Taqrizchi
Статистика• Ehtiyot bo'ling, kitobxon bo'lib qolish xavfi bor • Saviyali kontent orqali mutolaani sevdiramiz © Ulashganda manba bilan oling Ichki monologlar: @fikriyya_alim
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 40
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 433
- 1/48двое суток
- 496
- 1/72трое суток
- 535
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#198_kitob Ta'sir psixologiyasi — Robert Chaldini Yoʻq bu kitob gipnoz, ongni boshqarish yoki qora psixologiya haqida emas. Insonlarni "Ha" deyishga majbur qiluvchi sotuv usullari haqida. Nima desak, nima qilsak iltimosimizga rad javobi olmaymiz? Degan savolga javob topa olasiz. Bu kitob aslida shu kabi sotuvchilarning nayranglaridan himoyalanish uchun yozilgan boʻlsa-da, eng koʻp sotuvchi, marketologlar mutolaa qilar ekan. Qizigʻ-a? Mamnun qilgan jihatlariga kelsak, kitobdagi hech bir jumla shaxsiy, taxminiy fikr emas. Aksincha, ilmiy tajribaga asoslangan, manba, dalillar bilan koʻrsatilgan. Qolaversa, "kitobxon hisoboti" degan qismida shu kitobni oʻqib hayotda oʻsha usullarni sinab koʻrgan insonlar haqida hikoya qilinadi. Oʻqishda noqulaylik tugʻdirgan tomoni, shriftning har xilligi. Asosiy maʼlumotlar kattada, izoh, hisobot, atamalar izohi koʻzni ogʻritadigan darajada mayda yozilgan. Toʻgʻrisi, hech qachon kitobning orqa tomonidagi "Qaydlar uchun" degan qismiga konspekt yozmagan edim. Bu safar "insight" larga toʻlib ketdi. Xulosalak, psixologiyadan xabari bor insonlardan qoʻrqmaslik kerak. Aksincha, tajriba quyonchasidek usullarni sizda sinab koʻradiganlardan ehtiyot boʻlish kerak. Chunki, bilim qurol emas, vosita. Agar sodda, bir nafasda oʻqiladigan kitob kerak boʻlsa, "Taʼsir psixologiyasi" sizga mos kelmaydi. Maʼlumot koʻpligidan miyaga ogʻriq beradigan, sekin ezmalanib, hazm qilib oʻqiladigan kitob bu. Xoʻsh, agar oʻqimoqchi boʻlsangiz, tajribali kitobxon boʻlish talab qilinadi. Chunki, qiyinlik darajasi — oʻrtacha. Tushunmasangiz, tez zeriktirib qoʻyadi. Garchi maʼlumotlar foydali boʻlsa ham. Agar "Savdo sanʼati", "Propaganda", "Bir varaqli marketing" kitoblari yoqqan boʻlsa, bu ham yoqadi. Kimlarga tavsiya etiladi? - tez-tez keraksiz xaridlar qilib pul isrof qilsangiz; - doʻkonda chiroyli koʻringan narsani xarid qilib, uyga kelib "nega oldim?" deb qolsangiz; - marketolog, sotuvchi, administrator, kurs sotuvchisi boʻlsangiz albatta himoyalanish uchun oʻqib koʻring. #iqtibos Hamma bir xil oʻylaydigan joyda, hech kim jon kuydirib ortiqcha oʻylab oʻtirmaydi Sahifa: 478 bet Baho: 8/10 @taqrizchii
Oʻn haykal topa olmagan kal :) Nechta tahminingiz toʻgʻri chiqdi? 1/5 — 🐳 2/5 — ☃️ 3/5 — 😇 4/5 — 😎 5/5 — 🏆 Yaqinlaringizni ham boshini qotirib, savobga qolishni unutmang
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🦦 Xoʻooosh bu yoz boshingizni savol-javob rukni bilan ogʻritmabmiz. Ayni vaqti Soat 21:00 da "Islom psixologiyasi" kitobidan savollar bilan suvingizni siqamiz :) Reaksiyalar sizdan, savollar bizdan
