IMKON VC CROWDFUNDING
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 211
- 1/48двое суток
- 241
- 1/72трое суток
- 260
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
GRAND DEMO DAY — Saralash 👍 Startup Garage’ning Grand Demo Day saralash bosqichi bugun bo‘lib o‘tadi! ✅ Eng istiqbolli startaplar o‘z loyihalarini taqdim etadi va keyingi bosqich uchun kurashadi. 📅 Bugun | ⏰ 17:00 Jonli efirda kuzatish uchun: havola 🚀…
GRAND DEMO DAY — Saralash 👍 Startup Garage’ning Grand Demo Day saralash bosqichi bugun bo‘lib o‘tadi! ✅ Eng istiqbolli startaplar o‘z loyihalarini taqdim etadi va keyingi bosqich uchun kurashadi. 📅 Bugun | ⏰ 17:00 Jonli efirda kuzatish uchun: havola 🚀 Keyingi Demo Day’da siz ham ishtirok etishni xohlaysizmi? Arizangizni yuboring va o‘z loyihangizni namoyish qiling! 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot
🔥 Fuckup Talks × Sales Doctor 💬 Fuckup Talks bu tadbirkorlar va rahbarlar o‘zlarining professional faoliyatidagi xatolar, murakkab qarorlar hamda aynan shu tajriba orqali o‘sishga erishishlariga yordam bergan saboqlar haqida ochiq gaplashadigan uchrashuvdir. 🎥 Bu safar Sales Doctor bilan odatda e'tibordan chetda qoladigan mavzular haqida suhbatlashamiz: xatolar, muvaffaqiyatsizliklar, murakkab qarorlar va biznesni masshtablash tajribasi. 🎙Spikerlar: - Davron Abidov , General Manager / CEO - Hasan Xujanazarov , CTO - Otabek Suvonov , Co-founder & Global CEO ⚪️ Sales Doctor bugungi kunda $4 mln ARR ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda va $4–5 mln investitsiya jalb qilishga tayyorlanmoqda. Uchrashuv davomida jamoa biznesni kengaytirish (masshtablash) jarayonidagi haqiqiy tajribasi, yo‘l qo‘yilgan xatolar, ularni qanday yengib o‘tgani va keyingi o‘sishga asos bo‘lgan xulosalari bilan bo'lishadi. 📍 C-Space Yunusabad 📅 21 Avgust ⏰ 15:00-18:00 Ro‘yxatdan o‘tish: https://luma.com/8v4v58rz
🚀 Startup Story: KotibAI asoschisi Samandar Tursunaliyev bilan Har bir muvaffaqiyatli startup ortida katta mehnat, qiyinchiliklar va muhim qarorlar bor. ✅ 🕓Masterklass bugun soat: 14:00 da Online ( Zoom ) platformasida bo'lib o'tadi. 🔗Havola: https://us06web.zoom.us/j/86740326578?pwd=7qjXiCYAkH3deLS6qBZ52x5gQBNbKt.1
Build ERP — Qurilish kompaniyalarining ortiqcha pul yo'qotishini to'xtatamiz — real vaqt nazorat, zayavka va moliya boshqaruvi bilan. Build ERP — qurilish kompaniyalari uchun moslashuvchan ERP platformasi. Har bir kompaniyaning ish jarayoniga moslab joriy qilinadi va loyihalar, materiallar, xaridlar, brigadirlar hamda moliyani bitta tizimda boshqarishga yordam beradi. Rahbarlar real vaqt rejimida obyekt holati, xarajatlar va foydani kuzatib, tezroq va aniqroq qaror qabul qiladi. 💰 Build ERP startapiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Agar siz ham startapingizga angel investitsiya olmoqchi bo'lsangiz: @startupgarage_admin
RentZor - O'zbekistonning birinchi P2P ijara platformasi. RentZor — Kimdir bu yerda ishlatilmayotgan buyumidan daromad topadi, kimdir esa kerakli narsani sotib olmasdan, arzonga ijaraga oladi. Ikkala tomon ham xotirjam: foydalanuvchilar tasdiqdan o'tgan, ijara shartnoma bilan rasmiylashtirilgan va foto himoya bilan qo'riqlangan. 💰 RentZor startapiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Agar siz ham startapingizga angel investitsiya olmoqchi bo'lsangiz: @startupgarage_admin
