Farg'ona Eksportchilar Uyushmasi
описание
O’zbekiston Eksportchilar Uyushmasi Farg’ona Viloyati Hududiy Boshqarmasining rasmiy kanali. +998 94 447 02 02
607
подписчиков
Охват к подписчикам
53,2%
ERR
Реакции к просмотрам
0,05%
5 на 29 постов
Пересылки к просмотрам
0,44%
48
Постов в день
0,1
всего 30
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 13 авг.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X1,25%
- 15 июл.O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Markaziy eksport shtabi tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishlarda jami 1,46 mlrd AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110 foiz o‘sish qayd etildi. Jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 875,1 mln dollarni, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 593,5 mln dollarni tashkil etdi. Jami 1 170 ta eksportchi korxona tomonidan 107 turdagi mahsulot 69 ta davlatga eksport qilindi. Eksport geografiyasi Panama, Senegal, Shveysariya, Sloveniya, Daniya, Indoneziya, Yangi Zelandiya va Tayvan hisobiga 8 ta yangi bozorga kengaydi, shuningdek, 38 ta davlatga eksport hajmi oshirildi. Markaziy eksport shtabi tomonidan 135 ta B2B uchrashuv tashkil etilib, eksportchilarning 315 ta murojaati o‘rganildi. Shundan 260 ta murojaat bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi, 55 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Tashqi bozorlar bo‘yicha 360 ta tahliliy dayjest tayyorlandi. Xorijiy importchilar bazasi 3 673 taga, mahalliy eksportchilar bazasi 1 634 taga, xalqaro logistika kompaniyalari bazasi esa 1 950 taga yetkazildi. Xalqaro ko‘rgazma, yarmarka va biznes missiyalarida 220 nafarga yaqin eksportchi ishtirok etdi hamda 33 mln dollarlik eksport kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, 75 nafar eksportchi xorijiy “study tour” dasturlariga jalb qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘katlar, quritilgan o‘rik, pomidor, piyoz, rangli karam, brokkoli va tarvuz mahsulotlari eksportida sezilarli o‘sish ta’minlandi.0,85%
- 21 маябез подписи0,36%
- 24 июл.Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! https://t.me/ferganaexport0,16%
- 11 авг.🍒 O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda 🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 57,9 mln AQSH dollari bo‘lgan 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan. 🇺🇳 BMTning Comtrade xalqaro savdo ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 32,2 ming tonna yangi uzilgan gilos eksport qilgan. Eksport qiymati 70,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 🌍 Mazkur natija bilan O‘zbekiston gilos eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallagan. 📈 O‘zbekistonning 2016–2025 yillardagi gilos eksporti hajmi: 2016-yil — 29,2 ming tonna; 2017-yil — 30,6 ming tonna; 2018-yil — 33,8 ming tonna; 2019-yil — 16,8 ming tonna; 2020-yil — 31,3 ming tonna; 2021-yil — 60,8 ming tonna; 2022-yil — 25,4 ming tonna; 2023-yil — 45,0 ming tonna; 2024-yil — 32,2 ming tonna; 2025-yil — 31,7 ming tonna. 🌍 2024-yilda gilos eksporti hajmi bo‘yicha yetakchi davlat va hududlar: Chili — 529,5 ming tonna; Gonkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) — 168,4 ming tonna; AQSH — 84,2 ming tonna; Turkiya — 66,5 ming tonna; Ispaniya — 34,1 ming tonna; O‘zbekiston — 32,2 ming tonna; Gretsiya — 28,0 ming tonna; Ozarbayjon — 25,8 ming tonna; Avstriya — 18,1 ming tonna; Moldova — 10,1 ming tonna. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter0,00%
- 6 авг.Qishloq xo‘jaligi yerida uy qurish mumkinmi? 🔜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-322-son qarori fermer xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratdi. 📌 Qarorga ko‘ra: 🔍 49 yilga ijaraga berilgan yerlar hamda kamida 10 gektar yer maydoniga ega xo‘jaliklarda yerning 1 foizi (biroq 20 sotixdan oshmagan qismi)da: 🔍 yengil konstruksiyali bino 🔍 suv rezervuari 🔍 ozuqa saqlash omborlari qurishga ruxsat berilgan. 🚫 Lekin ayrimlar bu normani uy-joy qurishga ruxsat deb noto‘g‘ri talqin qilmoqda. ❗️ASLIDA: Qarorda uy-joy qurish haqida gap yo‘q. Faqat chorva saqlash infratuzilmasi nazarda tutilgan. 🌱 Bu cheklov emas — yerni asrash chorasi. Chunki qishloq xo‘jaligi yeri — bu rizq manbai. https://t.me/ferganaexport0,00%