Bu yil negadir oʻqib tugatgan kitoblarimdan koʻra, yoqtirmay yopib qoʻygan, oʻziga qiziqtira olmagan kitoblar koʻproq boʻldi. Odamlarga imkon beramiz-ku, xuddi shunday kitoblar ham meni qiziqtirib ushlab qolishi uchun imkon beraman. Eplolmasa, xayr. Oʻylayman-da, umring davomida hamma shedevr kitoblarni tugatib qoʻysang, nima boʻladi? Oʻzing biror durdona asar yozib yuborsang kerak... Sababi ichkarida aytilmagan hikoyalar, yuborilmagan maktublar, yarim haqiqatlar, shaxsiy kechinmalar toʻlib ketgan boʻladi. Va ular dunyo yuzini koʻrishga haqli. Keyin boshqa hech bir kitob qiziqishingni qondira olmay qolishi daxshatli. Yaxshiyam umrchamiz qisqa. Jamiki, kitoblarni oʻqishga, barcha badiiy umrlarni yashab oʻtirishga yetmaydi. Doimiy oʻqigan inson, umr boʻyi oʻquvchi boʻlib qola olmaydi. Ichki toʻfonlari, po'rtanalari, koʻrgan kechirganlari uni kamida shoir, yozuvchi, notiq, faylasuf yana allaqanday mavjudodga aylantiradi. Va bu moʻjizakor mutatsiya. Oʻqish neʼmatidan oʻzingizni mosuvo qilmang. Istalgan payt yoqmayotgan kitobni yopish huquqiga egasiz. Umrimiz yoqtirmagan narsalarimizga sarflash uchun qimmatlik qiladi. Kitob yozishga kelsak, buning uchun 80 yoshni qoralab, hayotning past-balandini koʻrib qoʻygan qariya boʻlish shart emas. Yozayotgan dardingiz oʻzingizniki boʻlsa bas. @taqrizchii
видео или голосовое, без подписи
🪶 Shularning orasida oltin o'rtalikni qidirib yuribmiz-daa @taqrizchii
Oʻqisang, yeb qoʻygudek sevib oʻqigin-da Shunaqa oʻqiyman oʻzi — 🍓 Kitobga chizmaaaaang — 🤯 @taqrizchii
Menimcha biz sarposi latta-puttalar emas, kitob va ilm boʻladigan ilk avlod boʻlamiz.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Kitobxon uchun "kayf" bu: - muqova rangiga mos stiker yoki bookmark boʻlishi - sotib olmoqchi boʻlgan kitobing doʻkonda bir dona qolgan boʻlsa - izlayotgan kitobingni sotuvchining yordamisiz topish - oʻqimoqchi boʻlgan kitobing nomini eslab qolib, kutilmaganda hadya qilishsa - trendda boʻlmagan shedevr kitobni kashf qilish - endi mutolaaga oʻtirganingda, yomgʻir yogʻishi - biror kitobni oʻylaganingdan tez tugatish - uyingda oʻqilmagan kitoblaring koʻproq boʻlishi - oʻqiyotib qulay joylashib olish - soatlab oʻqisang ham hech kim bezovta qilmasa - orada choy/qahva damlab kelishsa - yarim tunda kitobni yakunlash (lekin oʻsha payti hech kimga gapirib bera olmaslik alam qiladi) - tasodifan kitobxon doʻst orttirish - kitob boʻyicha doʻsting bilan bahslashib, oxiri yutib chiqish - maqtagan kitobingni sevib oʻqishganini aytishsa - olib turgan kitoblarini sogʻ-omon, aytilgan vaqtda qaytarishsa - biror kitob haqida soʻz ochsang-u, ular ham shu kitobni oʻqigan boʻlsa Mana bular haqiqiy intelektual lazzat. Buni mazasini bilmaganlar dofaminni reelsdan qidirib yuraversin. Bizning hali oʻqiydigan kitoblarimiz koʻp. @taqrizchii
#197_kitob Moʻyna mantoli madonna — Sabohiddin Ali (Norasmiy uslubdagi hazilomuz taqriz) "Qanday qilib shu vaqtgacha borligidan xabarim ham boʻlmagan inson men uchun ehtiyojga aylandi?" Sevgi, ishq, tuygʻular. Hayotimizga ta'm beruvchilar. Ularsiz ham yashayverasan. Faqat tuzsiz osh yegandek umr kechirasan. Ishqiy qissalarda koʻpincha voqealar rivojini taxmin qilish mumkin. Yo taqdirlar ayro. Yoki qiz kasallikdan oʻladi. Oʻta nodir vaziyatlarda baxtli yakun vaʼda qilinadi. Bu asarda sevgining barcha ranglarini koʻrdim. Har qanday yakun bu hikoyada mujassam. Asarning yakunini toʻliq taxmin qilishga urinmay qoʻya qoling. Turk adabiyoti boʻyicha ekspert boʻlsangiz ham bu unvon yordam bermaydi. Baribir adashasiz. Mariya — dengiz kabi joʻshqin, baʼzan