tgindex
my.gov.uz

Rasmiy kanal Fikringiz biz uchun muhim: 🤖 @MyGovRasmiyBot 📞 1242 ✉️ epigu@egov.uz 🌐 my.gov.uz 🌐 e-gov.uz 📱@eGovUz Youtube: https://www.youtube.com/@mygovuzb Facebook: https://www.facebook.com/mygovuzb Instagram: https://www.instagram.com/my.gov.uz

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
13
Всего постов
115
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
263 664
−591 за 3 дн.
Сутки
−160
−0,06%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
66 тыс
40 постов
Вовлечённость
25,0%
к подписчикам
Постов в день
1,9
всего 115
Упоминаний
193
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
43 462
1/48двое суток
49 807
1/72трое суток
53 719

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.26 тыс56166

    видео или голосовое, без подписи

  • 14 авг.34,1 тыс1920

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟡 Intellektual mulkingizni bojxona reyestriga kiritish uchun onlayn ariza yo’llang! 🛡 Endi tovar belgisi, ixtiro yoki mualliflik huquqini kontrafakt (qalbakilashtirilgan) mahsulotlardan himoya qilish yanada osonlashdi. 📂 Buning uchun obyektingizni Bojxona reyestriga kiritish kifoya. 💻 Eng muhimi — bu xizmatdan my.gov.uz orqali masofadan turib foydalanish mumkin! 👤 Kimlar ariza berish huquqiga ega? ✍️ Tovar belgisi egalari; ✍️ Patent egalari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi); ✍️ Mualliflik huquqi egalari; ✍️ Litsenziatlar (litsenziya shartnomasi asosida); ✍️ Vakolatli shaxslar (ishonchnoma asosida). Eslatma: Ariza berishdan avval intellektual mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan (guvohnoma yoki patent olingan) bo‘lishi shart. 📆 2022-yil 1-sentabrdan boshlab “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali arizalarni elektron tarzda yuborish va qabul qilish tartibi joriy etilgan. 🔵 Endi bu jarayon my.gov.uz portaliga ham integratsiya qilindi! 👉 Onlayn ariza berishning 3 ta ustunligi: ⏺Bojxona idoralariga borish shart emas, barchasi onlayn. ⏺Arizangiz holatini real vaqt rejimida kuzatib borasiz. ⏺Obyekt reyestrga kiritilgach, bojxona xodimlari kontrafakt tovarlarning mamlakatga kirib kelishini to‘xtatadi. 💰 Bojxona reyestriga kiritish uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi. 🌎 Batafsil ma'lumot va huquqiy asoslar bilan lex.uz saytida tanishishingiz mumkin. 👨‍💻 Hoziroq ariza yuboring: my.gov.uz/uz/service/1396 ❗️O‘z brendingiz va g‘oyalaringizni raqamli texnologiyalar yordamida ishonchli himoyalang! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook  📷instagram ▶️ YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 14 авг.33,2 тыс2667

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗣Для получения медицинской справки формы 086 больше не нужно повторно посещать поликлинику! ⏱ Раньше даже после прохождения медицинского осмотра приходилось снова и снова посещать поликлинику, чтобы оформить справку, собрать подписи и печати, а также часами стоять в очередях. 👍 Теперь всё стало намного проще! Достаточно всего 1 раз посетить поликлинику и пройти медицинский осмотр, а готовый документ можно скачать через my.gov.uz, не выходя из дома! ❓ Как это работает? 🗄 Один раз проходите осмотр у врачей в поликлинике. 🗄 Заключение врача вносится в электронную базу. 🗄 После этого, не посещая поликлинику повторно, вы можете скачать готовый документ через услугу «Получение медицинской справки по форме 086» в разделе «Здравоохранение» на портале my.gov.uz или в мобильном приложении. ✅ Стоимость услуги: абсолютно БЕСПЛАТНО ❌ Никаких дополнительных документов не требуется. ✅ Экономьте своё время и пользуйтесь возможностями my.gov.uz! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 13 авг.37,1 тыс3147

    🗣 E’lon! ⚙️ "Yoshlar daftari" va "Yoshlar portali" elektron platformalari negizida "Yoshlar yagona elektron platformasi" axborot tizimini yaratish hamda mavjud maʼlumotlarni yangi platformaga bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha texnik ishlar olib borilishi rejalashtirilgan. 💻 Shu munosabat bilan, 2026-yil 18-avgustga qadar "Yoshlar daftari" axborot tizimining “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshirilayotgan integratsiyalarida, maʼlumotlarni uzatish bilan bogʻliq vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz. ❕ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 13 авг.39,6 тыс59183

    🇺🇿🇺🇿 🔔 Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma olishda ortiqcha ovoragarchilikka chek qo‘yildi! 👨‍💻 Chaqaloqning tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomani my.gov.uz orqali uydan chiqmay, onlayn yuklab olsangiz bo’ladi! 🔵 Muhimi, ushbu elektron ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtirilgan va to‘la qonuniy kuchga ega. 👉 Mazkur qulaylik Vazirlar Mahkamasining 550-son qaroriga muvofiq, 2023-yildan tug‘ilganlikni qayd etish kompleks davlat xizmati sifatida yo‘lga qo‘yilgan: 🗄 Tug‘ruqxona ma’lumotlarni avtomatik ravishda FHDYo bo‘limiga yuboradi va hujjat shakllanadi. 🗄 Farzand tug‘ilganligi FHDYoda qayd etilishi bilan onaning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetiga elektron xabarnoma (sms) boradi. 🗄 Shu vaqtgacha faqat tug‘ruqxonadan QR-kodli qog‘oz ko‘rinishida berilgan ushbu ma’lumotnomani endi portal orqali istalgan vaqtda yuklab olish imkoni yaratildi. 👉 Hujjatni olish tartibi: ⏺ my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga kiring (OneID orqali). ⏺ “Ma’lumotnomalar” bo‘limiga o‘ting. ⏺ “Tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmatini tanlang va tayyor hujjatni saqlab oling. ❌Xizmat uchun to‘lov undirilmaydi. Hech qanday ortiqcha hujjat yig‘ish shart emas. 💻 Ma’lumotnoma yo‘qolsa yoki shikastlansa, uni qayta tiklash uchun FHDY yoki tug‘ruqxonaga borib yurish shart emas, portal orqali istalgan vaqtda qayta yuklab olish mumkin. ❗️ Eslatma: Ushbu onlayn xizmat 2023-yil va undan keyin tug‘ilgan bolalar uchun amal qiladi. ⏱ Vaqtingizni tejang, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 13 авг.42,6 тыс84264

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗣 086-tibbiy ma’lumotnoma uchun poliklinikaga qayta borish shart emas! ⏱ Ilgari ma’lumotnoma olish uchun ko‘rikdan o‘tgach ham, uni rasmiylashtirish, imzo va muhr yig‘ish uchun qayta-qayta borib, soatlab navbatda turishga majbur edik. 👍 Endi barchasi ancha osonlashdi! Poliklinikaga faqat 1 marta borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tsangiz kifoya — tayyor hujjatni my.gov.uz orqali uydan chiqmay yuklab olasiz! ❓ Jarayon qanday ishlaydi? 🗄 Poliklinikada 1 marta shifokorlar ko‘rigidan o‘tasiz. 🗄 Shifokor xulosasi elektron bazaga kiritiladi. 🗄 Siz esa poliklinikaga qayta bormasdan, my.gov.uz portali yoki mobil ilovasidagi “Sog‘liqni saqlash” bo‘limidan “086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmati orqali tayyor hujjatni yuklab olasiz! ✅ Xizmat narxi: Mutlaqo BEPUL ❌ Ortiqcha hujjat talab etilmaydi. ✅ Vaqtingizni tejang, my.gov.uz imkoniyatlaridan unumli foydalaning! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 12 авг.236 тыс522 735

    🗣Eʼlon!  📱Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 17-avgustiga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.    ⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 🌐  my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram🔵Facebook  📷instagram▶YouTube 🎰LinkedIn🚀Bot

  • 12 авг.50,6 тыс47195

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Nomingizga kredit rasmiylashtirilishining oldini olish yo‘li ⌨️Nomingizga firibgarlar tomonidan kredit rasmiylashtirilishi xavfining oldini olish juda oson: ⏺GooglePlay yoki AppStore orqali MyGov ilovasini yuklaysiz. ⏺MyID orqali pasport raqami va tug’ilgan kuningizni kiritib, shaxsingizni tasdiqlaysiz. ⏺"Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish" xizmatini tanlaysiz va faollashtirasiz. ✍️ Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul! 📱Faollashtirilgan taqiq haqidagi ma’lumotlar "Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri"ga kiritiladi, bu esa banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan sizga kredit berilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 👉 Ushbu muhim xizmatdan qanday foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanmani ko'rib, o'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlikdan himoya qiling! ▶️ https://youtu.be/Vh39ZypODT8 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 11 авг.49 тыс30155

    🇺🇿 ❗️Bugun o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni! 🟡 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublikamiz OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.gov.uz orqali ariza topshirgan talabalar diqqatiga! 📆 11-avgust — xizmat uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati. 💰 To‘lov miqdori: BHMning 0.5 baravari ⚠️ Muhim eslatma: Ariza holati bekor bo‘lib qolmasligi uchun to‘lovni bugun kun yakuniga qadar amalga oshirishni unutmang. 📲 To‘lovni my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinet yoki mobil ilovalar orqali masofadan, uydan chiqmasdan amalga oshirishingiz mumkin. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 11 авг.54,1 тыс1950

