tgindex
TURK TILI | CEFR va TYS | KAMILCAN ÖZBEK

TURK TILI | CEFR va TYS | KAMILCAN ÖZBEK

Статистика
@kamilcanozbekКнигиузбекский

Komiljon Muhammad - C1 darajadagi Turk tili oʻqituvchisi @can_ozbek Sertifikatlarimiz 200+ 📌Oʻzbekiston Milliy Universiteti 2018-2022 Bakalavr 2024-2026 Magistratura 🏢 "Dream Language" oʻquv markazi 📞 @dreaml_admin Natija: @turkcesonuclar

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
433
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
174
27 постов
Вовлечённость
40,2%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 29
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
143
1/48двое суток
163
1/72трое суток
176

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • YAKINDA…

  • ❤️ TURK TILIDA NAMOZ VAQTLARI Bugun turk tilida namoz vaqtlari va namozga oid asosiy so‘zlarni o‘rganamiz. ⏰ NAMOZ VAQTLARI 🌅 Sabah namazı — bomdod namozi ☀️ Öğle namazı — peshin namozi 🌤 İkindi namazı — asr namozi 🌌 Akşam namazı — shom namozi 🌛 Yatsı namazı — xufton namozi ⏰ VAQTLARGA OID SO‘ZLAR İmsak — bomdod vaqti boshlanishidan oldingi vaqt Güneş — quyosh chiqishi Öğle — peshin vaqti İkindi — asr vaqti Akşam — shom vaqti Yatsı — xufton vaqti 🕌 NAMOZGA OID SO‘ZLAR Namaz — namoz Namaz vakti — namoz vaqti Ezan — azon Abdest — tahorat Seccade — joynamoz Cami — masjid Kıble — qibla İmam — imom Cemaat — jamoat 💬 KUNDALIK NUTQDA 🇹🇷 Sabah namazını kıldın mı? 🇺🇿 Bomdod namozini o‘qidingmi? 🇹🇷 Akşam namazı saat kaçta? 🇺🇿 Shom namozi soat nechada? 🇹🇷 Yatsı namazına gideceğim. 🇺🇿 Xufton namoziga boraman. 🇹🇷 Ezan okundu mu? 🇺🇿 Azon aytildimi? 🇹🇷 Namaz vakti geldi. 🇺🇿 Namoz vaqti keldi. 📌 Eslab qoling: Sabah → Öğle → İkindi → Akşam → Yatsı Ya’ni: Bomdod → Peshin → Asr → Shom → Xufton 🇹🇷 Turk tilini o‘rganishda kundalik hayotda ishlatiladigan so‘zlarni o‘rganish eng samarali usullardan biridir. 📚 CAN ÖZBEK AKADEMİ ✅ @kamilcanozbek

  • 🔥 Bugungi dars menga bir narsani eslatdi… Bugun yangi guruhim bilan birinchi darsimni o’tdim. 🎓✨ Dars juda ajoyib o’tdi. 😍 Lekin meni eng ko’p quvontirgani — o’quvchilarimning ko’zidagi qiziqish va yonayotgan olov bo’ldi. 🔥 Ularni kuzatar ekanman, beixtiyor o’zimning yoshligim esimga tushdi… Turk tilini jiddiy o’rganishni boshlagan paytlarim. Menda ham xuddi shunday ishtiyoq bor edi. Tilni o’rganishga bo’lgan kuchli xohish, yangi so’z topganimdagi hayajon, har bir o’rgangan narsamdan quvonish… ❤️‍🔥⭐️ Ammo o’sha paytda koronavirus va karantin sababli kurslarga borib o’qishning imkoni yo’q edi. 🦠🔒 Shuning uchun uyda, o’zim mustaqil o’rgandim. 🏠 Va o’sha davrda menga eng ko’p yordam bergan narsa — na kuchli ustoz, na mukammal sharoit emas, Intizom edi. Chunki mustaqil o’qishning eng katta dushmani — dangasalik emas, Tartibsizlik. ⚠️ Bugun o’qish, ertaga qoldirish. ⌛ Bugun 20 ta so’z, keyin uch kun tanaffus. 🫠 Bir kuni katta ishtiyoq, keyingi kuni esa umuman xohish yo’q… 📉 Shuning uchun agar siz ham turk tilini o’rganmoqchi bo’lsangiz, birinchi navbatda lug’at sotib olmang, grammatikani yodlashga shoshilmang. 🇹🇷📚 Avval o’zingizga bitta va’da bering: 🤝 “Men har kuni oz bo’lsa ham, albatta o’rganaman.” 🔥 Chunki ishtiyoq sizni boshlatadi, intizom esa manzilga olib boradi. 🏁💪 Bugun o’quvchilarimning ko’zidagi o’sha olovni ko’rib, yana bir narsani angladim: Bir vaqtlar men boshlagan yo’ldan bugun boshqalar yurishishyapti.🌱 Va bu — ustoz uchun eng yoqimli tuyg’ulardan biri. 👨‍🏫✨ @kamilcanozbek

