- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yolg‘on Do‘stim, ko‘p rost deyib sezganing yolg‘on! Ko‘p rost qildim deyib qilganing yolg‘on! Har muslim o‘rniga qo‘ymasang o‘zni, O‘zingni «muslim» deb aytganing yolg‘on! O‘zganing dardini chekmay tanangda, O‘zgani tushundim deganing yolg‘on! Dunyoni yolg‘on deb, unga aldansang, Oxiratdan gap-so‘z sotganing yolg‘on! Millat najotiga bir ish qilmasang, «Millatim!» deyib bong urganing yolg‘on! G‘azab ko‘zgusidir asling ko‘rsatar, Boshqa payt o‘zingni ko‘rganing yolg‘on! Birovning pok yuzin aylasang nopok, Dilingni pok tuysang, tuyganing yolg‘on! Bilganingga amal qilmasang jondan, «Bildim», deganingu, bilganing yolg‘on! Husayn, oxiratdir, bilsang, chin hayot, Dunyoda yurganing-turganing yolg‘on! Husaynxon Yahyo Abdulmajid
видео или голосовое, без подписи
Eshigingga keldim! Va men "Men" bo'lishdan voz kechdim! Yetar-ki Sen: — "Kim u?" - degin. Kim bo'lishimni istasang, "o'sha" bo'lishga keldim.
# Ey o‘rmalab yurgan mayda chumoli, Hushingni olmagan dunyoning moli. Havasim keladi senga, axir sen, Qiyomat kunida so‘roqdan holi. Tuproqqa ketasan oxir qorishib, Yurmaslar jarrohlar qorning yorishib. Seni daxriy, yanglig‘ jazolamaslar, Zaqqumzor do‘zaxga olib borishib. Hech qachon padarga bo‘lmagaysan oq, Volidang qarg‘amas, bolang ham bir boq. Kechalar to‘lg‘onib o‘ylab chiqmaysan, Bir kun o‘tarman deb sirotdan qandoq? Sen o‘z Vataningni sotmagandirsan, Do‘stni peshonadan otmagandirsan. Qavming qishda muzlab qaltiragan dam, Issiq saroylarda yotmagandirsan. Garchi sen emassan toj birla taxtli, Yo‘lbarsdek shiddatkor, arslondek shaxtli. Ro‘zalari chala, namozi qazo, Zakot bermaydigan boydan sen baxtli. Ey o‘rmalab yurgan mayda chumoli, Hushingni olmagan dunyoning moli. Havasim keladi senga, axir sen, Qiyomat kunida so‘roqdan holi. Abdurahmon Meshayan
#duo Ey Robbim men senga katta gunohlar bilan keldim. sening mag'firating oldida har bir gunoh kichik bo'lib qoladi. o'zingni rahimli Zot deb atagan o'zingsan men esa faqir bir bandangman. Ey Robbim albatta men senga tavba qilib keldim. mening gunohimni yashirgin.
#duo Allohim baxtimga to'sqinlik qiladigan va duolarimni ijobat bo'lishidan to'sadigan gunoh qilsam meni kechir. Allohim meni barcha gunohlardan poklagin va meni o'zing sevadigan holga kelguncha o'zgartir ey Allohim sening qudrating mening zaifligimdan ko'ra kuchliroqdir va sening rahmating mening havotirimdan kengroqdir. Yo'limni yoritib ber va uni o'zing rozi bo'ladigan holga keltirgin.
birdaniga sinov kelganidek, najot ham birdaniga keladi. Allohga tavakkul qil va noumid bo'lma..
видео или голосовое, без подписи
Jamiki xatolarning asli, dunyoni sevmoq.
видео или голосовое, без подписи
u bizga o‘ziga munosib muomala qiladi. agar u bizning o‘zimizga munosib muomala qilganida holimiz voy bo‘lar edi! ©Ikrom Sharif
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
agar Alloh g'aybda biz uchun nimalarni tayyorlaganini bilganimizda. biz Allohning taqdiriga shubhasiz rozi bo'lgan bo'lar edik..
видео или голосовое, без подписи
boshqalarga saviyali ko'rinishga harakat qiladigan saviyasiz odamman..
Shu holda yashayversam oxirat hayotida ham dunyo hayotida ham foydada bo'lolmayman. Allohim, menga o‘zim o‘zgartira olmaydigan narsalarni qabul qilish uchun xotirjamlik, o‘zgartira oladigan narsalarim uchun jasorat va farqini anglash uchun zakovat ber.
видео или голосовое, без подписи
Бошладим Қачонки мен Сендан сўзлай бошладим, Ўзим унутганим эслай бошладим. Айбнинг ҳаддини билдим шу онки, Айбни ўзимга тўнкай бошладим. Ўзгани ўнгламоқ бўлдим, чап кетди, Энг ўнги ўзимни ўнглай бошладим. Сўзингни ўзимга ўнгладим, куйдим, Ўзимни Сўзингга ўнглай бошладим. Ўзимни истадим, топдим шу дамки, Ўзимдан Ўзингни излай бошладим. Қабрга ҳозирлик кўришлик учун Вужудим қабрда англай бошладим. Ўзимдан ўзимга улуш қолганча Ўзингдан ҳайдадинг, бўзлай бошладим. Мен борми, Сен йўқсан, Сен борми, мен йўқ, Сени деб, "мен"имни илғай бошладим. Яшашчун курашиб, яшай олмагач, Ўзимни ўлдирдим, яшай бошладим. Ўзимдан ўтганин ўзим билдиму, "Ўзимдан ўтди" деб, йиғлай бошладим. Ҳусайнхон Яҳё Абдулмажид Ражаб 16, 1440 23\03\2019