ummondek sokin. Rauf esa qumloq. Bosiq, ammo taʼsirchan. Dengiz toʻlqini kelib, qumloqni istagan ko'yiga solar edi. Qiz — erkaklarga xos tishlaganini uzadigan, jur'atli. Zamonaviy tilda — gaz. Yigit — nomusi toptalishidan qoʻrqadigan qizdek hayoli, odamovi. Qizlarning tilida — tormoz. Teskari tabiatli insonlar birlashuvi, ajoyib-a?! Kalavani uchini chiqarib qoʻyaylik. Qizimiz oʻz portretini chizib, muzeyga ilib qoʻyadilar. Yigit esa uning rasmiga duch kelib bir umr insonlardan qochib, ayni daqiqada izlagan baxt qushini topganini anglaydi. Syujetni gullab qoʻymasdan avval shu yerda toʻxtata qolamiz. Sevgi neʼmatiga musharraf boʻlgan har kim borki, asarda oʻz aksini topadi. Oʻsha tanish hislar, gʻashlik. Sevgidan koʻproq yarim qolgan umidlar. Hayotingdan koʻra hayolingni fath etishlar. Tushlaringga bostirib kirishlar. Yopilgan eshik tirqirishidan moʻralashlar. Yana bir qancha siniq hislar... Bilmayman. Ilk daf'a asarni xulosalay olmadim. Oʻqimadim. His qildim. Yigʻlash kerak boʻlgan joylarida faqat taʼsirlandim. Yurak qotib ketgan-da, nachora. Qalbimning biqinib yotgan qatlamlariga yetib bordi chogʻi. Yashab turgan hodisang yozilsa-yu, na kitobda na oʻzingda yechim boʻlmasa, yana qanday "aqlli" xulosa boʻlsin? Oʻqing. Siqiling. Sevgining ozorlariga laʼnatlar oʻqib, uning moʻjizasiga ishonishda davom etavering... Kimlarga tavsiya etiladi? Xullas, sevgidan kuygan chiyabo'rilar oʻqisin. Yana bir marta kuyish uchun :) #iqtibos Demak, insonlar bir-biriga faqat maʼlum chegaragacha yaqinlasha olar ekan. Undan ortiq yaqinlashish uchun qoʻyilgan har bir odim ularni battar uzoqlashtiradi Syujet: 7/10 Ruhiy zarba / Iqtiboslar: 9/10 Kitobning oʻzi: 8/10 @taqrizchii
#hislar Romanlar haqiqatni topish uchun oʻqilmaydi. Reallikdan qochish uchun oʻqilsa kerak. Faqat romanlar emas. Umuman kitoblarning bari. Toʻgʻri, bu siyqasi chiqqan fikr. Lekin har kim oʻz haqiqatini oʻzi kashf qilishi kerak. Garchi, allaqachon isbotini topgan boʻlsa ham. Yarim tunda bir roman uyqimni qochirdi. Nomi hozircha muhim emas. Koʻzim achishib ketyapti-yu, kitobni yopgim ham kelmayapti. Voqealarini taxmin qilish mumkin. Lekin ularni haqiqiy hayotda boshdan oʻtkazish kulgili yoki noreal. Dialoglar falsafaga boy. Lekin hayotda ularni kimdir aytsa, aqllilik qilishdek eshtiladi. Qahramon dil izhorini oʻqish taʼsirli. Havas bilan oʻqiysan. Ammo hayotda birortasi shu gaplarni qoshingga kelib aytsa, oʻzingni kulgidan arang toʻxtatasan. Yoki jiddiy olmaysan. Balki, "krinj" ham tuyular. Kitoblarning estetikasi ham shunda. Zerikarli oq-qora kunlaring zanjirini uzadi bu romanlar. Rang, jilo baxsh etadi. Chunki hayotda senga kelib hech kim oʻsha "ahmoqona" romanlaringdagi gaplarni aytmaydi-da. Gʻururi tuygʻularidan ustun kelib hamisha ichida qolaveradi. Oʻsha taxmin qilish mumkin boʻlgan syujet ham sen bilan sodir boʻlmaydi. Tagiga chizadigan gaplaringni ham hech kim yurak yutib aytmaydi. Oʻsha hayolot olamingga asir tushib yuraverasan. Kutuvlaring osmon. Haqiqating yer. Chunki, yagona qila oladigan ishing — hech qachon koʻngling toʻlmaydigan hayotingdan oʻsha rasmlari yoʻq kitoblaring bilan qochish. Ammo, har tong uygʻonib, oʻz haqiqatingda yashashga majbur boʻlaverasan. @taqrizchii
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи