Farkhod - AI PM
СтатистикаHi, I’m Farkhod Saydullaev, Product Manager at the UK fintech - Moneff. Website: www.farkhod.com Youtube: bit.ly/3opPKAt FB: facebook.com/iamfarkhod Insta: instagram.com/iamfarkhod/ LinkedIn: linkedin.com/in/iamfarkhod
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 12:45
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 986
- 1/48двое суток
- 2 275
- 1/72трое суток
- 2 454
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
MCP xaqida eshitgan bo‘lsangiz kerak Turkiya havo yo‘llarini MCP’si bor ekan. MCP'ni Claude yoki o‘zingiz xar doim ishlatadigan SI’ga ulaysiz. Keyin – "manga Istanbul - Dalaman reysi uchun eng arzon chipta top" deysiz va sizga javob keladi. Yoki “Reys TK544 necha soatga kechikyapti” deb oddiy savol bilan murojaat qilasiz. Eslatib o‘taman MCP bu Model Context Protokol. MCP'ni yana ham tushunarli aytadigan bo‘lsam biron loyiha/servis/startap bilan sun’iy intellekt tushunarli gaplashishi uchun ishlab chiqilgan aloqa yo‘li. MCP haqida video darsim ham bor https://youtu.be/ancB7E5Kcvw?si=DBSjzZO7MyDmkZGb Bu postim bilan aytmoqchimanki, kimda loyiha bo‘lsa, MCP qilish maqsadga muvofiq hozirgi kunda. API emas, aynan MCP. Sababi API ulash qiyinroq, MCP’ni esa ozroq kompyuterni tushungan kishi ulay oladi. Qani edi har bir davlat tashkilotining MCP’si bo‘lsa, shunda sun’iy intellekt ulash juda oson bo‘lgan bo‘lar edi. P.s. Turkish Airlanes qanday qilib MCP ishlab chiqqani xaqida bu yerda o'qisangiz bo'ladi https://turkishtechnology.com/en/blog/revolutionizing-travel-ai-how-we-built-turkish-airlines ------- @farkhod_com
Sport targ’iboti 27.07.2026 London 🇬🇧 Stravaga qo’shiling https://strava.app.link/HCjWBXJkd5b
Online o‘qituvchi topish uchun platforma O‘tgan oy o‘g‘limga onlayn o‘qituvchi qidirdim. Al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz. Kanalimda xabar qoldirdim. Xabarni ish va vakansiya kanallariga chiqarib yuborishdi. Taxminan 80 kishi yozdi, 80 kishi! Bilasizmi, nimani tushundim? Bu yerda bitta loyiha qilish kerak.Loyiha o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydi. Masalan, Toshkentda to‘lov qobiliyati yuqori aholi ko‘p. O‘quv markaziga borishga vaqt ketadi, qolaversa, u har doim ham uyingiz yonida bo‘lavermaydi. Viloyatlarda esa malakali o‘qituvchilar ko‘p va xizmat haqi ham kissaga to‘g‘ri keladi. Platforma orqali ikki tomonni birlashtirib, to‘lov qilish va dars o‘tish uchun maydon yaratish kerakmi, deb o‘ylab qoldim. Bu yerda eng muhimi – yaxshi UX qilish. Mana sizga g‘oya. Ha, aytgancha, chet elda shunga o‘xshash platformalar ko‘p. Salomat bo‘ling. ----- @farkhod_com
Inspiro.uz degan loyiha ishga tushirilibdi. Bu xuddi Mobbin, faqat mahalliy ilovalar bor. Bir yil oldin shunga o‘xshagan loyihamiz (4rize.com) PMF topmaganimiz uchun yopilgan edi. Inspiro loyihasi asoschilaridan biri Aleksandr, 4 oylar oldin menga aloqaga chiqqan edi. 4Rize adminkasini ko‘rsata olasizmi deb so‘ragandi va ko'rsatdim. Men qila olmagan loyihani kimdir eplasa, juda ham xursand bo‘laman. Shu kunlarda Aleksandr bilan onlayn qo‘ng‘iroq qilib, yaqinroqdan tanishdik. 4Rize’da qilgan xatolarimni aytib berdim. Aleksandrga aytdim – birdaniga mijozdan pul ol. Aks holda bepul xizmat taklif qilib, tuzoqqa tushib qolasan. Bu startap qiluvchilarning aksariyatidagi xatosi. To‘g‘ri, avval auditoriya yig‘ib keyin pul ishlaydigan loyihalar ham bor. Lekin buning uchun, ancha vaqt pul va vaqt yoqishga tayyor bo'lishingiz kerak. Aleksandrga omad tilab qolaman. Keyingi postim ScreenGallery asoschisi Oleg bilan gaplashganim haqida bo‘ladi. ----- @farkhod_com
Toza kontekst oyna va 40k token ishlatilgan Claude Code’da yangi sessiya ochdim. Hech narsa yozmasimdan 40k token bilan to‘lib qoldi. "Nimaga buncha token ishlatyapti?" deb ozroq tahlil qildim va sizga ham foydali bo‘lishi mumkin deb bo‘lishyapman. Claude Code’da savol berdim – "Jo‘rajon, yangi sessiya ochdim, lekin 35–40k token bilan to‘ldirib qo‘yding. Sababi nimada? Hammasini aniqlab, menga tahlil jadvalini ber." (Natija kommentda) Menda Figma, Jira, Krisp, Mixpanel va Supabase MCP’lar ulangan edi. Shularning o‘zi taxminan 10k token atrofida ishlatar ekan. Hozircha o‘chirib qo‘ydim, hamma loyihada kerak emas. Keyingi ish, “loyiha qanday ishlaydi” degan dokumentni optimizatsiya qildim. Oldin hamma narsa ichida edi, misol uchun serverga ulanish, loglarni ko‘rish, fayllar va ma’lumotlar bazasi strukturasi. Ularni kichik fayllarga bo‘ldim va aytdim, agar kerak bo‘lsa, shu faylda ko‘rib olasan deb. Endi konteksda ko‘p ma’lumot ushlamaydi. Natija yaxshi, 27ming‘ga tushurdim. Bilmayman, bunga e’tibor qilish kerakmi yoki yo‘q lekin $20 tarifda o‘tirganim uchun tokenlarga e’tiborliman. Yana sababi, biron vazifani qilish uchun bir nechta agentlarni ishga tushiraman. ——— @farkhod_com
⚡️ 🇺🇿 Moneff uchun grafik dizayner qidiryapmiz (2–3 oylik kontrakt). Vazifa — ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar dizaynini tayyorlash. Ish hajmi: Haftasiga o‘rtacha 2–3 ta vizual va 1-2 karusel uchun vizual Ish masofadan (remote) olib boriladi va uni asosiy ishingiz bilan bemalol birga olib borish mumkin. Kim bizga kerak: • Kamida 3 yil tajriba; • Yaxshi did va kuchli tipografika; • Yevropa uslubidagi dizaynni tushunishi; • Rus yoki ingliz tilida gaplasha olishi. Qiziqsangiz, anketani to‘ldiring https://forms.gle/9hudx4L7PLLr9UHB6 ------- 🇷🇺 Moneff ищет графического дизайнера на контрактную работу (2–3 месяца). Что нужно делать: • Создавать визуалы для социальных сетей. • Объём работы небольшой: в среднем до 3 визуалов в неделю и 1-2 карусель. Условия: • Удалённая работа; • Можно совмещать с основной занятостью. Требования: • От 3 лет опыта в графическом дизайне; • Хороший визуальный вкус и сильные навыки типографики; • Понимание современных европейских стандартов дизайна; • Разговорный русский или английский язык. Если вам интересно, заполните анкету по ссылке ниже. https://forms.gle/9hudx4L7PLLr9UHB6 ------- @farkhod_com