  • 🌱 Bugungi kun kechagidan yaxshiroq oʻtishi uchun 3 qadam Har bir yangi kun — kechagidan yaxshiroq boʻlish uchun yana bir imkoniyat. Buning uchun hayotingizni tubdan oʻzgartirish shart emas. Bugun atigi 3 ta kichik ishni bajaring: 1️⃣ Bugun kechagidan yaxshiroq boʻladigan bitta ish qiling. Kecha qoldirgan ishingizni tugating. Bir sahifa kitob oʻqing. 20 daqiqa sayr qiling. Muhimi — kechagidan bir qadam oldinda boʻling. 2️⃣ Oʻzingiz uchun foydali narsaga vaqt ajrating. Telefonni biroz chetga qoʻying va miyangizga foydali boʻlgan biror narsa bilan shugʻullaning. Masalan, yangi soʻz oʻrganing, yangi bilim oling yoki biror koʻnikmangizni rivojlantiring. 3️⃣ Kechqurun oʻzingizdan soʻrang: “Bugun men kechagidan yaxshiroq boʻldimmi?” Agar javobingiz “ha” boʻlsa — kuningiz bekorga oʻtmadi. Agar “yoʻq” boʻlsa — ertaga yana bir imkoniyat bor. Bugun atigi 5 ta yangi turkcha soʻz oʻrganish ham kichik qadam. Ammo kichik qadamlar takrorlanganda, katta natijaga olib boradi. 🇹🇷 Bugun kechagidan yaxshiroq boʻling. Sekin boʻlsa ham, oldinga qarab yuring. 🌱 📱@kamilcanozbek

  • Kürk Mantolu Madonna - Sabahattin Ali (E-Kitap - Tek Parça) @kamilcanozbek

  • Kürk Mantolu Madonna - Sabahattin Ali (Sesli Kitap - Tek Parça) @kamilcanozbek

  • ⭐️ BUGUNGI ASAR: KÜRK MANTOLU MADONNA Ba’zi insonlar hayotimizga kirib keladi-yu, biz ularni hech qachon unutolmaymiz. Ba’zi sevgilar esa tugaganidan keyin ham qalbimizda yashashda davom etadi. Sabahattin Alining Kürk Mantolu Madonna asari — oddiy sevgi hikoyasi emas. Bu asarda yolg‘izlik, ichki dunyo, begonalik, sevgi va insonni chin dildan tushunadigan bir odamga bo‘lgan ehtiyoj haqida so‘z boradi. Asarning bosh qahramoni Raif Efendi tashqaridan qaraganda oddiy, sokin va hech kimga qiziq bo‘lmagan insondek ko‘rinadi. Ammo uning ichida hech kim bilmaydigan ulkan bir dunyo yashaydi. Uning hayotini o‘zgartirgan inson esa — Maria Puder. “Dünyanın en büyük yanılgısı, insanları oldukları gibi görmektir.” Asarning eng kuchli jihati shundaki, u bizga bir savol beradi: “Biz yonimizdagi insonlarni haqiqatan ham taniymizmi?” Ba’zan eng sokin odamning ichida eng katta hikoya yashiringan bo‘ladi. 📖 Kürk Mantolu Madonna ✍️ Sabahattin Ali Agar hali o‘qimagan bo‘lsangiz, turk adabiyotiga kirish uchun yaxshi boshlanishlardan biri. ❤️@kamilcanozbek

