- Последний пост
- 14 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ustozimiz xotirasiga... Tibbiyot fanlari doktori, professor Omonturdi Mirtazaevich Mirtazaevning porloq xotirasini yodga olamiz. Ustoz o'z umrini epidemiologiya faniga, minglab shogirdlarga bilim va tarbiya berishga bag'ishladilar. O'zbek tilida yaratgan ilk darsliklari, 400 dan ortiq ilmiy ishlari va har bir shogirdiga singdirgan mehnatsevarlik namunasi — bularning barchasi bugun ham bizga yo'l-yo'riq bo'lib xizmat qilmoqda. Xotiralaringiz doimo qalbimizda, Ustoz! Ruhingiz shod bo'lsin. Epidemiologiya kafedrasi jamoasi va shogirdlaridan
📋 Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz salomatligi va emlash bo'yicha fikringiz biz uchun muhim! Kichik bir so'rovnomada ishtirok eting — jami 6–7 daqiqa vaqtingizni oling. ✅ To'liq anonim ✅ Shaxsiy ma'lumotlar yig'ilmaydi ✅ Ixtiyoriy ishtirok ✅ Natijalar ilmiy tadqiqot uchun ishlatiladi Sizning har bir javobingiz vaksinalarga oid axborot siyosatini yaxshilashga yordam beradi. 👇 So'rovnomaga o'tish uchun havolani bosing: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfWmtu9UTutrvxvd5ZFQNujZBZ59pea6Ix9TyvaEoJDWb5aIA/viewform?usp=header Ishtirokingiz uchun oldindan rahmat! 🙏
🩺 Ilm, fidoyilik va hamkorlik — kuchli epidemiologiyaning asosi. TDTU Epidemiologiya kafedrasi mudiri professor Tadjiyeva Nigora Ubaydullayevna yosh epidemiologlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularni ilmiy izlanish, tashabbus va jamoat salomatligi yo‘lida faol bo‘lishga chorladi. “Yosh epidemiolog maktabi” — kelajak epidemiologlari uchun katta motivatsiya va tajriba maydoni bo‘ldi.
🩺 “Инфекциялар ва жамоат саломатлиги: долзарб муаммолар ва уларнинг ечимлари” халқаро илмий-амалий анжуманининг 2026 йил 5 июнь кунидаги биринчи қисми муваффақиятли якунланди! 📍 Урганч шаҳрида ўтказилаётган мазкур нуфузли анжуманда эпидемиология, инфекцион касалликлар, антибиотикорезистентлик, вакцинопрофилактика ва жамоат саломатлиги бўйича долзарб мавзулар муҳокама қилинди. 🌍 Халқаро экспертлар, олимлар ва ёш тадқиқотчилар иштирокида қизғин илмий баҳслар, секция йиғинлари ва тажриба алмашинувлар бўлиб ўтди. 🎓 “Ёш эпидемиолог мактаби” доирасида ҳам амалий ва интерактив машғулотлар юқори қизиқиш билан давом этмоқда. 🤝 Барча иштирокчилар, маърузачилар ва ташкилотчиларга самарали ҳамкорлик учун миннатдорчилик билдирамиз! #Urganch2026 #Epidemiologiya #InfectiousDiseases #PublicHealth #YoungEpidemiologists
без подписи
без подписи
🦠 Bugun — 05.06.2026 kuni Urganch shahrida “Infeksiyalar va jamoat salomatligi: dolzarb muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini rasman boshladi! 🌍✨ Konferensiya doirasida epidemiologiya, infeksion kasalliklar, antibiotikorezistentlik, vaksinoprofilaktika, mikrobiologiya hamda jamoat salomatligining eng muhim masalalari muhokama qilinmoqda. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qatar va boshqa davlatlardan yetuk olimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda. 👩⚕️👨🔬 🎓 Ayniqsa, “Yosh epidemiolog maktabi” simpoziumi yosh olim va tadqiqotchilar uchun katta ilmiy platformaga aylandi. 📍Manzil: Urganch davlat tibbiyot instituti 📅 Sana: 5–6 iyun 2026 yil 🔗 Zoom orqali ulanish: https://us06web.zoom.us/j/84549730473?pwd=LjXMqnTvVgzLg8sPeaIarUrWF7xbi6.1 🆔 Konferensiya ID: 845 4973 0473 🔐 Kirish kodi: 349629 Ilm-fan, tajriba va xalqaro hamkorlik birlashayotgan ushbu nufuzli anjumanga omad tilaymiz! 🚀🧬
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🔥 Urganch shahrida epidemiologiya nafasi sezilmoqda! 🦠 “Boshqariladigan infeksiyalar ustidan epidemiologik nazoratni takomillashtirish” simpoziumi doirasida tashkil etilgan “Yosh epidemiolog maktabi” bugun haqiqiy ilmiy maydonga aylandi! 📍 Urganch davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan olimlar, epidemiologlar hamda yosh tadqiqotchilar bir maydonda jam bo‘ldi. 🎓 Yosh epidemiologlar uchun: ✅ real epidemiologik кейслар ✅ vaksina va outbreak nazorati ✅ antibiotikorezistentlik ✅ AI’ning epidemiologiyaga kirib kelishi ✅ zamonaviy laborator diagnostika ✅ xalqaro networking 💡 Atmosfera juda qizg‘in — har bir ma’ruza yangi motivatsiya va ilmiy g‘oyalarni bermoqda. 🚀 Epidemiologiya bugun global xavfsizlik, data va sun’iy intellekt bilan bog‘liq eng muhim sohalardan biriga aylanmoqda. #YoshEpidemiologMaktabi #Urganch2026 #Epidemiologiya #PublicHealth
