tgindex
Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi

Статистика

🌐 Rasmiy sahifalarimiz: 🔹 Facebook: https://www.facebook.com/sspjizzax 📧 El-pochta: jizzax.ssp@mail.ru 🔗 Telegram: @JIZZAXBIZNESKLUB 📞 Murojaat uchun: (+998) 72-226-24-47 📍 Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 63-uy.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
14
Всего постов
73
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
1 088
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
161
40 постов
Вовлечённость
14,8%
к подписчикам
Постов в день
2,0
всего 73
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
47
1/48двое суток
53
1/72трое суток
58

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.36из uzchamber

    видео или голосовое, без подписи

  • Rossiyada yirik qishloq xo‘jaligi aktivini sotib olish imkoniyati 🌾 Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati Chebarkul tumanida faoliyat yurituvchi «Agrofarm» MChJ o‘z tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi korxonasini sotish hamda O‘zbekistonlik investorlar va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor. 🌱 Korxona 2014-yildan buyon don, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish yo‘nalishida to‘liq ishlab chiqarish sikli asosida faoliyat yuritadi. 📌 Korxona imkoniyatlari: 🌾 6 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari; 🚜 qishloq xo‘jaligi texnikalari parki; 🏭 ishlab chiqarish bazasi; 👨‍🌾 malakali mutaxassislar jamoasi. 🌐 Korxona va uni sotish shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar: agrofarm-chel.ru rasmiy veb-sayti 📞 Qiziqish bildirgan tadbirkorlar va investorlar uchun aloqa: 👤 Bosh direktor: Kuperberg Aleksandr Vilenovich 📱 +7 (908) 085-74-87 📱 +7 (929) 837-80-60 📧 dok.kuper@mail.ru 🤝 Mazkur taklifdan agrosanoat sohasi korxonalari, fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, investorlar va boshqa manfaatdor tadbirkorlik subyektlari foydalanishlari mumkin. 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 📢 TADBIRKORLAR VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA! Jizzax viloyatida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida “Xavfsiz shahar” tizimi qamrovini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, viloyatdagi 362 ta obyektga jami 565 ta intellektual videokuzatuv kameralarini o‘rnatish va ularni “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish rejalashtirilgan. 📹 Jumladan: 🔹 487 ta — shaxsni aniqlovchi videokuzatuv kamerasi; 🔹 66 ta — aylanma PTZ kamera; 🔹 12 ta — avtotransport vositalarining davlat raqam belgilarini aniqlovchi kamera. 📌 Shu munosabat bilan, Jizzax viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilotlardan o‘zlariga tegishli obyektlarning kirish-chiqish joylariga belgilangan yagona texnik talablarga muvofiq intellektual videokuzatuv qurilmalarini o‘rnatish so‘raladi. O‘rnatiladigan videokuzatuv qurilmalari belgilangan texnik talablarga javob berishi hamda tegishli tartibda “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilinishi lozim. 📚 Kerakli ma’lumotlar: 🔹 Kameralarni o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma bilan tanishish 🔹 Videokuzatuv qurilmalariga qo‘yiladigan yagona texnik talablar bilan tanishish Sizlardan mazkur ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etishingiz va viloyatda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashingiz so‘raladi. 🔐 Xavfsiz shahar — xavfsiz hudud! 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 14 авг.49из uzchamber

    🖥🖥🖥 Ўзбекистон Республикаси Президенти «Тадбиркорлар куни муносабати билан соҳа вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида» ги Фармон ва ««Фаол тадбиркор» кўкрак нишони билан тақдирлаш тўғрисида» ги Фармойишни имзолади 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishi — Распоряжение Президента Республики Узбекистан «О награждении нагрудным знаком "Фаол тадбиркор"» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. — Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе подготовки к очередному открытому диалогу с предпринимателями. #Mirziyoyev #hisobot #tadbirkorlik #ochiqmuloqot Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • Jizzaxda jamoat transporti yangilanmoqda Jizzax viloyatida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi 2 ta korxona avtoparki 26 ta yangi avtobus bilan to‘ldirildi. Umumiy qiymati 27 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» tomonidan qariyb 17 milliard so‘m imtiyozli mablag‘ ajratildi. Yangi avtobuslar kuzatuv kameralari, Wi-Fi, isitish va sovitish tizimlari bilan jihozlangan. Yangi transport vositalari eskirgan avtobuslar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etib, shahar yo‘nalishlarida yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratmoqda. Bugunga qadar kompaniya tomonidan Jizzax viloyatidagi 933 ta loyihaga 333 milliard so‘m moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilgan. 📹 Batafsil — videolavhada.

  • 11 авг.593из trkuz_official

    🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ guruhi orqali tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda quyidagi moliyaviy xizmatlar taklif etilmoqda: 🔅Resurs ajratish Tijorat banklari, lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurslar hisobidan 20 mlrd so‘mgacha kreditlarni 7 yilgacha muddatga ajratish. 🔅Kompensatsiya Kichik tadbirkorlar uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kredit foizining 5,6 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish. 🔅Mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari tomonidan kichik tadbirkorlarga ajratiladigan garovsiz mikrokreditlarning 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini qayta moliyalashtirish. 🔅Kafolat Tadbirkor kredit rasmiylashtirayotganda garov taqchilligi yuzaga kelsa, 20 mlrd so‘mgacha kafolat berish. 🔅Ulush kiritish Tadbirkorning loyihalarini amalga oshirishda 5 mlrd so‘mgacha bino-inshoot va uskunalar sotib olib, uni tadbirkorga taqdim etish orqali kapitalga foizlarsiz ulush kiritish. 🔅Xizmatlar ipotekasi 20 mlrd so‘mgacha bo‘lgan bino-inshoot va uskunalarni xizmatlar ipotekasi (lizing) orqali yillik 18 foizdan boshlab ustama yoki bo‘lib to‘lash sharti bilan garov taʼminotisiz tadbirkorga taqdim etish. 🔅Qarz Xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga 20 mlrd so‘mgacha xizmatlar ipotekasi (qarz) moliyaviy yordamlarini imtiyozli stavkada ajratish. 🔅Ekspress qarz Har qanday tadbirkorlik maqsadlari uchun yillik 21 foiz ustama bilan 3 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha miqdorda qarz ajratish. 🔅Murobaha Islom moliya tamoyillariga asosan 500 ming AQSh dollarigacha tovarlarni xarid qilib, uni kelishilgan ustama bilan muddatli to‘lov asosida taqdim etish. 🔅Ijara Islom moliya tamoyillariga asosan 500 ming AQSh dollarigacha zarur uskuna yoki mol-mulk ijara asosida taklif etish, shuningdek, kelgusida uni sotib olish imkoniyatini ham taqdim etish. 🔅Grant Har yili 100 nafar tadbirkorlik subyektiga faoliyatini raqamlashtirish, xalqaro standartlarni va yashil texnologiyalarni joriy etish bilan bog’liq xarajatlari uchun 300 million so’mgacha grant ajratish. Batafsil ma’lumot uchun: 71-205-57-57 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn

  • 📢 TADBIRKORLAR UCHUN SAYYOR QABUL 2026-yil 13-avgust kuni Sharof Rashidov tumanida Biznes-ombudsman devoni Jizzax viloyati shu’basi mudiri Sa’dullayev Dilmurod Safoxonovich hamda Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Umurzakov Bobur Ilhomovich ishtirokida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkaziladi. Tadbirkorlik faoliyatingizda yuzaga kelayotgan muammolar, huquqlaringiz buzilishi holatlari, shuningdek, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etib, o‘z murojaatlaringizni bildiring. 🗓 Sana: 2026-yil 13-avgust ⏰ Vaqti: 11:00 📍 Manzil: Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi, kichik majlislar zali ☎️ Murojaat uchun: 71 202 08 87 📌 Sayyor qabulda ishtirok etuvchi davlat tashkilotlari ro‘yxati: Tashkilotlar ro‘yxati Barcha tadbirkorlarni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 10 авг.67из uzchamber

    Очиқ мулоқот–2026: мурожаатлар ижроси Президентнинг тадбиркорлар билан VI очиқ мулоқотига тайёргарлик доирасида 2026 йил 7 август ҳолатига Республика штабига жами 6 379 та мурожаат келиб тушди. Бугунги кунга қадар мурожаатларнинг 4 656 таси ҳал этилди, 1 723 таси кўриб чиқилмоқда. Умумий натижадорлик 73 фоизни ташкил этди. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube

  • 10 авг.74из caitme_uz

    Ищете новое оборудование для текстильного, трикотажного, швейного производства? На CAITME 2026 Вас ждут: 🔹 ведущие мировые бренды; 🔹 современные технологии для всех этапов производства; 🔹 живые демонстрации оборудования; 🔹 прямые переговоры с производителями и поставщиками. Не тратьте время на долгие поиски - познакомьтесь с решениями в одном месте. 📅 8–10 сентября 2026 📍 НВК «Узэкспоцентр», Ташкент 👉 Зарегистрируйтесь заранее и получите бесплатный онлайн-бейдж - https://bit.ly/CAITME-ru_reg 📲 Следите за нами: 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 LinkedIn | 📱 Telegram