Tejamli vayb-koding Oldingi postimda kontekst oynasi va uning xotirasi haqida sizlarga aytib bergandim. Endi kontekst oynasi qanchalik to‘lib qolgani va limitlar haqida qanday bilish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma beraman. Yuklangan rasmga e’tibor qiling. Prompt yozadigan joyning pastida menda doim loyiha nomi, GitHub branch’i, kontekst oynasi hajmi va uning qanchaga to‘lgani, 5 soatlik limitga qanchalik yaqinlashganim hamda model ko‘rinib turadi. Bu juda qulay. Qollanma: 1. Claude Code’da bu promptni yozamiz "Assist me to setup /statusline. Show me what I can see there." 2. Keyin bir nechta variantlar chiqadi, xohlaganingizdek sozlab olasiz. 3. Menda u quyidagicha: my-project [project name] | main [branch] | ctx 42k/18% [context window] | 5h 34% [5 hour limit] | Sonnet 4.6 [model] Eslatib o‘taman, kontekst oynasini har doim 100 ming token atrofida ushlab turishga harakat qiling, undan keyin model o'tlab ketadi degan fikr bor. Foydali bo‘lgan bo‘lsa, tanishlar bilan ulashib qo‘yamiz. ——— @farkhod_com
Amerika hukumati Fable’ni o’chirishni talab qilibdi. Anthropic imkonsiz, uni hammaga o’chiribdi https://www.anthropic.com/news/fable-mythos-access ———- @farkhod_com
Sasha Rubtsov do‘stim bor. Mahsulot menedjerlik bo‘yicha kurs ochgan edi va birinchi guruh bitirishyapti. Shu munosabat bilan bitiruvchilarni ishini hakamlik qilishga taklif qildi. Quyida loyihalar taqdim etiladi: ✦ Playfield — zerikarli video darslarsiz yangi bilim o‘rganish uchun AI-simulyator ✦ TaskFlow — kichik biznes uchun Telegram ichidagi vazifalarni boshqarish platformasi ✦ Nasab — shajara daraxti bilan oilaviy xotiralar platformasi ✦ Fashion Platform — kiyim-kechak marketpleysi ✦ Forma — kaloriyalarni hisoblash uchun ilova Hammasi kurs davomida yaratilgan. Sasha kanalingga qo‘yib yubor, balkim kimdir mahsulot menedjerlikni o‘rganaman degan bo‘lsa, qiziq bo‘lishi mumkin dedi. So‘zlashuv rus tilida bo‘ladi, lekin Sasha sekin sekin o‘zbek tilini o‘rganyapti. 🗓 13-iyun, 12:00 📍Ground Zero (Kitob olami, Markaz 1), Toshkent. Tadbir bepul faqat ro‘yxatdan o‘tish kerak Kelib qolsangiz, netvorking bo‘ladi. Ko‘rishguncha. ——— @farkhod_com
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi. – 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan foydalanish uchun foydalanish kreditlari (usage credits) talab qilinadi. Agar tizim quvvati yetarli bo‘lsa, biz ushbu bepul foydalanish muddatini uzaytiramiz. – Keyinchalik, imkoniyat va quvvat yetarli bo‘lganda, Fable 5ni yana obuna tariflarining standart qismi sifatida qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Buni imkon qadar tezroq amalga oshirish niyatidamiz. https://www.anthropic.com/news/claude-fable-5-mythos-5 P.S. Yuqoridagi matn AI bilan tarjima qilingan. ------ @farkhod_com
Smart zone va dumb zone Bilasiz, AI bilan SaaS quryapman va olgan bilimlarim bilan bo‘lishmoqchiman. Claude Code, Codex bilan kod yozasizmi, ilova qurasizmi yoki shunchaki gaplashasizmi – unda kontekst oynasi degan tushuncha bor. Har bir modelda u har xil: Claude Opus 4.8'da – 1 mln token Claude Sonnet 4.6'da – 200 ming token GPT-5’da CLI orqali ishlaganda 400 ming token deb o‘qidim. O‘zi kontekst oynasi nima? 200 ming token degani qanday tushuniladi? Kontekst oynasi xuddi ish stoliga o‘xshaydi. Stolda 4 ta varaq ma’lumot bo‘lsa, uni ichidan kerakligini topish va ishlash oson. Endi bu varaqlar soni 50ta bo‘lsa-chi, adashasizmi? Ma’lumotlarni bir biriga bog‘lash qiyin bo‘ladi a? Yoki kerakli joyini ko‘rmay qolasiz. Bitta A4 varaqda matn yozilganda u tahminan 600-800 ta token bo'ladi (kalkulyator) Endi, har kuni AI bilan kod yozadigan tajribali dasturchilar shuni aytishyaptiki, kontekst oynasining 40–70% oralig‘i “aqlli zona”. Agar undan oshsa, AI’ning sifati pasaya boshlaydi va u “dumb zone”ga kiradi. Lekin bu yerda bir gap bor. Opus 4.8 “menda 1 mln token kontekst oynasi bor” deyapti, ammo ko‘pchilik buni marketing deb ko‘radi. Sonnet bo‘ladimi yoki Opus ularning eng samarali ishlaydigan zonasi taxminan 100 ming token atrofida, deyishyapti dasturchilar. Opus’da “dumb zone” balki 200 ming tokendan keyin boshlanar, lekin baribir 1 mln tokenni to‘ldirib ishlash yaxshi amaliyot emas. Bunga e’tibor bermaslik nimalarga olib keladi? 1. AI’dan olinadigan natija sifati pasayadi. 2. Juda tez token sarflaysiz. Bilasizmi, Claude Code’da kod yozayotganda tokenlar suvdek ketadi. Demak, kontekst hajmini boshqarib turing. Uni imkon qadar 100-150 ming token atrofida ushlang. Aks holda AI qo‘yga o‘xshab o‘tlab ketadi. Matt Pocock’ning bu mavzu bo‘yicha zo‘r master-klassi bor https://youtu.be/-QFHIoCo-Ko?si=kQhXqp9KbMB97WJC O'zi "Smart Zone" va "Dumb Zone" haqda Ilhom va Aziz aka Mirzayev dan eshitib, keyin o‘zim ham biroz izlanib o‘rgandim. Hozir toza Claude ishga tushirdim va bilasizmi nima? Kontekst oynasida allaqachon 13 ming token turibdi. Skrinshotni sharhda tashladim. Keyingi xabarda kontekst oynasi necha foiz to‘lganini qanday ko‘rish mumkinligini ko‘rsataman. —— @farkhod_com
Day #3 va #4 Yo‘q bo‘lib ketdi meni, dedingizlarmi? Ish juda qizg‘in ketdi, xabar yozishga ham vaqt bo‘lmadi. Loyiha holati: – Domen sotib olindi kleepio.com. Hozircha u yerda hech narsa yo‘q, sababi pastroqda; – MVP qurildi. Local’da ishlayapti, lekin serverga yuklaganimda sekin ishlayapti; – Contabo serverlaridan qoniqmayapman. Hetzner juda qulay, lekin afsus, hozir arzon serverlari yo‘q; – MVP bo‘lishiga qaramay, o‘zimga ishni qiyin qilib stage va prod degan tushunchalarni ham qildim; – Kecha to‘liq kunim DevOps bilan o‘tdi; – Docker kontayner boshqarish uchun Coolify ishlatdim, xayolimda server ancha kuchini olyapdi. @plovsplitbot uchun Dokku ishlatgan edim, u CLI va yengil – Bugun ish kuni. Ishdan qaytib debug qilib, nega sekin ishlayotganini aniqlashga harakat qilaman; – 2 ta montajer bilan gaplashdim. Bir kishi o‘zi ham shunga o‘xshash loyiha qurgan ekan, lekin u xohlagandek ishlamayapti. Ko‘ramiz, bozorni topa olamanmi. Xarajatlar: – Domen – 11 USD; – Server (Contabo) – 13 USD. Sababi, bir oyga olsam ham bir martalik to‘lov bor ekan. Keyingi oy 5 USD bo‘ladi; – Claude Pro – 22 USD. Shuncha ish qildim, faqat bir marta 5 soatlik limitga duch keldim. Menimcha, Ilon Maskning serverlari ishga tushgani uchun Claude limitlarni oshirgan, bu vaqtincha. 4 kun juda ham qiziq o‘tdi. AI bilan kod yozish umuman boshqa darajaga chiqibdi. Keyingi postlarimda Ilhom o‘rtog‘imdan va Aziz aka Mirzayevdan olgan tajribam haqida yozaman. Bugun ish kuni, endi ishga qaytamiz. ------- @farkhod_com