без подписи
без подписи
🦠 “Boshqariladigan infeksiyalar ustidan epidemiologik nazoratni takomillashtirish” simpoziumi doirasida 🎓 “Yosh Epidemiolog Maktabi” 📍 Urganch shahri 📅 2026 yil 4–5 iyun Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Urganch davlat tibbiyot instituti hamda xalqaro hamkor tashkilotlar ishtirokida yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, antibiotikorezistentlik, vaksinoprofilaktika va jamoat salomatligiga bag‘ishlangan yirik xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. 🔬 Asosiy yo‘nalishlar: • Meningokokk infeksiyasi • COVID-19dan olingan saboqlar • Antimikrob rezistentlik • Shifoxona ichi infeksiyalari • Vaksinoprofilaktika • Jamoat salomatligi va global chaqiriqlar • Yosh olimlar va tadqiqotchilar seksiyasi 🌍 Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qatar va boshqa davlatlar mutaxassislari ishtirok etmoqda. #Epidemiology #PublicHealth #InfectionControl #AMR #Meningococcal #TDTU #Urganch2026
без подписи
без подписи
🎓 АКАДЕМИК МОБИЛЛИК | МАХСУС МАЪРУЗА Тошкент давлат тиббиёт университети Эпидемиология кафедраси 📌 Мавзу: «Эпидемиологиянинг замонавий тенденциялари — 2025–2028 йиллардаги асосий ривожланиш йўналишлари» 👨🏫 Маърузачи: Саперкин Н.В. Доцент, т.ф.н., магистр (MSc) Поволжье тадқиқот тиббиёт университети Эпидемиология, микробиология ва далилга асосланган тиббиёт кафедраси 📅 Сана: 4 июнь 2026 йил Барчани тадбирга таклиф этамиз!
🛡️ TDTU | Epidemiologiya kafedrasi 🔬 Ilmiy-amaliy ma’lumot ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🫁 COVID KEYIN BOLALAR NIMA UCHUN KO’PROQ KASALLANMOQDA? Tadqiqotlar javob beradi… ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🔴 1. “Immunitet qarzi” — eng katta sabab Karantin davrida bolalar mikroblarga duch kelmadi. Immunitet “dam oldi”. Lekin bu uzoqqa cho’zildi… Karantin tugagach, organizmlar bir vaqtda yuzlab patogenlarga duch keldi — og’ir kasalliklar boshlandi. 📎 Lancet, 2022; Nature Immunology, 2023 — “Immune Debt” nazariyasi ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🟠 2. Ichak mikroflorasi buzildi Haddan ziyod antiseptik va antibiotiklar foydali bakteriyalarni yo’q qildi. Natijada pnevmoniya qo’zg’atuvchilari uchun “bo’sh yo’l” ochildi. 📎 Gut Microbiome Journal, 2023 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🟡 3. COVID o’zi ham immunitetni zaiflattirdi Hatto yengil o’tkazilgan COVID ham: • T va B limfotsitlarni zararlaydi • 6–12 oy davomida immunitetni pasaytiradi • Mycoplasma va RSV ga qarshi himoyani 40% ga kamaytiradi 📎 Science Immunology, 2023 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🟢 4. Mycoplasma pnevmoniyasi — yangi to’lqin Pandemiya davrida bu bakteriya deyarli tarqalmadi. Bolalarda unga qarshi immunitet yo’qoldi. 2023–2024 yillarda Xitoy, Yevropa va O’zbekistonda holatlari keskin oshdi. 📎 CDC, 2024; O’zbekiston tibbiyot jurnali, 2026 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🔵 5. D vitamini yetishmovchiligi Uzoq izolyatsiya → quyosh nuri yo’q → D vitamini kamaydi → nafas yo’llari himoyasi zaiflashdi. ⚡️ D vitamini yetishmovchiligi pnevmoniya xavfini 2.5 barobar oshiradi! 📎 Pediatric Pulmonology, 2023 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 💡 Xulosa: COVID pandemiyasi tugadi — lekin uning immunitet oqibatlari hali davom etmoqda. Bolalarni emlash, D vitamini va sog’lom turmush tarzi bugun ayniqsa muhim! ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📚 Asosiy manbalar: • Lancet (2022) • Nature Immunology (2023) • Science Immunology (2023) • Gut Microbiome Journal (2023) • Pediatric Pulmonology (2023) • CDC Report (2024) ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 🏛️ Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 🔬 Epidemiologiya kafedrasi 📲 @epidimialogy