Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi
СтатистикаSavdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali https://www.facebook.com/uzchamber.sd/ https://instagram.com/uzchamber_sd/
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 28
- 1/48двое суток
- 32
- 1/72трое суток
- 34
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan bir guruh yurtdoshlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor: 🏅Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich - Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 🏅Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li - Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, 🏅Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi - Termiz shahridagi “Nova pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, 🏅Iminova Nargiza Djurayevna - Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, 🏅Ishkobilov Shaydulla Temirovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, 🏅Murodov Muxibullo Gulmurodovich - Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, 🏅Xidirov Mirolim G‘ayratovich - Boysun tumanidagi “Boysun ugol” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, 🏅Hasanov Begali O‘ralovich - Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi. 👏 Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan vohadoshlarimizni samimiy qutlaymiz! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi! Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida surxondaryolik tadbirkorlarimiz ham bor: 🏅“Do‘stlik” ordeni bilan Kodirov Bexzod Normamatovich - Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari 🏅“Jasorat” medali bilan Qurbonov Furkat Farhod o‘g‘li - Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy 🏅“Shuhrat” medali bilan Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich - Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari 👏 Davlatimizning yuksak mukofotlariga munosib ko‘rilgan vohadoshimizni viloyat hokimligi va jamoatchiligi nomidan samimiy qutlaymiz! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Surxondaryo viloyatida PF-68-sonli Farmonga asosan 119 ta qishloq xo'jaligi uchun yer uchastkalari savdoga chiqarildi 🔷 Oltinsoy tumani 7 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Angor tumani 2 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Bandixon tumani 26 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Muzrabot tumani 29 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Jarqo'rg'on tumani 8 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Qumqo'rg'on tumani 6 ta 👉🏼(ko'rish) 🔷 Qiziriq tumani 10 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Termiz tumani 10 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Sherobod tumani 17 ta 👉🏼 (ko'rish) 🔷 Shurchi tumani 4 ta 👉🏼 (ko'rish) Imkoniyat: 49 yilga ijaraga beriladi, 20 sotix maydonga yengil konstruksiyali qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni qurishga ruxsat berilgan. Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi "Ijaraga berilgan qishloq xo'jaligi yerlariga xizmat ko'rsatish Direksiyasi" ☎️ (99) 203-00-30 ☎️ (91) 587-10-00 👇Xabardor bo'lish uchun 👇 Telegramm | Instagramm | E_auksion
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Ijtimoiy himoya sohasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ijtimoiy himoya sohasida xizmat ko‘rsatuvchi va loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur tadbirda Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi ko‘magida viloyatimizdan 30 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari faol ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida ijtimoiy himoya sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, amaldagi imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, sohani yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tadbirkorlarni ijtimoiy sohadagi istiqbolli loyihalarda faol ishtirok etishga hamda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga chorlaydi.
видео или голосовое, без подписи
📢 O‘Z BIZNESINGIZNI YANADA RIVOJLANTIRING! “O‘zkimyosanoat” AJga Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi orqali Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universitetining Texnologiya va energetika oliy maktabi tomonidan hamkorlik taklifi taqdim etildi. 🤝 Mazkur tashabbus Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda paxta g‘o‘zapoyasining quritilgan poyalarini kompleks qayta ishlashga qaratilgan ilmiy-ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutadi. 🏭 Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan: 🔹 g‘o‘zapoyadan yoqilg‘i briketlari ishlab chiqarishni tashkil etish; 🔹 o‘simlik xomashyosidan gemitsellyulozani ajratib olish va uni tozalash texnologiyasini ishlab chiqish. ✅ Ushbu taklif innovatsion ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda tadbirkorlar va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 👤 Fedorova Olesya Vyacheslavovna 📱 Telefon: +7 921 996 57 54 📧 E-mail: fedov@sutd.ru
📢 BIZNESINGIZNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQING! Buxoro viloyati hokimligi taklifiga ko‘ra, “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududida 322,7 gektar zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan bo‘sh yer maydonlari investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun taklif etilmoqda. 🏭 Quyidagi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud: • To‘qimachilik • Elektrotexnika • Oziq-ovqat sanoati • Qurilish materiallari ishlab chiqarish • Farmatsevtika • Mebelsozlik • Metallni qayta ishlash • Logistika va boshqa yo‘nalishlar ✅ Hududda eksportbop, import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. 🤝 Mazkur imkoniyat tadbirkorlar va investorlar uchun biznesni kengaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telefon: (78) 150-60-06
https://t.me/trkuz_official/1045
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, amaliy yechimlar belgilandi Joriy yilning 16-iyul kuni Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili Abdumannop Buriyev hamda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi. Ochiq muloqotda viloyatning 100 nafardan ortiq tadbirkori ishtirok etib, xorijiy investorlarni jalb qilish, viza rasmiylashtirish, bank va soliq masalalari, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minoti, tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydonlari ajratish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z murojaat va takliflarini bildirdilar. Tadbir davomida har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. Natijada 35 dan ortiq tadbirkorlik subyektining tuman, viloyat va respublika darajasida hal etilishi mumkin bo‘lgan murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish, huquqiy xulosa va tashkiliy choralarni talab etuvchi murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga ijroga yo‘naltirildi. Ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va doimiy nazorat o‘rnatildi. Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, hududda yanada qulay investitsiya va biznes muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X