  • 12 авг.1355из komiljonmuhammad

    Kim tanidi?)

  • без подписи

  • без подписи

  • 😊 BUGÜNÜN KELİMESİ 🇹🇷 GÜNAYDIN! 🇺🇿 Xayrli tong! / Hayrli kun! Turk tilida ertalab uchrashganda yoki kim bilandir yozishganda eng ko‘p ishlatiladigan salomlashuvlardan biri — Günaydın! ☀️ 📝 So‘zning tuzilishi: Gün — kun Aydın — yorug‘, ravshan Ya’ni Günaydın so‘zma-so‘z: 👉 “Kuningiz yorug‘ bo‘lsin!” degan ma’noni anglatadi. 💬 Qanday javob beriladi? 🇹🇷 — Günaydın! 🇹🇷 — Günaydın, nasılsın? 🇹🇷 — Günaydın, iyi misin? Bunga javoban yana: 🇹🇷 Günaydın! — Xayrli tong! deyishning o‘zi ham yetarli. 🙂 💡 Eslab qoling: ❌ İyi sabahlar — tushunarli, lekin kundalik turk tilida Günaydın ancha tabiiy. ✅ Günaydın! Ertalab turkcha gaplashadigan odamga birinchi aytiladigan so‘zlardan biri shu bo‘lsin. ☀️🇹🇷 Günaydın, arkadaşlar! Bugününüz güzel geçsin! 🖤 ✈️@kamilcanozbek

  • 🌱 GÜNÜN ATASÖZÜ 🇹🇷 Ne ekersen onu biçersin. 🇺🇿 Nima eksang, shuni o‘rasan. Bu maqol inson qilgan ishining natijasini o‘zi ko‘rishini anglatadi. Yaxshilik qilsangiz — yaxshilik, mehnat qilsangiz — natija, beparvolik qilsangiz — uning oqibatini ko‘rasiz. 🔖 Til o‘rganishda ham xuddi shunday: Bugun 30 daqiqa vaqt ajratdingiz. 🌱 Bir nechta yangi so‘z o‘rgandingiz. ✍️ Bir nechta gap tuzdingiz. 🎧 Biroz tinglab mashq qildingiz. Bugun katta o‘zgarish sezilmasligi mumkin. Ammo buni har kuni davom ettirsangiz, bir necha oy o‘tib natija albatta ko‘rinadi. 🎯 ✏️ Lug‘at: 🇹🇷 Ekmek — ekmoq 🇹🇷 Biçmek — o‘rmoq 🇹🇷 Ekin — ekin 🇹🇷 Hasat — hosil 🇹🇷 Sonuç — natija 💡 Grammatika: Ne … -se, onu … 🔥 Ne ekersen, onu biçersin. 🔥 Nima eksang, shuni o‘rasan. Bu yerda -se shart ma’nosini beradi. 🎯 Hayot qoidasi oddiy: Bugun nima eksayotganingizga e’tibor bering. Chunki ertaga aynan shuni o‘rasiz. 🌱 🌟@kamilcanozbek

