Investds_uz
Статистика🗓 O'zbekiston va jahon moliya bozori to'g'risidagi axborot kanal! @Investds_ru - канал на русском языке Savollar bo'yicha: @davronbeksh27
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 42
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 391
- 1/48двое суток
- 448
- 1/72трое суток
- 483
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
YouTube kanalimizda tez orada investitsiya bo’yicha videolar joylashni boshlaymiz, ungacha esa sizlarga bir nechta savol bor: 1. Fond bozorida savdo qilishdan sizni nima to’xtatib turipti? 2. Fond bozorida savdo qilishda qanday qiyinchiliklarga duch kelyapsizlar?…
🔹 Youtube kanalimizga aktivni qaytarib, fond bozoriga sarmoya kiritish bo’yicha 0 dan video darslik qilishimizni xohlaysizmi? Barchaga ochiq va bepul bo’ladi, sizlardan esa faqatgina bizni YouTube kanalimizga obuna bo’lish va videolarimizni qo’llab-quvvatlashingizni…
Ushbu savolga qaytsak! Xozirgi narxlarda bir nechta aksiya uzoq muddatda yaxshi daromad keltirishi mumkin deb hisoblayman. Bular: IPTB UZMK KVTS ALKB UZNF Aynan shu kompaniyalar barqaror rivojlanishini kutmoqdaman va natijada aksiyalar narxi ham o’sadi deb o’ylayman. Albatta bu hammasi shaxsiy fikr. #IPTB #UZMK #KVTS #ALKB #UZNF @Investds_uz
🔹 Youtube kanalimizga aktivni qaytarib, fond bozoriga sarmoya kiritish bo’yicha 0 dan video darslik qilishimizni xohlaysizmi? Barchaga ochiq va bepul bo’ladi, sizlardan esa faqatgina bizni YouTube kanalimizga obuna bo’lish va videolarimizni qo’llab-quvvatlashingizni so’raymiz. Izohlarda o’z fikringizni yozib qoldirishingiz mumkin. @Investds_uz
без подписи
Hamkorbank aksiyalari kunlik 16% o’sish ko’rsatmoqda. #HMKB @Investds_uz
Uztelecom 2026-yilning dastlabki 6 oyi yakunlariga ko‘ra 896 mlrd so‘m sof foyda qayd etdi va bozor bu natijaga darhol ijobiy reaksiya bildirdi. Moliyaviy hisobot e’lon qilinishidan avval kompaniya aksiyalari taxminan 6 200 so‘m atrofida savdo qilinayotgan edi. Hisobot e’lon qilingach esa investorlar faollashdi va natijada aksiya narxi 7 000 so‘mdan yuqori darajaga ko‘tarildi. #UZTL @Investds_uz
Uztelecom Kuzatuv kengashi oddiy aksiyalar bo‘yicha 372,57 so‘m dividend tavsiya qildi Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha esa o’zgarishsiz, har bir aksiya uchun 288,5 so‘m dividend tavsiya etildi. #UZTL #UZTLP @Investds_uz
UzNIF portfelidagi aksiyalar qanchalik jozibador? O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi (UzNIF) IPO arizalarini qabul qilish yakuniga atigi bir hafta qoldi. Shu sababli fond portfelidagi aksiyalarni batafsilroq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Hozirda fond…
Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi — portfel uchun imkoniyatmi yoki yuk? Oxirgi yillarda Chilonzor Buyum Savdo Kompleksi aksiyalari Toshkent Respublika fond birjasida investorlar e’tiborini tortayotgan aksiyalardan biriga aylandi. Buning asosiy sabablaridan biri — kompaniya sof foydasining 50% qismini dividend sifatida taqsimlayotganidir. Hozirgi kunda aksiya narxi taxminan 3 so‘m atrofida savdo qilinmoqda. Yaqinda kompaniya 1+1 kapitalizatsiyasi orqali ustav kapitalini oshirdi va bu aksiyadorlarga qo‘shimcha 100% daromad olish imkoniyatini berdi. Shaxsiy fikrimcha, ayni paytda bu aksiya unchalik jozibador ko‘rinmayapti. Kompaniyaning biznes-rejasidan kelib chiqib, keyingi yil taxminan 0.3 so‘m dividend kutyapman. Bu esa hozirgi narxda taxminan 10% dividend daromadliligini beradi. Agar aksiya narxi dividend davriga yaqin 3.5 so‘mgacha ko‘tarilsa, umumiy daromadlilik 16–17% atrofida bo‘lishi mumkin. Lekin meni o‘ylantirayotgan asosiy jihat — kompaniya sof foydasining o‘sish sur’ati juda sekin ko‘rinayotgani. Hozirgi dinamikada dividendlar taxminan 0.3 → 0.34 → 0.37 kabi o‘sishi mumkin, chunki aksiyalar soni 2 baravarga ko’paydi. Ya’ni kompaniya stabil, ammo sekin o‘sayotgan aktiv taassurotini bermoqda. Menimcha, hattoki inflyatsiya sur’ati kompaniya dividendlarining o‘sishidan tezroq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu faqat mening shaxsiy fikrim va men adashayotgan bo‘lishim ham mumkin. Shunchaki hozircha bu aksiya men uchun eng ustuvor tanlov emas. Agar narx 2.5 so‘m atrofida bo‘lsa yoki dividend endi to’langanida, sotib olishim mumkin edi. Qisqacha aytganda, bu yomon aksiya emas. Ammo hozirgi bozorda men undan yuqoriroq o‘sish potensialiga ega bo‘lgan boshqa aksiyalarni ko‘ryapman. #CBSK @Investds_uz
Chilonzor buyum savdo kompleksi bo’yicha post qilamizmi?
