tgindex
Последний пост
13 июл.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
454
+2 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
435
28 постов
Вовлечённость
95,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 28
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Yoki @hadiyabop_menejer ga yozing

  • Onalar uchun 365 kunlik Dil izhorlari Boxi 🤍 Boshqa barcha boxlarimiz narxi — 899 000 so’mdan boshlanadi. Ammo Onalar uchun maxsus variant — 699 000 so’m🎁 ⏳Bu box buyurtma qabul qilingandan so’ng atigi 3 kun ichida tayyor bo’ladi. Chunki onangizni xursand qilish uchun yana bir hafta kutishingizni istamaymiz. Onaga aytilishi kerak bo’lgan dil izhorlarini ortga surmang. Ayrim sovg’alarni kechiktirsa ham bo’ladi, lekin mehrni emas❌ Hoziroq buyurtma berish uchun: @hadiyabop_menejer

  • Namuna tekstlar👉 1️⃣Онажон, мен бугун ўзимга ишонадиган инсон бўлиб улғайган бўлсам, бу аввало сиз менга ишонганингиз сабабли. Ҳар бир орзумга “Албатта эришасан ўғлим” деб далда берганингиз ҳали ҳам ёдимда. Мен эришган ҳар бир ютуқда меҳнатим бордир, лекин унга йўл очган сизнинг дуоларингиздир. Менинг бахтим учун сиз қанча бор қўл очиб Аллоҳга илтижо қилганингизни фақат Ўзи билади. Аллоҳ сизга икки дунё саодатини насиб қилсин, онажоним. 2️⃣Онажон, баъзида одамлар мени мақташади. Лекин мен яхши биламанки, бу мақтовларга энг муносиб инсон сизсиз. Чунки менинг ортимда ҳеч ким кўрмаган меҳнатингиз ва дуоларингиз бор. Менга доим “қўлингдан келади” деб ишонч берган ҳам сиз эдингиз. Шу ишончингиз бутун умримга куч бўлиб келяпти. Раҳмат сизга. 3️⃣Онажоним, баъзан инсон кечирим сўрашга кеч қолади. Мен ҳам бу гапларни анча олдин айтишим керак эди. Болалигимда қилган ҳар бир ноўрин ишим учун сиздан узр сўрайман. Биламан, меҳрибон юрагингиз мени аллақачон кечирган. Лекин барибир ўз оғзим билан айтишни истадим. Мени кечиринг, онажон. 4️⃣Сизнинг меҳрингизни бошқа ҳеч қаердан тополмайман, онажон. Ҳар бир дуонгиз, ҳар бир яхши тилагингиз ортида қанча муҳаббат борлигини энди кўпроқ тушуняпман. Шунинг учун ҳам сиз мен учун барча оналардан кўра яхшироқсиз. Менинг ҳаётимда сиздай инсон борлиги энг катта бахтим. Аллоҳ сизга узоқ умр ва соғлик берсин. 5️⃣Онажон, ҳаётимдаги энг катта бойлигим сизсиз. Дунёда қанча яхши оналар бўлмасин, мен учун энг яхшиси доим сиз. Сиз мени боримча яхши кўрган ягона инсонсиз. Шунинг учун ҳам Аллоҳга сиз учун беҳисоб шукр айтаман. Мен учун сиздан қадрлироқ инсон йўқ. 6️⃣Онажон, ҳамманинг онаси ўзи учун энг азиз ва энг яхши эканини биламан. Лекин мен учун сиздан яхшироқ инсон йўқ. Сизнинг меҳрингиз, дуоларингиз ва сабрингиз менга бутун дунёдан қиммат. Аллоҳга ҳар куни сиздек она бергани учун шукр қиламан. Мен энг яхши фарзанд бўлолмаган бўлсам ҳам, сиз барибир дунёдаги энг яхши онасиз. 7️⃣Она, баъзан сиз мендан меҳрли гап кутган пайтларингиз ҳам бўлгандир. Афсуски, мен уни айтишга шошилмаганман. Аммо бу сукут ортида жуда катта муҳаббат яширин эди. Сиз менинг ҳаётимдаги энг қадрли инсонсиз. Сизни яхши кўришдан ҳеч қачон чарчамайман. 8️⃣Онажон, сизга “яхши кўраман” деган гапни кўпроқ айтишим керак экан. Вақт ўтган сари буни янада кўпроқ тушуняпман. Мен ҳар доим ҳам ҳисларимни очиқ айта олмаганман. Аммо сизга бўлган меҳримни ҳеч нарса ўзгартира олмайди. Ўғлингиз сизни дунёларча яхши кўради она. 9️⃣Онажон, баъзан ўғил фарзандлар ҳиссиётини кўрсатишга уялади. Мен ҳам шундай бўлганман. Лекин бу сизга бўлган муҳаббатим камлигини англатмайди. Аксинча, ҳар куни сиз учун дуо қилиб яшайман. Сизни яхши кўришимни сўзлар билан эмас, бутун қалбим билан ҳис қиламан. 1️⃣0️⃣Онажон, эҳтимол мен сиз эшитишни истаган гапларни кам айтгандирман. Бунинг учун мени кечиринг. Лекин ҳар бир қилган меҳнатингиз, ҳар бир меҳрингиз учун қалбимда чексиз миннатдорлик бор. Сизга бўлган муҳаббатимни сўзлар билан тўлиқ ифода этиш қийин. Мен учун сиз дунёдаги энг азиз инсонсиз. Сизни жуда яхши кўраман. Kanalimiz: @hadiyabop Biz bilan bog’lanish: @hadiyabop_menejer

