Invest24 - Fond bozori va investitsiyalar
СтатистикаValyuta kotirovkalari, qimmatli qog'ozlar, investitsiya, moliyaviy yangiliklar haqidagi onlayn nashr. Invest24uz axborot berish bilan chegaralanadi, nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas www.invest24.uz Aloqa: info@invest24.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 385
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Экономика (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 700
- 1/48двое суток
- 802
- 1/72трое суток
- 865
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 Oʻzmetkombinat Kuzatuv kengashi har bir oddiy aksiya uchun 378,17 so‘m (bozor narxining 5,9 foiz) dividend to‘lashni tavsiya qildi. Imtiyozli aksiyalar boʻyicha esa har bir aksiya uchun 300 soʻmdan (bozor narxining 8,2 foiz) toʻlanishi kutilmoqda. Umumiy olganda, 2025-yilda kompaniya 284,1 mlrd soʻm sof foyda qilgan boʻlsa, shundan 79 foizi — yaʼni 224,5 mlrd soʻm — oddiy aksiyalar boʻyicha dividendga yoʻnaltirgan. Biroq, kompaniya qachon yillik aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazishni haligacha eʼlon qilmayapti. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
⚠️ “Trastbank” AJ oddiy va imtiyozli aksiyalari boʻyicha savdolar 14-avgust sanasidan boshlab regulyator tomonidan vaqtincha toʻxtatildi. Sababi — Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan kapitallashtirish (1:1 koeffitsientda) boʻyicha korporativ harakat amalga oshirilishi haqida bildirishnoma kelib tushgan. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
💎 Olmos narxlari 2011-yildagi eng yuqori choʻqqisiga nisbatan 70 foizga arzonladi. Agar orangizda olmos sotib olmoqchi boʻlgan investorlar boʻlsa, ushbu postni unga joʻnatib qoʻyishni unutmang. Yaqinda tank sotib olish boʻyicha ham xabar joylayman. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
📢 Reddit kompaniyasi aksiyalari 18-avgustdan boshlab S&P 500 indeksiga qoʻshilishi eʼlon qilindi. Oʻrin boʻyicha Reddit AvalonBay Communities aksiyasi joyini egallaydi. Ushbu xabardan soʻng, Reddit aksiyasi birja yopilgandan keyingi savdoda (after hours) 11 foizga oshdi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇿 Markaziy bank aholining kreditga oʻtirib qolayotganini “tashvishli holat” deb baholadi. “Asosiy xavotirimiz kreditlarning oʻzi oʻsayotganida emas, balki qarz yukining ortib borayotgani va aholining bu qarzni qaytarish qobiliyatida” — dedi MB raisining oʻrinbosari. 💰 Soʻnggi 6 yildagi qarzdorlik dinamikasi: — 2020-yil: 43,8 trln soʻm — 2021-yil: 58,7 trln soʻm — 2022-yil: 75,3 trln soʻm — 2023-yil: 113,9 trln soʻm — 2024-yil: 156,1 trln soʻm — 2025-yil: 231 trln soʻm Bu — aholi tomonidan isteʼmol maqsadida olingan kredit qarzdorligi hajmi. Agar tadbirkorlar va aholining banklar oldidagi umumiy qarzdorligini qoʻshib hisoblasak, koʻrsatkich 610,3 trln soʻmga yetadi. 👇 Ushbu umumiy qarzdorlikka siz qancha “hissa” qoʻshgansiz, izohlarda yozib qoldiring. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
💰 S&P 500 aksiyalar indeksi ilk bor $7,800 dollar chegarasidan oshib, yangi rekord oʻrnatdi. Bu indeks tarkibidagi 500 ta kompaniya aksiyalari umumiy bozor kapitallashuvi $70,8 trillion dollarga yetganini bildiradi. 📈 Ayniqsa, texnologiya sektoriga dori aksiyalarning 3/4 qismi (75 foizi) 200 kunlik oʻrtacha narx darajasidan (MA 200) yuqorida savdo qilinmoqda. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🔆 1975-yildan buyon quyosh panellarining har 1 vatt quvvatiga toʻgʻri keladigan narxi $128 dollardan bugungi kunda $0,26 dollargacha arzonlashdi. Ushbu global oʻrtacha narxda ($0,26/vatt) hisoblab koʻrsak: 5 kVt (5000 vatt) quvvatidagi tizim uchun faqat panellarning oʻziga $1 300 dollar sarflanadi (oʻrnatish xarajatlari va qoʻshimcha jihozlarsiz). 🇺🇿 Oʻzbekiston misolida esa: — Jismoniy shaxslarga tarmoqqa uzatilgan har 1 kVt/soat elektr energiyasi uchun davlat byudjetidan 1000 soʻm subsidiya toʻlanadi; — Oʻrtacha 5 kVt quvvatidagi panellar oyiga 600 kVt/soat ishlab chiqaradi; — Shu miqdorda, oyiga taxminan 500 000–600 000 soʻm miqdorida elektrni davlatga qaytarib “sotish” mumkin. 👇 Sizningcha, quyosh panellari barcha elektr energiyasini davlatga sotsangiz, qancha vaqtda oʻzini toʻliq qoplaydi? Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🐬 Trastbank oddiy aksiyalari bir hafta ichida 48 foiz oʻsish koʻrsatib, narxi 16 500 soʻmgacha koʻtarildi. Bank ustav kapitali oshirish uchun 1:1 nisbatda qoʻshimcha aksiyalar chiqarishini eʼlon qilishi investorlar qiziqishini uygʻotyotgan boʻlishi mumkin. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
10 yillik davlat obligatsiyalari daromadliligi va inflyatsiya (CPI) Investor uchun asosiy koʻrsatkich — bu nominal foiz emas, balki real daromadlilik: kupon stavkasidan joriy yillik CPI inflyatsiyasini ayirib tashlaganda hosil boʻladigan qiymat. 💰 Formulasi oddiy: Obligatsiya foizi − CPI inflyatsiya = Real daromadlilik. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇸 AQSh prezidenti boshqalardan ertaroq insider maʼlumotlarni olish imkonini beradigan “Truth API” xizmatini ishga tushirdi. Donald Trump 1-avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmogʻida Truth API xizmati ishga tushgani eʼlon qildi. Bu xizmat orqali treyderlar…
⚖ Kapital bozori toʻgʻrisidagi qonun loyihasi taqdim etildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Kapital bozori toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Unga koʻra, Oʻzbekistonda opsion, forvard, fyuchers va narx farqiga oid shartnomalarni (CFD) tuzish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, islom moliyasiga doir sukuk qimmatli qogʻozlarini joriy etish taklifi berilgan. Maʼlumot uchun, dunyo boʻyicha sukuk (islomiy obligatsiya) bozorining umumiy hajmi 1,3–1,5 trln dollarni tashkil etadi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
Oltin fyucherslari narxi bir oy ichida 14 foizga oʻsib, unsiya uchun $4 500 dollarlik darajaga yaqinlashib bormoqda. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇸 FedWatch Tool maʼlumotlariga koʻra, 16-sentyabrdagi FOMC yigʻilishida Fed foiz stavkasini joriy 3,50-3,75 foiz darajasida saqlab qolish ehtimolligi 52 foizni tashkil etmoqda. ⁉️ Nima uchun FOMC foiz stavkasini diapazon koʻrinishida belgilaydi? Bu FOMCʼning 2008-yildan beri qilib kelayotgan amaliyoti va bu orqali banklarning bir-biriga kunlik (overnight) kredit stavkasining quyi va yuqori chegarasini oʻrnatadi. Real bozor stavkasi esa shu ikki chegara orasida suzib yuradi — masalan, bir bank boshqa bankka qisqa muddatli kredit berayotganda, ular oʻrtasidagi stavka aynan shu FOMC diapazoni asosida shakllanadi, ammo ushbu kunlik kredit bozor omillariga qarab bir oz farq qilib turishi mumkin. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
CoreWeave kompaniyasi 2026-yil II chorak moliyaviy hisoboti 💰 Aksiya boshiga daromad (EPS): -$1,14 dollar zarar (kutilgan -$1,41 dollar) 💰 Daromad (Revenue): $2,58 mlrd dollar (kutilgan $2,56 mlrd dollar) — oʻtgan moliya yilining mos davriga nisbatan 112 foizlik oʻsish koʻrsatdi. Maʼlumot uchun, Nvidia kompaniyasi CoreWeaveʼda 47,21 million dona Class A aksiyalar ulushiga ega. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🐬 Trastbank qoʻshimcha aksiyalar emissiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi Trastbank aksiyadorlari 22-may kuni boʻlib oʻtgan yillik umumiy yigʻilishida bankning ustav kapitalini o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani kapitallashtirish hisobidan 1 trln soʻmga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan edi. Unga koʻra kapitalizatsiya 1:1 nisbatda amalga oshirilishi belgilangan — mavjud har bir aksiya uchun aksiyadorlarga yana bitta qoʻshimcha aksiya beriladi. Qoʻshimcha aksiyalarni taqsimlash uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish va ularni tarqatish tartibi bank Kuzatuv kengashining qarori bilan belgilanadi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
💼 S&P 500 indeksi va ish oʻrinlari oʻrtasidagi korrelyatsiyasi S&P 500 indeksi va ish oʻrinlari (Job Openings) oʻrtasida uzoq yillar davomida ijobiy korrelyatsiya kuzatilgan. Iqtisodiyot oʻsgan davrlarda ham aksiyalar bozori, ham ish oʻrinlari (vakansiyalar) soni birga oshib borgan. Xatto, 2008–2009-yillardagi moliyaviy inqiroz paytida esa ikkalasi ham keskin pasayganini yaqqol koʻrish mumkin. Biroq, 2022-yil noyabr oyidan boshlab bu korrelyatsiya ajrala boshladi. Aynan shu davrda OpenAI kompaniyasi oʻzining sunʼiy intellekti — ChatGPT’ni taqdim etgan edi. Bu esa kompaniyalarning aksiyalari oʻsishi uchun zarur boʻlgan daromad va foyda oʻsishiga erishishda avvalgidek koʻplab yangi xodim yollashga muhtoj emasligini koʻrsatadi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇿 Oʻzbekiston fond bozorining asosiy koʻrsatkichlari — Aksiyadorlik jamiyatlari emitentlar soni: 701 ta — Chiqarilgan aksiyalarning umumiy qiymati: 273,26 trln soʻm — Korporativ obligatsiyalar bozoridagi emitentlar soni: 39 ta — Ularning umumiy nominal qiymati: 7,78 trln soʻm. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
Asia Alliance Bank obligatsiya chiqaradi Asia Alliance Bank Kuzatuv Kengashi qarori bilan har biri nominal qiymatda 100 dollar boʻlgan, umumiy emissiya hajmi 20 mln dollarlik obligatsiyalar chiqaradi. Obligatsiyalar muddati 3 yil va investorlarga yillik daromadlilik 7 foiz hisoblanadi va kupon toʻlovi har chorakda amalga oshiriladi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇸 AQSh: Iyul oyi CPI (inflyatsiya) prognozlari Ertaga, 12-avgust kuni eʼlon qilinadigan AQSh isteʼmol tovarlar indeksi (CPI) koʻrsatkichi bir qator banklar tomonidan 3,4 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Umumiy CPI: — Oydan-oyga (m/m): 0,12 foiz — Yildan-yilga (y/y): 3,4 foiz. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate
🇺🇿 Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UZNIF): 2026-yil birinchi yarim yillik natijalari 2026-yilning birinchi yarmi yakunlariga koʻra, UZNIF daromadlarini keskin oshirib, 2,1 trln soʻm sof foyda qayd etdi. Olti oy davomida fond investitsiya portfelidagi aksiyalar qiymati 2,2 trln soʻmga oshdi — bu koʻrsatkich hali realizatsiya qilinmagan (unrealized) daromadni anglatadi. Portfeldagi eng katta oʻsish “Oʻzbektelekom” oddiy aksiyalarida kuzatildi — ularning qiymati qariyb 150 foizga oshgan. 💰 Shu bilan birga, investorlar uchun eng muhim koʻrsatkich — dividend daromadlari boʻlib qolmoqda. 2026-yilning birinchi yarmida fond 341 mlrd soʻm dividend oldi. Eslatib oʻtamiz, jamgʻarma 2026-yil birinchi choragini 417,4 mlrd soʻm zarar bilan yakunlagan edi. Bizni kuzatib boring !!! Telegram | Instagram | Website | Donate