Ipoteka bank 2025 yil yakuni bo’yicha yillik umumiy yeg’ilish o’tkazadi! Ko’rib chiqiladigan masalalar ichida bankning 2025-yil uchun foydasini taqsimlash va dividendlar to'lash bo'yicha qaror qabul qilish ham bor. Reyestr kuni - 25 may, T+2 hisobga olganda - 21 may. #IPTB #IPTBP @Investds_uz
UzNIF bo’yicha savdolar boshlandi! Nimaga aynan 5 so‘m etib aksiya narxi belgilanganligi haqidagi savolga kanalimizdagi bir inson juda yaxshi va to‘g‘ri javob berdilar deb o’ylayman. Men ham ularning fikriga qo’shilaman chunki bunda mantiq bor. Ya’ni London birjasidagi yopilish narxi bilan bizning bozordagi ochilish narxi bir-biriga bog‘langan edi. Bu narsa UZEX da ham qo’llaniladi, masalan oltin narxi London birjasidagi narx bilan korrelyatsiyada. Ushbu narx faqat ochilish narxini to’g’ri qo’yish uchun hisoblangan edi deb o’ylayman, buyog’iga ikkita birjadagi narx o’z yo’li bilan ketishi kerak. #UzNIF @Investds_uz
UzNIF aksiyalari investorlarning hisob raqamlarida ko‘rina boshladi. Eslatib o‘tamiz, aksiyalar savdosi 18-may kuni start oladi. Aksiya narxi nega aynan 5 so‘m etib belgilanganiga oid savollarga ham tez orada aniq javob olamiz degan umiddaman. #UzNIF @Investds_uz
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, chakana investorlar tomonidan UzNIF IPO’siga 25,899 mlrd so‘mlik arizalar yuborilgan. Taqqoslash uchun: • “O‘zbekinvest” IPO’sida jami 18,13 mlrd so‘mlik arizalar yig‘ilgan bo‘lib, joylashtirishning qariyb 30% qismi chakana investorlarga to‘g‘ri kelgan; • “O‘zRTXB” SPO’si orqali 42,9 mlrd so‘m jalb qilingan, biroq chakana investorlar ulushi bo‘yicha aniq ma’lumotlar ochiqlanmagan; • Uztelecom IPO’sida 33,25 mlrd so‘m jalb qilinib, chiqarilgan aksiyalarning qariyb 40% qismini jismoniy shaxslar sotib olgan. Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, UzNIF IPO’si O‘zbekiston fond bozorida chakana investorlar ishtiroki bo‘yicha eng yirik joylashtirishlardan biriga aylanishi mumkin. #UzNIF @Investds_uz
без подписи
https://www.spot.uz/oz/2026/05/06/uznif-ipo/
UzNIF portfelidagi aksiyalar qanchalik jozibador? O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi (UzNIF) IPO arizalarini qabul qilish yakuniga atigi bir hafta qoldi. Shu sababli fond portfelidagi aksiyalarni batafsilroq ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Hozirda fond portfelida 13 ta tashkilot mavjud. Ularning 3 tasi — “Milliy Elektr Tarmoqlari”, “Hududgazta’minot” va “Issiqlik Elektr Stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatlari — hozircha zarar bilan ishlamoqda yoki qoplanmagan zararlarga ega. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ bo‘yicha esa aniq xulosa qilish qiyin, chunki kompaniyaning ochiq moliyaviy hisobotlarini topish imkoni bo‘lmadi. Qolgan kompaniyalar orasida fondning asosiy daromad manbalari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Uzbekistan Airways O‘zbektelekom Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyalari ham jozibador ko‘rinadi, biroq yaqin muddatda dividend to‘lovlari bo‘lish ehtimoli past. Shu sababli ushbu aksiyadan daromad asosan uning bozor qiymati oshishi hisobiga shakllanishi mumkin. Umumiy baholashimga ko‘ra, portfeldagi 13 ta aksiyadan 8 tasi joriy yilda dividend keltirishi kutilmoqda. 4 tasi dividend to‘lamasligi ehtimoli yuqori, yana 1 tasi esa hozircha noaniq holatda. Ushbu IPO’da qatnashish kerakmi? Albatta buni o’zingiz hal qilishingiz kerak. Shaxsiy qarorimga kelsak, men ushbu IPO’da ishtirok etishni rejalashtirganman va portfelimning taxminan 25% qismini ushbu aktivga ajratmoqchiman. Bunday qarorga asosiy sabab — portfeldagi kompaniyalarning moliyaviy holati yaxshilanayotgani hamda Franklin Templeton va davlat boshqaruviga nisbatan mavjud ishonchdir. #UzNIF @Investds_uz
❗️“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJning IPO bo‘yicha taklif narxi va davrining boshlanishi e’lon qilindi 🗣“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyadorlik jamiyati (UzNIF) o‘z aksiyalarining birlamchi ommaviy…