  • Onalar uchun box yangilangan endi variantda😍 Kanalimiz: @hadiyabop Biz bilan bog’lanish: @hadiyabop_menejer

  • 🔥 Yangilik! Ko’pchiligingiz to’g’ri topdingiz… Endi Onalar uchun 365 kunlik Dil Izhorlari Boxi mutlaqo yangi ko’rinishda tayyor bo’ldi. ❤️ Har bir dil izhori qayta yozildi. Har bir so’z onaga bo’lgan mehrni yanada chuqurroq ifodalaydi. Va yana bitta yangilik… Bu boxning narxi boshqa boxlardan farq qiladi. Batafsil narx va ichidagi o’zgarishlarni keyingi postda ulashaman. 🔥

  • без подписи

  • Assalomu alaykum!❤️ 13-maydan beri kanal suv kuygandek jimjit edi… Ba’zida shunchaki to’xtab, hammasini qaytadan ko’rib chiqish kerak bo’larkan. Shu vaqt ichida ko’p narsalarni o’zgartirdim, yangi g’oyalar ustida ishladim va eng muhimi, mahsulotlarimni yanada mukammallashtirdim. Endi esa sizlarga asta-sekin hammasini ko’rsataman. Bu kanal yana faol bo’ladi. Yangi sovg’alar, yangi dizaynlar va siz kutmagan yangiliklar kutmoqda. 🥰 Qaytganimni bitta ❤️ bilan bildirib qo’ying.

  • Hattoki Nilufar opani singillari ham izohlarda boximiz opalarini qanchalik xursand qilganini yozibdilar🥹 Boxga buyurtma berish yoki namuna tekstlarni bepulga yozdirish uchun👉 @hadiyabop_menejer

  • без подписи

  • Boximiz yoqqani, ayollariga chiroyli emotsiya berolgani uchun yana shunga o’xshash sovg’a bo’lsa albatta ularni ham xabardor qilib turishimizni tayinladilar😍 Boxga buyurtma berish yoki namuna tekstlarni bepulga yozdirish uchun👉 @hadiyabop_menejer

