tgindex
Founder

Стартапы, фаундеры, истории @osuvonov

Последний пост
16 авг.
Последнее чтение
01:22
Постов за неделю
2
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
русский
Категория
Бизнес
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 523
+50 за 6 дн.
Сутки
+2
+0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 174
23 постов
Вовлечённость
125,8%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 23
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
3 023
1/48двое суток
3 464
1/72трое суток
3 736

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 16 авг.5 8821513

    Startapga investitsiya jalb qilish (fundraising) “full-time” ish hisoblanadi. Stressga va rad javoblarga/‘rejections’ to’la jarayon. Yaxshi pitchdeck, data room, uchrashuvdan uchrashuvga yaxshilanish, ishonch va davomiy harakat kerak. @founderdotio

  • “Uzcombinator”ning 2chi mavsumi boshlandi. https://uzcombinator.uz/

  • 8 авг.1 406178

    Afsonaviy investor Charli Manger Motsart haqidagi bir hikoyani aytishni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni yosh yigit kompozitorga kelib, undan simfoniya yozishni o‘rgatishini so‘raydi. Ular o‘rtasida shunday suhbat bo‘libdi: — Yoshingiz nechida? — deb so‘rabdi Motsart. — Yigirma uchda. — Siz simfoniya yozish uchun hali juda yoshsiz. — Lekin siz o‘zingiz o‘n yoshligingizda simfoniyalar yozgansiz-ku! — Ha. Lekin men hech kimdan buni qanday qilishni so‘ramaganman. Men ham mentorlik so‘rab keladigan yoki hali faqat xayolida mavjud bo‘lgan, eng yaxshi holatda esa shunchaki qo‘lbola prezentatsiya ko‘rinishidagi “genial startap”ini baholatmoqchi bo‘lgan yigitlarga taxminan shuni aytishni xohlayman. Bu yerda retsept bitta: Avval borib, nimadir qil. Gipotezangni tekshir. MVP yarat. Birinchi xatolarga yo‘l qo‘y. Birinchi “do‘ppini yerga qo‘yadigan” tajribangni orttir. Va mana shundan keyin — qilgan mehnatingning ko‘zga ko‘rinadigan dastlabki natijalari paydo bo‘lgach — bemalol suhbatlashish mumkin. Maxim Spiridonov sahifasidan olindi https://www.facebook.com/share/p/19Z26zuKUN/?mibextid=wwXIfr P.S. Shu fikrga qo’shilasizmi? @founderdotio