SaaS’ni qanday bozorga olib chiqamiz? O‘zingizning tajribangiz bilan bo‘lisha olasizmi? Misol uchun, kecha Jamshid Tashpulatov qanday qilib iOS ilova qilib, undan pul ishlatayotgani haqida yozdi. Jamshidni kanali https://t.me/jamik_notes Yana bir yigitni kuzataman – Dovud. U ham iOS ilovalar yaratib sotadi https://t.me/dovud_husan Mahalliy bozorda nimalar qilsak bo‘ladi? Shunchaki Meta orqali reklama qilib, natijani kuzatib turish kerakmi? Menda hozir g‘oya bunaqa: MVP qilib ishga tushiraman, barcha ijtimoiy tarmoqlarda u haqida yozaman. SaaS’dan birinchi kunidanoq pul ishlashga harakat qilaman. Agar odamlar pul to‘lasa, demak muammo bor. Aks holda, bepul versiya bilan uzoqqa bormayman. Ko‘ramiz, qancha foydalanuvchi yig‘aman. Barcha analitikani yoqaman, foydalanuvchi konversiya funnelini (qadam/voronka) Mixpanel’da yig‘ish reja. Albatta, foydalanuvchilar bilan gaplashishim kerak bo‘ladi, bu ham kuch oladi. Keyingi qadamim Meta reklama yoqish bo'ladi. Agar shu yergacha ozroq bo‘lsa ham pul ishlasam, hammasini reklamaga sarflayman. Reklama yoqmasdan loyihani auditoriyaga tez yetkazish imkonsiz deb o‘ylayman. Aks xolda o‘tiraman qarab, odamlarni o‘zi meni topib oladi deb. Menda maqsad juda tez g‘oyani tekshirish. O‘zimga 4 kunda loyihani ishga tushiraman deyapman, lekin eng qiyin qismi uni auditoriyaga yetkazish. Tajribangiz bilan bo‘lishing. Xohlasangiz, ovozli xabar qilib ham yuborishingiz mumkin. Rahmat! ------ @farkhod_com
Side project day #2 Eslatib o‘taman, 4 kun davomida bitta kichik loyihani MVP qilib ishga tushirmoqchiman. Kecha birinchi kun haqida yozdim. O‘zi qanaqa loyiha ustida ishlayapman? Bir necha oy oldin YouTube darslarimdan qisqa videolar tayyorlaydigan montajchi qidirdim. Yordam beradigan yigitlar topildi, lekin ular mendan videoning qaysi joylarini kesib olish kerakligini so‘rashdi. Bu esa aynan mening vaqtimni oladigan qismi edi. Men ularni tushunaman. Ular darslarim mavzusidan uzoq bo‘lishi mumkin, auditoriyaga nima qiziq bo‘lishini esa faqat o‘zim bilaman. Shunday qilib, yigitlar bilan hamkorligimiz boshlanmasdan to‘siqqa duch keldi. O‘ylab qoldim, qani edi videomni matnga o‘tkazib, qayerlarini kesib olish mumkinligi haqida menga sun’iy intellekt yordam bersa. O‘tgan oy g‘oyani qo‘lda tekshirib ko‘rdim – ish berdi. Endi buni omma uchun qilmoqchiman. Qisqacha aytganda, siz video yoki audio fayl yuklaysiz va tizim sizga qisqa video uchun qaysi qismlarini ishlatish mumkinligi haqida ro‘yxat beradi. Kecha nimalar bo'ldi Kecha ishlaydigan prototipni qildim. Hozircha lokalda ishlayapti. Superpowers juda zo‘r narsa ekan. Bilmadim, birga