  • 📹 Chet tilini bilish darajasini aniqlash 〰️〰️〰️ imtihoni uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish uchun videoyoʻriqnoma. 🗓Avgust oyidagi imtihonga roʻyxatdan oʻtish tugashiga 1 kun qoldi. Agar haliyam roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz hoziroq roʻyxatdan oʻtib qoʻying. Aks holda imtihondan qolib ketishingiz mumkin. Roʻyxatdan oʻtish 12-avgustda yakuniga yetadi.⏰ @kamilcanozbek

  • 🇹🇷 GÜNÜN ATASÖZÜ 🤩 Sakla samanı, gelir zamanı. 🇺🇿 Somonni saqla, vaqti kelganda kerak bo‘ladi. Bu maqolning ma’nosi — hozir keraksiz yoki arzimasdek ko‘ringan narsani ham darrov tashlab yubormaslik kerak. Chunki kelajakda uning foydasi tegishi mumkin. ⭐️👀 Til o‘rganishda ham xuddi shunday. Bugun o‘rgangan biror so‘zingiz: “Bu menga qachon kerak bo‘ladi?” 🤔 degan savol tug‘dirishi mumkin. Ammo oradan vaqt o‘tib, aynan shu so‘z suhbatda yoki imtihonda kerak bo‘lib qoladi. 📝 Lug‘at: 🇹🇷 Saklamak — saqlamoq 🇹🇷 Saman — somon 🇹🇷 Gelmek — kelmoq 🇹🇷 Zaman — vaqt 🇹🇷 Gerek / gerekli — kerak / zarur 💡 Qiziq jihati: Bu yerda “gelir” — “keladi” degani. Ya’ni “vaqti keladi” ma’nosida ishlatilgan. 🎯 Xulosa: Bugun arzimasdek tuyulgan bilimni ham e’tiborsiz qoldirmang. Bilimning qachon kerak bo‘lishini oldindan bilmaysiz. 🇹🇷 Sakla samanı, gelir zamanı! 🌾🤩 🔵@kamilcanozbek

  • 🇹🇷 TURK TILIDA “-MI?” QO‘SHIMCHASI Turk tilida -mi / -mı / -mu / -mü qo‘shimchasi savol gaplarni hosil qilishda ishlatiladi. O‘zbek tilidagi “-mi?”, “-a?”, “-ya?” ma’nolariga yaqin. Eng muhimi — -mi qo‘shimchasi alohida yoziladi! 👇 🤩 Ha yoki yo‘q javob talab qiladigan savollar 🇹🇷 Sen Türkçe biliyor musun? 🇺🇿 Turkcha bilasanmi? 🇹🇷 Çay içer misin? 🇺🇿 Choy ichasanmi? 🇹🇷 Evde misin? 🇺🇿 Uydamisan? ⸻ 🤩 Aniq ma’lumotni so‘rash 🇹🇷 Yarın sınavın var mı? 🇺🇿 Ertaga imtihoning bormi? 🇹🇷 Saat kaç? 🇺🇿 Soat necha? 🇹🇷 Burası İstanbul mu? 🇺🇿 Bu joy Istanbulmi? ⸻ 🤩 Taklif, iltimos va ruxsat 🇹🇷 Benimle gelir misin? 🇺🇿 Men bilan borasanmi? 🇹🇷 Bana yardım eder misin? 🇺🇿 Menga yordam berasanmi? 🇹🇷 İçeri girebilir miyim? 🇺🇿 Ichkariga kirsam bo‘ladimi? ⸻ 🤩 Taxmin va gumon -mi ba’zan taxmin ma’nosini ham beradi: 🤩🌧 Yağmur yağacak mı? — Yomg‘ir yog‘adimi ekan? 😏 O gelmiş mi? — U kelgan ekanmi? ⸻ ⚠️ ENG MUHIM QOIDA -mi qo‘shimchasi doimo alohida yoziladi! ❌ Geliyormusun? ✅ Geliyor musun? ❌ Biliyormusun? ✅ Biliyor musun? ❌ Seviyormusun? ✅ Seviyor musun? Lekin -mi dan keyingi shaxs qo‘shimchasi unga qo‘shib yoziladi: geliyor + mu + sun → geliyor musun? geliyor + mu + yum → geliyor muyum? 📌 Eslab qoling: -mı → a, ı -mi → e, i -mu → o, u -mü → ö, ü Ammo bu qo‘shimcha o‘zidan oldingi so‘zning oxirgi unlisiga qarab shaklini o‘zgartiradi. 💡 Maslahat: “-mi”ni faqat qoida sifatida yodlamang. Har kuni 5–10 ta savol tuzib, ovoz chiqarib ayting. Shunda qo‘shimcha tabiiy ravishda nutqingizga kirib boradi. 🇹🇷 Savol berishni bilgan odam tilni tezroq o‘rganadi! CAN ÖZBEK AKADEMİ ✅ @kamilcanozbek