  • 1️⃣Nilufar, men biznes, ishlar bilan band bo‘lsam ham, ko‘nglim tinch — chunki uyimda sendek farishta ayolim bor. Ota-onamni o‘zingnikidek ko‘rib xizmat qilayotganing meni juda quvontiradi. Doim esingda bo’lsin, ularning har bir duosi bizning orzularimizga yo‘l ochadi. Sen ularni rozi qilsang, men seni yanada ko‘proq xursand qilishga harakat qilaman va har doim mehr beraman. 2️⃣Nilufar, har bir narsaning o‘z vaqti borligini bilaman. Alloh biz uchun eng chiroyli taqdirni yozganiga ishonaman. Hali uyimizda quvonchli ovozlar, shirin kulgular jaranglaydigan kunlar keladi. Biz o‘sha kunlarga asta-sekin yaqinlashyapmiz. Har bir kunimiz — o‘sha baxtga olib borayotgan bir qadam. Ishon, oldinda bizni juda go‘zal lahzalar kutyapti. 3️⃣Nilufar, hozirgi sokinlikdagi suhbatlarimizni yaxshilab eslab qolaylik, chunki yaqinda uyimiz shovqinsiz bo‘lmay qoladi. Kichkina qadamlar tovushi, yoyilgan o‘yinchoqlar, sababsiz kulgular — hammasi o‘z o‘rnini egallaydi. Biz esa ba’zan charchab, baribir kulib turib, birinchi bor “oyi-ada” degan so’zlarni eshitib hammasini unutamiz. O‘sha mayda lahzalar kunimizni to‘ldiradi. Va ochig‘i, sen juda mehribon ona, lekin tartibni ham qo‘ldan bermaydigan ayol bo’lasan. 4️⃣Nilufar, seni kayfiyating yaxshi bo‘lsa, men hamma ishni uddalay oladigandek bo‘laman. Chunki sen menga hotirjamlik ham, motivatsiya ham berasan. Ba’zan oddiy “ehtiyot bo‘ling” degan gaping ham kunimni yaxshi qilib yuboradi. O‘zing sezmayapsan, lekin sen mening eng yaxshi energiyamsan. Shu uchun seni asrab, erkalatib yurgim keladi jonim. 5️⃣Nilufar, ba’zan telefonimga xabaring kelishi bilan kayfiyatim ko‘tarilib ketadi. Keyin o‘zimga “bo‘ldi, ayolim meni haqiqiy quvonchim” deb kulaman. Sen oddiy gap bilan ham odamni xursand qila olasan. Shu uchun sen bilan hayot juda yengil tuyuladi. Men esa bu hissiyot hech qachon yo‘qolmasligini xohlayman. 6️⃣Nilufar, rostini aytsam, sen bilan uyga qaytgim keladi. Chunki uyda meni tushunadigan, kuldiradigan, kayfiyatimni joyiga qo‘yadigan inson bor. Sen bilan hatto jim o‘tirish ham yoqimli. Va bilasanmi eng qizig‘ini? Men hali seni bundan ham ko‘proq baxtli qilishni rejalashtirib qo‘yganman. 7️⃣Nilufar, hali birga qiladigan sayohatlarimiz eng qiziq joyiga ham yetgani yo‘q. Hozir ikkimiz reja qilamiz, keyin esa yonimizda mitti hamrohlar bilan yo‘lga chiqamiz. Mashinada kulgi, shovqin, “yana qachon yetamiz?” degan savollar ko‘payadi. Men esa orqaga qarab, shu manzara uchun Allohga shukr qilaman. Eng chiroyli safarlarimiz hali oldinda. 8️⃣Nilufar, bir kuni tog‘li joylarga chiqamiz. Sovuq havoda issiq choy ichib, yonimizda farzandlarimiz yugurib yuradi. Sen esa ularni kiyintirib, ortidan xavotir bo‘lib qarab turasan. Men esa shu manzarani ko‘rib, hayot aslida shunday oddiy baxtlardan iborat ekanini his qilaman. Hali biz bunaqa xotiralarni juda ko‘p yig‘amiz. 9️⃣Nilufar, hali aeroportlarda bir-birimizni kutib yuradigan kunlar ham bo‘ladi. Yonimizda esa kichkina pasport ushlab olgan mitti sayohatchilarimiz bo‘ladi. Sen ularni tartibga solishga urinib charchaysan, men esa sengga ham yordam beraman, ham ustingdan kulib turaman. Lekin ichimizda katta xotirjamlik bo‘ladi. Chunki biz orzu qilgan oilaviy lahzalarni yashayotgan bo‘lamiz. 1️⃣0️⃣Nilufar, kel bir narsani qo‘ldan boy bermaylik — duo qilishni. Men ishonaman, Allohdan chin qalb bilan so‘ralgan narsa bir kun albatta keladi. Tahajjudlarda, zikrlarimizda, qilayotgan yaxshiliklarimizda biz uchun katta hikmatlar bor. Balki aynan shu amallar oilamizga eng chiroyli ne’matlarni olib kelar. Men ish bilan ba’zan chalg‘ib ketaman, shunday payt meni ham ibodatga chorlab tur. Chunki bu yo‘lda birga yurishimni xohlayman. Agat tekstlar yoqqan bo’lsa bitta ❤️ Boxga buyurtma berish uchun: @hadiyabop_menejer

  • #Vaziyat to’liq videoda tushintirdim👆🏻 Mijozimiz ayollariga olyaptilar boxni❤️‍🔥 Vaziyatga mos tekstla👉 @hadiyabop

  • без подписи

  • без подписи

  • #otziv Yana bir baxtli oila❤️ Boxga buyurtma berish yoki namuna tekstlarni bepulga yozdirish uchun👉 @hadiyabop_menejer