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ▶️ Raqamli transformatsiya tadbirkorlarga qanday qulayliklar yaratmoqda? Hozirgi kunda bojxona postlariga qog‘oz ko‘tarib borish shart emasligini va ko‘plab amaliyotlarni masofadan turib bajarish mumkinligini hamma ham bilavermaydi. "Qulay hayot" loyihasining navbatdagi sonida Bojxona qo‘mitasi tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari va tadbirkorlarga berilayotgan yengilliklar tahlil qilindi. Masofadan turib bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish qanday ishlaydi? Raqamli tizimlar xatarlarni boshqarish va noqonuniy harakatlarning oldini olishda qanday yordam beradi? Inson omilini qisqartiruvchi aqlli texnologiyalar amalda qanday ishlaydi va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun qanday qulayliklar yaratilgan? Soha mutaxassislari tadbirkorlar va eksport-import qiluvchilarning vaqtini tejab, faoliyatini yengillashtiruvchi shu kabi zamonaviy raqamli yechimlar bo'yicha batafsil ma’lumot berishdi. 👉 Videoni hoziroq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=AOuvZhwRO1U 👉 Matn shaklida o'qing: https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-tadbirkorlarga-qanday-qulayliklar-yaratmoqda-2290 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 10 авг.50,9 тыс63224

    🇺🇿🇺🇿 ✅ 5 daqiqa vaqt ajratib, pensiyangiz uchun muhim ma’lumotlarni tekshirib qo‘ying! 👨‍💻 Pensiya yoshiga yetganda kutilmagan muammolar va ortiqcha ovoragarchiliklarga duch kelmaslik uchun ma’lumotlarni hozirning o‘zida tekshirib qo‘yish lozim. 👉 my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan quyidagilarni tekshirib olishingiz mumkin: ✍️ Mehnat stajingiz to‘g‘ri hisoblanganmi? ✍️ Elektron mehnat daftarchadagi yozuvlarda xatolik yo‘qmi? ✍️ Ish haqingiz va undan ajratilgan pensiya badallari to‘liq aks etganmi? ❓ Nima uchun bu muhim? Bugun aniqlangan xatolikni tuzatish juda oson. Ertaga, oradan yillar o‘tib hujjat yig‘ish esa ancha murakkab kechib, mehnat talab qiladi. 🗄 Jamg‘armalaringiz va stajingiz haqida bugun qayg‘uring! 💻 my.gov.uz - oson, tez va qulay! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 10 авг.49,8 тыс3428

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Vaqtingizni navbatlarda emas, doʻstlar davrasida oʻtkazing! ❓ Boʻsh vaqtingizni qanday oʻtkazasiz? Koʻpchilik bu savolga doʻstlar davrasida deb javob beradi. Chunki koʻp ishlarni oson bajarish uchun my.gov.uz bor! 👉 Ya’ni: ⏺Barcha davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanasiz. ⏺Qimmatli daqiqalarni sarflab, idoralarda vaqt yoʻqotmaysiz. ⏺Yagona portal orqali onlayn murojaat qilganda xizmat koʻrsatish narxidan maxsus chegirmaga ega boʻlasiz. Pulingiz ham, vaqtingiz ham tejaladi! ▶️ https://youtu.be/M4qFsOgJwcc?si=HhrH1BmZCyLUbXl_ 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 10 авг.57,7 тыс19110

    🟡 Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan sana e'lon qilindi 👨‍💻 Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 13-abgust kuni o‘tkaziladi. 🔖 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). 🪪 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 7 авг.68,2 тыс56115

    🗣 E’lon! ⚙️ Kadastr agentligining barcha axborot tizimlarida rejali texnik (profilaktika) ishlar o‘tkazilishi munosabat bilan joriy yil 8-avgust soat 12:00 dan 9-avgust soat 20:00 gacha my.gov.uz orqali ko’rsatiladigan kadastrga oid elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ❗️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 7 авг.65,5 тыс3019

    🇺🇿🇺🇿 #infografika 📊 Haydovchilar ko'proq qaysi xizmatlardan foydalanadi? (2026-yil) 🚗 Avtotransport bilan bog‘liq davlat xizmatlari my.gov.uz’dagi eng talabgir yo‘nalishlardan biri. 🟡 Joriy tahlillar shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarimiz nafaqat vaqtini, balki ma’muriy jarayonlarni soddalashtiruvchi raqamli yechimlarni ham faol o‘zlashtirmoqda. 📈 Xizmatlar reytingi va talab dinamikasi 🗄 Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma — mutlaq yetakchi (1,04 mln ariza): Avtomobilni boshqarish huquqini onlayn rasmiylashtirish eng ko‘p foydalanilgan xizmat bo‘ldi. Bu notarial idoralarga tashrif keskin kamayganini ko‘rsatadi. 🗄  Avtotransport oynalari tusini o’zgartirish (tonirovka)ga ruxsatnoma (898 ming ariza): Mavsumiy xizmatlar orasida yuqori talabda qolmoqda. 🗄  Yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga o’tkazish (412 ming ariza): YHQ buzilganlik uchun jarimani haqiqiy haydovchi nomiga o‘tkazish xizmati fuqarolarning huquqiy madaniyati va tizimning shaffofligi oshganidan dalolat beradi. 🗄  Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish (251 ming ariza): Ekologik stikerlarga arizalar soni oshishi atrof-muhit va yangi tartiblarga moslashuvni tezlashtirmoqda. 🗄  Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish (33 ming ariza): Haydovchilik guvohnomasini masofadan rasmiylashtirish ham barqaror ko‘rsatkichni saqlab turibdi. 📆 Arizalar oqimi eng faol bo'lgan oylar:  ✍️ Yanvar – 580 ming ariza ✍️ Aprel – 450 ming ariza ✍️ Iyun – 352 ming ariza. 🔔 my.gov.uz bilan davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda foydalaning! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 7 авг.67,8 тыс31221

    🇺🇿 🗣Abituriyentlar diqqatiga! ❗️Ertaga tanlovning 2-bosqichi yakunlanadi!   ✅ Barcha abituriyentlar 8-avgustga qadar (shu kuni ham) ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashga ulgurishlari kerak. 💻 Eslatib o'tamiz, buning uchun my.gov.uz portalining “Abituriyentni onlayn ro'yxatdan o'tkazish” xizmati tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 👨‍💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. 👉 Tanlov ustuvorligini belgilashning aniq mexanizmi haqida bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 6 авг.71 тыс60455

    ☄️ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi 🌎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi tillardan test sinovlarini o‘tkazishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili; 🇩🇪 Nemis tili; 🇫🇷 Fransuz tili; 🇹🇷 Turk tili; 🇸🇦 Arab tili. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi — 12-avgust. 💰 Toʻlov qilishning oxirgi sanasi — 13-avgust. 📆 Test sinovlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️ Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 👨‍💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 5 авг.170 тыс491 695

    🗣 Eʼlon! 📱  Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.   ⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 5 авг.57,6 тыс2052

    🗣E’lon! ⚙️ O‘zbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimlarida modernizatsiya qilish hamda fuqarolarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish maqsadida 2026-yil 10-avgustga qadar texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 💻 Shu munosabat bilan my.gov.uz orqali taqdim etiladigan "Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limiga (pasport stol) elektron navbatga turishni rasmiylashtirish" xizmatidan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 5 авг.59,2 тыс3037

    🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️ Issiqda sarson bo‘lmang: "Tonirovka" ruxsatnomasini my.gov.uz orqali 2 daqiqada vositachilarsiz rasmiylashtiring! 🚶Yoz issig‘ida qayergadir borib, navbatda turish yoki oddiygina ish uchun kimgadir ortiqcha pul berish davrlari o‘tib ketdi. 🚘 Endi "tonirovka" uchun ruxsatnomani istalgan joydan turib, 2 daqiqada mutlaqo bepul (faqat belgilangan yig’im to‘lanadi) rasmiylashtirishingiz mumkin. 👉 Buning uchun: 1️⃣ my.gov.uz portali yoki MyGov ilovasiga (GooglePlay yoki AppStore) kiring va qidiruv satriga "Avto oynalari tusini o‘zgartirish" deb yozing. 2️⃣  Ruxsatnoma kerak bo’lgan avtomobilni tanlang (o‘z nomingizdagi yoki ishonchnoma asosida boshqarayotganingiz). 3️⃣ Belgilangan to'lovni onlayn amalga oshiring. 📲 Ruxsatnoma avtomatik tarzda shakllanadi va shaxsiy kabinetingizda paydo bo‘ladi. 👨‍💻 Tayyor QR-kodli ruxsatnomani istalgan vaqtda yuklab olishingiz va telefoningizda saqlab qo‘yishingiz kifoya. Hech qanday qog‘oz chop etish ham shart emas! ❓ Hali ham ikkilanib turibsizmi? ▶️ Unda xizmatdan qadamma-qadam ko‘rsatilgan videoqo‘llanmani tomosha qilgan holda foydalaning:  https://youtu.be/fRqSmjacRB8 💻my.gov.uz bilan barchasi oson, tez va qulay! 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot