tgindex
Farg'ona Eksportchilar Uyushmasi

Farg'ona Eksportchilar Uyushmasi

Статистика
@ferganaexportВидеоузбекский

O’zbekiston Eksportchilar Uyushmasi Farg’ona Viloyati Hududiy Boshqarmasining rasmiy kanali. +998 94 447 02 02

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
30
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
607
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
323
29 постов
Вовлечённость
53,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 30
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
88
1/48двое суток
100
1/72трое суток
108

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 🍒 O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda 🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 57,9 mln AQSH dollari bo‘lgan 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan. 🇺🇳 BMTning Comtrade xalqaro savdo ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 32,2 ming tonna yangi uzilgan gilos eksport qilgan. Eksport qiymati 70,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 🌍 Mazkur natija bilan O‘zbekiston gilos eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallagan. 📈 O‘zbekistonning 2016–2025 yillardagi gilos eksporti hajmi: 2016-yil — 29,2 ming tonna; 2017-yil — 30,6 ming tonna; 2018-yil — 33,8 ming tonna; 2019-yil — 16,8 ming tonna; 2020-yil — 31,3 ming tonna; 2021-yil — 60,8 ming tonna; 2022-yil — 25,4 ming tonna; 2023-yil — 45,0 ming tonna; 2024-yil — 32,2 ming tonna; 2025-yil — 31,7 ming tonna. 🌍 2024-yilda gilos eksporti hajmi bo‘yicha yetakchi davlat va hududlar: Chili — 529,5 ming tonna; Gonkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) — 168,4 ming tonna; AQSH — 84,2 ming tonna; Turkiya — 66,5 ming tonna; Ispaniya — 34,1 ming tonna; O‘zbekiston — 32,2 ming tonna; Gretsiya — 28,0 ming tonna; Ozarbayjon — 25,8 ming tonna; Avstriya — 18,1 ming tonna; Moldova — 10,1 ming tonna. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter

  • Qishloq xo‘jaligi yerida uy qurish mumkinmi? 🔜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-322-son qarori fermer xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratdi. 📌 Qarorga ko‘ra: 🔍 49 yilga ijaraga berilgan yerlar hamda kamida 10 gektar yer maydoniga ega xo‘jaliklarda yerning 1 foizi (biroq 20 sotixdan oshmagan qismi)da: 🔍 yengil konstruksiyali bino 🔍 suv rezervuari 🔍 ozuqa saqlash omborlari qurishga ruxsat berilgan. 🚫 Lekin ayrimlar bu normani uy-joy qurishga ruxsat deb noto‘g‘ri talqin qilmoqda. ❗️ASLIDA: Qarorda uy-joy qurish haqida gap yo‘q. Faqat chorva saqlash infratuzilmasi nazarda tutilgan. 🌱 Bu cheklov emas — yerni asrash chorasi. Chunki qishloq xo‘jaligi yeri — bu rizq manbai. https://t.me/ferganaexport

  • Ўзбекистон экспортчилари ва тадбиркорлари диққатига! НАВОИЙ ХАЛҚАРО АЭРОПОРТИДАН МЎҒУЛИСТОННИНГ УЛАНБАТОР ШАҲРИГА ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ЮК ЧАРТЕР РЕЙСИ ТАШКИЛ ЭТИЛМОҚДА Ҳурматли тадбиркорлар! Навоий халқаро аэропорти томонидан Ўзбекистон – Мўғулистон ўртасидаги савдо-иқтисодий алоқаларни ривожлантириш мақсадида Навоий (NVI) – Уланбатор (ULN) йўналиши бўйича тўғридан-тўғри юк чартер рейси ташкил этилмоқда. Агар Сизда Мўғулистон бозорига экспорт қилиш учун тайёр маҳсулотларингиз бўлса, ушбу рейс орқали юкларингизни тез, ишончли ва қулай тарзда етказиб бериш имконияти мавжуд. Юкка қабул қилинади: Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари; Озиқ-овқат маҳсулотлари; Мева-сабзавотлар; Тўқимачилик ва тайёр кийим-кечак маҳсулотлари; Чарм ва пойабзал маҳсулотлари; Фармацевтика ва тиббий маҳсулотлар; Маиший ва саноат товарлари; Электротехника ва эҳтиёт қисмлар; Қурилиш материаллари; Бошқа экспортга мўлжалланган турли хил юклар. Ушбу рейснинг афзалликлари ✈️ Тўғридан-тўғри авиаюк ташуви; ⏱️ Юкларни қисқа муддатда етказиб бериш; 📦 Турли хил товарларни бир рейсда жўнатиш имконияти; 🌍 Мўғулистон бозорига чиқиш учун янги логистика йўналиши; 🤝 Экспорт қилувчилар учун қулай ҳамкорлик шартлари. Ҳурматли экспортчилар! Агар Сизнинг компаниянгиз ушбу рейсда юк жойлаштиришдан манфаатдор бўлса, илтимос, юк тури, ҳажми ва тайёр бўлиш санаси ҳақида маълумот тақдим этишингизни сўраймиз. Юклар сонига қараб рейснинг якуний юкланиши шакллантирилади. Боғланиш учун: Абдураҳмон Ҳакимов Навоий халқаро аэропорти 📞 +998 91 443 15 51 📧 a.hakimov@uzairports.com