  • 4 авг.1 493273

    без подписи

  • 30 июл.3 8291432

    Startapni sotib olishdan oldin aslida nimalar tekshiriladi? (Xaridor nigohi bilan) Startapdan muvaffaqiyatli chiqish (exit) haqida yozilgan maqolalarning aksariyati asoschi nuqtai nazaridan bo’ladi: nimani qurish kerak, kompaniyani qanday baholash kerak va qachon sotish kerak. Lekin bitta muhim jihat bor — bitimda faqat bitta tomon pul to’laydi. Va aynan shu tomon sizning biznesingizga sizdan butunlay boshqacha ko’z bilan qaraydi. Quyida xaridorlar “ha” deyishdan oldin aslida nimalarni tekshirishi haqida. 1. Shunchaki ARR emas, daromad sifati Ko’pchilik asoschilar ARR eng muhim ko’rsatkich deb o’ylaydi. Aslida esa bu faqat boshlang’ich raqam, xolos. Xaridorlar 24 oydan keyin bugungi daromadning qancha qismi saqlanib qolishini hisoblaydi. Masalan, $5 mln ARR va 115% NRR ko’rsatkichiga ega kompaniya, $8 mln ARR va 85% NRR bo’lgan biznesdan jozibaliroq hisoblanadi. Yuqori NRR mijozlar bazasi o’sayotganini bildiradi. Past NRR esa suv sizib chiqayotgan chelakka o’xshaydi — uni endi xaridor “meros” qilib oladi. ARR (Annual Recurring Revenue) — kompaniyaning yillik takrorlanuvchi daromadi. NRR (Net Revenue Retention) — mavjud mijozlardan olinayotgan sof daromadni saqlab qolish ko’rsatkichi. 2. Asoschi va muhim xodimlarga qaramlik Xaridorlar shunday savol beradi: Agar asoschi ertaga kompaniyani tark etsa, daromad qanchalik xavf ostida qoladi? Agar eng yirik mijozlaringiz siz bilan shaxsiy aloqalar tufayli ishlayotgan bo’lsa, kompaniya bilan emas, bu biznes qiymatini pasaytiradi. Shu sababli bugungi kunda ko’plab xaridorlar earn-out mexanizmidan foydalanadi. Earn-out — kompaniya narxining bir qismi bitim yopilganda emas, balki keyingi 1–3 yil davomida, oldindan kelishilgan moliyaviy yoki operatsion natijalarga erishilgandagina to’lanadigan mexanizm. 3. Mijozlar konsentratsiyasi Agar bitta mijoz umumiy daromadingizning 20% yoki undan ko’prog’ini ta’minlasa, bu xaridor uchun jiddiy xavf belgisi hisoblanadi. Ular shunday ssenariyni hisoblaydi: “Agar shu mijoz bitimdan keyin ketib qolsa, biznesga nima bo’ladi?” 4. Intellektual mulkning himoyalanganligi Yaxshi moliyalashtirilgan raqobatchi sizning asosiy funksionalligingizni 18 oy ichida takrorlay oladimi? Agar javob “ha” bo’lsa, demak sizning texnologik ustunligingiz (moat) yetarlicha kuchli emas. 5. Cap table’ning tozaligi Investorlar o’rtasidagi ziddiyatlar, side letter kelishuvlari, aksiyalarni suyultirishdan himoya qiluvchi shartlar (anti-dilution) va boshqa murakkab bandlar bitimni cho’zishi yoki umuman bekor qilishi mumkin. Xaridorlar bunday muammolarni o’z zimmasiga olishni istamaydi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, aynan tartibsiz cap table o’rta hajmdagi M&A bitimlari muvaffaqiyatsiz tugashining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir. 6. Jamoani saqlab qolish xavfi Texnologik kompaniyalarni sotib olayotganda xaridor faqat mahsulotni emas, balki jamoani ham sotib oladi. Shuning uchun ular quyidagi savollarni beradi: Muhim xodimlarning vesting muddati qachon tugaydi? Kimlar ketish niyatini bildirgan? Yangi sharoitda eng kuchli mutaxassislarni ushlab qolish mumkinmi? Asosiy xulosa Startapdan chiqish (exit) — xaridor paydo bo’lganda boshlanadigan jarayon emas. Bu doimiy tayyorgarlik holati. Toza moliyaviy hisobotlar, himoyalangan intellektual mulk, asoschisiz ham kamida 6 oy davomida biznesni boshqara oladigan menejment jamoasi va yashirin muammolarsiz cap table — bularni bitimdan bir oy oldin tayyorlab bo’lmaydi. Agar bir kun kelib kompaniyangizni qimmat narxda sotmoqchi bo’lsangiz, bunga bugundan tayyorlanishni boshlang. Tavsiya qilaman: “Startup exit: what buyers actually check before saying yes” maqolasini albatta o’qib chiqing. https://www.spectup.com/resource-hub/startup-exit-strategies @founderdotio

  • 28 июл.1 24762

    O’zbekistondagi asoschilar portreti qanday? Stanbase tadqiqot natijalarini e’lon qildi. https://t.me/pivotuzbekistan/3384 P.S. Report link in comments

  • 23 июл.1 567345

    Investitsiya olmoqchi bo’lsangiz maslahat so’rang. Maslahat olmoqchi bo’lsangiz investitsiya so’rang. @founderdotio

  • 16 июл.2 05435

    без подписи

  • 16 июл.1 8681262

    Insonlar har doim siz haqingizda gapiradilar va siz qilayotgan ishlaringizni tanqid ostiga olishadi. Asoschi sifatida Argentina jamoasi kabi maqsad sari intliling. @founderdotio P.S. eng ko’p dislayk olsa kerak bu post, haters gonna hate:)

