Hasankhoja Muhammad Sodiq
описание
Ustoz. Rahbar. Ota. 17 yil ta’limda, 4 yil boshqaruvda, 12 yil tarbiyada. Sinf, maktab va uy — real tajriba maydonim. Ta’lim, boshqaruv, tarbiya haqida yozaman. Kitoblar, xatolar, suhbatlar, real keyslar. P.s. Professional xatokor.
5 803
подписчиков
Охват к подписчикам
50,9%
ERR
Реакции к просмотрам
1,42%
1 016 на 24 постов
Пересылки к просмотрам
1,13%
810
Постов в день
0,3
всего 25
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 30 июл.Siz: - turmush qurishdan oldin oilali hayotni to‘liq tushuna olmaysiz. - tadbirkorlikni boshlashdan oldin biznes egasi bo‘lish qandayligini bilmaysiz. - ota yoki ona bo‘lishdan oldin farzand tarbiyalashni to‘liq his qila olmaysiz. - rahbar bo‘lishdan oldin rahbarlikning haqiqiy mas'uliyatini anglay olmaysiz. Chunki ayrim xulosalarni kitob emas, faqat tajriba beradi. Qaytaraman: faqat tajriba beradigan xos ilmlar bor4,70%
- 1 авг.Farzandingiz bilan munosabatingizni o’lchaydigan bitta savol. Farzandingiz sizga tushlarini aytib beradimi? Ba’zan shu bitta savolning javobi, yuzlab savollardan ko’proq narsani bildiradi. Agar aytsa, demak u sizga murojaat qilyapti. U sizni tinglaydigan inson deb biladi. U sizni tushunadigan inson deb o’ylaydi. Hatto o’ziga mantiqsiz tuyulgan narsalarni ham siz bilan bemalol ulasha oladi. Agar aytmasa, sizga signal bo'lsin...2,84%
- 24 июл.Maktab egasi bo'lgan tanishim bor - o'z sohasida eng yaxshilardan biri. Undan sirini so'radim Javobi oddiy edi: "Har yili bitta boshqaruv kitobini o'qiyman. Xolos." - Hammaga bu kam tuyuladi, lekin sir shu - Ko'pchilik direktor lavozimga o'tirgach kitob ochmaydi - U esa - yiliga bittasini o'qiydi. Va bu uni boshqalardan ustun qo'yadi Sir murakkab emas. Sir - intizom. Boshqalar to'xtaganda davom etish - farq shu yerda boshlanadi. Bitta kitob. Sohangizga oid. Yiliga bir marta. Va siz allaqachon ko'pchilik CEO lardan ustunsiz.2,83%
- 3 авг.Yap-yangi kampusimiz deyarli tayyor 😍 Sodiq school Istirohat kampusi qurilishining 90% ishlari yakunlandi. 😎 Videoda bo’lajak kampusimizning qanday barpo etilayotganini o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. O’quvchilarning qulayligi uchun loyihalashtirilgan sinfxonalar, sport maydonlari va har bir detal puxta o’ylangan zamonaviy ta’lim muhiti. 👀 Farzandingizni ushbu kampusimizda o’qitmoqchimisiz? 20-avgustdan so’ng ota-onalar uchun to’liq ochiladi. Lekin ungacha joylar to’lib qolishi mumkin. ⏪️Shu sabab farzandingiz stulini tezroq band qilib qo’ying. Buni boshqa filiallarimizga tashrif buyurib ham amalga oshiringiz mumkin! ⏩️ 🚀 Sodiq School — biz ilmga sodiqmiz, biz sizga sodiqmiz! Bog’lanish uchun: ☎️ 788888080 Bizni tarmoqlarda kuzatib boring Telegram | Instagram | Facebook | YouTube2,68%
- 17 июл.Xotirjam bo'lish - beparvolik emas. Tashvishlanish - g'amxo'rlik emas. Ko'p tashvishlanish sizni ko'proq mas'ul qilmaydi. - Uxlamay tashvishlanish - ishni oldinga bermaydi - Doim xavotirda yurish - natijani yaxshilamaydi - Ich-ichdan kuyish - g'amxo'rlikning isboti emas Siz xotirjam bo'lib ham, sodiq bo'lishingiz mumkin. Tinch bo'lib ham, mas'uliyatli bo'lishingiz mumkin. Tashvish - his-tuyg'u. Sodiqlik - harakat. Ularni aralashtirmang.2,51%
- 20 июл.Hayotdagi eng murakkab muvozanat - ehtiyotkor va jasur bo'lish. Bir vaqtning o'zida. Ehtiyotkor - ahmoqona xatolardan qochish uchun. Charchab qolmaslik uchun. Xavfsizlik chegarasini saqlash uchun. Jasur - o'zingizga ishonch qo'yish uchun. Qilmasangiz afsuslanadigan ishlarni qilish uchun. Qisqa muddatda noqulaylikka chidash uchun - uzoq muddatda o'sish uchun. - Faqat ehtiyotkor bo'lsangiz - hech qachon sakramaysiz - Faqat jasur bo'lsangiz - tez kuyib qolasiz - Ikkalasi birga bo'lsagina - haqiqiy o'sish boshlanadi Ehtiyotkorlik sizni himoya qiladi. Jasorat sizni oldinga olib boradi. Ikkalasini birga tuting - va hayot sizni kutmagan joyga olib boradi.2,34%
