Ibnu Obid
Статистика🧠 Fikrlar. Savollar. Kuzatishlar. 📝 Shaxsiy blog — har xil mavzular. 🎯 Sifatga e’tibor, soddalikka intilish.
- Последний пост
- 24 мар.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
– Qanday qizga uylanay? – Yuragingni joyidan koʻchira olgan qizga. Uylanish arafasida qiz qidirasan, bu tabiiy. Odamlardan maslahat soʻraysan, izlaysan, topilganini surishtirasan. Yaxshi qiz boʻlsa, deysan. Lekin yaxshi qiz boʻlgan taqdirda ham yuraging uni koʻrganda qimirlab ketsin. Sev. Koʻzinimi, qoshinimi, yuzinimi, kulishinimi, qay jihatini boʻlsa ham sev. Chunki har qancha yaxshi boʻlmasin, baribir inson zoti xatokordir. Ozmi, koʻpmi xato bor hammada. U xatolarni yashab koʻrgach anglaysan. Ana oʻsha yashash asnosida koʻzga koʻringan xatolarga koʻz yumish uchun ham sevish kerak. Aks holda, kichik xatolar, balki, ziynatlar ham katta xato boʻlib koʻrinaveradi… @fayziy_uz
Iymon ne’matidan so‘ng mo‘min bandaga serfarzand, yuzidan muhabbat balqib turuvchi, go‘zal xulqli ayoldan ko‘ra yaxshiroq ne’mat berilmagan. Umar ibn Xattob rodiyallohu anhu @fayziy_uz
Ramazon hayiti muborak! Sizlarni Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh uni bizga va sizlarga yana yaxshiliklar bilan qaytarsin. Alloh bayramlaringizni sevgan insonlaringiz bilan yaqinlikda davomli qilsin. Alloh ro‘za va ibodatlaringizni qabul qilsin. @fayziy_uz
Hayit - degani bayram degani. I’yd - degani qayta qaytib keladigan kun degan soʻz. Yil sayin keladi, roʻza hayit, qurbon hayit. Hayit kuni shunchalik bayram boʻlish kerak, roʻza tutsang harom boʻladi. Hayit kuni yeyish kerak, yeydigan kun, yeb yorilib ketsang savob boʻladi😆🤣 @fayziy_uz
Erkak erkaklik ma’nosini, qizini turmushga berganda anglaydi. @fayziy_uz
ALVIDO Alvido, ey mohi rahmat, shahri gʻufron, alvido! Aylading azmi safar, boʻlduk parishon, alvido! Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido! Boisi savmu solotu xatmi Qurʼon, alvido! Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido! Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk, Ham salotu xatmi Qurʼoning bilan xursand eduk, Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk, San oto maʼnidakim, bizlar sanga farzand eduk, Tifl yangligʻ aylading bizlarni giryon, alvido! Hurmatingdin kecha-yu kunduz duo erdi qabul, Hamdi Alloh, bizga boʻldung xosi merosi Rasul, Kelganingga shod etib, ketgoninga qilding malul, Gar ato azmi safar qilsa, qolur yigʻlab oʻgʻul, Tez kel, bizlarni qilgin shodu xandon, alvido! Shomdin ilgori amr aylar malaklarga Gʻafur: “Bir qarang bandamgʻa, taʼom oldida, obi tahur, Biym etib Mandin, yemaykim, intizori shom erur, Ham taʼomu obin ustiga toʻkunglar pok nur, Afv qildim qancha qilgan ersa isyon”, alvido! Bir ajab mahsan – hama mahlar aro qurbing azim, Kim sani eʼzoz qilsa, Hashrda bexavf-u biym, Hurmatingdin jannat ichra boʻldi hurlar koʻhlikim, Sohibi iftor erur Mahsharda ozodi jahim, Qaysi moh san kabi sohib xayru ehson, alvido?! Hurmatingdin gʻarqi nur erdi bu jismu jonimiz, Ravshan erdi xatmi Qurʼoning bilan iymonimiz, Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz, Alvido, ey rahmati Haq, koʻp erur nuqsonimiz, Jurmi isyonimni qil – Haq soʻrsa – pinhon, alvido! Lagʻv qilib erdim, ketib qilsang mani oshufta