  • 🎬BIZIM HIKAYE 🇺🇿BIZNING HIKOYA 📱 5,3 🗓 2015 Rejissyor: Yasin Uslu Rollarda: Haluk Piyes, Jansel Elchin, Sera Tokdemir va boshqalar Dam olish kunida tomosha qilish uchun ajoyib film. Vaqtingiz maroqli oʻtsin. @kamilcanozbek

  • YAKSHANBA LUGʻATI Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin! @kamilcanozbek

  • 🇹🇷 GÜNÜN ATASÖZÜ 💧 Damlaya damlaya göl olur. 🇺🇿 Toma-toma koʻl boʻlur. Bu maqol kichik narsalar muntazam ravishda yig‘ilib, vaqt o‘tishi bilan katta natijaga aylanishini anglatadi. 📚 Til o‘rganishda ham xuddi shunday: Bugun 5 ta so‘z yodlaysiz — ozdek tuyuladi. Ertaga yana 5 ta. Keyingi kuni yana 5 ta… Bir qarasangiz, bir necha oy ichida yuzlab yangi so‘zlarni bilib olgansiz. 🎯 Muhimi — ko‘pligi emas, davomiyligi. 🇹🇷 Her gün biraz öğren, zamanla çok şey bilirsin. 🇺🇿 Har kuni oz-ozdan o‘rgan, vaqt o‘tib ko‘p narsani bilasan. 💡 Damlaya damlaya göl olur. Bugun qilgan kichik harakatingizni hech qachon arzimas deb hisoblamang. Katta natijalar kichik qadamlarning yig‘indisidan paydo bo‘ladi. 💪🇹🇷 @kamilcanozbek

  • 🇹🇷 TIL O‘RGANISHDA ENG MUHIM NARSA — IQTIDOR EMAS, INTIZOM Ko‘pchilik til o‘rganishni boshlaganda shunday o‘ylaydi: “Menda til o‘rganishga qobiliyat yo‘q.” “Xotiram yaxshi emas.” “Vaqtim bo‘lmayapti.” Aslida esa ko‘pincha muammo qobiliyatda emas, intizomda. 📚 Bir kunda 3 soat o‘qib, keyingi 5 kun hech narsa qilmaslikdan ko‘ra, har kuni 30 daqiqa shug‘ullanish ancha samaraliroq. Bugun 10 ta yangi so‘z. Ertaga 10 ta. Keyingi kuni yana 10 ta. Bir qarashda bu juda kamdek tuyuladi. Ammo 6 oy davomida davom ettirsangiz: 10 × 180 = 1800 ta so‘z. 🤯 Albatta, til faqat so‘z yodlashdan iborat emas. Grammatikani o‘rganish, tinglash, gapirish va yozish ham kerak. Lekin bularning barchasini birlashtiradigan asosiy kuch — muntazamlik. 🔥 Motivatsiyaga emas, odatga suyaning! Motivatsiya har kuni bir xil bo‘lmaydi. Ba’zi kunlari o‘qigingiz keladi. Ba’zi kunlari esa umuman xohlamaysiz. Intizom esa “xohlayapmanmi?” deb so‘ramaydi. Shunchaki: 📖 Bugun ham o‘qiyman. 🎧 Bugun ham tinglayman. 🗣 Bugun ham gapiraman. ✍️ Bugun ham mashq qilaman. Til o‘rganishda katta natijalar katta harakatlardan emas, kichik harakatlarning uzoq vaqt davomida takrorlanishidan paydo bo‘ladi. 🇹🇷 Bugun 20 daqiqa turk tili bilan shug‘ullaning. Ertaga yana 20 daqiqa. Bir necha oy o‘tib, bugungi o‘zingiz bilan ertangi o‘zingiz orasidagi farqni sezishingiz aniq. Til o‘rganishni boshlash qiyin emas. Uni davom ettirish — haqiqiy mahorat. 💪 @kamilcanozbek