  • 2 авг.1 0664

    #очиқ_мулоқот Эртага 3 август куни соат 13:00 да Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги кўмитаси раиси Азизбек Уруновнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти ўтказилади. Ветеринария, фитосанитария ва санитария соҳаларида фаолият юритаётган барча тадбиркорларни…

  • 2 авг.1 0403

    #очиқ_мулоқот Эртага 3 август куни соат 13:00 да Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги кўмитаси раиси Азизбек Уруновнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти ўтказилади. Ветеринария, фитосанитария ва санитария соҳаларида фаолият юритаётган барча тадбиркорларни учрашувга таклиф этамиз.

  • ☀️ “Tadbirkordan tadbirkorga – muvaffaqiyat sari ilhom ulashamiz!” 📈 Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Bugun yurtimizda mehnatkash va tashabbuskor tadbirkorlar nafaqat o‘z biznesini rivojlantirmoqda, balki hududlar taraqqiyoti va aholi farovonligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. 🤝 #TadbirkordanTadbirkorga loyihasi ana shunday fidoyi tadbirkorlarning muvaffaqiyat yo‘lini keng jamoatchilikka tanitishni maqsad qilgan. 🍎🥭 Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani O‘qchi mahallasida faoliyat yuritayotgan “Yangi Farg‘ona Meva Eksport” korxonasi rahbari Murodov Anvarxon hudud iqtisodiyoti va aholi bandligini ta’minlashda munosib o‘rin egallab kelmoqda. Tadbirkor tashabbusi bilan tashkil etilgan zamonaviy ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli ombor bugun meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va eksportga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 📦 Erta bahordan kech kuzgacha pishib yetiladigan turli xil mevalar aynan ushbu omborda sifatli saqlanib, saralanib hamda eksportga yo‘naltirilmoqda. Bu esa mahsulotlarning mavsumdan tashqari davrda ham o‘z sifatini saqlab qolishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshirishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. 📈 Tadbirkorning fidokorona mehnati tufayli bugun hududda iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Eksport hajmining ortishi esa Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Tadbirkorning muvaffaqiyati – yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar demakdir. #TadbirkordanTadbirkorga #Biznes #Eksport #Bandlik 🇺🇿 Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati. @farbandlik_info

  • Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident! https://t.me/ferganaexport

  • Ўзбeкистон Рeспубликаси Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тасдиқланди. https://t.me/ferganaexport

  • 📢 Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи ҳужжатлар тасдиқланди Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 21 июлдаги 396-сон қарори билан Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитаси фаолиятини тартибга солувчи асосий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тасдиқланди. Қарорга мувофиқ: 🔹 Қўмита тўғрисидаги низом; 🔹 Қўмита ҳузуридаги Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги соҳасини ривожлантириш жамғармаси тўғрисидаги низом тасдиқланди. Шунингдек, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳамда манфаатдор идораларга ўз норматив-ҳуқуқий ҳужжатларини бир ой муддатда мазкур қарорга мувофиқлаштириш вазифаси юклатилди. Мазкур қарор Президентнинг 2026 йил 12 майдаги ПҚ–178-сон қарори ижросини таъминлашга қаратилган. https://t.me/ferganaexport

  • So‘nggi yillarda oliy darajadagi 52 ta tashrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilishda sustkashliklar kuzatilayotgani qayd etildi. Endilikda “yo‘l xaritalari” Hisob palatasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi. Bosh vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elchilar bilan birga “yo‘l xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qilish topshirildi. Davlatimiz rahbari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati bo‘yicha ham ko‘p e’tirozlar borligini bildirdi. Belarusdagi elchi investitsiya va tashqi savdo masalalariga befarqligi uchun lavozimidan ozod etilgan, Fransiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, O‘mon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elchilarning faoliyati ham yetarli darajada ko‘rinmayotgani qayd etildi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport bo‘yicha diplomatik vakolatxonalarning ishini tahlil qilish, o‘z vazifasini bajara olmayotganlarni yosh, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almashtirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi. Facebook|Instagram|X

  • So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi. Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqarsa, mamlakatga yana 1,5 - 2 milliard dollar valyuta tushishi mumkin. Yil boshidan 47 ta maxsus iqtisodiy zonadan 29 tasida umuman eksport bo‘lmagani ham tanqid qilindi. Qolgan 18 tasidagi eksport hajmi 500 million dollardan oshmaydi. Mutasaddilarga “tezkor brigadalar” tashkil etib, 208 ta korxona va 29 ta maxsus iqtisodiy zonaga yuborish topshirildi. Bu brigadalar korxonalarning sertifikat, aylanma mablag‘, bozor va logistika bilan bog‘liq masalalarini tezkor hal etadi. Shuningdek, ikki yildan buyon 300 million dollarlik 219 ta uskuna ishlatilmay turgani, yana 619 million dollarlik 154 ta uskuna bo‘yicha qurilish-montaj ishlari yakunlanmagani qayd etildi. Bir oy muddatda bu boradagi vaziyatni joyida o‘rganib, mavjud kamchilik va to‘siqlarni bartaraf etish topshirildi. Facebook|Instagram|X

  • Yil boshidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona ishlab chiqarishni 11 trillion so‘mga kamaytirgani qayd etildi. Bosh vazir o‘rinbosariga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan o‘n kunda “korxonabay” tahlil o‘tkazish topshirildi. Har bir korxonada qanday muammo bo‘lsa, shu joyning o‘zida hal etiladi. Sanoat kengashiga 133 ta korxonada yo‘qotilgan 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarishni qoplash bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, hozir 22 trillion so‘mlik 3 mingta davlat obyekti auksionda turgani aytildi. Hokimlarda davlat mulklarini sotish bo‘yicha tizim yo‘qligi tanqid qilindi. Yaqinda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Unga ko‘ra, 100 trillion so‘mlik 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi. Davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan summani foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Facebook|Instagram|X

  • Olti oy yakuni bo‘yicha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari ham tanqidiy tahlil qilindi. Birinchi chorak yakunida sanoat rejasiga chiqmagan 13 ta tuman hokimi va eksportni kamaytirgan 15 ta tuman hokimi jazolangan edi. Ko‘pchilik hokimlar bundan xulosa chiqarib, olti oylik prognozlarni bajardi. Lekin ayrim tuman va shaharlarda sanoat o‘sishi sur’ati pasaygani qayd etildi. Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi prognoz qilingan 5,7 foiz o‘rniga atigi 1,8 foizni tashkil etdi. G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham o‘sish sur’ati tushib ketgan. Eksport yo‘nalishida ham qator tuman va shaharlarda o‘zgarish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi. Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi. To‘qqiz oy yakunida o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimi o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat’iy chora ko‘rilishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

  • Davlatimiz rahbari odamlar biznes boshlab, eksportga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi. Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolati bor. 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan. Prezidentimiz jazo qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi. Ular tadbirkorni jazolashdan oldin unga imkoniyat berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerak. Tashqi bozorda raqobat kuchayayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham ko‘tarildi. Misol sifatida bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat qilinayotgani aytildi. Barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi. Facebook|Instagram|X

  • Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. — Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу темпов экономического роста в регионах и отраслях в первом полугодии и приоритетным задачам на период до конца года. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖Twitter

  • 🇪🇺 Yevropa Ittifoqida qadoqlashga yangi talablar joriy etilmoqda ✅ Yevropa Ittifoqiga oziq-ovqat mahsulotlari va meva-sabzavotlarni eksport qilishda yangi o‘rnatilgan standartlarga amal qilish lozim. Bunda mahsulotning qadog‘iga e’tibor qaratish talab etiladi. Yangi tartib: ✅ har qanday qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari ✅ meva-sabzavotlar ✅ quritilgan meva va yong‘oq ✅ konserva, sharbat va ichimliklarlarga nisbatan qo‘llaniladi. 🛍 2026-yil 20-iyuldan BPA plastik idishlar, konserva qopqog‘idagi lak, yelim va bosma bo‘yoqlarda BPA ishlatish taqialanadi. 🟤 Ma’lumot uchun, BPA (bisfenol A) — plastmassa va lakni qattiq, chidamli qiladigan kimyoviy modda. U asosan konserva idishlarining ichki qoplamasida, plastik idishlarda, qopqoq laklarida ishlatib kelinadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, BPA qadoqdan oziq-ovqatga (ayniqsa issiq, yog‘li yoki nordon mahsulotlarda) o‘tishi mumkin. Shu sababli Yevropa Ittifoqi uni oziq-ovqat qadoqlarida butunlay taqiqlashga qaror qildi. 🖋 Mahsulotlarning qadoqlarida BPA ishlatilmaganini tasdiqlaydigan Declaration of Compliance (DoC) hujjat kerak bo‘ladi. 🔬 2026-yil 12-avgustdan barcha turdagi qadoqlarda PFAS miqdori belgilangan me‘yordan oshmasligi kerak. Muvofiqlikni tasdiqlash uchun laboratoriya tahlili o‘tkazilishi lozim. ❔ Ma’lumot uchun, PFAS — bu 15 mingdan ortiq kimyoviy moddalar oilasi. Ularni xalq tilida "abadiy kimyoviy moddalar" (forever chemicals) deb atashadi, sababi ular tabiatda deyarli parchalanmaydi, suvda, tuproqda va inson organizmida to‘planib boradi. 🟦 PFAS qadoqlash materialini yog‘, suv va namlikka chidamli qiladi. Shu sababli ko‘pincha namlikka chidamli karton qutilar, yog‘gaa chidamli qog‘oz qadoqlar, oziq-ovqat o‘ramlari, karton stakanlar hamda ayrim plastik qadoqlarda qo‘llaniladi. ⚠️ Muhim! Meva-sabzavot va baliq qadoqlari uchun BPA taqig‘i 2028-yil 20-yanvargacha kechiktirilgan, biroq PFAS talabi 2026-yil avgustdan hammaga birdek amal qiladi. Eksportchilar mahsulotni jo‘natishdan avval: 📄 qadoq yetkazib beruvchi/ishlab chiqaruvchi korxonadan Declaration of Compliance (DoC) muvofiqlik deklaratsiyasini olish lozim. ✅ karton va plastik qadoqlar uchun PFAS laboratoriya tahlili xulosasi olishlari kerak. 🖊 tegishli hujjatlarni mahsulotni eskportga yo‘naltirishdan oldin tayyorlab, xorijiy importchi korxonaga taqdim etishi talab etiladi. 🌐Telegram 💬Facebook 📷 Instagram 📺Youtube ✖️Twitter

  • Yuk avtomashina haydovchilari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun muhim yangilik! Endilikda siz @Cargo_customs_bot Telegram boti orqali transport vositangizga oid muhim maʼlumotlarni bir necha soniyalar ichida tekshirishingiz mumkin.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Markaziy eksport shtabi tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishlarda jami 1,46 mlrd AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110 foiz o‘sish qayd etildi. Jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 875,1 mln dollarni, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 593,5 mln dollarni tashkil etdi. Jami 1 170 ta eksportchi korxona tomonidan 107 turdagi mahsulot 69 ta davlatga eksport qilindi. Eksport geografiyasi Panama, Senegal, Shveysariya, Sloveniya, Daniya, Indoneziya, Yangi Zelandiya va Tayvan hisobiga 8 ta yangi bozorga kengaydi, shuningdek, 38 ta davlatga eksport hajmi oshirildi. Markaziy eksport shtabi tomonidan 135 ta B2B uchrashuv tashkil etilib, eksportchilarning 315 ta murojaati o‘rganildi. Shundan 260 ta murojaat bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi, 55 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Tashqi bozorlar bo‘yicha 360 ta tahliliy dayjest tayyorlandi. Xorijiy importchilar bazasi 3 673 taga, mahalliy eksportchilar bazasi 1 634 taga, xalqaro logistika kompaniyalari bazasi esa 1 950 taga yetkazildi. Xalqaro ko‘rgazma, yarmarka va biznes missiyalarida 220 nafarga yaqin eksportchi ishtirok etdi hamda 33 mln dollarlik eksport kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, 75 nafar eksportchi xorijiy “study tour” dasturlariga jalb qilindi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘katlar, quritilgan o‘rik, pomidor, piyoz, rangli karam, brokkoli va tarvuz mahsulotlari eksportida sezilarli o‘sish ta’minlandi.

  • без подписи