hol, Garchi badman, yaxshi arz et soʻrsa gar Vojib Taʼol, Umrga yoʻq eʼtimodim to keluncha yangi sol, Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zuljalol, Ey mahi farxundayi nuri shabiston, alvido! Kim saning boringda behad erdi ehsonu savob, Emdi xush ket, to keluncha boʻldi ahvolim xarob, Kim sani eʼzoz etar, jannat egasi – behisob, Xatm qildim arzimi, vallohu aʼlam bis-savob, Mashrabingdin rozi boʻl, ey yaxshi mehmon, alvido! BOBORAHIM MASHRAB (rahmatullohi alayh) @fayziy_uz
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam tuyadan yiqilib tushdilar. U zot bilan birga Safiyya onamiz ham yiqildilar. Hadisda kelishicha, birorta odam u zotga ham, onamizga ham qaramagan. Qo‘shinning hammasi ko‘zini tiygandi. Bu Muhammadiy tarbiya samarasi edi. @fayziy_uz
كان لرجلٍ مسنٍّ ابنٌ حصل على درجة الدكتوراه في الفلسفة. وفي أحد الأيام، جلس الأب مع ابنه الدكتور على مائدة الغداء. ودار بين الأب المسن وابنه هذا الحوار: قال الأب: – يا بُنيّ، في أيّ شيءٍ أنت دكتور؟ هل تُعالِج الناس؟ قال الابن: – لا يا أبي، أنا دكتور في علم الفلسفة. قال الأب: – وما هي الفلسفة؟ قال الابن: – انظر يا أبي، أمامنا الآن صحنٌ من الأرز، وفوقه دجاجةٌ واحدة، أليس كذلك؟ قال الأب: – نعم، هذا صحيح. قال الابن: – أنا أستطيع بعلم الفلسفة أن أُقنعك بأن على هذا الأرز دجاجتين وليس واحدة! قال الأب: – ما شاء الله! لقد صدّقتك من الآن. ثم مدّ الأب يده، وأخذ الدجاجة الموجودة في الصحن، ووضعها أمامه، ثم نظر إلى ابنه الفيلسوف وقال: – أنا سأأكل هذه الدجاجة، وأنت كُلْ الدجاجة الثانية…
🤓☕️
без подписи
Har yili open budjetga ovoz berishim uchungina meni eslaydigan ogʻaynilarim bor. @IbnuObid
Sahobai kiromlar “Jonim sizga qurbon boʻlsin”, derdilar. U kishi uchun jon berishga ham tayyor edilar. Biz kunda qancha sunnatlarini tark qilamiz. Davoimiz esa muhabbat. @IbnuObid
Uch oʻrinda uch narsani soʻrama: 1. Quchqorlar toʻla qoʻradan qoʻzichoq soʻrama 2. Xoʻrozlar toʻla xatakdan tuxum soʻrama 3. Oʻqimagan abituriyentlardan balini soʻrama)) @IbnuObid
Yaxshisini topishdan koʻra, yaxshisiga munosib boʻlish qiyin. @IbnuObid
Ajablanarli. Hayratlanarliki, ikki koʻzni bergan Zotni koʻrmaydi, deb oʻylashlik, bilgan ishni qilishlik. @IbnuObid
Oʻylab qolamanda, bizdan 100 yil oldingi odamlar nimalar deb yashashgan?! Yigitlar dinni yetqazish uchun, faxsh ishlarning oldini olish uchun jonlarini berishgan. Ularning maqsadlari jannat edi. Yuz yilda barchasi shunday oʻzgardiki, faxsh oddiyhol boʻlib qoldi. Maqsadlar oʻzgardi. Xattoki, gunohni, ma’siyatni maqsad qilinadigan boʻldi. Fikr qilsam qoʻrqib ketaman. Hidoyat qoʻlida boʻlgan Zot barchamizni toʻgʻri maqsad sari hidoyat qilsin. @IbnuObid
Boshimga biror qiyinchilik kelsa, otamdan boshqa hammani holati hozircha ogʻir boʻlib qoladi. @IbnuObid
Demokratiya – tanlovdir. Insonlar demokratiyada hikmatni, iboni, hayoni ham tanlash huquqiga ega. Bizda negadir demokratiya desa bitta tanlovni tushunishadi. Sizga oʻz tanlovingiz, menga oʻz tanlovim. Mana shu haqiqiy demokratiya. #hikmat_istaganga @IbnuObid
Nyutonning oʻrnida boʻlganimda, yerning tortish kuchi qonunini olmadan emas, ertalab yostiqdan boshni koʻtarib olish qiyin ekanligidan ham bilib olardim. @IbnuObid
Sepi baquvatlarning qancha-qanchasi ajrashib ketganiga guvoh boʻldim. Epi baquvatlarning esa baxtli hayotiga. @IbnuObid