  • 13 июл.1 758227

    Odatlar (Habits) Fikrimcha, odatlarni o'zgartirish — eng qiyin, eng qimmat va eng uzoq vaqt talab qiladigan jarayonlardan biri. Masalan, "food delivery" (ovqat yetkazib berish) xizmatlari ommalashishidan oldin ovqatlanish uchun o'zimiz piyoda yoki mashinada borib kelardik. Dastlabki ovqat yetkazib berish xizmatlari paydo bo'lganda esa kuryerga 15–20 ming so'm to'lash ko'pdek tuyulardi. Chunki biz vaqtimizni pul bilan baholamas edik. Vaqt o'tishi bilan bu odat o'zgardi. Bugungi kunda esa Yandex Go'ni ochib, kerakli ovqatni tanlab buyurtma berish oddiy holga aylangan. Hozir deyarli hech kim "o'zim borib olib kelaman" deb o'ylamaydi. Mening 6–7 yillik kuzatuvimga ko'ra, usta chaqirish ilovalari aynan shakllanib bo'lgan odatlar sababli keng ommalasha olmayapti. Masalan, sizga elektrik kerak bo'lsa, birinchi navbatda OLX'ga kirasiz yoki tanishlardan so'raysiz. Maxsus ilovani yuklab olib, ro'yxatdan o'tib, karta biriktirishni xohlamaysiz. Chunki OLX orqali ustani topish sizga osonroq, tezroq va arzonroqdek tuyuladi. Bu odatni o'zgartirish uchun bir necha million dollar sarflandi, bir nechta kuchli jamoalar ham urinib ko'rdi. Lekin odatni o'zgartirishning o'zi juda qimmat va murakkab jarayon ekanini yana bir bor ko'rdik. Ammo bu muammoning qiziqarli yechimi bor, deb o'ylayman — aggregatorlar va superapplar. Masalan, agar Yandex Go o'z ilovasida elektrik, santexnik, mebelchi va boshqa ustalarni topish hamda chaqirish xizmatini ishga tushirsa, buning muvaffaqiyat ehtimoli ancha yuqori bo'ladi. Sababi oddiy: * ilova allaqachon telefoningizda bor; * siz ro'yxatdan o'tgansiz; * kartangiz biriktirilgan; * eng muhimi, platformaga nisbatan ishonch shakllangan. Ba'zan yangi mahsulot yaratishdan ko'ra, mavjud odat ustiga yangi servis qurish ancha samaraliroq bo'ladi. Shuning uchun, agar g'oyangiz odamlarning odatini o'zgartirishni talab qilayotgan bo'lsa, uni aggregator yoki superapp ichida ishga tushirish imkoniyatini ham albatta ko'rib chiqing. @founderdotio

  • 12 июл.1 6219

    Dam olish kuni uchun tavsiya. “Sheryurak” filmi. Itv da bor. @founderdotio

  • 1 июл.1 95697

    Nega bir xil bozor hajmi turli hisobotlarda har xil chiqadi? 🤔 Ko‘pchilik bunga hayron bo‘ladi. Masalan, ERP bozori haqida bir hisobotda $80 mlrd, boshqasida $120 mlrd, yana birida $160 mlrd deb yozilgan bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, qaysi biri to‘g‘ri? Aslida, uchalasi ham to‘g‘ri. Sababi ular bozorni turli metodologiyalar asosida hisoblaydi. Masalan: Gartner Gartner odatda faqat ERP dasturiy ta’minoti (software revenue) bozorini hisoblaydi. Ya’ni ular quyidagilarni kiritadi: -Litsenziyalar -SaaS obunalari -Maintenance (texnik qo‘llab-quvvatlash) Ammo quyidagilarni hisobga olmaydi: * Joriy etish (implementation) * Konsalting * Maxsus dasturiy ishlab chiqish (custom development) * Integratsiya * Trening va o‘qitish Shu sababli Gartner keltiradigan raqam odatda eng konservativ bo‘ladi. Grand View Research Bu kompaniya bozorni ancha kengroq hisoblaydi. Ularning hisob-kitobiga odatda quyidagilar kiradi: -ERP software -Cloud ERP -Joriy etish (implementation) -Qo‘llab-quvvatlash -Professional xizmatlar Natijada bozor hajmi kattaroq chiqadi. Fortune Business Insights Ular esa odatda eng keng yondashuvdan foydalanadi. Ko‘pincha quyidagilarni ham bozor tarkibiga qo‘shadi: -Software -Implementation -Konsalting -AI modullari -Cloud xizmatlari -Managed services -Ba’zan hatto infratuzilma (infrastructure) xizmatlari ham Shu sababli ularning hisob-kitobidagi bozor hajmi odatda eng katta bo‘ladi. Keling, buni oddiy misolda ko‘ramiz. Faraz qilaylik, "Sales Doctor Solutions" ERP yechimini sotadi. Mijozdan tushgan umumiy daromad: * ERP obunasi — $10 000 * Joriy etish — $8 000 * O‘qitish — $2 000 * Integratsiya — $5 000 Unda: Gartner** faqat ERP obunasini hisoblaydi: ➡️ $10 000 Grand View Research software va xizmatlarning bir qismini qo‘shadi: ➡️ $20 000 Fortune Business Insights esa deyarli barcha xizmatlarni hisobga olishi mumkin: ➡️ $25 000 Xulosa: uchala tadqiqot ham bir vaqtning o‘zida to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Farq ularning ma’lumotni qanday metodologiya asosida hisoblashida. @founderdotio

