tgindex

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

описание

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

1 056
подписчиков
Охват к подписчикам
127,7%
ERR
Реакции к просмотрам
0,00%
0 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,89%
241
Постов в день
0,0
всего 20

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 3 июл.Ibn Arabiy "Fususul-hikam"da insonning yaratilish ierarxiyasini tushuntiradi. Uning fikricha: Alloh Odamni O‘z suratida (O‘z sifatlarining ko‘zgusi sifatida) yaratdi. Ayol (Havvo) esa Olamlar Parvardigori tomonidan Odam Atoning o‘zidan (uning vujudidan) ajratib olindi. Erkak kishi ayolga intiladi, chunki ayol uning bir qismidir. Har bir narsa o‘z asliga, o‘zidan ajralgan bo‘lakka talpinadi. Erkak kishi ayolni sevganda, go‘yo o‘zining bir bo‘lagini sevgan bo‘ladi. Ayol esa erkakka intiladi, chunki erkak u uchun vatan (kelib chiqish joyi) kabidir. @iffatliqalb0,00%
  • 4 маяShu paytgacha yorimni kiyimlarini bir dunyo mehr bilan, hidlab-hidlab, har bir chizig'igacha tekislab taxlardim. O‘zimnikiga kelganda esa... qandoq bo'lsa shundoq joyiga qo'yib qo'yardim. Go'yo o'zimga mehr berishga vaqtim hayfdek, o'zim unchalik muhim emasdek. Yorim ishdan kelganida ham kiyimlarini chiroyli qilib joyiga qo'yardim. Shunga ularniki tartibli turardi. O'zimniki esa (hamma bildi qanaqa)😂 Yaqinda shkafimni tartiblab o'zimning kiyimlarimni ro'mollarimni, ko'ftalarimni xuddi birovnikidek emas, o'zimniki deb, mehr bilan sekiiin tahladim. Xidladim, siladim. Shu lahzada o'zimni shunaqa qadrli his qildimki, tushuntirish qiyin, ko'zim ochilib ketgandek bo'ldi. Shu paytgacha o'zimni tanam kiyadigan kiyimlarga, sochlarimga parda bo'lgan ro'mollarimga bunaqa mehr va ehtiyotkorlik bilan qaramagan ekanman... Biz ayollar shunaqamiz: hamma mehrimizni, borimizni so'ramasa ham birovlarga tutqazamiz. O'zimizni esa oxirgi navbatga, shkafning eng chekkasiga surib qo'yamiz. Keyin o'sha "birovlar" bizga biz kutgan mehrni qaytarmasa, dunyo qorong'u bo'lib siqilamiz. Aslida hamma narsa mana shu shkafning ichidan boshlanishi kerak ekan. @iffatliqalb0,00%
  • 26 апр.Bilasanmi, inson qachon o'zini juda charchagan his qiladi. Eng ko'p gaplashishni xohlagan odami, gapirsa ham uni hech qachon tushunmasligini, sukut saqlashdan boshqa chorasi qolmaganini anglab yetganida @iffatliqalb0,00%
  • 25 апр.Ayolingizga, Uni "yengish" yoki "urish" yoki unga nimanidir "isbotlash" kerak bo‘lgan erkakdek qarashni bas qilib, shunchaki bag‘riga bosib, yumshoqlik bilan tushuntirish va tushunish kerak bo‘lgan "mittigina ojiza qizcha" deb qarashni boshlagan kuningiz muammolar barham topadi... @iffatliqalb0,00%
  • 11 апр.без подписи0,00%
  • 8 апр.без подписи0,00%
