tgindex
Kvazar
@kvazar_quasarВидеоузбекский

Kvazar kanaliga xush kelibsiz! Kanalda ilmiy maqolalar,tarixiy faktlar,turli turkum va ruknlarda ma'lumotlar mavjud. Taklif va murojaatlar uchun: @Zokirjon_Qayumov Youtube https://www.youtube.com/@kvazar6683

Последний пост
6 февр.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 673
−9 за 5 дн.
Сутки
−1
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 514
22 постов
Вовлечённость
94,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 6 февр.1 66468

    Abdulla Qodiriyning qaysi qaxramoni kuchli deb o'ylaysiz? Trendi o'zgartiramiz https://youtube.com/shorts/xqJBIzMaw7Q?si=F5NRjqv-QVYbwEG9

  • Daraxtlar yashil rangda, lekin qor yog'moqda https://youtube.com/shorts/CCOdDJntjcc?si=lGeE8hUtixX9jp4P

  • 26 янв.1 96724

    Siz hashoratmisiz yoki inson? https://youtu.be/TVwQcbJCE-Q?si=Q3APP2BImzrPLEne

  • 11 дек.2 81416

    YouTube'dagi videomizni tomosha qildingizmi? Izoh qoldirib, bizni qo‘llab-quvvatlang! https://youtu.be/to0DD0Q1zx4?si=behDQk-ea8E3eWro

  • 6. Ossian poemalari Shoir Jyeyms Makferson keltlik Ossianning poemalarini gel tilidan tarjima qilgani bilan dong taratgan. Shunga qaramay, hozirgacha, Ossian poemalari haqiqatda bo‘lganini isbotlovchi birorta ham dalil yo‘q. Mamba-kun.uz

  • 5. Amerikaning kashf qilinishi Barchamiz geografiya fanidan bilamizki, Amerikani 1492 yili Xristofor Kolumb kashf qilgan. Yangi ma'lumotlar, o‘z navbatida, ilk yevropaliklar Amerika yerlariga mashhur dengiz sayohatchisidan bir necha asr avval borganini ko‘rsatadi. X asr oxirlarida aynan vikinglar yangi qit'ani o‘zlari bilmagan holda ochishgan. Manba kun.uz

  • 4. Stounxendj 1901 yilga qadar Stounxendj shunchaki tashlandiq toshlar uyumidan iborat edi. Yodgorlik restavratsiyasi bilan Vilyam Gouland shug‘ullanganidan keyin hozirgi ko‘rinishiga kelgan. Yaqinda ko‘rsatilgan fotosuratlar bu yodgorlik avval umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lganini ko‘rsatadi. Manba kun.uz

  • 3. Vikinglarning shoxli dubulg‘asi Biz vikinglarni shoxli dubulg‘alarni kiyib olgan kishilar sifatida tasavvur qilamiz. Aslida, arxeologlar bu jangovar xalqing dubulg‘alari qanaqa shaklda bo‘lganini umuman bilmaydi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, vikinglar shoxli dubulg‘alardan diniy marosimlarini o‘tkazishda foydalanishgan.  Manba kun.uz

  • 2.Van Gog va kesilgan quloq. Qulog‘ining kesilgani bilan bog‘liq voqea Van Gog mashhurligiga hissa qo‘shdi. Keng tarqalgan da'voga ko‘ra, rassom sevgilisining qulog‘ini kesib olgan. Aslida esa hammasi Gogen bilan sen-menga borib qolgandan keyin yuz bergan. O‘shanda, Van Gog unga pichoq bilan tashlangan. Shundan so‘ng, rassom o‘zidan jahli chiqib qulog‘ini kesgan. Biroq ko‘pchilikning fikricha, bu shunchaki ko‘p ichib yuborganning oqibati bo‘lgan. Manba kun.uz

  • Noto‘g‘ri ma'lumot beriladigan 6 ta tarixiy fakt 1.Qohiradagi mashhur Sfinksning e'tiborli jihati uning buzilgan burni hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida haykalning bu qismi Napoleonning 1789 yili turklar bilan jangi chog‘ida artilleriya o‘qidan vayron qilingani ta'kidlab kelinardi. Afsonani Frederik Norden chizgan surat inkor etadi. U 1737 yili sfinksni burunsiz tasvirlagan. Manba kun.uz

  • без подписи

  • Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin O‘rta asrlarga tegishli kutubxonadan yog‘och qo‘ng‘izi aniqlangan. Endi kitoblar maxsus plastik paketlarga joylanib, dezinseksiya ishlari olib boriladi. Vengriyadagi…

  • Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin O‘rta asrlarga tegishli kutubxonadan yog‘och qo‘ng‘izi aniqlangan. Endi kitoblar maxsus plastik paketlarga joylanib, dezinseksiya ishlari olib boriladi. Vengriyadagi Pannonhalma monastrida joylashgan o‘rta asrlarga tegishli kutubxona ko‘pchiligi bir necha asrlik bo‘lgan o‘n minglab noyob kitoblarni zararkunandalardan saqlab qolishga harakat qilmoqda, deb yozadi Associated Press. Qayd etilishicha, kutubxona xodimlari dezinseksiya ishlarini amalga oshirib, qo‘ng‘izlarni yo‘qotish uchun qo‘lda ishlangan 100 mingga yaqin kitobni tokchalardan olgan va qadoqlab chiqqan. Kitoblar olti hafta muddatga kislorodsiz plastik paketlarga joylashtiriladi. Ekspertlar bu vaqt ichida qo‘ng‘izlar nobud bo‘lishiga umid qilmoqda. Shundan keyin har bir kitob qo‘lda tekshirib chiqiladi va tozalanadi. Shikastlangan nusxalar restavratsiya qilinadi.Noyob eksponatlar yog‘och qo‘ng‘izi qurboniga aylangan — bu hasharotlar va ularning lichinkalari odatda quritilgan mahsulotlarga, masalan, don va unga zarar yetkazadi. Shuningdek, ular tez-tez muzeylar va kutubxonalarda uchraydi — kitoblarda jyelatin va kraxmal ushbu qo‘ng‘izlarni o‘ziga jalb etadi. Ilmiy xodimlar qo‘ng‘izlarni kutubxonaning turli qismlarida payqab qolishgan, shuning uchun butun kolleksiya zararlanish xavfi ostida Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin O‘rta asrlarga tegishli kutubxonadan yog‘och qo‘ng‘izi aniqlangan. Endi kitoblar maxsus plastik paketlarga joylanib, dezinseksiya ishlari olib boriladi. Vengriyadagi Pannonhalma monastrida joylashgan o‘rta asrlarga tegishli kutubxona ko‘pchiligi bir necha asrlik bo‘lgan o‘n minglab noyob kitoblarni zararkunandalardan saqlab qolishga harakat qilmoqda, deb yozadi Associated Press. Qayd etilishicha, kutubxona xodimlari dezinseksiya ishlarini amalga oshirib, qo‘ng‘izlarni yo‘qotish uchun qo‘lda ishlangan 100 mingga yaqin kitobni tokchalardan olgan va qadoqlab chiqqan. Kitoblar olti hafta muddatga kislorodsiz plastik paketlarga joylashtiriladi. Ekspertlar bu vaqt ichida qo‘ng‘izlar nobud bo‘lishiga umid qilmoqda. Shundan keyin har bir kitob qo‘lda tekshirib chiqiladi va tozalanadi. Shikastlangan nusxalar restavratsiya qilinadi. Noyob eksponatlar yog‘och qo‘ng‘izi qurboniga aylangan — bu hasharotlar va ularning lichinkalari odatda quritilgan mahsulotlarga, masalan, don va unga zarar yetkazadi. Shuningdek, ular tez-tez muzeylar va kutubxonalarda uchraydi — kitoblarda jyelatin va kraxmal ushbu qo‘ng‘izlarni o‘ziga jalb etadi. Ilmiy xodimlar qo‘ng‘izlarni kutubxonaning turli qismlarida payqab qolishgan, shuning uchun butun kolleksiya zararlanish xavfi ostida. Mutaxassislarning hisoblashicha, qo‘ng‘izlarning ko‘payishiga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan: havo harorati ko‘tarilgani bois hasharotlar bir yil ichida ko‘proq rivojlanish sikllaridan o‘tishga ulguryapti. Benedikt monastri kutubxonasi Vengriyadagi eng qadimiylaridan hisoblanib, YuNESKO merosi obektlariga kiritilgan. Abbatlikka 996 yilda, Vengriya qirolligi paydo bo‘lishidan to‘rt yil oldin asos solingan. U ko‘plab urush va bosqinlardan omon qolgan, jumladan, XVI asrda Usmoniylarning Vengriyaga hujumidan ham. Kutubxonada jami 400 mingga yaqin kitob mavjud. Eng qadimiy manuskriptlar alohida saqlanadi, ammo xodimlarning tan olishicha, hasharotlar allaqachon madaniy va tarixiy merosga zarar yetkazib ulgurgan. Manba kun.uz Bizni youtubeda ham kuzating https://www.youtube.com/@kvazar6683

