QR PEDAGOGIKALÍQ SHEBERLIK ORAYÍ
СтатистикаQARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASÍ PEDAGOGIKALÍQ SHEBERLIK ORAYÍ Instagram: instagram.com/qrmalakanews Facebook: fb.com/qrmalakanews Youtube: www.youtube.com/@Malakanews Veb-sayt: https://kkrpm.uz
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 37
- Всего постов
- 259
- Тип
- открытый
- Язык
- индонезийский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 196
- 1/48двое суток
- 224
- 1/72трое суток
- 242
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Ҳайъат_йиғилиши Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini ko’tarish, maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish — navbatdagi Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi ✅ Bugun Xorazm viloyati, Urganch shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova rahbarligida vazirlikning Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔺 Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ham ishtirok etib, viloyatda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar va kelgusi rejalar haqida so’z yuritdi. 🔹 Shundan so‘ng, Bog‘ot tuman hokimi Jahongir Nazarov va Yangiariq tuman hokimi Zafarbek Matnazarov “Ta’lim homiysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Yig’ilish davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusida yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan vazifalar mas’ullar ishtirokida tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. ➖ Xususan, tadbir davomida: ➖maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish, ➖bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, ➖ pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ➖yangi o’quv yiliga tayyorgarlik, ➖”Prezident sovg’alari”ni o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetkazish kabi mavzularda so‘z bordi. 🌐 Tadbirda sohada mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va manzilli hal etish, shuningdek, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🔹 Tadbir so‘nggida vazirlik mas’ullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi. 📍 Shuningdek, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkilotlari rahbarlariga intizomiy chora ko’rilishi belgilandi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅ 🔴 Ayni damda Xorazmda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Hay’at yig‘ilishi” bo‘lib o‘tmoqda. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati va tuman (shahar) bo’linmalari mas’ullari qatnashmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Хоrazm #2_kun ⏰ Seminarning ikkinchi kuni — amaliy o‘rganishlar va mazmunli mashg‘ulotlar Seminar ishtirokchilari kun davomida “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti, Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 📍 Ta’lim obyektlaridagi o‘rganishlardan so‘ng ishtirokchilar Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи