Fikriyya A'lim
Статистика• ichki monologlar • samimiyat • bir chimdim haqiqat Hislarim va o'ylarim to'fon ko'targanda yozib turaman © Mualliflik huquqiga rioya qiling Ijodxona: @taqrizchii
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 256
- 1/48двое суток
- 293
- 1/72трое суток
- 316
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Insonlar insonlardan baʼzan bezib qolar ekan. Ayniqsa, doʻstlikda. Toki masofa saqlamaguningcha. Oʻzingga yaqin olib, kuningni eng mayda jihatlarini boʻlishasan. Hayolingdan oʻtgan fikrlarni yozib yuborasan. Hislaringni ochiqchasiga yashirmay tan olasan. Chunki kimgadir yorilmasang boʻlmaydi. Oʻzingni hayotingni xuddi u ham sen bilan yashaydigandek boʻlishasan. Keyin esa... Keyin oradan vaqt oʻtib zerikish boshlanadi. Ketma-ket xabarlaring oʻqilmagan. Ba'zi xabarlaring javobsiz qolgan. Ertalab yozgan dostondek xabaringga yarim tunda qisqa, quruqqina, befarq javob keladi... Yoki oʻsha javobni ham koʻp koʻrib, reaksiya bosib qutulib qoʻya qolishadi. Soʻrasang, rang-barang bahonalar guldastasini eshitasan. Band edim. Ishda edim. Koʻrmay qolibman. Vaqtim boʻlmadi. Shunday qilib istagan inson vaqt topadi. Istamagan — bahona. Shunda tushunasanki, oraga devor, jarlik, masofa qoʻyish vaqti kelibdi. Orqaga qadam tashlashni boshlaysan. Endi suhbatlarni sen boshlamaysan. Javob berishga ham avvalgidek shoshilmaysan. Yangiliklar sodir boʻlishi bilan aytilmaydi. Koʻrishganda gap ochilib qolsa, aytilishi mumkin. Oradan avval samimiyat koʻtariladi. Keyin yaqinlik. Javoblar sovuqroq. Qisqaroq. Vaziyat tarangroq. Uchrashuvlar onda sonda. Endi bir-biringizni ko'rishdan avvalgidek zavq tuymaysiz. Odatiy uchrashuvdek zerikarli, sokin oʻtadi. Xuddi majburiyatdek... Soʻnggida ularni hayotingdagi odatiy insonlar safiga qoʻshib qoʻyasan. Endi ular nazdingda oʻz "boshqacha" ligini, qalbingdagi alohida oʻrnini yoʻqotgan boʻladi. Baʼzida insonlarga oʻzi istagan narsani berish kerak — masofa, sukut, tark etish singari... @fikriyya_alim
Baʼzida inson ekanimni unutib qoʻyaman. Boshqalarning hayotini tinimsiz kuzatadigan, soxta ssenariylar tuzib yotoqdan turmaydigan, oʻtmishni qoʻyib yubora olmay, kelajakda yashaydigan mavjudod emas. Hayot nafasi ufurib turadigan. Iliq tabassumli. Soxtaliklardan holi. Adashadigan. Xato qilishga oʻta moyil. Qayta-qayta "Bilmayman" deyishdan qoʻrqmaydigan. Taqdir nimani ravo koʻrsa mamnuniyat bilan qabul qiladigan haqiqiy ibtidoiy insonni aytyapman. Ijtimoiy tarmoqsiz ham oʻzini yaxshi his qiladigan. Quloqchinsiz sayrga chiqa oladigan. Hech qanday post-stories qoʻymay sayohat qila oladigan. Har bir qadamni hisoblab chiqmay, rad etilishdan qoʻrqmay insonlar bilan tanisha oluvchi inson. Yozishga oson-u, yashalsa qiyin. Garchi, odam jussasini kiyib yurgan boʻlsak-da, shaklimiz oʻzgarib ketayotgandek. Tashqaridan qaraganda, hamma a'zolarimiz oʻz joyida. Motivlar oʻzgarib ketdi shekilli. Qabul qilinish uchun oʻzini har koʻyga solish. Jamiyat belgilab bergan "check-list" ssenariysi asosida yashash. Insonlardan maʼqullov olish uchun post joylash. "Boshqacha" boʻlishga urinishlar. Qoidalarni, streotiplarni buzishga harakat. Istaymizmi yoʻqmi, baribir shu skriptni qisman boʻlsa-da yashayapmiz. Yetarlicha pul topish, tinimsiz sayohat va koʻzgu oldidagi mushakdor rasm, dabdali toʻy, ikki qavatli uy, xaj. Kim uchun bular? Oʻzing va seni kuzatib, yashirincha bellashadiganlar uchun. Nimani isbotlamoqchisan? Hayotda yutish uchun shular kifoyamikan? Tungi soat 3 gacha uyqu bermaydigan muammoying boʻlmasa, yutibsan. Qalbing xotirjam, sakinatda uyquga keta olsang, yutibsan. Qarzlaring boʻlmasa, yutibsan. Shoshib boradigan ishing, shoshib qaytadigan, seni kutadigan oilang boʻlsa, yutibsan. Hech kim guvoh boʻlmagan solih amallaring boʻlsa yutibsan. Hozir oʻlib qolsang, yashab oʻtgan umringdan rozi boʻlsang, yutibsan. @fikriyya_alim
видео или голосовое, без подписи
This and deep conversation
Hayotdan toʻyib ketgan kuning, aslida o'lging kelmaydi shunchaki: - koʻchaga, toza havoga, quyosh nurlariga yoki tabiat qoʻyniga chiqmagan boʻlasan - seni energiyaga toʻldiradigan insoning bilan uchrashmagan boʻlasan - sevimli mashgʻuloting bilan shugʻullanmagan boʻlasan - oʻsha anchadan beri rejalashtirgan sayohatga/hikingga chiqmagan boʻlasan - juda ham sotib olging kelgan narsani keyinga qoldirgan boʻlasan - oʻsha yoqtirmaydigan ishingda anchadan beri ishlayotgan boʻlasan - yoqtirgan taomingni yemagan boʻlasan - seni qanchalik yaxshi koʻrishlarini, qanchalik muhim ekaningni eslatishmagan boʻladi. - yosh bolalar bilan oʻynamagan boʻlasan - toksik odamlar orasida qolib ketgan boʻlasan - siqilgan video, kino koʻrgan, musiqa eshitgan, depressiv kitob oʻqigan boʻlasan - shunchaki yomon xabar eshitgan boʻlasan - tanqidni oʻzingga olgan boʻlasan - sogʻingan insoningni yoningda koʻra olmaysan - qachondir muhim deb oʻylagan narsalaring ahamiyatsiz boʻlib qolgan boʻladi - hech kim: "Sen bundan koʻprogʻiga qodir ekaningni bilaman. Charchagan boʻlsang ham harakat qilayotganingni qadrlayman. Lekin shu holingda ham yetarlisan. Sen bilan doim har qanday vaziyatda ham faxrlanaman" demagan boʻladi. Mana men aytdim. Hisobmi?! Qani tur. Bularni oʻzing uchun qil. Juda erinsang, hech boʻlmasa oʻzingga choy damlashga xafsalang yetar? Baxtli onlaringni kim bilandir qulay fursat topib yaratishni kutma, oʻzing uchun yarat. "Qani edi" lardan koʻra "Yaxshiyam" laring koʻp boʻlsin @fikriyya_alim
Yaqin kelajakda bular tanqis boʻladi: - suv - farosat - rostgoʻylik - uyalish hissi yoki hayo - vaʼdaga vafo qilish - ishonch - omonatdorlik - rashk - oqibat - insoniylik - vijdon - past keta olish - amal - diskomfort - boshqalarning gʻoyalari taʼsiriga tushmay, mustaqil fikrlay olish - tanqidiy fikrlash - propagandalarga aldanmaslik - tarixni chuqur bilish - fact checking - inson qoʻli bilan yaratilgan ashyolar yoki ijod mahsullari - oʻylaganini / hislarini qoʻrqmay ayta olish - faqat tirik boʻlmay, chinakam yashash Oltinning qadri faqat oshgani kabi yuqoridagilar ham oʻz obroʻsini yoʻqotmaydi. Insoniylik yoʻqolib borgani sari maʼnaviyatimiz, qulaylik ortgani sari jismoniy tomonlama evrilib boraveramiz. Bularni oʻzida, hayotida saqlab qola oladiganlar alaloqibat yutadi. Eski zamonda bular oddiy me'yor edi. Kelajakda esa hashamatga aylanadi. @fikriyya_alim
Kuzatuvlarimga koʻra, biz (Z avlod) streotiplarni buzuvchi ilk avlod boʻlamiz. "Odamlar nima deydi?" deb xoʻja ko'rsinga yashamaydigan. Jamiyat kutuvlariga asosan emas, oʻz qalbi rozi boʻladigan yoʻsinda yashovchi avlod. Xashamat va isrofgarchilikdan yiroq. Oddiylik, kamchiqimlik tarafdori Pulni toʻy-xashamga emas, sayohatga sarflovchi. Sarposi kitob, ilm boʻladigan. Har-xil latta-puttalar, yaltir-yultirlarga mehr qoʻymagan. Yer-mulk, meros deb talashmaydigan. Arzimas sabablarni deb qarindoshlar bilan yuz koʻrmas boʻlib ketmaydigan. Zulmga chidab yashamaydigan. Oʻzi uchun oyoqqa tura oladigan avlodga aylandik. Qoʻshnini bolasi bilan bellashib hayot kechirmaydigan. Diplom, davlat ishi, ota meros kasb/hovli kabi "status" beradigan narsalardan voz kecha oladigan. Boshqalarning hayotiga burun suqavermaydigan. Oʻz hayotini koʻz-koʻz qilmay ham xotirjam yashay oladigan. Materialistik emas, intelektual boy boʻladigan. Biror bir texnikani tushunmay, nabiralardan soʻramaymiz. Farzandimiz nimanidir tushunmay olib kelsa "onangdan/otangdan soʻra" demay, birga izlanib oʻrganadigan. Hissiy intelekti (EQ) yuqori boʻlgan ota-onalar bizni avloddan hali koʻp chiqadi. Farzandlar hissiy yetim boʻlib ulgʻaymaydi. Yana farzandimizning ruhiy holatini bilish uchun doʻstlari bilan yozishmalarini emas, chatgpt bilan chatlarini tekshirsak kerak... Shaharning markazidan emas, chekkarog'ida iloji boʻlsa shahar tashqarisida yashashga intilamiz. Jismoniy ogʻir mehnatdan koʻra online biznes yoki start-up orqali aqliy mehnat bilan daromad qiladigan Yana bizning avlod qizlaridan mahallada pista chaqib oʻtirib, oʻtgan ketganni gʻiybat qiladigan xolalar chiqishiga ishonmayman. Gʻiybatlar online chatga koʻchishi haqiqatga yaqinroq :) Xullas, biz an'analarni buzganda ham ingichka joyidan emas, chirigan joyidan uzdik. Chunki biz oʻzimizdan keyingilarga uy-joy emas, erkin tanlov va sogʻlom aql meros qoldirishni afzal koʻrgan ilk avlodmiz. @fikriyya_alim
"Seni qadrlayman. Men uchun muhimsan" demaymiz. Lekin belgilari boʻladi: - xabarga "ghost", "ignore" qilmay javob berish. - javob yozishga kayfiyati boʻlmasa aytish - yozishlarini kutmay, birinchi boʻlib xabar olish - aytilgan joyga vaqtida kelish - telefonga chalgʻimay, eʼtibor bilan eshitish - gapni boʻlmay tinglay olish - faqat oʻzi haqida gapirmay, koʻproq savollar soʻrash - siz haqingizdagi mayda detallarni eslab qolish va eslatish - sababsiz kompliment qilish - "acts of service" koʻpayishi (eshik ochib berish, choy quyib berish, hisobni toʻlab yuborish kabi) - soʻramasa ham did bilan rasmga, videoga olib qoʻyish - tanqid qilmay, tuzatishga urinmay eshita olish - fikrlar bir joydan chiqmay qolsa, gap talashmay, diplomatiya orqali konfliktdan qochish - oʻzini tabiiy tutish - baʼzan ayblarni koʻrmaganga olish - ustingizdan kulib, yerga uruvchi hazil qilmaslik - sarkazm, kesatiq, cho'rtkesar, chaqib oladigan gaplar ishlatmaslik - soʻnggi gʻiybatlarni koʻtarib kelmaslik - bahonalar bilan tezroq ketishga harakat qilmaslik - oradagi muammodan qochmay, oʻrtaga tashlab hal qilish - asosiysi muammosini "hammasi yaxshi" deb yashirmay, dardini baham koʻra olish. Odamlar koʻpincha siz haqingizda qanday his qilishini aytib oʻtirmaydi. Harakatlari oshkor qilib qoʻyadi. Agar yuqoridagilarni siz uchun qiluvchi insoningiz boʻlsa, odam koʻrinishidagi "jekpot" yutibsiz. @fikriyya_alim
Substackda chuqurroq mavzularda fikrlashamiz: 1. Hayotimizni "sotyapmizmi" yo fikrlarimizni? 2. Virtual "marry me" 3. Navbatdagi AI matnmi yo samimiy eslatma? 4. Sunʼiy shishirilgan standartlar 5. Ham isteʼmolchi ham kontent yaratuvchi boʻlish laʼnati 6. Hamma narsadan ma'no izlash kasali 7. Nega sizni tushunishlarini xohlaysiz-u, yaqinlashsalar — qochasiz? 8. Qaynona — ajdarho emas 9. Soxta tenglik yoxud qulagan chegaralar Vaqtingiz boʻlganda qiziqishga qarab bir chekkadan oʻqib chiqishingizga oson boʻladi. Alloh manfaatli qilsin))
Soxta tenglik yoxud qulagan chegaralar Gender tengligi imkoniyatmi yoki jazo? Mahramiyat cheklovmi yo ne'mat? Huquqlar tenglashishining nimasi yomon degan savollarga javob topishga urinamiz. Agar oshirib yoki boʻrttirib yuborgan boʻlsak, mulohazalarga ochiqmiz )) Toʻliq oʻqish uchun
Qiziq. Har birimizning har xil vaziyat uchun niqoblarimiz bor ekan. Deylik, doʻstingiz bilan gaplashib oʻtiribsiz. Agar neytral yuz bilan, kulmay oʻtirib koʻringchi nima boʻladi? "Mendan xafamisan? Nega kayfiyating yoʻq? Gaplashging kelmayaptimi?" kabi savollar yopirilib keladi. Bularni oldini olish uchun ham oʻsha niqobni kiyib, kulib turaveramiz. Ya'ni doim jamiyat qabul qiladigan yoʻsinda yashashga hukm qilingandekmiz. Xuddiki, niqoblar tugʻilishimiz bilan tarqatib chiqilgan-u, ularni kiyib yurishga shartnomani istamaygina imzolab yuborgandekmiz... Kafka qanchalik haq edi: "Hayot niqoblar bazmi ekanini anglaganimdan soʻng oʻzimdan uyalib ketdim. Chunki unda asl yuzim bilan ishtirok etgan edim". "Odamlarga aslimcha koʻrinaman" deb oʻylashingiz mumkin. Toki chetdan oʻzingizni tahlil qilib kuzatmaguncha. Xoʻsh unda nega ish uchun intervyuga borib, rahbar bilan hazillashmay, jiddiy gaplashamiz? Yaqinlarga qoʻpolroq, begonalarga yuvoshroqmiz? Balki, inson niqobini chekkaga olib qoʻyganida ham, asliyatini koʻra bila turib, yonida qola olganlarni tanlar. Yoki jamiyat tomonidan qabul qilinmaslik qoʻrquvi ila bir umr oʻsha niqobda yashar. Sababi u hali oʻzini qabul qilmay turib tashqi dunyodan oʻzligini tasqidlashlarini kutayotgan boʻladi... Insoniy munosabatlar buncha chigal boʻlmasa... Qalb qatlamlarimiz karamdan serqat. Niqoblarimiz esa fazilatlarimizdan koʻproq. Shunga qaramay, ertalab yana niqobimizni kiyamiz. Chunki yalang‘och yuz bilan tongni kutib olib koʻzguga boqishga, insoniyatga yuzlashishga ham hali tayyor emasmiz... @fikriyya_alim
Senga ovqat qilishni oʻrgatishlari mumkin. Lekin oʻzingga, tanangga qanday gʻamxoʻrlik qilishni oʻrgatishmaydi. Senga uy tozalash muhimligini uqtirishlari mumkin. Lekin shaxsiy chegarang boʻlishi kerakligini aytishmaydi. Senga itoatkor, boʻysunuvchan, sabrli boʻlishni va doim "hoʻp boʻladi" deb turishni aytishadi. Lekin xaqlaring poymol qilinganda nohaqlikka chidamaslikni hech kim oʻrgatmaydi. Barchaning koʻnglini ola olasan. Lekin oʻz koʻngling nima tusashini, nima seni chinakam baxtli qilishini bilmaysan Hamma haqida jon kuydirishga chaqirishadi. "Faqat oʻzingni oʻylama" deyishadi. Lekin hayot faqat oʻzingni boshqalar uchun qurbon qilishdan iborat emasligi haqida hech kim ogʻiz ochmaydi. "Kattalarning gapini bo‘lma, jim tur" deyishdi-yu, yillar davomida ichingga yutgan, aytilmagan so‘zlaring tomog‘ingga tiqilgan toshga, yelkangdagi og‘ir yukka aylanishini aytishmadi. Tashlab ketilishdan qoʻrqib, oʻz vaqtida qadring, hurmatingni bilib tark eta olmaysan. Moslashuvchan insonsan-u, kezi kelganda biror yoqmay turgan, senga salbiy taʼsir qilayotgan doʻstingni sifatini yumshoq qilib ayta olmaysan ham. "Yo‘q" deyishni jinoyatdek ko‘rsatishdi. O‘z xohishingni birinchi o‘ringa qo‘yganingda, ichingni kemiradigan aybdorlik hissi bilan qanday yashashni esa o‘rgatishmadi. "Yaxshi qiz/bola bo‘lish" nishonini ko‘ksingga taqib qo‘yishdi-yu, shu nishon ostida qanchadan-qancha orzularing, shaxsiyating toptalib, jon berganini payqashmadi. Baqirmaslikni, ovozni ko‘tarmaslikni talab qilishdi. Ammo ichingda vulqonlar otilib, tilingni tishlanganida, o‘z siringni faqat qog‘ozlarga toʻkib yozishga mahkumligingni o‘ylashmadi. Atrofingdagilar seni "aqlli, odobli", "tarbiyali" deb maqtashadi. Lekin ular seni emas, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan o‘sha versiyangni yaxshi ko‘rishlarini bilmaysan. Hammaga sirdosh bo‘la olasan, hammaning dardiga quloq tutasan. Lekin o‘z ichki dunyoying eshigini qulflab, kalitini qayerga tashlab yuborganingni o‘zing ham eslay olmaysan. "Oʻzgaribsan" deyishlariga tayyor tur. Chunki sen ular uchun qulay versiya emas, balki o'z hayoting bosh qahramoniga aylangan boʻlasan. @fikriyya_alim
#solo_date Koʻrgazma nomi: Marinettes Art exhibition Manzil: Astronomiya parki Yaqin metro: Minor Ish vaqti: Seshanbadan yakshanbagacha 10:00-18:00 Kirish: bepul Koʻrgazma 31- iyulgacha davom etadi. Gid bilan aylansangiz, exponatlar tushunarliroq va qiziq boʻladi...