- 5 авг.Ўзбекистон экспортчилари ва тадбиркорлари диққатига! НАВОИЙ ХАЛҚАРО АЭРОПОРТИДАН МЎҒУЛИСТОННИНГ УЛАНБАТОР ШАҲРИГА ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ЮК ЧАРТЕР РЕЙСИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА Ҳурматли тадбиркорлар! Навоий халқаро аэропорти томонидан Ўзбекистон – Мўғулистон ўртасидаги савдо-иқтисодий алоқаларни ривожлантириш мақсадида Навоий (NVI) – Уланбатор (ULN) йўналиши бўйича тўғридан-тўғри юк чартер рейси ташкил этилмоқда. Агар Сизда Мўғулистон бозорига экспорт қилиш учун тайёр маҳсулотларингиз бўлса, ушбу рейс орқали юкларингизни тез, ишончли ва қулай тарзда етказиб бериш имконияти мавжуд. Юкка қабул қилинади: Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари; Озиқ-овқат маҳсулотлари; Мева-сабзавотлар; Тўқимачилик ва тайёр кийим-кечак маҳсулотлари; Чарм ва пойабзал маҳсулотлари; Фармацевтика ва тиббий маҳсулотлар; Маиший ва саноат товарлари; Электротехника ва эҳтиёт қисмлар; Қурилиш материаллари; Бошқа экспортга мўлжалланган турли хил юклар. Ушбу рейснинг афзалликлари ✈️ Тўғридан-тўғри авиаюк ташуви; ⏱️ Юкларни қисқа муддатда етказиб бериш; 📦 Турли хил товарларни бир рейсда жўнатиш имконияти; 🌍 Мўғулистон бозорига чиқиш учун янги логистика йўналиши; 🤝 Экспорт қилувчилар учун қулай ҳамкорлик шартлари. Ҳурматли экспортчилар! Агар Сизнинг компаниянгиз ушбу рейсда юк жойлаштиришдан манфаатдор бўлса, илтимос, юк тури, ҳажми ва тайёр бўлиш санаси ҳақида маълумот тақдим этишингизни сўраймиз. Юклар сонига қараб рейснинг якуний юкланиши шакллантирилади. Боғланиш учун: Абдураҳмон Ҳакимов Навоий халқаро аэропорти 📞 +998 91 443 15 51 📧 a.hakimov@uzairports.com0,00%
- 2 авг.#очиқ_мулоқот Эртага 3 август куни соат 13:00 да Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги кўмитаси раиси Азизбек Уруновнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти ўтказилади. Ветеринария, фитосанитария ва санитария соҳаларида фаолият юритаётган барча тадбиркорларни…0,00%
- 2 авг.#очиқ_мулоқот Эртага 3 август куни соат 13:00 да Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги кўмитаси раиси Азизбек Уруновнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти ўтказилади. Ветеринария, фитосанитария ва санитария соҳаларида фаолият юритаётган барча тадбиркорларни учрашувга таклиф этамиз.0,00%
- 29 июл.☀️ “Tadbirkordan tadbirkorga – muvaffaqiyat sari ilhom ulashamiz!” 📈 Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Bugun yurtimizda mehnatkash va tashabbuskor tadbirkorlar nafaqat o‘z biznesini rivojlantirmoqda, balki hududlar taraqqiyoti va aholi farovonligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. 🤝 #TadbirkordanTadbirkorga loyihasi ana shunday fidoyi tadbirkorlarning muvaffaqiyat yo‘lini keng jamoatchilikka tanitishni maqsad qilgan. 🍎🥭 Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani O‘qchi mahallasida faoliyat yuritayotgan “Yangi Farg‘ona Meva Eksport” korxonasi rahbari Murodov Anvarxon hudud iqtisodiyoti va aholi bandligini ta’minlashda munosib o‘rin egallab kelmoqda. Tadbirkor tashabbusi bilan tashkil etilgan zamonaviy ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli ombor bugun meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va eksportga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 📦 Erta bahordan kech kuzgacha pishib yetiladigan turli xil mevalar aynan ushbu omborda sifatli saqlanib, saralanib hamda eksportga yo‘naltirilmoqda. Bu esa mahsulotlarning mavsumdan tashqari davrda ham o‘z sifatini saqlab qolishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshirishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. 📈 Tadbirkorning fidokorona mehnati tufayli bugun hududda iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Eksport hajmining ortishi esa Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Tadbirkorning muvaffaqiyati – yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar demakdir. #TadbirkordanTadbirkorga #Biznes #Eksport #Bandlik 🇺🇿 Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati. @farbandlik_info0,00%
- 22 июл.Ўзбeкистон Рeспубликаси Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тасдиқланди. https://t.me/ferganaexport0,00%
- 22 июл.📢 Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи ҳужжатлар тасдиқланди Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 21 июлдаги 396-сон қарори билан Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи асосий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тасдиқланди. Қарорга мувофиқ: 🔹 Қўмита тўғрисидаги низом; 🔹 Қўмита ҳузуридаги Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги соҳасини ривожлантириш жамғармаси тўғрисидаги низом тасдиқланди. Шунингдек, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда манфаатдор идораларга ўз норматив-ҳуқуқий ҳужжатларини бир ой муддатда мазкур қарорга мувофиқлаштириш вазифаси юклатилди. Мазкур қарор Президентнинг 2026 йил 12 майдаги ПҚ–178-сон қарори ижросини таъминлашга қаратилган. https://t.me/ferganaexport0,00%