- Последний пост
- 28 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 19
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Mehnatim natijasi nafaqat "estetik zavq" bilan, balki raqamlar bilan o'lchanishini ham xohlayman. Haqiqiy marketologning ish natijasi asli ham raqamlar bilan o'lchanishi kerak. Chunki marketingning maqsadi shunchaki “chiroyli post” yoki “ko’p layk” yig’ish emas, balki biznesga aniq foyda keltirishdir. Bu foydani esa faqat raqamlar orqali baholash mumkin. Masalan: • Sotuvlar oshdimi? Bir oy davomida buyurtmalar soni 120 tadan 180 taga chiqdi. • Mijozlar soni ko’paydimi? Nechta yangi mijoz keldi? • Konversiya qanday o’zgardi? Reklamani ko’rganlarning necha foizi xarid qildi? • Reklama xarajati o’zini oqladimi? 1 mln so’m reklama evaziga qancha daromad olindi? • Qayta xarid qilayotgan mijozlar soni oshdimi? Agar marketologning natijasi faqat “kontent chiroyli bo’ldi” yoki “odamlarga yoqdi” degan fikrlar bilan baholansa, uning ishi biznesga haqiqiy ta’sir ko’rsatganmi yoki yo’qmi, buni bilishning iloji bo’lmaydi. Shu sababli kuchli marketologlar odatda quyidagi KPI’lar bo’yicha baholanadi: - Sotuv hajmi; - Leadlar (murojaatlar) soni; - Mijoz jalb qilish narxi (CAC); - Reklama rentabelligi (ROAS yoki ROI); - Konversiya darajasi; - Mijozni ushlab qolish (retention) ko’rsatkichlari. Albatta, barcha natijalar ham marketologning o’ziga bog’liq emas. Masalan, mahsulot sifati, narx, sotuv bo’limining ishlashi yoki logistika ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun adolatli baholashda marketolog nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar va biznesning umumiy natijalari birgalikda hisobga olinishi kerak. Qisqacha aytganda, “o’lchanmaydigan natijani boshqarib bo’lmaydi.” Raqamlar marketologning g’oyasi va strategiyasi biznes uchun haqiqatan ham ishlaganmi yoki yo’qligini ko’rsatadigan eng xolis mezondir. 📍 @digitalxon
📌 Yuqoridagi savolga javob.
Кайси нишада даромадга чикиш осонрое
SMM yoki Marketing haqida 5 ta savolga ovozli habarda javob beraman. Qani kettik 👇
без подписи
без подписи
Logo text qismi uchun moslashtirsa bo’ladigan shriftlar to’plami. Bunday stildagi shriftlar bilan kelasida brendni premium segmentga ham olib chiqsa va qimmat mahsulotlardan tayyorlangan, baland narxli shamlar sotuvini yo’lga qo’ysa bo’ladi. Hozirgi logo shrifti ko’proq mass market segmentiga xos. @digitalxon
- Logo Brendning logo qismi ikki qismdan, ya’ni grafik (rasm, belgi, chizma) va text (yozuv, nom, slogan) dan iborat. Logoning grafik qismi brend faoliyatini to’liq ifodalab bera oladi. Text qismida esa brend nomi. Ammo hamma narsa o’ta ingichka. Logo telefonda yasalgani bittada seziladi, sababi telefon ekranida bu narsa katta ko’rinadi. Ammo kelajakda merch tayyorlashga va kiyim yoki boshqa predmetlarga logoni joylashtirishga to’g’ri kelsa logo juda ko’rimsiz bo’lib qoladi. Undan tashqari logo statik, ya’ni qattiq bir ko’rinishli, u bilan “o’ynab” bo’lmaydi, o’zgartirib bo’lmaydi (kuchli bir kreativlar o’ylab topilmasa, albatta). Dinamik logotip - bu uni har xil ko’rinishga, rangga, tusga o’zgartirsa ham o’zligini, aslini yo’qotmaydigan logo. Misol, KFC logosi statik, Nike logosi dinamik. Logoning tetx qismini qalinroq, burmaroq va qandaydir belgilari bor shriftga o’zgartirishni maslahat bergan bo’lardim. Maqsad, brendning nafislik, jozibalilik va yumshoqlik pozitsiyasida ko’rsatish. Brend ayollarga hos va estetik zavq beradi degan message bera olish. *keyingi postda shrift uchun misollar ko’rsataman. @digitalxon
Eng birinchi e’tibor beradiganimiz: - Naming (brend nomi) - Logo - Ranglar paletkasi - Naming [ney-ming] Nom ideal tanlangan desam bo’ladi. Bunga sabab do’kon monotype brand, ya’ni faqat bir turdagi mahsulot sotiladigan brend bo’lganligi va brend nomi qilib aynan o’sha mahsulot tanlanganligi. Do’kon faqat kichik boxlarda sham sotadi = sham-cha ✅ Tushuntiraman, agar sizda nonvoyxona bo’lsa va siz faqat non ishlab chiqarsangiz, nonvoyxonaning nomini “ifor” “yumshoq” “qsr-qsr” kabi umumiy nom emas, aniq “non” so’zi ishlatilgan naming qo’yganingiz yaxshiroq. Masalan “the non” brendi. @digitalxon
E’tiboringizga yangi #marketolog_kozi_bilan rubrikasini tanishtirmoqchiman. 👀 Qanday mahsulot/ brend bo’lishidan qat’iy nazar, uning ustida bir qarashda barcha marketologik analizlarimni o’tkazaman. Mahsulot menga qanchalik kerak bo’lmasin, men uchun yoqimsiz pozitsiyalash, qadriyatsiz reklama yoki didsiz brending bo’lsa men hech ham o’sha brend bilan do’stlasha olmayman. Endilikda sizga ham brend yoki mahsulotlarga mening, marketologning ko’zi bilan qarash imkonini bermoqchiman. Bugundan boshlab har haftada 1 marotaba biror brendni birga tahlil qilamiz. Bir necha haftadan so’ng esa men savol beraman, siz tahlil qilasiz. Qalay, yaxshimi? 😁 Bugun @sham_cha ni tahlil qilamiz. Ungacha brendni ko’rib, o’rganib turing.
Yaxshi reklama bilan yaxshimas reklamaga misollar ko’ramizmi? 👀
“Yaxshi mahsulot reklamaga muhtoj emas!”… mi? Men buni biroz qayta iboralab “Yaxshi mahsulot yaxshi reklamaga muhtoj” degan bo’lardim. Reklama qilinayotgan, ayniqsa «aksiya yoki chegirmaga qo’yilgan mahsulot = yomon mahsulot» degan tushuncha allabobom zamonida qolib ketib bo’ldi. Nega? Sabab, allabobom yashagan davrda mahsulot yoki hizmatlarga talab yuqori, taklif esa kam bo’lgan. To’y marosimlar uchun sharbat olmoqchi bo’lsangiz do’konda 2-3 xilgina tanlov bo’lgan. O’shandan bittasi aniq sifatli, bittasi biroz sifatsizroq edi. Hozir holat umuman boshqacha. Nima mahsulot yoki nima hizmat qidirsangiz kamida 4-5 ta yaxshi variant chiqadi. Bunday holatda nimasiga qaraysiz? Albatta reklama kampaniyalariga. Hozirda reklama kampaniyalari sifatiga qarab brend sifatini ham belgilab olish mumkin. Noto’g’ri qilingan reklama kampaniyasi brend nomini butkul buzib tashlaydigan zamondamiz hozir. (Misol sifatida nam salfetkalarni uchrashuvga chiqqan qizning yuzini artib reklama qilgan bloggerni eslashingiz mumkin 🤡) Huddi shunday, sifatli reklama “yomon” mahsulotni ham mashhur qilib yuborishi mumkin. (Bunga barcha zararli dori/ mahsulotlar, tez pul ishlash kurs/ ilovalari va hokazolar misol bo’la oladi) Agar siz yaxshi mahsulot yoki hizmat ishlab chiqarsangiz-u, lekin “mening mahsulotim reklamaga muhtoj emas, kerak odamlar topib oladi” deb o’tirsangiz, odamlar huddi sizdek mahsulot va hizmat beradigan “yomon” kompaniyalarga yuzlanishiga tayyor turing. Sababi, reklama avvalambor ma’lumot bera olishi kerak. Sizning mahsulotingizning maqsad va vazifalaridan tortib, uning ishlab chiqarilishi tarixigacha haridorga yetqazib bera olishingiz kerak. Haridor sizda unga kerak bo’lgan mahsulot borligini bilgandan keyin endi nega u bu mahsulotni aynan sizdan olishi kerakligiga qiziqadi. Bu joyda esa endi yana reklama yordamida o’zingizning noyob sotuv takliflaringizni berasiz. Shundagina haridor “yomon” brendga aldanmay sizni tanlay oladi. Hozirgi davrda brend maqsadi, qadriyatlari va missiyasidan kelib chiqib uni yaxshi reklama qilish shart. Agar siz reklama yordamida o’z mahsulotingiz haqida to’g’ri habar bermasangiz, unda xalq o’zi mahsulotingiz haqida ma’lumot o’ylab topadi. 🦦 @digitalxon
“Yaxshi mahsulot reklamaga muxtoj emas!”… mi? Bugun shu mavzuni muhokama qilamiz. Siz nima deb o’ylaysiz?
“San qizni telefondan boshing chiqadimi o’zi?” tahminan mana shu gap mening sohamning eng zo’r ta’rifi. Digital marketolog - bu digital (raqamli) kanallarning barcha turlarini biror mahsulotni e’lon qilish, tanitish va sotish uchun ishlata biladigan odam. Raqamli kanallar - bu telefon, televizor yoki kompyuteringizdagi istalgan ilova bo’lishi mumkin. - Masalan o’yin o’ynab o’tirganingizda birdan “Uzum”ning reklamasi chiqib qoldimi? Bu ustida digital marketolog ishlagan. - Googledan “Borsh uchun qizil suvni qayerdan olsa bo’ladi?” deb yozganingizda beeline reklamasi chiqdimi? Bu ustida ham digital marketologlar ishlagan. - Televizor ko’rayotganingizda “Kyupen, kyupen, og’riqni qoldiraadi” deb chiqdimi? Bu ham digital marketolog ishi. - Instagramda oyiga minglab reklamalar ko’rasiz. Bularning hammasi ustida digital marketolog ishlagan. SMM menejerdan digital marketologning farqi ham shunda. SMM (social media marketing) faqat sotsial media, ya’ni instagram, facebook, telegram, ya’ni kimdirlar bilan habarlashsa bo’ladigan ilovalarda mahsulotingizni reklama qilish bilan shug’ullanadi. Digital marketolog esa xohlasangiz mashinalar sotiladigan saytda reklama qilib beradi. Ushbu kanalni ochishni 3 yildan beri o’ylab yurardim. Mana endi o’zimni tayyor his qildim. Bu kanalda digital hayotdagi yangiliklar, ma’lumotlar, faktlar va o’zimning shaxsiy fikrlarim bo’ladi. Digital marketingga mening nazarim bilan qarash imkonini berishga harakat qilaman. Bu esa, ishonavering, juda qiziq. 🦦 @digitalxon
Salom do’stlar, bizdan yangilik kutayotganlar bormi?
без подписи
بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ 🪴 Assalamu alaykum! Reid Hoffmanning “Agar sen mahsulotingning birinchi ko’rinishidan uyalmasang, demak sen juda kech boshlabsan” gapiga rioya qilgan holda, hali deyarli hech narsasi tayyor bo’lmagan loyihachamiz - Digitalxon telegram kanaliga hush kelibsiz! Agar siz: - digital sohalarga qiziqsangiz; - zamon bilan hamnafas bo’lishni istasangiz; - zamonaviy tushunchalardan ortda qolmaslikni xohlasangiz; - yoki shunchaki meni qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lsangiz, kanalga obuna bo’lib qo’yishingiz mumkin. Tez orada barcha ma’lumot va yangiliklar bilan birma-bir tanishtirib boramiz. 🫶🏻 @digitalxon
Channel created