Bolalikda nega koʻproq baxtli boʻlganmiz? Hayot rangliroq, kunlar mazmunliroq, quvonchlar davomiyroq boʻlgan. Chunki, koʻproq vaqtimizni yaratishga, qurishga, yoʻqdan bor qilishga sarflagan ekanmiz. Legodan imoratlar. Loy, qumdan taomlar. Faqat oʻzimiz tushunadigan rasmlar. Mehnat darslarida qaychilarni oʻynatib, yasalgan allaqanday buyumlar. Plastilindan odamchalar. Yana bir qancha gʻaroyib yaratiqlar. Oʻsha yaratuvchanlik qobilyatimizni uxlatib qoʻyganimiz uchun ham toʻlaqonli baxtlidek his qilmaymiz. Faqat isteʼmolchi maqomiga tushib qolibmiz. Toʻgʻri hali ham baʼzilarimiz yaratamiz. Oʻz qoʻlimiz, zakovatimiz hosilasi bizni chinakam quvontira oladi. Ijod mahsulimizning shakli oʻzgaribdi, xolos. Xuddi muz erib, suvga aylanganidek. Kimdir soʻzlarga oʻzini bagʻishlagan. She'r, maktub bitadi. Post, maqola, esse, qachondir kitob yozar ham balki. Yana kimlardir soʻzlardan foydalanishda noʻnoq. Ular koʻzlari bilan gapiradi. Dunyoni oʻz ichki goʻzalligi orqali koʻradi. Estetik rasmlar, videolar. Kontent yaratish ularga soʻzlardan qulayroq. Kimlardir gʻoyalarni reallikka koʻchirishga usta. Yangi dastur, ilova. Kod yozish. Start-up gʻoyalar deganlaridek. Sanasak, ijod turlarining adogʻi koʻrinmaydi. Har birimizning ichimizda kashf etilmagan buyuk san'atkor yashaydi aslida. Keyingi Van Gogh emasdirsiz lekin chizasiz. Keyingi Steve Jobs boʻlmaslik ehtimoli bor. Lekin oʻsha dasturni yaratasiz. Keyingi Shakespeare boʻlmasligingizni bilib, yozaverasiz. Endi buni ommaga olib chiqish-chiqmaslik shaxsiy masala. Qancha shoirlarni taniyman. Shoirona tabiatini dunyoga koʻrsatishga uyaladi. Qancha intellektual yetuk insonlar bor. Fikrlarini ommadan qizg'onadi. Lekin maxfiylikda ijodini davom ettiradi. Hech kim koʻrmayapti degani progress qilmayapsiz degani emas. Muhimi oʻsha ichingizdgi bolakay faxlansa boʻldi-ku, toʻgʻrimi? Aynan ijodingizga mos karyera tanlay olish esa jekpotning oʻzginasi. Ham ichingizdagi yaratuvchan bolakay xursand ham ulgʻaygan siz. Naval aytganidek: Erkinlik bu oʻzing istamagan narsani qilishga majbur boʻlmaslikdir. Mutloq erkinlik esa oʻzing xohlagan narsani, xohlagan vaqtingda, xohlagan insonlaring bilan va xohlagan joyingda qila olishingdir... @fikriyya_alim
Xonaki gul xohlayman deysan-u, doimiy parvarish qilging kelmaydi. Hali tuprogʻini yumshatish kerak. Hali quyoshga qoʻyib, baʼzan soyaga olish kerak. Vitamin, mineral sotib olib, tuproqqa qoʻshiladi. Suvni ham har kuni emas, belgilangan vaqtida quyiladi. Mushuk boqaman deysan-u, masʼuliyatini ololmaysan. Qimmat yemishi, veterinar koʻrigi, zerikmasligi uchun oʻyinchogʻi bor. Hali uychasi, vaksina, yungini mayinlashtiruvchi nimadirlar. Kasal boʻlishi bor. Oʻziga juft istab qolishi bor. Oila qurish ham shunday. Hamma xohlaydi. Masʼuliyatini olishdan esa qochadi. Tashqaridan uchrashuvlar, sovgʻa-salomlar, gullar, sayohatlar jozibali koʻrinsa-da, parda ortidagi masʼuliyatini esa yashab koʻrganlar biladi. Necha bora gʻazab payti past ketish, bir-biriga moslashish, oʻzgartirishga urinmay qabul qilish, koʻngliga qarash ham oʻziga yarasha mashaqqat aslida. Inson — gul emas, suv quyib, quyoshga qaratib qoʻysang, gullab yashnasa. Juft — mushuk ham emas. Biroz silab-siypalab, erkalab, ovqatini bersang jim yursa. Oʻsimlik-u, hayvonlar yaxshiki zabonsiz yaratilgan. Boʻlmasa biz insonlardan tinmay shikoyat qilarmidi? Baxtli hayotning sirli unsurini bilmayman. Balki sirli masalliqning oʻzi yoʻqdir? Faqatgina — moslashish, qabul qilish bizni qutqarib qolar?! Axir hayot, nafaqat, gullarning iforidan bahra olish, balki tikanlariga ham sabr qilish sanʼatidir. @fikriyya_alim
Qaynona — ajdarho emas. Sarpo — baxt kafolati emas. Mahr — boʻyi baravar kitob emas! Nega pulimiz koʻpaydi-yu, oilaviy totuvlik ortmadi? Qaynonalar oʻzbek seriallarida koʻrsatilgandek emasligiga dalil bormi? Nega mahrga kitob soʻrab boʻlmaydi? Kabi mavzularda bugungi inshomizda batafsil gaplashamiz... Matnni oʻqish uchun (Pastdagi "Instant view" orqali Telegramning oʻzida oʻqish mumkin)
Hikingda oʻlib ketmoqchi boʻlsang, bularni qil: (Teskari tavsiyalar) - ob-havo yomon boʻlgan kunni tanla; - doimiy kiyib yuradigan kundalik kiyimlaringni kiyib chiq; - sport krossovkasi emas, sirpanchiq biror nima kiy; - ryukzak emas, sumka yoki paket ol; - yukingni shunchalik ogʻir qilki, boshqalar koʻtarib yursin; - kerak boʻlib qolishi mumkin boʻlgan, lekin umuman zarur boʻlmaydigan koʻp ortiqcha narsalar ol; - oʻzing bilan tez ayniydigan yeguliklar olgin; - hikingda tajribali partnyor bilan chiqma, yaxshisi umuman toqqa chiqmagan tanishingni safarga sudra; - hadeb noliyveradigan sherik bilan chiq; - seni yaxshi rasmga ololmaydigan, manzilga shoshib goʻzal manzaradan bahra olmaydiganini tanla; - jamoada amir (lider/yoʻl koʻrsatuvchi) boʻlmasin; - bir-birini qoʻllamaydigan, yordam bermaydigan jamoaga qoʻshil; - hiking tayoqcha yoki daraxt shoxlaridan voz kechib, oʻz kuchingga ishon; - asosiysi, jamoadan ajralib, oʻzboshimchalik qilib, tez-tez yurib oldinga oʻtib ket. Yashab koʻrib, keyin yozildi. Oʻlib, tirilib choʻqqini zabt etgandan koʻra, oddiy qoidalarni bilsang, sayohatdan chinakam zavq olasan :)
Hozir nima urfda ekanini bilmayman. Ammo odamlar orasida — sukut odatiy holga aylanibdi. Kuniga bir ogʻiz ham gaplashmaydigan insoningni hayotida nima boʻlayotganini ipidan-ignasigacha bilasan. Blog, stories, private sahifa yana allaqanday yoʻllar bilan. Biri chet elga sayohat qilgan. Boshqasi zalga chiqibdi. Keyingisining unashtiruvi. Yana biri farzandli boʻlibdi. Va oʻsha hayotidagi oʻzgarishlarga sovuqqina "yurakcha" bosib qoʻyiladi. Bu endi "yoqtirish tugmasi" emas, "xabardorman" degan tugma. Yana eng yomoni — stroriesda shaxsiy hayot gullab yashnagan. Bir ogʻiz hol soʻrasang, ichkarida vayronagarchilik. Lekin hech kim soʻramaydi. Oʻzi ham aytmaydi. Hamma oʻz dardida kuyib pishgan. Vaqti kelsa, oʻz baxtidan sarmast. Baxtini ulashsa, tomoshabin shay. Dardini boʻlishsa, faqat "singan yurakcha". Gʻalati... Ijtimoiy tarmoq ommaviy kundalikka aylanib ulgurgandek. Uydan chiqmay, bir ogʻiz salom-alik qilmay, oʻsha insonning oʻzidan eshitmay turib, nimalar boʻlayotganini bila olasan. Nega yuzma-yuz gaplashganda gap topilmay