tgindex
Последний пост
29 авг. 2024 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
32
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
169
20 постов
Вовлечённость
528,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📌​ Endi sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiydiganlarga taʼlim krediti berilmaydi! ✔️Endilikda taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlimda o‘qiyotgan talabalarga beriladi. Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda eʼlon qilindi. ✔️Bunga qadar taʼlim kreditini sirtqi va kechki taʼlimda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi. ✔️Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda taʼlim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Birinchi bosqichlar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #super_kontrakt 2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi. Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi. 💾 PDF shaklida yuklash @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/8313/ @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • ⚡️Tezkor: Perevod imtihonidan yiqilganlar endi nima qiladi? ✅1-variant: Hozir o'qiyotgan oliygohida o'qishini kelgan joyidan davom ettirishlari mumkin. ✅2-variant: Super-kontrakt asosida o'qishni ko'chirishlari mumkin. Super kontrakt esa 2 xil toifaga bo'linadi: ✅1-toifa: O'tish baliga 4,05 ballgacha yetmay qolgan talabgorlar; 🔰Bunda quyidagi shkala asosida super-kontrakt narxi belgilanadi: ➖ 1,05 ballgacha yetmay qolganda – oddiy toʼlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; ➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2,0 barobari; ➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari; ➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3,0 barobari. ✅Masalan, matematika yoʼnalishida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda oʼsha abiturient 2 barobar toʼlaydi. Matematika yo'nalishida kontrakt narxi taxminan 7 400 000 deylik. Demak, matematika yoʼnalishiga 1,5 ball yetmay qolgan abiturient 14 mln 800 ming soʼm super-kontrakt toʼlaydi (2x7 400 000). ✅ 2-toifa: o'tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va oʼzi 56,7 dan koʼp ball toʼplaganlar: 👫 Bunday "perevodchilar" super-kontrakt uchun yoʼnalishiga qarab oddiy kontraktning minimum 8, 10, 12, 15, 17 yoki 25 barobarini toʼlaydi. Masalan, iqtisod yoʼnalishiga o'tish bali 105 ball. Talaba 70 ball to'pladi. Demak, unga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan, oʼzi ham 56,7 balldan koʼproq toʼplagan. Iqtisod yo'nalishiga minimum super-kontrakt 10 barobar etib belgilangan. Stipendiyasiz oddiy kontrakt narxi esa taxminan 10 500 000 soʼm. 👆 Xulosa: iqtisod yoʼnalishining kunduzgi ta`lim shakli uchun super-kontrakt miqdori minimum 105 mln so'm (10 x 10 500 000). ❗️ BU MUHIM: oʼtish baliga 4,05 balldan koʼproq yetmay qolgan va 56,7 balldan koʼp toʼplaganlarning hammasiga bir xil narx boʼladi. Yaʼni 5 ball yetmagan ham, 50 ball yetmagan ham bir xil toʼlaydi. Oʼshanchun menga 10 ball yetmadi, menga 30 ball yetmadi, qancha boʼladi, deb soʼrashdan foyda yoʼq. ✅ 3-toifa: 56,7 balldan kam toʼplaganlar Bunday perevodchilar super-muper kontraktda oʼqishi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar toʼlaydigan summaning 2 barobarini toʼlashadi. Masalan, talaba iqtisod yoʼnalishiga topshirib, 40 ball toʼplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 210 mln soʼm toʼlashi kerak (2 x 105 000 000). ⚠️Xullas, Siz toʼplagan balingiz asosida kamida taxminan qancha super-kontrakt toʼlashingizni bemalol oʼzingiz hisoblab koʼrishingiz mumkin. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • ⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar 👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning: 🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %) — erkaklar; 🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. 🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan: 👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%); 👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%). 🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi. 📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • 📌 Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi. 4️⃣ maktablarda — 4-sentyabr; ➖ akademik litseylarda — 4-sentyabr; ➖ kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr; ➖ kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr. 9️⃣ oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr; ❓Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etmoqda, shu sababli yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas, bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • Maktabgacha ta'lim xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari tasdiqlandi Mazkur bazaviy tarif stavkasi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarning 3-4-kurslarida oʻqiyotgan shaxslar tomonidan bajarilgan ishlaг uchun haq toʻlashda qoʻllaniladi. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/8075/ @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • ⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi 📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2024-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin. Bundan tashqari talabgorlar o‘z natijalarini quyidagi telegram bot orqali ham bilishlari mumkin: 👉 @uztdi_mandatbot Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi. 👉 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari; @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • Xususiy oliygohda grantda o'qigan talaba ham 3 yil davlatga ishlab berishi kerakmi? ✅ Ha, albatta ishlab berishadi. Lekin 3 yilligi aniq emas, undan kam ham, ko'p ham bo'lishi mumkin! Xususiy oliygoh imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yondashuv o‘zgardi Har yili o‘qish boshlandi deguncha murojaatlar yomg‘iri va muammolar ketma-ket e’lon qilinardi, ayni yotoqxona masalasida. O‘tgan yildan talabalarni turar joy bilan ta’minlashda yondashuv ancha o‘zgardi, yangi tizim yaratildi. Eng katta va muhim o‘zgarish – tizim raqamlashdi, vazirlik esa, talabalarni turar joy bilan ta’minlashga qaratilgan markazlarni ishga tushirdi. Bu markazlar yotoqxonalar bilan emas, ijara xonadonlarni topish va talabalarni joylashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Asosiysi, bu jarayonlarga mas’ullar avvalgidek boshini qumga tiqib olib emas, ochiq va dadil javob berishga harakat qilmoqda. Buning isboti sifatida kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi press tur tashkil etdi. Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 792 o‘rinni tashkil etmoqda. Respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahrida jami 41 848 o‘rinli 108 ta talabalar turar joylari bo‘lib, 2022/2023-yillarda Toshkent shahrida 7 152 o‘rinli 13 ta talabalar turar joylari qurib foydalanishga topshirilgan. Yotoqxonadan joy ololmaganlarga OTMlarda tashkil etilgan markazlar tomonidan ijara xonadonlariga joylashish uchun yordam beriladi. Ijarada turadiganlar shartnoma taqdim etganda Toshkent shahrida BHMning bir barobari (hozir 340 ming), viloyatlarda 0.5 barobari (170 ming) miqdorida yordam pullari beriladi. 1-kurslarga esa ijara shartnomasisiz ikki oylik kompensatsiya puli beriladi. Ko‘proq ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy kanalida o‘qish mumkin: https://t.me/eduuz/25265 P.S. Yotoqxona masalasida harakatlar yaxshi, bu yil ham yotoqxona va ijaraga joylashish masalasida tanqidiy post yozmaymiz, deb umid qilamiz :) @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • 📌 Ikkinchi mutaxassislik "Yurisprudensiya" yo'nalishiga kirish imtihonlari bo'lib o'tadigan kunlar 🔹O'zMU ikkinchi mutaxassislik "Yurisprudensiya:biznes huquqi" yo'nalishiga kirish imtihonlari 22 avgust kuni, soat 13:00 da TDIU 1-binosida 🔹FarDU "Yurisprudensiya: faoliyat turlari yo'nalishiga kirish imtihonlari 22-23 avgust kunlari; 🔹Berdaq nomidagi QDU "Yurisprudensiya: faoliyat turlari" yo'nalishiga kirish imtihonlari 22-23 avgust kunlari 🔹TerDU "Yurisprudensiya: faoliyat turlari" yo'nalishiga kirish imtihonlari 22-23 avgust kunlari bo'lib o'tadi 🔹HMQA ikkinchi mutaxassislik "Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati" yo'nalishiga kirish imtihonlari 22 avgust kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti bo'lib o'tadi (ikkita smenada bo'lib o'tadi); 🔹 BuxDU "Yurisprudensiya:faoliyat turlari" 22-avgust kuni soat 07:30 da kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Buxoro tumani Bog'idasht MFY manzilida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo'limi  binosi; 🔹TDAU ikkinchi mutaxassislik 60420100 – Yurisprudensiya (qishloq xoʻjaligi huquqi) yo'nalishiga kirish imtihonlari 21-22 avgust kunlari bo'lib o'tadi (kirish imtihonlari suhbat shaklida "huquqshunoslik" fanlaridan bo'lib o'tadi) ❗️OTM mas'ullari bilan bog'lanib imtihon kuni va soatini aniqlashtirib olishingiz tavsiya etiladi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • Kimlar kasbiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod qilinadi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yil 87-son) qarori bilan ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ma'lum muddatga ozod etiladi. Batafsil: https://talimxabarlari.uz/7663/ @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • 📌 Magistratura mandati bugun yoki uzog'i ertaga kun oxirigacha eʼlon qilinadi 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar oʻtkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida qatʼiy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi koʻrib chiqiladi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • ❓O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi? #abituriyent Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi? ✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan. O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi. Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • 📌 Magistratura mandati ertaga chiqadi 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar oʻqish javoblari 20-avgustga qadar eʼlon qilinadi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida

  • ❌ Kelasi yildan sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi! 🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. @eduyangiliklar — hammasi ta’lim haqida