🏆 Prezident Tech Award'da g‘olib bo‘lish sirlari Prezident Tech Award sovrindorlari bilan ochiq master-klass. Master-klassda quyidagi mavzular yoritiladi: • Prezident Tech Award'ga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak? • G'olib bo'lgan startap va g'oya qanday tanlanadi? • Pitch deck va taqdimotni qanday tayyorlash kerak? • Hakamlar nimalarga e'tibor beradi? • G'oliblarning tayyorgarlik jarayonidagi tajribalari va xatolari. • Savol-javob (Q&A) — spikerlardan bevosita tavsiyalar olish imkoniyati. 🎤 Spikerlar: • Karmon AI - 100 000 dollar sovrindori • Romchi - 100 000 dollar sovrindori • Moliy AI - 100 000 dollar sovrindori 📅 Sana: 16.07.2026 Payshanba 🕒 Vaqt: 15:00 📍 Manzil: School 21, Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy 🔗 Ro'yxatdan o'tish uchun: Tadbir.app
✨ Yana bir rezidentimiz xalqaro darajadagi tanlovda o'z salohiyatini namoyish etdi. QRTIFACT Startup HUB BUT 2026 doirasida o'tkazilgan Inter-University Startup Competition tanlovida ishtirok etib, 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 🥇 Tanlovda Boston University, Webster University, University of Westminster va INHA University kabi nufuzli universitetlardan shakllangan kuchli jamoalar ishtirok etdi. Jami 9 ta startup orasida aynan QRTIFACT eng yuqori natijani qayd etdi va 20 000 000 so'mlik mukofotiga sazovor bo'ldi. QRTIFACT loyihasi QR-kodlar orqali tarixiy va madaniy obidalarni interaktiv tarzda "so'zlatish" imkonini beradi. Bu yechim nafaqat innovatsion yondashuvi, balki amaliy qiymati bilan ham hakamlar e'tiborini qozondi. QRTIFACT jamoasini ushbu munosib g'alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Agar siz ham Startup Garage rezidentlari safiga qo'shilmoqchi bo'lsangiz quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: Batafsil
🚀 GeoEarn - AI asosidagi Pay-per-Visit platformasi. ⚡️ GeoEarn - foydalanuvchilarni mukofotlash orqali mahalliy bizneslarga haqiqiy mijoz olib keluvchi Telegram Mini App. Platforma GPS va geolokatsiya orqali tashriflarni tasdiqlaydi, hamda bizneslarga faqat natija (Pay-per-Visit) uchun to'lov qilish imkonini beradi 💰 GEOEARN startupiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Angel investorlar klubiga a'zo bo'lish uchun: @startupgarage_admin
🐫 Karvon — yuk tashish bozorini raqamlashtiruvchi platforma. 📦 Platforma logistika jarayonlarini raqamlashtirish, vositachilar ishini yengillashtirish hamda barcha ishtirokchilar uchun tezkor va shaffof hamkorlikni ta'minlashni maqsad qiladi. 🚀 Pre-seed investitsiya: $20,000 💰 Karvon startupiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Murojaat uchun: @startupgarage_admin
🧠 NEUROXISE — Insultdan keyingi reabilitatsiyani raqamlashtiruvchi AI platforma 🏥 Bemorlarning uy sharoitida reabilitatsiya olishini osonlashtiruvchi, sun'iy intellekt yordamida holatini kuzatuvchi va natijalarni real vaqt rejimida tahlil qiluvchi innovatsion yechim. 🚀 Pre-seed investitsiya: $80,000 💰 12 oy ichida rejalashtirilgan MRR: $10,000 💰 NEUROXISE startupiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Murojaat uchun: @startupgarage_admin
🚀 NERMAN — video montajchilar uchun yaratilgan web-platforma. ⚡ Kerakli video materiallarni atigi 5 daqiqada toping, yuklab oling va Reels hamda Shorts'larni tezroq tayyorlang. 💰 NERMAN startupiga imkon.vc platformasi orqali ulush sotib olib investitsiya qilishingiz mumkin. Angel investorlar klubiga a'zo bo'lish uchun: @startupgarage_admin