qoladi? Chunki, hammasidan xabarimiz bor. Ommaga eʼlon qilib boʻlingan. Shu tufayli, mavzu topa olmay, chaynalamiz. Birga ovqatlanish kifoya boʻlib qolgan. Uzoqni yaqin qilishi kerak boʻlgan matoh, oramizda jarliklar hosil qilmadimi? Aytishardiku, telefonlar simli boʻlgan paytda odamlar ozod edi. Endi telefonlar simsiz, odamlar ekranga tobe. Avvallari, uyali telefonda qoʻngʻiroq qilishsa, shoshib goʻshak koʻtarar edik. Suhbatga chanqoq boʻlganmiz. Kim qoʻngʻiroq qilayotgani nomaʼlum. Qancha suhbat qurish ham ahamiyatsiz edi. Endichi? Hech kimning qoʻngʻirogʻini eshitmaslik uchun doimiy ovozsiz rejim yoki vibratsiya. Onda sonda bir telefon qilishsa, ekranda paydo boʻlgan tanish ismga qaraymiz. Suhbatga tobimiz yoʻq. Va oʻchirib qoʻyguncha kutamiz. Zarur boʻlsa, 3 marta qoʻngʻiroq qiladi yoki xabar yozib qoʻyar, degandek. Qurilmalar sifati oshgani sari, odamlarning muloqot sifati tushib bordi, xolos. Texnologiyalar bizga masofani yoʻqotishni va'da qilgandi. Oʻrniga oqibatni yoʻqotib yubora qoldi. "Hayotingda nimalar boʻlayotgani qiziq. Ammo oʻzing bilan ishim yoʻq" — qabilida yashayotgandekmiz... @fikriyya_alim
Nega sizni tushunishlarini xohlaysiz-u, yaqinlashsalar — qochasiz? Sizga ruhan yaqinlashmoqchi bo'lganlardan beixtiyor uzoqlashasizmi? Buning ildizi qayerga borib taqalishini bilmoqchi bo'lsangiz, kichik savol va katta javob tayyorladik. Ham yaqinlik ham masofa istovchilarga bagʻishlanadi... Toʻliq oʻqish uchun
Yozmay qoʻysam mendan xavotir olgin... Hoʻpmi? Chunki yozmagan kunim oʻlgan kunim boʻladi. Soʻzlar orqali nafas olishimni bilasanku... Yoza olmaslik men uchun falajlik bilan barobar. Ishlata olmasang, tanadan nima foyda? Yoza olmasang, soʻzlardan ne naf? Biror bedavo dard yetib oʻlishdan qoʻrqmayman. Ammo, yoza olmay qolishdan oʻlgudek choʻchiyman. "Skafandr va kapalak" kitobi haqida eshitganmisan? Bilaman, xabaring yoʻq. Kitob muallifining butun tanasi falaj boʻladi. Gapira olmaydi ham. Va shu kitobni yozish uchun koʻzlaridan foydalanadi. Biror harfni aytish uchun koʻzlarini bir necha marotaba pir piratadi. Qarshisidagi kotib esa oʻsha harflarni yozib oladi. Shunday qilib, bir kitob dunyoga keladi. Mana shu yozuvchining xafsalasi kerak menga. Oʻlim toʻshagida yotib, yozish uchun topgan kuchi kerak. Koʻzlari yoshlanib ketgan boʻlsa-da, davom etishga majbur qilgan yozuvchilik ishqi kerak. Zotan, dard — yozuvchini dunyoga keltiradi. Dardsiz yozuvchi, naysiz kuychiga oʻxshaydi. Qobilyati bor-u, asbobi yoʻq. Hech qanday yozuvchilikka daʼvogarlik qilmayman, aslo. Lekin boshqachasiga oʻzimni ifoda etishni ham bilmayman. Bu xuddi, goʻdak yigʻisiga oʻxshaydi. Chaqaloq kattalar tilini bilmagani uchun, yigʻlab istagini bildiradi. Yozuvchi soʻzlaridan boshqa ifoda usuli boʻlmagani tufayli yozib, arzi hol qiladi. Yozuvchi vaqti-vaqti bilan yuragini qalam bilan teshib turmasa, qalbi yorilib ketadi... Oʻquvchi bor ekan, yozuvchi barhayot. Garchi, oʻquvchi yozguvchining oʻzi boʻlsa ham. Mayli, yarim tunda uyqingni qochirmay tagʻin... Aziz koʻz nuringni yoziqlarimga baxshida etganingdan minnatdorman! @fikriyya_alim