  • 3 апр.Bolaligimda musiqani baland qo‘yib, soatlab raqsga tushardim. O‘zimga o‘zim mahliyo bo‘lib, borliqni unutib o‘ynardim. Bu shunchaki tana harakati emas, bu ruhimning erkinlik bayrami edi. Turmushga chiqqan birinchi yillarimda ham, bu sho‘xligim onda-sonda bo‘lsa-da, takrorlanib turardi... Yaqinda charchoqlarni chiqarish, biroz nafas olish uchun qizimni uxlatdim-da, musiqa qo‘ydim. Va... o'zim uchun yangilik bo'lgan, men uchun "daxshatli" bo'lgan bir haqiqatga duch keldim: Men raqsga tushishni unutibman. vujudim musiqaga ergashishni rad etdi, qanday harakat qilishni bilmadi. Tomog‘imga achchiq bir narsa tiqildi, yig‘lagim keldi. Bu hamma uchun oddiy narsadir balki, lekin men uchun shunchaki raqsni unutish emas edi. Bu ichki jozibani, quvnoqlikni, men tanigan Nargizani so‘nayotganidan darak beruvchi og‘riqli signaldek tuyuldi. Men o‘zimning Mohiyatimni o‘sha hayotning shirin mazasini totishni biladigan Nargizani yo‘qotib qo‘ygandekman. Aslida, ayollik jozibasi bu harakatdagi nurdir. Tasavvufda raqs borliq bilan uyg‘unlashish, ruhiy zavqning toshib chiqishi deb ko‘riladi. Ayol kishining o‘z xilvatida o‘ziga mahliyo bo‘lishi uning ichidagi hayotiy energiyaning jo‘shqinligidir. Men esa o‘sha "fitrat"imni vazifalar qabriga ko‘mib yuborganimni sezdim. Diniy va ruhiy tomondan ham "nafsning senda haqqi bor" degan hikmat bor. Biz faqat vazifalardan iborat emasmiz. Agar ayol o‘z ichidagi o‘sha "raqsga tushuvchi qizaloqni" o‘ldirsa, hayotining mazasi ham, jozibasi ham yo‘qolar ekan. Mohiyat hech qachon yo‘qolmaydi, u shunchaki dengiz tubidagi javohirdek chang bosib qolishi mumkin ekan. Raqs tana bilan emas, qalb bilan boshlanadi. Va men bugun o‘sha qizaloqning qo‘lidan tutib, unga qaytishga ruxsat berdim... ✨ @iffatliqalb0,00%
  • 30 мар.Oxirgi paytlar qilayotgan ishlarimdan, kunimdan lazzat olmayotganimni sezib qoldim. Hayot tezlashib ketgandek, men ham tezlashib ketibman. Hamma ishimni tez qilaman: ovqat qilsam ham tez-tez qilaman, yesam ham tez-tez yiyman, hattoki qizimni kolyaskada sayrga olib chiqsam ham huddi kimdir quvlayotgan yoki shoshilayotgandek tez yurarkanman. Qizim chaqaloqligidan shunga ko'nikibam qolgan😂sekinlashib qolsa qimirlab bezovta bo'ladi. Aslida, bunday bo'lmasligi kerak. Ayollarda bu xolat "тревожность"ni oshirib yuboradi, xotirjamligini yo'qotadi. Hozirlarda o'zimga eng ko'p qaytarayotgan gapim "sekinlash" bo'lyabdi... @iffatliqalb0,00%
  • 24 мар.Inson o‘zining nuqsonlari, amalga oshmagan orzulari va qo‘rquvlariga tik qarashga botinolmaganida, nigohini tashqariga qaratadi. Birovning hayotini "tahlil" qilish, bu o‘z vijdoningiz oldidagi hisobotdan vaqtincha qochishdir. Boshqani g'iybat orqali biz o‘zimizni sohta bo'lsa ham yuqoriroq his qilamiz, nafsimizga yengillik beramiz va o'zimizni yaxshiroq deb o'ylaymiz @iffatliqalb0,00%
  • 23 мар.Kunlarning birida men bir insonning hayotiga kirdim... Unga o'zi o'ylagandan-da ko'proq narsaga qodir ekanini isbotlash, o'z kuchiga ishonch bag'ishlash uchun. Hayotiga kirdim...unga eng yaqin suyanch, eng mustahkam tirgak bo'lish uchun. Qalbimning bor samimiyati va pok niyatlarimni unga hadya etish uchun. Mukammal emasman! Gohida qaysarligim tutadi, qayerdadir kamchiligim ham bor, ba'zan asabiga ham tegishim mumkin Lekin men... uning eng sodiq muxlisiman va unga butun borlig'im bilan ishonaman! Uning har bir kichik g'alabasini ham mendan ortiq bayram qiladigan odam yo'q men uni shunchaki yaxshi ko'rmayman men u bilan FAXRLANAMAN! @iffatliqalb0,00%
  • 18 мар.без подписи0,00%
  • 18 мар.🍃0,00%