  • 🔥47 ta Zakovat Kanali – Bitta Joyda!🔥 ❤️Siz har kuni yangi ma’lumot o‘rganishni yoqtirasizmi? Qiziqarli faktlar, mantiqiy jumboqlar va ilmiy kashfiyotlarni kuzatishni istaysizmi 🏆Endi bu ma’lumotlarni uzoq izlashga hojat yo‘q! Biz zakovat, mantiq va ilm olishga ixtisoslashgan eng yaxshi 40 ta Telegram kanalini bir joyga jamladik. 🚀 🟠 Har kuni miyani charxlashni istaydiganlar 🔵 Qiziqarli ma’lumotlar izlaydigan bilimdonlar 🔴 Zakovat musobaqalarida qatnashuvchilar 🟡 IQ va mantiqiy fikrlashni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun 👩‍🚀 Zakovat – bu faqat o‘yin emas, bu hayot tarzi! Barcha kanallarga obuna bo'lish Barcha kanallarga obuna bo'lish Barcha kanallarga obuna bo'lish

  • ➡️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠⬅️ Biologiya fani ixlosmandlari uchun juda muhim xabar❕ "BIOSFERA BIOLOGIYA" testlar to'plami kitobim endi sotuvda 💲 "Biosfera Biologiya" kitobida... 🔴 70 ta variant 🔴 700 ta masala 🔴 Takrorlanmas savollar 🔴 Darajangizni oshiruvchi masalalar jamlangan. "BIOSFERA BIOLOGIYA" kitobimdan namuna. Kitobni qanday xarid qilish xaqida ba'tafsil ma'lumot uchun: Tel: +998945192121 Telegram: @asadbek_akhmadjonov ✅ Kanalga obuna bo'lish uchun shu yerga bosing👆

  • #turkum #Buxoro_amirlari #Abdulahadxon Turkiston general-gubernatorlaridan o‘zgan amir kim edi? Garchi u Chor Rossiyasiga qarashli vassal davlatning hukmdori bo‘lsada, vaqt o‘tib, nafaqat uni nazorat qilish vazifasi topshirilgan Turkiston general-gubernatorini, balki imperator ayonlarini ham pisand qilmaydigan darajaga yetdi. Sababi, bu inson shaxsan imperator a’lo hazratlari bilan muloqot qilib, hamma ishning uddasidan chiqadigan Buxoroi Sharif amiri Abdulahadxon edi… 1868 yilda tuzilgan Rossiya-Buxoro shartnomasiga ko‘ra, garchi imperiya vassal davlatning ichki boshqaruvi va diniy ishlariga aralashmasada, amirlikda yetishtirilgan xom ashyo asosan Rossiyaga tashib ketilardi. Abdulahadxonning o‘g‘li va vorisi Said Olimxon esa “Buxoro xalqining hasrati tarixi” nomli xotira asarida padari buzrukvorini ijobiy ta’riflaydi. Vaholanki, padari buzrukvori amirlik ahlining peshona teri evaziga kelayotgan paxta, qorako‘l va boshqa xom ashyosini rusiyaliklarga sotishdan, qozi, rais, hamda hokimlardan oladigan porani, Buxoroning behisob tillalarini jamg‘arishdan bunyod bo‘layotgan boyliklarini faqat maishatga sarflardi. Amir Abdulahadxon Peterburgda o‘qib yurgan yoshlik paytlaridayoq, Rossiya imperiyasi taxti vorisi Nikolay II bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan ekan. Mana shu sababdan bo‘lsa kerakki, ularning har ikkisi o‘rtasidagi munosabat, ular taxtga o‘tirganlaridan keyin ham yaxshi bo‘lsa-bo‘ldiki, yomon bo‘lmadi. Keyinchalik, Abdulahadxon Peterburg, Moskva, Kavkaz shaharlariga borib, imperator Nikolay 2 va uning xotiniga behisob sovg‘a-salomlar berib, ularning ishtahasini yanada karnay qilib yubordi. Buning evaziga amir Peterburgdan hashamatli hovli joylar, dabdabali bog‘-rog‘lar, koshonalar sotib olgan. U Qrim, Jeleznovodsk va Kislovodsk kabi xushmanzara shaharlarda bog‘, saroylar qurdirib, u yerlarda dam olib qaytardi. Nikolay II ning mulozamati va harmatiga ega bo‘lgan Abdulahad xalq “ yarim podsho” deydigan Turkiston general-gubernatorlarini ham pisand qilmay, barcha muhim masalalarni “oq podsho”ning o‘zi bilan hal qilardi. Olgan unvonlari bo‘yicha u hatto, general-gubernatorlardan ham o‘zib ketdi. Negaki, Abdulahad Rozenbax, Vrevskiy, Duxovskiy, Ivanov, Tevyanov, Subbotich, Mishenko, Samsonov kabi Turkistonning “yarim podsho” lariga ham nasib qilmagan harbiy unvonlarni olgandi. Abdulahadning sovg‘a- salomlarini qabul qilib o‘rgangan Nikolay Romanov amirni general-ad’yutant, kavaleriya generali, Peterburgning kiborlari va rus knyazlariga ham kamdan-kam nasib etadigan “zoti oliylari” zodagonlik martabasi, imperatorning eng oliy “Andrey Pervozvanniy” ordeni, Terek kazak qo‘shini faxriy atamani va 5-Orenburg kazak polkining otalig‘i singari lavozim hamda unvonlar bilan siylagan. Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar

  • Assalomu-alaykum qadrli yaqinim, sizga foydali tavsiya bilan keldim. Tayyormisiz☺️ 🌍 Germaniya hayoti, foydali challangelar, shaxsiy rivojlanish yo'llari, bepul vebinar, efirlar va bepul nemis tili kursi – hammasi bitta blogda! 🇩🇪✨ Germaniyada yashash qanday? Bu yerda hayot, imkoniyatlar va yashash tarzi haqida real ma’lumot kerakmi? Shunchaki tomoshabin emas, ishtirokchi bo‘lishni xohlaysizmi? 🔹 Hayotingizni tartibga soladigan, ilhom beradigan va o‘zini rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli challengelar ishtirokchisi bo'lishni xohlaysizmi? 🔹 Germaniyada hayot – Ish, ta’lim, kundalik hayot va yashash sirlari haqidachi! 🔹 Bepul nemis tili kursiga qo'shilish imkoniyatinichi? Bilimlar, imkoniyatlar, tajribalar ko'p, rivojlangan davramizga qo'shilishni xohlasangiz bu xabar siz uchun! Blog hamda blogdagi bepul nemis tili kursi faqat ayol-qizlar uchun😊 https://t.me/+Mls5QJlNBGY5NzRi ⏳ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Sizga ham yoqishi aniq 😉

  • https://youtu.be/GEMXQz1ZuSg?si=SVIHnF_ECfZyxhRv

  • ​Ular qancha vaqt uxlashgan? Ko'pchilik insonlar tasavvurida 8 soatlik uyqu-sog'lom turmush tazri uchun ayni muddao,degan no'tog'ri tasavvur shakllanib qolgan.Aslida,kimning qancha vaqt uxlashi u insonning ko'proq o'ziga,ya'ni faoliyatiga,immun tizimiga bog'liq. Ular qancha vaqt uxlashgan?mavzusi ostida sizlar uchun mashxurlarning uyqu rejimlari haqida faktlar tayyorladik. Buyuk fizik Albert Eynshteyn uyqu jadvalida 10 soatlik uyquni tanlagan,ba'zi paytlarda bu holat 10 soatdan ham oshib ketgan. Rus imperatori Pyotr I uchun esa 5 soatlik uyqu yetarli edi. Ixtirochi Tomas Edisonga uyqu uchun 2 soat kifoya qilgan. Napaleon Bonapartning uxlash tartibi ham g'ayritabiiy,biror daraxtga suyanib,sal mudrab olish yetarli bo'lgan. Mashxurlikda tengi yo'q Leanardo Da Vinchining kun tartibi ham o'zi kabi innovatsion edi,tartibga ko'ra Da Vinchi kunda 5 soat uxlagan,faqat bu jarayon uzviy bo'lmasadan,qachon uxlagisi kelsa,20 daqiqadan uxlab olgan. Kvazar kanaliga a'zo bo'lmaganlar uchun havola:👉https://t.me/kvazar_quasar

  • https://zarnews.uz/uz/post/butun-dunyoni-zabt-etgan-lazer-guruchini-yaratgan-ozbek-olimi-uning-taqdiri-qanday-kechgan-edi