  • 26 июн.1 9653221

    90-chi yillarda qarz shunday undirilgan. Hozir esa bu ishni Ibox qiladi. www.ibox.io @founderdotio P.S. Cobalt zo’r moshina

  • 26 июн.2 0133217

    Deepsales jamoasining oylik daromadi (MRR) $10k dan oshdi.👍 Deepsales.uz @founderdotio

  • 17 июн.4 89919189

    Startapga investitsiya qayerdan jalb qilish mumkin? Yangilangan ro’yxat "CS// Angels" rahbari Farruh aka Maksumovva Shamsiddin aka bilan quyidagi ‘Angel investorlar’, ‘VC fondlar’, va grantlar ro’yxati yo’nalish sifatida tayyorlandi: Angel investorlar/klublar: - CS// Angels (Focus: early stage tech startups; check: $50K) - Nexus Angel Club (Focus: early stage tech startups) - Bahrom Abdukadirov O’zbekiston Venchur fondlari: - AloqaVentures (Focus: pre-seed startups with variety focus areas; Check: from $10K up to $2M) - UzVC Fund of funds (Focus: Pre-seed startups; check: ~ $100K) - IT Park Ventures (Focus: early-stage tech startups with global market potential; from $100K - $4mln) - United Ventures (Focus: Early Stage tech focused startups; check: - ) - SQB Ventures (Focus: early stage startups) - Hayot Ventures (Focus: pre-Seed stage regional tech startups; check: $10K-50K) - UC Ventures (Focus: pre-seed, Seed startups (AI Tech, FinTech, SaaS, E-commerce, B2B, Game tech, Agro Tech, Telecom; avg. check: $ 50K-150K) - Semurg VC (Focus: pre-seed, seed, growth tech focused startups; check: $50K-150K) - AIS Ventures (Focus: pre-Seed to seed; AI, Blockchain, DeepTech; check: $25K-100K) - Silkbridge Ventures (Focus: AI, FinTech, E-Commerce) - Sarmo Ventures - Paynet Ventures - X-Togo Capital (Focus: pre-seed to seed) - Yoshlar Ventures (Focus: pre-seed to seed; check: up to 2 bln soum) - Imkon Ventures (Focus: pre-seed, seed startups; check: $50K-150K ) - Sturgeon Capital (Focus: tech startups) - Domino Ventures (Focus: from seed to Series B tech startups; check: $100K up to 1M) - Big Sky Capital (New fund with 50 mln capital. Focus: early stage companies) Grantlar: - President Tech Award (check: from $30K to $100K) - World Bank MUNIS Akseleratorlar/inkubatorlar: - Startap Garage - Plug and Play (Focus: FinTech, Education, Insurtech, AI) - Google for Startups- Silkway - Alchemist SVR - UzCombinator - IRA Tashkent - Techstars - RSBootcamp - Red Team Accelerator - Justart Venture Studio Qozog’iston Venchur fondlari: - Most Ventures (Focus: seed/Series A startups) - BYB Capital (Focus: small and medium sized businesses and pre-product market stage <5 years; Any sector) - MA7 Ventures (Focus: tech business projects, readymade MVP, market tested; check: from $ 150K up to 1M) - Big Sky Capital (Focus: early stage companies) - Activat VC (Focus: all category startups) - Astana Hub Ventures (Focus: early-stage startups in Blockchain, AI, FinTech, GameDev, EdTech, HealthTech, SpaceTech and more, check: $ 555M investments raised for 500+ startups) - White Hill Capital (Focus: varying stage companies) - BGlobal Ventures (Focus: Pre-seed - Series A) - Axiom Capital (Focus: early to growth stage) - MyVentures (Pre-seed to Seed — $100K - $500K; Seed to Round A — $500K - $2mln) Ozarbayjon fondi: -Sabah fund (Focus: pre-seed, seed startups; check: from $100K up to 750K) - Caucasus Ventures (early stage startups, $50K - $100K) Tojikiston fondi: -55 Group P.S. Qoshimcha va fikrlar bo'lsa kommentda qoldiring iltimos. Ro'yxat to'liq bo'lmasligi mumkin. Yangilab boramiz. PLEASE SHARE! @founderdotio

