tgindex
Fikrat
@fikrattКнигиузбекский

Kitoblardan va aqldan fikrlar✍🏻 11.09.22 📌Muallifi Fikrat bo'lgan postlarni manba bilan oling.

Последний пост
22 июл.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 752
−3 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
5 728
21 постов
Вовлечённость
326,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
805
1/48двое суток
922
1/72трое суток
994

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 22 июл.90817из tohirbektojmuhammad

    Ne sharaf, zulmga zulm deyolsang, Boshingda har kuni sinsada to'qmoq. Shaytondan qo'rqmaslik naqadar go'zal, Ne go'zal yagona Allohdan qo'rqmoq! @tohirbektojmuhammad

  • Bir bolaning o‘sishini kuzatayotganda, aslida “inson” deb ataladigan borliqning o‘sish bosqichlariga har lahzada guvoh bo‘lasiz. Bir bolaning fe’l-atvorini his qilish, his-tuyg‘ularining rivojlanishini, idrokidagi o‘zgarishlarni kundan kunga kuzatish va uning hayot hamda o‘limga oid savollariga duch kelish — bu ham katta bir tajriba emasmi?

  • Kishi gapirmay tinglashga, o‘z fikrini bildirmay boshqasining fikrini tushunishga bir soat ham chidamaydi. Albatta bu nafsga oid holatdir va nafsning turtkilari uni tinglash yoki sukut saqlab tafakkur qilishga sabrsiz qilib qo‘yadi. Go‘yoki ichida bir narsa uni gapirishga majbur qilayotgandek, chidolmaydi. Holbuki o‘sha vaqtda uzoq gapirish hammani bezovta qilishini biladi, lekin ko‘p hollarda o‘zini tiyolmaydi. Tinglashni bilmagan odam kuzatuvchanlikdan mahrum bo‘ladi, suhbatlari mazmunsizlashadi, vaqt o‘tishi bilan so‘zi boy beradi. Qadimgilar bunga “so‘zning shahvati” deb atashgan. Haqiqiy gapirish lazzati — nafsni tarbiyalashga loyiq narsalardan biridir.

  • Agar bir kun sizdan “Nega g‘amginsiz?” deb so‘rashsa, rostini ayting va ularga: “Kam istig‘for aytganim va Qur’on o‘qishni tark etganim sababli” deb javob bering.

  • без подписи

  • Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir. Altay…

  • Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir. Altay Cem Meriç

  • Chumolini ham ranjitma dema! “Chumolini ham” deyishingni o’ziga ranjiydi. So’z aytish irfon talab qiladi, tushunish esa insonlikdir. Fuzuliy

  • Inson, kelgan urug‘ining emas, yashagan muhiti va odatlarining farzandidir. Ibn Holdun | Muqaddima

  • Bir inson, iymon zaifligini namozidan bilib olsa bo’lar ekan..

  • 10 июл. 2025 г.4 66319из MubashshirAhmad

    Мусулмон ҳам гуноҳкор банда. Фақат у гуноҳ қилмасликка тиришади ва гуноҳ қилса хафа бўлади, ундан қайтиб тез тавба қилади. Мубашшир Аҳмад #unutmaymiz_unuttirmaymiz #MubashshirAhmadga_ozodlik @MubashshirAhmad

  • Muvaffaqiyatsizlikka tashlanadigan eng katta qadam namozni tark etmoqdir.

  • Robbingiz bilan orangizda siz o’zingiz borsiz. O’zingizni oradan chiqaring. Ana shundagina Uni ko’rasiz!

  • Inson, o’zi sevmagan bir masalani tushunishda qiyinchilik chekadi. Bir haqiqatga nisbatan yuragida sevgi bo‘lmasa, uning eshiklarini osongina ocholmaydi. O’zimiz sevmagan bir haqiqatni aqlimizga singdirish qiyin bo‘lgani kabi, uni yuragimizga ham yetarlicha joylashtira olmaymiz. Tajriba bilan aniqlanganki, o‘quvchi o‘qituvchisini sevsa, darsni yanada yaxshi tushuna boshlaydi. Ba’zi fayzlarni qo‘lga kiritish, ba’zi ma’nolarni ruhimizga singdirish uchun muhabbat tuyg‘usining yordami zarur. Haqiqat eshiklarining inson uchun ochilishi uchun kerakli birinchi kalit — Alloh sevgisidir. Yuragida Alloh sevgisi bo‘lmagan kishi, ilohiy ilmlarning xazinalarini ocholmaydi, ularning boyliklariga yetisha olmaydi. Faqat ma’lumotga ega bo‘lish bilan kifoyalanib qolgan odam, ma’rifat egasi bo‘la olmaydi. Aqlimiz ilmlar bilan nurlanishi uchun, yuragimiz Uning sevgisi bilan yoritilgan bo‘lishi kerak.

  • Biz ovozimizni boricha ko‘taramiz, ba’zilari eshitmaydi — doim bir xil hikoya. İsmet Özel

  • 6 июн. 2025 г.12,9 тыс25

    #unutmaymiz_unuttirmaymiz

  • Sinovga sabr qilish, boshiga tushgan musibatni yashirish va hech kimga shikoyat qilmaslik — bu insonning Alloh Taoloni yaxshi taniganidan dalolatdir. Imom G’azzoliy Rohimahulloh

  • 23 мая 2025 г.7 1557из MubashshirAhmad

    #жамоатчилик_фикри Устоз Мубашшир Аҳмад билан икки марта қисқагина кўришган бўлсам-да, доим : “Фарзандларни яхши ўқитинглар, ўзингиз яшаётган жойдаги замонавий илмларни ўрганиб келиб юрт ривожига ҳисса қўшинглар”, - деб насиҳат қилганлар. Ваҳоланки, ўшанда ўзлари ҳам Туркияда яшар эдилар. Фикру - зикри доим юртининг равнақи бўлган бундай инсонларнинг жойи - юртнинг зиндонида эмас минбарларида, меҳробларида бўлишга муносиб. #mubashshir_ahmadga_ozodlik #free_mubashshir_ahmad Иброҳим Муҳаммад @MubashshirAhmad

  • Gohida shunday nusxalarga duch kelasizki, Alloh nima uchun sabrni jannatning eshiklaridan biri qilganini ana shunda anglaysiz. Mubashshir Ahmad

  • Barcha gullarni uzib tashlashlari mumkin, ammo bahorning kelishini aslo to‘xtata olmaydilar.