tgindex
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi

Статистика

"Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali. Официальный канал Центра "Стратегия развития". Тел.: +998 71 239-01-91

Последний пост
17 авг.
Последнее чтение
00:15
Постов за неделю
6
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 273
−7 за 6 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
738
26 постов
Вовлечённость
32,5%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 27
Упоминаний
16
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
274
1/48двое суток
314
1/72трое суток
338

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • OʻZBEKISTONDA YASHIL RIVOJLANISHNING YASHIRIN TOʻSIQLARI: TARKIBIY TAHLIL VA SIYOSAT YOʻNALISHLARI So‘nggi yillarda O‘zbekiston barqaror iqtisodiy o‘sish va kambag‘allik darajasining sezilarli qisqarishini namoyon etib, yanada barqaror rivojlanish modeliga o‘tish uchun qulay makroiqtisodiy zamin yaratmoqda. Biroq energiya isteʼmolining ortishi, tarif islohotlari va havo sifati bilan bogʻliq muammolar yashil rivojlanish yoʻlidagi yangi chaqiriqlarni yuzaga keltirmoqda. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Jamshid Sharipov tomonidan tayyorlangan navbatdagi tahliliy materialda 2025-yil hamda 2026-yil yanvar–fevral oylarida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqoti natijalari asosida mamlakatda yashil oʻtishga toʻsqinlik qilayotgan omillar tahlil qilindi. ✔️ Maqolada: 🟢energiya tariflari oshishi sharoitida xonadonlarning moliyaviy imkoniyatlari va energiya samaradorligiga investitsiya qilishdagi cheklovlar; 🟢 aholining energiya samaradorligini ragʻbatlantirish boʻyicha davlat dasturlari va mavjud subsidiyalar haqidagi xabardorlik darajasi; 🟢 havo ifloslanishi, uning asosiy manbalari va ekologik axborotdan foydalanish imkoniyatlari; 🟢 aholining ekologik xavflarga munosabati hamda yashil oʻtishni sekinlashtirayotgan xulq-atvor toʻsiqlari; 🟢 yashil rivojlanishni jadallashtirish uchun moliyaviy, axborot va siyosiy mexanizmlarni takomillashtirish yoʻnalishlari tahlil qilingan. Ekspert yashil rivojlanishni jadallashtirish uchun energiya samaradorligini oshirish, imtiyozli kreditlash va subsidiyalarni rivojlantirish, tarif siyosatini ijtimoiy himoya choralari bilan uygʻunlashtirish, ekologik axborotning ochiqligini taʼminlash hamda sanoat, energetika va transport sohalaridagi islohotlarni kuchaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalarini ilgari suradi. ➡️ Tahliliy material bilan ingliz va rus tilida ham tanishishingiz mumkin! 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Yangi temir yo‘l: O‘zbekiston uchun yangi savdo darvozasi ochiladimi? 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • #raqamlarda 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlari: 💰 368,9 trillion so‘m — Davlat budjeti daromadlari. 💸 402,7 trillion so‘m — Davlat budjeti xarajatlari. 🏫 100,3 trillion so‘m — ta’lim sohasiga yo‘naltiriladigan mablag‘. 🏥 49 trillion so‘m — sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish uchun. 👵 17 trillion so‘m — ijtimoiy nafaqalar uchun. 🧓 23 trillion so‘m — Pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan transfert. 🛣 18,5 trillion so‘m — ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga. 🏘 6 trillion so‘m — “Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish uchun. 📌 E’tibor bering: Davlat budjeti faqat raqamlardan iborat hujjat emas. Unda ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, infratuzilma va boshqa muhim yo‘nalishlarga qancha mablag‘ ajratilishi belgilab qo‘yiladi. Shu bois budjetdagi har bir raqam fuqarolar hayotiga bevosita ta’sir qiladi. 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Tozalikni birovdan kutmang — mahallamiz ozodaligi o‘zimizdan boshlanadi! 🌿 Obod mahalla — faqat tegishli xizmatlarning emas, har birimizning mas’uliyatimiz. Ko‘chaga chiqindi tashlamaslik, yashil hududlarni asrash, o‘z xonadonimiz va uning atrofini ozoda tutish — oddiy ko‘ringan ana shu odatlar mahallamiz qiyofasini o‘zgartiradi. Zero, obodlik avvalo o‘zimizdan, o‘z uyimiz va mahallamizga bo‘lgan munosabatdan boshlanadi. Keling, tozalikni boshqalardan kutmaylik. Ozoda mahalla — o‘zimizdan boshlanadi! 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • 1-ustuvor yo‘nalish: Har bir inson o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlar yaratish Mamlakat taraqqiyoti, avvalo, insonning bilimiga, salohiyatiga va imkoniyatlariga bog‘liq. Shu bois “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 44 ta maqsad belgilangan. Ular: 🔹sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish; 🔹zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash; 🔹yoshlarning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash; 🔹aholi salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish; 🔹munosib bandlik va daromad olish imkoniyatlarini kengaytirish; 🔹inson salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaxshilash kabi muhim vazifalarni qamrab oladi. Asosiy maqsad — inson uchun imkoniyat yaratish. Har bir fuqaro sifatli ta’lim olishi, o‘z qobiliyatini rivojlantirishi, munosib kasb egallashi va o‘z mehnati bilan farovon hayot qurishi uchun zarur sharoitlarga ega bo‘lishi lozim. Zero, insonning salohiyati ro‘yobga chiqqan jamiyatda taraqqiyot ham barqaror bo‘ladi. “O‘zbekiston — 2030”: inson salohiyati — taraqqiyot asosi. 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • 13 авг.2 6088

    #Strategiya_2030 #maqsad_98 📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Tozalik — ko‘chadan emas, odatdan boshlanadi Mahallada aholi chiqindilarni duch kelgan joyga emas, belgilangan maxsus joylarga tashlashga odatlanishi zarur. Bu oddiy qoida bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo har bir xonadon unga amal qilsa, ko‘cha-ko‘y obod, muhit esa toza bo‘ladi. Chiqindini belgilangan joyga tashlash — faqat tozalikka rioya qilish emas, balki o‘z mahallang, qo‘shning va farzandlaring uchun mas’uliyatni his qilishdir. Toza mahalla — har birimizning kundalik odatimizdan boshlanadi! 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • 10 авг.1 3833

    Mahalla tozaligi — har birimizning kundalik hissamiz Obod mahalla avvalo tozalikdan boshlanadi. Ko‘chalarning sarishta-saranjomligi, atrof-muhitning ozodaligi esa faqat mas’ul tashkilotlar emas, har bir fuqaroning munosabati va mas’uliyatiga bog‘liq. Bugun ko‘chamizga tashlangan bir parcha chiqindiga befarq bo‘lmaslik, hovlimiz va atrofimizni ozoda tutish — ertangi kunimizga qo‘shilgan kichik, ammo muhim hissa. Zero, obod mahalla katta ishlardan emas, har birimizning oddiy kundalik odatlarimizdan boshlanadi. Tozalik — madaniyat, obodlik — umumiy mas’uliyat. 🌿 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • 10 авг.1 2955

    без подписи

  • 10 авг.1 3995

    без подписи

  • 10 авг.1 3656

    без подписи

  • 10 авг.1 2445

    без подписи

  • 10 авг.1 1195

    “O‘zbekiston – 2030”: islohotlar mazmuni yoshlar nigohida Toshkent shahridagi Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari, uni amalga oshirish mexanizmlari hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qildi. Shuningdek, strategiya ijrosi monitoringi, jamoatchilik nazoratining ahamiyati hamda islohotlarni aholiga sodda va tushunarli tilda yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. ➡️Batafsil 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • “Bugun asragan tozaligimiz — farzandlarimizga qoladigan go‘zal mahalladir” Bu ezgu da’vat nafaqat har bir fuqaroning burchi, balki “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan obod va ekologik barqaror hayot muhitini barpo etish maqsadlarining amaliy ifodasidir. Mahalla tozaligi — bu oddiy kundalik odat emas, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir. Bugun ekilgan bir tup ko‘chat, yig‘ishtirilgan har bir hovli va ko‘cha, asrab-avaylangan har bir go‘sha ertaga farzandlarimiz faxr bilan yashaydigan muhitni yaratadi. Zero, obod mahalla — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va farovon kelajagining eng mustahkam poydevoridir! 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert Su Chan: “O‘zbekiston–2030” strategiyasi tufayli so‘nggi yillarda mamlakat ulkan yutuqlarga erishayotganiga guvoh bo‘ldim” 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Xitoyda o‘tkazilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi taqdimotiga bag‘ishlangan maqola chop etildi “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining 2026-yil 54-sonida Xitoyda o‘tkazilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi taqdimoti, uning xalqaro ekspertlar tomonidan muhokama qilinishi hamda ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy-ekspertlik hamkorligining yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. 📖Maqolada forum yakunlari, strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari va O‘zbekiston–Xitoy hamkorligining istiqbollari haqida batafsil so‘z yuritiladi. 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • 🏡Har kim o‘z ostonasidan boshlasa, butun mahalla obod bo‘ladi Mahalla qiyofasi hech qachon o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi. Uni mahallada yashovchi odamlarning dunyoqarashi, madaniyati va mas’uliyati belgilaydi. Bir xonadonning ozodaligi qo‘shniga ibrat bo‘ladi. Bir ko‘chaning pokizaligi butun mahallaning kayfiyatini o‘zgartiradi. Ana shunday oddiy, ammo muhim qadamlar orqali obodlik qadriyati shakllanadi. Toza ko‘cha — yuksak madaniyat belgisi. Obod mahalla esa faqat qurilish bilan emas, odamlarning mas’uliyati va hamjihatligi bilan barpo etiladi. 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • “O‘zbekiston–2030” strategiyasi: Xitoylik ekspert fikri 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • Tozalik — bir kunlik tadbir emas, har kunlik mas’uliyat Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadri, qulay yashash muhiti va ekologik barqarorlik tamoyillariga tayanadi. Obod hududlar, ozoda mahallalar va yashil maskanlar — taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Tozalikni faqat hashar bilan emas, balki kundalik turmush madaniyati va fuqarolik mas’uliyati bilan ta’minlash – har birimizning burchimiz. Toza muhit — barchamizning kundalik ishimiz! 📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube

  • без подписи