  • 1️⃣Zulayho, sen hali juda yoshsan, oldingda hali eng chiroyli kunlar turibdi. Hayot ba’zan insonni sinaydi, lekin sening qalbing kuchli ekanini bilaman. Bir kun charchab qolsang ham, o‘zingni yolg‘iz his qilma — yoningda men borman. Eng muhimi, Allohdan umidingni uzma, har bir qiyinchilikning ortida yengillik yashirin bo‘ladi. Seni doim baxtli ko‘rishni istayman. 2️⃣Zulayho, sening ko‘ngling juda nozik, shu sabab ba’zi gaplarni yuragingga yaqin olasan. Lekin hayot hali endi boshlanyapti, oldinda bizni juda ko‘p quvonchlar kutib turibdi. Biror muammo chiqsa, darrov siqilib ketma, duo qil va Allohdan yo‘l so‘ra. Ishon, sen hali eng go‘zal baxtlarni yashaydigan qizsan. Men esa o‘sha kunlarda yoningda bo‘lishni xohlayman. 3️⃣Zulayho, ba’zan odam yosh paytida hamma narsani birdaniga hal qilish kerakdek o‘ylaydi. Aslida esa hayot sabr bilan chiroyli bo‘ladi. Bugun qiyin tuyulgan narsalar ertaga oddiy xotiraga aylanadi. Sen faqat qalbingni sindirma va Allohga suyan. Chunki sen hali eng baxtli kunlaringni yashab ulgurmagansan. 4️⃣Zulayho, sening kulishingni ko‘rsam, kelajagimiz yanada chiroyli bo‘lishiga ishonaman. Hali biz birga ko‘radigan orzular, yetadigan manzillar juda ko‘p. Shuning uchun kichik sinovlar seni hafa qilmasin. Har safar iching siqilganda, Allohga dardingni ayt va duo qil. Men esa doim seni qo‘llab turadigan inson bo‘lishni xohlayman. 5️⃣Zulayho, sen endi hayotning eng go‘zal fasliga kirib boryapsan. Oldinda seni kuldiradigan kunlar ham, sabr o‘rgatadigan sinovlar ham bo‘ladi. Lekin bir narsani unutma: Alloh suygan bandasini hech qachon tashlab qo‘ymaydi. Sen faqat duo bilan yur va qalbingni qoraytirib qo‘yma. Chunki sen baxt uchun yaratilgandek qizsan. 6️⃣Zulayho, men sening qalbingdagi orzularni his qilaman. Balki hozir hammasi mukammal emasdir, lekin hali bizning eng yaxshi kunlarimiz oldinda. Sen qiyinchilikdan qo‘rqma, u seni yanada kuchli qiladi. Har safar ko‘ngling og‘risa, Allohdan yordam so‘ra va sabr qil. Men esa seni har holingda sevishda davom etaman. 7️⃣Zulayho, hali yoshmiz deb ba’zan hayotga yengil qaraymiz, lekin aynan shu yoshda qalb eng ko‘p sinarkan. Shunday paytlarda o‘zingni yo‘qotib qo‘yma. Har bir muammoning yechimi borligini unutma. Duo qil, sabr qil, chunki seni hali juda chiroyli taqdir kutyapti. Men esa sening tabassuming hech qachon so‘nmasligini istayman. 8️⃣Zulayho, sen bilan hali juda ko‘p baxtli xotiralar yig‘amiz. Balki hozir ayrim narsalar seni o‘ylantirar, lekin vaqt hammasini joyiga qo‘yadi. Faqat yuragingni g‘am bilan to‘ldirma. Allohga ishongan odam hech qachon yutqazmaydi. Sen hali eng chiroyli hayotni yashashga loyiq qizsan. 9️⃣Zulayho, hali yoshmiz, oldinda bizni juda katta va chiroyli hayot kutib turibdi. Bir kuni uyimizda mitti oyoqchalarning yugurib yurishi ham nasib qiladi inshaalloh. Men sening qalbingdagi mehrni ko‘rib, yaxshi ona bo‘lishingga juda ishonaman. Sen farzandlarga nafaqat ona, balki eng yaqin do‘st ham bo‘la oladigan ayolsan. Alloh bizga ham o‘sha baxtni yozsin 1️⃣0️⃣Zulayho, men seni kelajakda farzandlarimizni bag‘ringga bosib turgan holingda tasavvur qilaman. O‘shanda uyimizdagi eng katta baxt sening kulging bo‘ladi. Sen hali yosh bo‘lsang ham, qalbingdagi mehr juda katta. Shuning uchun men sendan juda yaxshi ona chiqishiga ishonaman. Alloh esa sabr qilgan va duo qilgan bandalarini bir kun albatta xursand qiladi. Agat tekstlar yoqqan bo’lsa bitta ❤️ Boxga buyurtma berish uchun: @hadiyabop_menejer

  • #Vaziyat to’liq videoda tushintirdim👆🏻 Mijozimiz ayollariga olyaptilar boxni❤️‍🔥 Vaziyatga mos tekstla👉 @hadiyabop

  • без подписи

  • #otziv Hamd🥹 Yarashib ketishibdi, ayolga ko’p narsa kerak emas, unga mehr, e’tibor kerak!❤️ Agar siz ham ayolingizga mana shunday unikal sovg’a qidiryapgan bo’lsangiz, hoziroq bizga murojaat qiling Boxga buyurtma berish uchun👉 @hadiyabop_menejer

  • без подписи