  • 🇹🇷 TURK TILIDA -LAR / -LER QO‘SHIMCHASI Turk tilida -lar / -ler qo‘shimchasi asosan ko‘plikni ifodalaydi. Qaysi biri ishlatilishi esa unli tovushlar uyg‘unligiga bog‘liq. 1️⃣ Oddiy ko‘plik So‘zning oxirgi unlisiga qaraymiz: 💎 a, ı, o, u → -lar 💎 e, i, ö, ü → -ler 📌 Misollar: kitap → kitaplar — kitob → kitoblar araba → arabalar — mashina → mashinalar çocuk → çocuklar — bola → bolalar ev → evler — uy → uylar çiçek → çiçekler — gul → gullar göz → gözler — ko‘z → ko‘zlar ⸻ 2️⃣ Raqamlardan keyin -lar/-ler qo‘shilmaydi ❗️ Bu eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri. ❌ Üç kitaplar ✅ Üç kitap — uchta kitob ❌ Beş öğrenciler ✅ Beş öğrenci — beshta o‘quvchi ❌ İki arabalar ✅ İki araba — ikkita mashina Chunki uch, besh, ikki kabi sonlarning o‘zi ko‘plik ma’nosini bildirib turadi. ⸻ 3️⃣ Odamlar va oilani ifodalashda -lar/-ler ismga qo‘shilganda, o‘sha odamning o‘zi va uning oilasi yoki guruhi nazarda tutilishi mumkin. 👨‍👩‍👧‍👦 Ali → Aliler ➡️ Ali va uning oilasi 👨‍👩‍👧‍👦 Ayşe → Ayşeler ➡️ Ayşe va uning oilasi / Ayşe boshchiligidagi guruh Masalan: Akşam Alilere gideceğiz. — Kechqurun Alilarnikiga boramiz. Bu qo‘llanish turk tilida juda qiziq va kundalik nutqda muhim. ⸻ 4️⃣ Millatlarni ifodalashda Türk → Türkler 🇹🇷 — turklar Özbek → Özbekler 🇺🇿 — o‘zbeklar Alman → Almanlar 🇩🇪 — nemislar İngiliz → İngilizler 🇬🇧 — inglizlar ⸻ 5️⃣ Sifat + -lar/-ler Ba’zi sifatlarga -lar/-ler qo‘shilib, shu sifatga ega bo‘lgan odamlar guruhi nazarda tutiladi: genç → gençler — yoshlar yaşlı → yaşlılar — keksalar zengin → zenginler — boylar fakir → fakirler — kambag‘allar ⸻ 📌 ESLAB QOLING: a, ı, o, u → LAR e, i, ö, ü → LER 👉 Kitaplar ✅ 👉 Evler ✅ 👉 Üç kitap ✅ 👉 Aliler ✅ 🇹🇷 Turk tilidagi kichik qo‘shimchalar katta ma’nolarni o‘zgartirishi mumkin. -lar/-ler ham shularning eng muhimlaridan biri! Siz ham “-lar/-ler” bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yganmisiz? 😄 @kamilcanozbek