88,6 mingtaga yetkazildi.   🖥 Joriy yil davomida mahalliy byudjet hisobidan 15 500 ga yaqin kompyuter va 13 400 dan ortiq planshet xarid qilish rejalashtirilgan.   🖥 DMED platformasi 2025–2026-yillarda 25 dan ziyod davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirildi.   ✅ Tizimda "Elektron poliklinika", Yagona elektron tibbiy karta”, "Elektron shifoxona", "Elektron retsept", "Elektron navbat", "Elektron laboratoriya", “KPI”, “Omborxona-2” kabi 20 dan ziyod modullar joriy qilindi. 🔬 Yangi tashkil etilgan modul yordamida ijtimoiy reyestrga kiritilgan 5 mingdan ziyod bemorlarning “Vaqf” fondi orqali ajratilayotgan mablag‘lar hisobidan bepul davolanishi ta’minlandi.   ➡️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 6 ta yangi xizmat yo‘lga qo‘yildi.   📈 Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligi raqamlashtirish holati reytingi 2023-yilning birinchi yarmida 44,45 ballni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 84 ballga yetdi.   ‼️ Umuman, DMED platformasi tufayli qog‘ozli retsept va undagi o‘qilishi qiyin yozuvlar, dori vositasini noto‘g‘ri qabul qilish va shifokor qabulida uzoq navbat kutish kabi noxush holatlar o‘tmishga aylanmoqda. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • 13 авг.1 0237

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.1 0217

    видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ☄️ Denovda my.gov.uz portalidan foydalanish bo‘yicha mega-seminar o‘tkazildi 🇺🇿 Joriy yilning 12-avgust kuni Denov tumanida aholining raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha xabardorligini oshirish maqsadida my.gov.uz portali imkoniyatlariga bag‘ishlangan mega-seminar tashkil etildi. 💻 Tadbir davomida aholiga raqamli hukumat tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish tartibi, ularning qulayliklari, afzalliklari va vaqt hamda mablag‘ni tejash imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 🧑‍💻 Shuningdek, fuqarolarning davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishi, elektron shaklda murojaat va arizalarni yuborishi hamda turli xizmatlardan ortiqcha ovora bo‘lmasdan, tez va qulay foydalanish imkoniyatlari namoyish etildi. ❗️ Mega-seminarda Denov tumanining 10 ming nafardan ortiq aholisi ishtirok etdi. ✨ Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun gala-konsert dasturi tashkil etilib, taniqli san’atkorlarning chiqishlari namoyish etildi. Ko‘tarinki kayfiyat va bayramona muhitda o‘tgan tadbir aholida katta taassurot qoldirdi. 🟡 Raqamli hukumat — qulaylik, tezkorlik va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam! 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • 12 авг.1 28612

    ❗️«Davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarning shaxsiy hujjatlarining aslini berish» davlat xizmati joriy etildi «O‘zarxiv» agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda davlat arxivlarida saqlanayotgan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan shaxsiy hujjatlarning aslini olish bo‘yicha yangi davlat xizmati joriy etilgani ma’lum qilindi. 👉 Endilikda fuqarolar arxiv fondida saqlanayotgan quyidagi shaxsiy hujjatlarining aslini qonuniy tartibda qaytarib olishlari mumkin: 💬 Mehnat daftarchasi; 💬 Shahodatnoma va diplomlar; 💬 Boshqa shunga o‘xshash shaxsiy xususiyatga ega hujjatlar. Xizmatdan foydalanish tartibi va shartlari: Davlat xizmatlari markazlari (DXM)ga bevosita tashrif buyurish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn topshirish. Ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari. Ushbu yangi xizmat fuqarolarga o‘zlariga tegishli bo‘lgan muhim hujjatlarni arxivlardan olish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini oladi. 🌐 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram | LinkedIn

  • 11 авг.2 2754

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 0534

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 3913

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 1033

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.1 8094

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.2 0453

    видео или голосовое, без подписи