- 28 янв. 2025 г.без подписи2,11%
- 27 июл.Erkakning eng katta jangi tashqarida kechmaydi. Uning ichida kechadi. Bir tomonda o'z xohishi. Ikkinchi tomonda esa yaqinlarining xohishi. U aynan shu ikki olov orasida qoladi. Yaqinlarimiz qanchalik aziz bo'lmasin, ular ham inson. Ba'zan hissiyot bilan qaror qiladi. Ba'zan adashadi. Ba'zan vaziyatni to'liq ko'ra olmaydi. Shunday paytda erkak nima qiladi? "Bu safar adashyapsiz", deydimi? Ko'p hollarda yo'q. Chunki u yaqinini xafa qilishni istamaydi. Shuning uchun sukutni tanlaydi. Shikoyat qilmaydi. Ayblamaydi. Faqat ichiga yutadi. "Bugun bormay qo'ya qolinglar." "Buni keyin qilasizlar." "Shunday qilganingiz ma'qul." Bu gaplar ko'pincha mehrdan tug'iladi. Lekin me'yoridan oshgan mehrning boshqa nomi nazoratdir. Nazorat ostidagi erkak esa o'zini baxtsiz his qila boshlaydi, Shu paytdan boshlab halovat asta sekin kamayishni boshlaydi. Eng oddiy istak ham izoh yoki rozilik talab qiladigan masalaga aylansa, erkak o'z uyida erkin emasligini his qiladi. U buni hech kimga aytmaydi. Na onasiga. Na ayoliga. Na do'stiga. Har bir aytilmagan e'tiroz qalbida qoladi. Har bir yutilgan og'riq ichida yig'iladi. Sukut erkakni bir kunda sindirmaydi. U tomchilab ishlaydi. Yildan yilga. Avval ko'zidagi chaqnash so'nadi. Keyin uydagi suhbati kamayadi. Keyin esa orzulari ham sukutga cho'kadi. Tashqaridan qaraganda esa hammasi joyida. U ishlaydi. Mas'uliyatini bajaradi. Kuladi. Hech kim hech narsani sezmaydi. Lekin tili sukut saqlagan joyda qalbi sukut saqlamaydi. Chunki inson halovatsiz yashay olmaydi. Qalb baribir halovat izlaydi. Agar uni o'z uyida topa olmasa, uni boshqa joydan izlay boshlaydi. O'sha yo'llar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi. Ammo ko'p xatolar yomon niyatdan emas. Uzoq vaqt davom etgan halovatsizlikdan boshlanadi. Ko'pchilik faqat oxirgi qarorni ko'radi. Lekin o'sha qarorning ortida yillar davomida aytilmagan e'tirozlar, ichga yutilgan dard va tomchilab so'ngan halovat yotganini ko'rmaydi.1,95%
- 18 июл.Ajoyib statistika o'qib qoldim: AQSH Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oliy taʼlim bitiruvchilarining atigi 27 foizi oʻz sohalari boʻyicha faoliyat yuritishar ekan. Uyda qolib bola parvarishi bilan band boʻlganlarning 29 foizini oliy maʼlumotlilar tashkil etar ekan. Ularning deyarli hech biri oʻqiganliklaridan afsuslanishmaydi, albatta. Ammo shuni ham aytib oʻtish kerakki, 30 yoshlardagi endigina ota yoki ona boʻlish sharafiga muyassar boʻlgan kishi kelajakdagi rejalari haqida uning oʻzi oʻn sakkiz yoshida boʻlganida hatto tasavvur qilolmaydigan turfa yoʻsinda fikr yuritar ekan.1,73%
- 24 июл.Ta'limni isloh qilishni ilk bosqichi haqida Aholi soni maktablar soniga nisbatan juda tez oshgan 1991–2023 yillar oralig‘ida: Aholi soni ~78.6% ga oshgan Maktablar soni faqat ~25.6% ga oshgan Bu shuni anglatadi: Har bir maktabga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni ortmoqda, bu esa haddan tashqari gavjumlik (perenapolnennost) va sifat pasayishiga olib keladi. 2. Ta’lim tizimi infratuzilmasi demografik portlashga tayyor emas Maktablar soni aholining o‘sish sur’atiga yetisha olmayapti. Ayniqsa, qishloq joylarda maktablar yetishmasligi yoki eski maktab binolari dolzarb muammoga aylangan. 3. Maktab sifati va soni orasida bog‘liqlik bor Aholi soni o‘sib borayotgan bir paytda maktab yetarli bo‘lmasa: O‘qituvchi boshiga o‘quvchi ortadi Sifatli darsga vaqt kam bo‘ladi Bolalarning individual ehtiyojlari ko‘zdan qochadi 4. Kelajakda bu tendensiya kuchaysa – salbiy oqibatlar yuz beradi Universitetga kirishdagi raqobat ortadi Shaxsiy rivojlanishga e’tibor kamayadi Repetitorlik va shaxsiy maktablar bozori haddan tashqari kuchayadi Ijtimoiy tengsizlik kuchayadi (puling bo‘lsa o‘qiysan, bo‘lmasa – yo‘q) Strategik tavsiyalar (amaliy yechimlar): 1. Har yili barpo etiladigan maktablar sonini 2 baravar oshirish – Hozir yillik o‘sish 150–200 ta atrofida. Bu kamida 300–400 taga chiqishi kerak. 2. Bo‘sh turgan binolarni ta’mirlab, maktablarga aylantirish – Tez va byudjetga nisbatan arzonroq yechim 3. Shaxsiy maktablar (nodavlat sektor)ni qo‘llab-quvvatlash – Davlat yetolmagan joylarda xususiy sektorni rag‘batlantirish tezlikni oshiradi 4. O‘qituvchilar soni va sifati bo‘yicha favqulodda chora-tadbirlar – Ko‘plab yangi maktablar ochilsa ham, ularni sifatli o‘qituvchilar bilan ta’minlash uchun reja zarur Xulosa: "Agar biz 1991 yildagi infratuzilma bilan 2025 yildagi aholi sonini o‘qitmoqchi bo‘lsak — sifatli ta’lim emas, qog‘ozdagi statistika olamiz." Haqiqiy islohot – bu maktablar soni va sifati o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdan boshlanadi.1,44%
- 22 июл.Muvaffaqiyat haqidagi 5 ta xato ishonch Ali Tamaseb 30 000 dan ortiq startapni o'rganadi. Milliard dollarlik kompaniyalarni tahlil qiladi. Natijalarni "Super Founders" kitobida chop etdi. Ma'lumotlar biz ishongan ko'p narsani rad etdi. 1. "Asoschi yosh bo'lishi kerak" Noto'g'ri. Milliard dollarlik kompaniya asoschilarining o'rtacha yoshi 34. Ko'plari 40 va undan katta yoshda boshlagan. Zuckerberg istisno, qoida emas. 2. Nufuzli diplom kerak Haqiqat: oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi yirik kompaniya qurgan. Diplom emas, ish hal qiladi. 3. "O'qishni tashlaganlar muvaffaqiyatli bo'ladi" Noto'g'ri. Aksariyati oliy ma'lumotli. Lekin muhim jihati: universitet nufuzi ham hal qiluvchi omil emas. Oddiy universitet bitiruvchilari ham Stanford bitiruvchilari kabi unicorn qurgan. 4. "Sohada tajriba shart" Noto'g'ri. Asoschilarning yarmidan ko'pi o'zi kirgan sohada umuman ishlamagan. Tashqaridan kelgan odam sohani yangicha ko'radi. 5. "G'oya original bo'lishi kerak" Noto'g'ri. Ko'p unicornlar mavjud g'oyani yaxshiroq bajargan. Google birinchi qidiruv tizimi emas edi. Facebook birinchi ijtimoiy tarmoq emas edi. Ijro g'oyadan muhim. 6."Xato qilmaslik kerak" Haqiqat: bu eng muhim topilma. Avval kompaniya qurib, muvaffaqiyatsiz bo'lgan odam keyingisida yutish ehtimoli bir necha barobar yuqori. Xato to'siq emas. Xato tajriba 7. "Raqobatsiz bozor tanlash kerak" Noto'g'ri. Aksariyat unicornlar kuchli raqobatli bozorga kirgan. Raqobat bor joyda talab ham bor. Muhimi - mahsulot mavjudlaridan sezilarli yaxshi bo'lishi. 8. "Yolg'iz asoschi omadsiz bo'ladi" Noto'g'ri. Unicornlarning sezilarli qismi yolg'iz asoschi tomonidan qurilgan. Hammuassislar soni muvaffaqiyatga ta'sir qilmaydi. Muvaffaqiyatni yosh, diplom yoki tug'ma iste'dod belgilamaydi. Uni qilish, xato qilish va qayta qilish belgilaydi. Muvaffaqiyatni eng katta ta'sir qiluvchi omil: avval kompaniya qurgan bo'lishi. Hatto o'sha kompaniya muvaffaqiyatsiz bo'lsa ham. Avval startap qurgan odam ikkinchisida unicorn yaratish ehtimoli bir necha barobar yuqori bo'ladi. Tajriba diplomdan, yoshdan, sohadan kuchli hisoblanadi. Farzandingiz xato qilsa, uni to'xtatmang. U hozir eng qimmat darsni olmoqda. "Super Founders" kitobidan olgan xulosalarim1,43%
- 8 янв.без подписи1,41%