  • 10 июн.5 6564363

    Sales Doctor yillik takrorlanuvchi daromad (ARR) bo‘yicha 4 million dollarlik marraga yaqinlashmoqda va biz o‘sishni jadallashtirish uchun 4–5 million dollar investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Bizning missiyamiz aniq: Markaziy Osiyo va MENA mintaqasida yetakchi ERP va biznes dasturiy ta’minot platformasini yaratish hamda keyingi 3–5 yil ichida yillik daromadni 50 million dollarga yetkazish. Hozirda jamoamizni faol ravishda kengaytirmoqdamiz, hamkorlar ekotizimini rivojlantirmoqdamiz va o‘sishni tezlashtirish uchun mahsulot innovatsiyalariga sarmoya kiritmoqdamiz. Agar siz investor, strategik hamkor yoki ushbu yo‘nalishga qiziqadigan soha yetakchisi bo‘lsangiz, bog‘lanish va fikr almashishdan mamnun bo‘laman. Email: otabek.suvonov@salesdoc.io Telegram/WhatsApp: +998 99 804 55 23 @founderdotio

  • 5 июн.2 4762416

    “Sening eng katta kuching-qiyinchilik va bosim paytida ham hotirjam, yaxshi kayfiyatda va maqsadga qaratilgan holda qolishing. Boshqalar chalg’ib ketganda ham sen o’z yo’lingdan og’maysan” Asoschi uchun bu qanchalik muhimligini bilganingizda edi… @founderdotio

  • 1 июн.2 367205

    Markaziy Osiyoda Venchur kapital va Angel investitsiyalar sohasida katta o'zgarishlar (boom) bo'lishiga qaramasdan pichoqqa ilinadigan EXIT va M&A bitimlar juda kam. Yaqin orada pishib qolganlari ham ko'rinmayapti. Buning asosiy sabablaridan biri bu bizning regionda BIG Tech, ya'ni katta strateg o'yinchilar yetarli emasligi. Faqat banklar va marketpleyslar. Shundan kelib chiqqan holatda yangi startap boshlagan faunderlar birinchi kundan daromadli biznes qurish va intilishga e'tibor qaratsalar foydaliroq bo'larmidi degan fikr keldi. Yana bilmadim🤷 @founderdotio

  • 1 июн.2 135611

    How to become a top dispatcher? Men ishlagan "Truck" kompaniya egasining (owner) fikricha bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun 60 foizdan ko'proq hissa dispetcherlarga (operation team) bog'liq bo'ladi degandi. Shu sababdan biz dispetcherlarni tanlab olishga katta e'tibor qaratardik va 10 yillik tajriba va har xil millat vakili bilan ishlab ko'rish asosida "Eng zo'r dispatcher" anatomiyasini tuzganmiz Top dispetcherning 3ta muhim hislati bor: 1. Yuqori darajadagi intellekt (IQ) 2. Qattiq ishlashga moyilllik (Hardworking) 3. Yuqori darajadagi konsentratsiya (Focus). Kuzatuvlar davrida qiziq bir faktga amin bo'lganmiz: shu uchala hislatdan biri yetishmasa top bolish ehtimoli past. -Siz yaxshi universitetda o'qigansiz va qattiq ishlashga tayyorsiz, lekin sizni chalg'itadigan uy ro'zg'or ishlari yoki 'side' projectlar bo'lishi mumkin. Ya'ni "focus"ning yo'qligi. -Sizda kuchli aql va idrok bor va hech narsa chalg'itmaydi, ammo ko'p va qattiq ishlashga tayyor emassiz. Ya'ni "hardworking" yetarli emas. -Sizni chalg'itadigan hech narsa yo'q va qattiq ishlashga tayyorsiz, ammo IQ darajangiz yuqori bo'lmasligi mumkin. Har uchala holatda ham TOP dispetcher bo'lish ehtimoli juda past. Albatta 3ta muhim hislat bo'lganda ham uzoq muddat top bo'lib qolishingiz uchun sizga conistency(doimiylik) va self discipline kerak bo'ladi. Men kuzatgan qiziq bir holat bor: maqsadlarning kattaligi sizni uzoq vaqt davomida o'zingizni ustingizda ishalshga va top darajaga chiqishga undyadi. Maqsadi yangi qora Gentra olish bo'lgan yigitlar bo'lardi, o'sha maqsadiga erishgandan o'sishda to'xtab qolardi va top darajadan tushib ketardi. Agar shu skillarni rivojlantirmasangiz sizdan Numeo.ai kabi servislardagi Jack ismli "AI dispatcher"lar o'tib ketadi. Matn homiysi Numeo.ai 🙂 @founderdotio

  • 17 мая16,4 тыс4630

    ‘Brand Awards International 26’ tomonidan “Sales Doctor” savdo va distributsiya sohasida Yetakchi IT ekotizim sifatida e’tirof etildi. @founderdotio