📢 Imkon VC Crowdfunding platformasi rasman ishga tushganini e’lon qilamiz. Platforma orqali investorlar istiqbolli startup loyihalarga investitsiya kiritishlari, startup asoschilari esa o‘z loyihalarini rivojlantirish uchun mablag‘ jalb qilishlari mumkin. Maqsadimiz — O‘zbekistonda startup va investitsiya ekotizimini yanada rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash. 🚀 Kelajak kompaniyalariga bugundan investitsiya qiling. Invest qilish uchun: imkon.vc
Сунъий интеллект энди шунчаки технология эмас, у стратегик қурол Бир неча кун олдин Anthropic компанияси (Claude AI) ўзининг энг сўнгги модели – Fabel 5'ни АҚШ ҳукуматининг топшириғи асосида барча чет элликлар учун ёпиб қўйди. Бу – сунъий интеллект пойгаси энди технологик рақобат эмас, балки давлатлар ўртасидаги стратегик курашга айланганини кўрсатяпти. Яқин келажакда ривожланган давлатлар энг кучли AI моделларини фақат ўзлари учун олиб қолиб, бошқа давлатларга кучсизроқ ва чекланган версияларини бера бошлайди, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев. «Агар биз бу пойгадан ортда қолишни истамасак, ўз миллий сунъий интеллект стратегиямизни амалга оширишда маҳаллий AI маҳсулотларни кўпайтиришга ҳаракат қилишимиз лозим». 👉 https://kun.uz/kr/23722689 Kun.uz расмий канали
🏆 4 - Haftalik Demo Day natijalari e'lon qilindi! Bu haftadagi taqdimotlarda eng yuqori ball to‘plagan loyihalar: 🥇 1-o‘rin — Edubaza — 18 ball 🥈 2-o‘rin — Rentzor — 16 ball 🥉 3-o‘rin — WakeBit — 15 ball Tabriklaymiz! 🎉 Startup Garage’da har hafta istiqbolli startuplar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, ekspertlar va hamjamiyat tomonidan baholanadi. 🚀 Keyingi Demo Day’da siz ham ishtirok etishni xohlaysizmi? Arizangizni yuboring va o‘z loyihangizni namoyish qiling! Ro'yxatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot
AQSh hukumatining yangi Fable 5 modeliga cheklovi va buning uzoq muddatdagi asoratlari haqida. Xullas, SI poygasining yangi bosqichiga qadam qoʻyapmiz. @sariqdev #ertagaKech
Demo day ishtirokchisi 35 000 $ invest taklifi uchun uchrashuv belgilandi Siz ham asoschi bo'lsangiz, biz sizni izlayabmiz. Ro'yxatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot
Najot Ta’limdan startapi borlarga ajoyib IMKONIYAT ✅ 🔥 Zamonaviy kasblar markazi Najot Ta’lim startap egalari uchun Imkon Day taqdimot kunini e’lon qiladi. Bu kunda siz: — o‘z startap g‘oyangizni 3 daqiqalik pitch orqali taqdim qilishingiz; — soha mutaxassislaridan maslahatlar olishingiz; — kuchli netvorking qilishingiz; — tengdoshlaringizni startap g‘oyalaridan ilhomlanishingiz; — loyihani ommaga tanitishingiz; —investorlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin. 🔖 Sana: 6-iyun, shanba, soat 14:00 📍 Manzil: "Najot Ta’lim" markazi, Chilonzor filiali. 👥 Kimlar uchun: Startap loyihasi yoki g‘oyasi borlar hamda startap muhitini his qilishni istaydiganlar uchun. Startapingizni eng muhim maslahatlar bilan keyingi bosqichga olib chiqishni istasangiz, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting 👇 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish Keling, ilhomlaning, tajriba almashing va o‘zingiz uchun foydali maslahatlarni amalda sinab ko‘ring!
Agar so‘nggi 100 yil qoida emas, istisno bo‘lganida-chi? Biz ko‘pincha ish topish iqtisodiy hayotning tabiiy maqsadi deb o‘ylaymiz. O‘qiymiz. Diplom olamiz. Malaka hosil qilamiz. Va oxir-oqibat ishga joylashamiz. Ammo insoniyat tarixiga nazar tashlasak, bir haqiqat ko‘rinadi: Tarixning katta qismida odamlar xodim bo‘lmagan. Ular: Savdogarlar edi, Hunarmandlar edi, Fermerlar edi, Dengizchilar edi, Quruvchilar edi, Tadbirkorlar edi Ular o‘z mehnat qurollariga egalik qilishar, aktivlarini nazorat qilishar va qiymat yaratishda bevosita ishtirok etishardi. Keyin Sanoat Inqilobi keldi Fabrikalar paydo bo‘ldi. Mashinalar paydo bo‘ldi. Yirik korporatsiyalar paydo bo‘ldi. Natijada mulkchilik tobora markazlashdi va milliardlab odamlar mustaqil yaratuvchilardan xodimlarga aylandi. Albatta, bu model ulkan farovonlik yaratdi. U zamonaviy dunyoni qurdi. Millionlab odamlarni qashshoqlikdan olib chiqdi. Lekin uning kamroq gapiriladigan tomoni ham bor edi: Mehnat mulkchilikdan ajraldi. Odamlar qiymat yaratishda qatnashdi, ammo qiymat yaratuvchi aktivlarga egalik qilmadi. Shu tariqa bir asrdan ortiq vaqt davomida jamiyatning asosiy modeli bandlikka aylandi. Bugun esa bu model o‘zgarishni boshladi Sun’iy intellekt. Dasturiy ta’minot. Bulutli texnologiyalar. Global raqamli platformalar. Bularning barchasi biznes qurish xarajatlarini tarixdagi eng past darajaga olib tushirmoqda. Sanoat inqilobidan keyin ilk bor oddiy inson: Mahsulot yaratishi, Kompaniya ishga tushirishi, Global mijozlarga chiqishi, Dunyoga xizmat ko‘rsatishi, Va qiymat yaratishi mumkin. Buning uchun unga: ❌ Zavod kerak emas. ❌ Yirik ofis kerak emas. ❌ Minglab xodimlar kerak emas. ❌ Katta korporatsiya kerak emas. Bir paytlar odamlarni tadbirkorlikdan ajratib turgan to‘siqlar asta-sekin yo‘qolib bormoqda. Zamonamizning eng muhim savoli: “Sun’iy intellekt nechta ish o‘rnini egallaydi?” emas Balki: “Sun’iy intellekt nechta tadbirkorni yaratadi?” Kelajak kimlarga tegishli bo‘ladi? Ehtimol: Faqat vazifalarni bajaruvchilarga emas, Aktivlar yaratuvchilarga. Faqat xodimlarga emas, Mulkdorlarga. Faqat iste’molchilarga emas, Quruvchilarga. Faqat ish izlovchilarga emas, Imkoniyat yaratuvchilarga. Ming yillar davomida insoniyat quruvchilar sivilizatsiyasi bo‘lgan. So‘nggi yuz yil esa xodimlar asri bo‘ldi. Bugun esa tarix yana aylanishni boshlayotgandek. Va ehtimol, biz XXI asrning eng muhim hodisasiga guvoh bo‘layapmiz: Tadbirkor insonning asliga qaytishi. Maqolani o’qish uchun havola 👇 https://open.substack.com/pub/mukhammad/p/asliyat?r=r9z8p&utm_campaign=post&utm_medium=web&showWelcomeOnShare=true
Startup Garage Demo Day doirasida taqdimot qilgan startup strategik investitsiya jalb qildi. Savat startapi HyperApp tomonidan $10,000 miqdorida strategik investitsiya oldi. Bu shunchaki investitsiya emas. Bu kuchli jamoa, to‘g‘ri yo‘nalish va Demo Day orqali yaratilgan imkoniyatlarning natijasidir. Agar siz ham startup ustida ishlayotgan bo‘lsangiz, Demo Day sizning investorlarga chiqish nuqtangiz bo‘lishi mumkin. Keyingi investitsiya e'lonida aynan sizning loyihangiz bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ro'yhatdan o'tish uchun: @SGdemodaybot