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏🌏 🌱 G‘o‘zapoyani qayta ishlash bo‘yicha hamkorlikka taklif! O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda "Uzkimyosanoat" AJ tomonidan hududlardagi tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, tarmoq korxonalari hamda investorlar uchun yangi hamkorlik loyihasi haqida ma’lumot beriladi. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi ko‘magida hamda Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamkorligida paxta g‘o‘zapoyasini kompleks qayta ishlash bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. 🔹 Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan: ✅ g‘o‘zapoyadan yoqilg‘i briketlari ishlab chiqarish; ✅ o‘simlik xomashyosidan gemitsellyulozani ajratib olish va tozalash texnologiyasini joriy etish. Mazkur loyiha qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, qo‘shimcha qiymat yaratish hamda investitsion hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. 📎 Loyiha taqdimoti va qo‘shimcha materiallar bilan BU YERDA tanishing. 📌 Mazkur yo‘nalishga qiziqish bildirgan tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari, klasterlar, tarmoq korxonalari va investorlarni hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga taklif etamiz. 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • ⚡️“Yosh fermerlar chempionati”ga start berildi! O‘zbekistonda ilk bor qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida “Yosh fermerlar chempionati” o‘tkaziladi. Chempionat doirasida yoshlar agro innovatsiya, startap, fermerlik, eksport va boshqa 12 ta yo‘nalishda bellashadi. G‘oliblar 50 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Batafsil: 👉 yoshfermer.uz 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 🇷🇺 Rossiyaning yirik mineral suv ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistonda hamkorlar izlamoqda Rossiya Federatsiyasining Stavropol o‘lkasida faoliyat yurituvchi "Kavminkurortresursy" AJ O‘zbekiston bozoriga kirish hamda mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirmoqda. Korxona mineral suvlarni qazib olish, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha yirik ishlab chiqaruvchi. 2025-yildan buyon "Slavyanovskaya" tabiiy davolovchi-oshxona mineral suvini ishlab chiqarmoqda. mahsulot "Halol" sertifikatiga ega. 🤝 Hamkorlik yo‘nalishlari: ➡️ oziq-ovqat mahsulotlari savdosi; ➡️ ichimliklar ishlab chiqarish; ➡️ distribyutorlik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish; ➡️ boshqa manfaatdor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik. 📄 Korxona to'g'risida ➡️ batafsil taqdimot 📞 Bog‘lanish uchun: Tigran Minasyan 📱 +7 (910) 446-01-01 📧 t.minasyan@nerc.ru Mazkur yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarni hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishga taklif etamiz. 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 💎 Eron Islom Respublikasida xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma o‘tkaziladi! 2026-yil 17–20-sentabr kunlari Eronning Isfahon shahridagi xalqaro ko‘rgazma markazida "Oltin, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, mashinasozlik va tegishli sohalar bo‘yicha 19-xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma" bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma doirasida zamonaviy mahsulot va texnologiyalar namoyishi, xalqaro kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar, yangi hamkorlik va eksport imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. ✅ Tashkilotchilar tomonidan tasdiqlangan ishtirokchilar uchun: ➡️ mehmonxonada bepul joylashtirish (tashrif buyuruvchilarga – 2 kecha, ko‘rgazma ishtirokchilariga – 4 kecha); ➡️ shahar ichidagi transport xizmati taqdim etiladi. 📍 Manzil: Isfahon xalqaro ko‘rgazma markazi, Eron 📞 Bog‘lanish uchun: +98 912 947 25 67 (Telegram/WhatsApp) 📧 Ghorbani.intexpo@gmail.com Ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz! 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

  • 📢 Diqqat, tadbirkorlar! 🗓 2026-yil 14–16-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi "Manej" Markaziy ko‘rgazmalar zalida IX Xalqaro "Rossiya energetika haftaligi" (Russian Energy Week) forumi bo‘lib o‘tadi. ✅ Forum doirasida: 🔹 yoqilg‘i-energetika majmuasi uchun zamonaviy uskuna va texnologiyalar ko‘rgazmasi; 🔹 xalqaro "Global Energy" mukofotini topshirish marosimi; 🔹 "Energiya pera" ("Qalam kuchi") tanlovi g‘oliblarini taqdirlash; 🔹 madaniy va sport tadbirlari tashkil etiladi. Energetika, sanoat hamda ushbu yo‘nalishlarga aloqador faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va manfaatdor tashkilotlarni mazkur xalqaro forumda ishtirok etishga taklif etamiz. 📍 Manzil: "Manej" Markaziy ko‘rgazmalar zali, Moskva shahri 📞 Telefon: +7 (495) 640 58 44 📧 E-mail: info@rusenergyweek.com 🌐 Veb-sayt: www.rusenergyweek.com 👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi — tgindex