tgindex

“FARG‘ONA HETK” AJ

описание

⚡️ Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ rasmiy kanali 🔧 Elektr ta’minoti 🛠 Ta’mirlash ishlari 📢 Rejalashtirilgan uzilishlar 📰 Yangiliklar 📷 Instagram: @fargona_hetk_aj

3 658
подписчиков
Охват к подписчикам
14,3%
ERR
Реакции к просмотрам
0,06%
19 на 50 постов
Пересылки к просмотрам
0,32%
101
Постов в день
7,6
всего 238

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 14 авг.⚡️ Elektr energiyasini tejash uchun 6 ta oddiy maslahat ✅ Elektr energiyasidan oqilona foydalanish orqali oilaviy xarajatlarni kamaytirish va energiya resurslarini tejash mumkin. 💚💚💚 Uy sharoitida elektr energiyasini tejash bo‘yicha 6 ta oddiy va foydali tavsiya haqida videomizda batafsil ma’lumot beramiz. 🎬 Videoni tomosha qiling va elektr energiyasini tejashning samarali usullarini bilib oling! ⚡️ t.me/farhetk_admin0,58%
  • 13 авг.Mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda O‘zbekiston tumanidagi 869-sonli transformator punktida elektr ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida transformator punktining elektr ulanish qismlari, avtomatik himoya qurilmalari va kabel tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda. Eskirgan va talabga javob bermaydigan qismlar yangilanib, ulanishlar tartibga keltirilmoqda. Mazkur ishlar natijasida transformator punktining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash imkoniyati yanada yaxshilanadi. ⚡️ t.me/farhetk_admin0,33%
  • 12 авг.⚡️ “FARG‘ONA HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AJDA ENERGIYA AUDITI O‘TKAZILMOQDA Joriy yilning 27-iyul kuni Prezidentimiz raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida yirik tadbirkorlik subyektlari hamda davlat muassasalarida energiya auditini tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda energiya auditi ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida binolardagi elektr energiyasi iste’moli, mavjud elektr qurilmalari va tarmoqlarining texnik holati, energiya sarfining samaradorligi hamda elektr energiyasidan foydalanish ko‘rsatkichlari batafsil o‘rganilmoqda. Shuningdek, maxsus o‘lchov asboblari yordamida elektr qurilmalaridagi yuklamalar tahlil qilinib, energiya sarfi yuqori bo‘lgan nuqtalar aniqlanmoqda. Bu esa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ortiqcha energiya sarfining oldini olish va energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini beradi. Energoauditning asosiy maqsadi — faqat mavjud holatni o‘rganish emas, balki energiya resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqishdir. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasi iste’molini optimallashtirish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu kabi amaliy ishlar energiya resurslarini tejash, xarajatlarni kamaytirish va korxona faoliyatida energiya samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. ⚡️ t.me/farhetk_admin0,33%
  • 14 авг.без подписи0,31%
  • 13 авг.#tezkor #13_08_2026 HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI 📌 MARG‘ILON SHAHRI Bugun, soat 06:00dan 11:00ga qadar Marg‘ilon shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Yodgorlik" podstansiyasida kuch transformatoridan yog‘ sizib chiqishini bartaraf etish va taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 BESHARIQ HAMDA FURQAT TUMANLARI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Beshariq hamda Furqat tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Uzoq" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 BUVAYDA HAMDA UCHKO‘PRIK TUMANLARI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Buvayda hamda Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Buvayda" elektr uzatish tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 O‘ZBEKISTON TUMANI Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar O‘zbekiston tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Chinor" elektr uzatish tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; 📌 BAG‘DOD TUMANI Bugun, 09:00dan 12:00ga qadar Bag‘dod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Xamzaobod" podstansiyasida joriy taʼmirlash ishlari bajariladi; Hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz! "Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.0,30%
  • 14 авг.Hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va manzilli choralar koʻrish yoʻlga qoʻyildi. Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla boʻyicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi. Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat oʻrtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi. Jumladan, 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqchilligi borligi aniqlandi. Ayni paytda 207 ta mahallada quvvat zaxirasi mavjud. Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga boʻlgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani oʻz vaqtida tayyorlash imkonini beradi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin. ⚡️ t.me/farhetk_admin0,19%
  • 12 авг.➡️ HAR SOHADA MIRISHKOR ENERGETIK! Energetika sohasida uzoq yillar fidoyilik bilan mehnat qilgan, kasbiga sadoqatli va hayotiy tajribasi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan Ibrohim aka Turdiqulov bugun ham izlanishda. U kishi uzoq yillar Farg‘ona tuman elektr ta’minoti korxonasida samarali mehnat qilib, energetika sohasida o‘zining munosib izini qoldirgan. Ammo mirishkorlik va mehnatsevarlik faqat kasb bilan cheklanmaydi. Bo‘sh vaqtlarida tomorqasidan unumli foydalanib, malina yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan Ibrohim aka oilasiga qo‘shimcha daromad manbaini ham yaratgan. Mehnatni qadrlagan inson uchun har bir qarich yer — imkoniyat, har bir nihol esa kelajak hosilidir. Energetik kasbida — mas’uliyatli mutaxassis, tomorqada esa — mohir dehqon! Mehnat bor joyda baraka, intilish bor joyda albatta natija bo'ladi! ⚡️ t.me/farhetk_admin0,19%
  • 12 авг.✅ MAVSUMGA HOZIRLIK Uchko’prik tumanida elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida. ⚡️ t.me/farhetk_admin0,17%
  • 14 авг.без подписи0,16%
  • 12 авг.#mutolaa_vaqti 📚 “Farg’ona HETK” AJda mutolaa vaqti…. 🔴 “ZARUR TOPSHIRIQ” 📗 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan. ⚡️ t.me/farhetk_admin0,05%
  • 14 авг.без подписи0,00%
  • 14 авг.без подписи0,00%