ishladik, menga yoqdi. Xayolimda tokenlarni ham tejayotgandek bo‘ldi. Bugun do‘stim Ilhom bilan ko‘rishaman. U dasturchi. Men Claude’dan har kuni mahsulot menejerligi uchun foydalansam, o‘rtog‘im Ilhom uni kod yozish uchun ishlatadi. Claude Code’ni real dasturlash ishlaridagi tajribasi bilan bo‘lishadi. U haqida ham yozaman. Yana bir narsaga amin bo‘ldim, AI’ga xuddi oldingizda o‘tirgan odamdek tushuntirish kerak. To‘g‘ri tushuntirsangiz, natija ham to‘g‘ri bo‘ladi. Instrumentlarim: – Mac’da Terminal o‘rniga iTerm ishlataman. Tablar bilan ishlash oson. – Claude Code $20 – Cursor (faqat IDE uchun, shunchaki boshqasini o'rnatishga erinyapman) – ChatGPT ikkinchi kalla uchun. Stay tuned... —— @farkhod_com
Side Project Day #1 Assalomu alaykum! 5 kun dam olish kunini kichik loyiha qilish bilan o‘tkazmoqchiman. Keyingi 4 kun davomi kanalimda xabar ko‘proq bo‘ladi, tinchligingizni buzsam uzr so‘rayman :) Loyiha nima haqida sal keyinroq aytaman. Hozir Claude bilan 2 soatlar o’tirib, nima texnologiya ishlatamiz deb bosh qotirdik. Ikkalamiz quyida texnologiya va servislarni tanladik: Infrastructure: – Contabo VPS (4 vCPU, 8GB RAM, 75GB) (Hetzner'da hozir arzon serverlar yoq afsus) – Coolify (deployment + management) – GitHub (code + CI/CD) Backend – FastAPI (Python) – ARQ (background jobs) – Redis (job queue) – slowapi (rate limiting) Frontend – Next.js – TanStack Query – next-intl (i18n — English now, Uzbek later) – NextAuth.js (Google OAuth) Database – Supabase Postgres Storage – Contabo local files Jarayon bunaqa bo‘ldi: 1. Claude bilan texnologiya xaqida gaplashdim 2. Keyin ChatGPT’dan so‘radim, sen nima deb o‘ylaysan deb, uni ham fikrini oldim. 3. O‘zim ozroq o‘qib ko‘rdim va birga yechimga to‘xtadik Ba’zida qo‘yga o‘xshab o‘tlab ketadi, juda ko‘p texnologiya tiqishtiradi. E jonsiz miya, bu Next.js, uni o‘zida qanaqadir yechim bordir, balkim bizga bu kitobxona kerak emas deyman. Ha to‘g‘ri, seni kallang ishladi deb paxta qo‘yadi 😀 Hammasini bitta md fayl qilib oldim, endi Claude’da SuperPowers bilan fikr almashayapmiz https://github.com/obra/superpowers Stay tuned... ——— @farkhod_com
Aloqa Venutures’dan Davron akani bilasiz a? @plovsplitbot telegram botimni ishlatib ko‘ribdilar. Juda ham xursandman. Nasib backlog‘dagi xatoliklarni to‘g‘rilab, yangi imkoniyatlar chiqarishga vaqt ajratishim kerak. P.s. Aloqa Ventures’dan Sardorga alohida rahmat, kichik loyihamga e’tibor qaratgani uchun.
Foto tahrirlashda AI o‘rni Surxondaryoga borganimda, o‘rtog‘im mehmonxonasining fotosuratlarini yangilash uchun fotograf yollagan ekan. Men fotosuratga olish xobbimni bilgani uchun, xolis ekspert sifatida chaqirdi. Mehmonxona xonalarida menga yoqmagani – g‘ijim choyshablar edi. Afsus muammoni joyida hal qilish imkoni bo‘lmadi. Boricha qoldirdik. Bugun shu muammoni ChatGPT bilan hal qilib ko‘rishga harakat qildim. Natija super! Bunga ChatGPT’ni 2.0 rasm yaratish modeli sababchi bo‘lsa kerak. ———- @farkhod_com
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи