XORIJDA ISH
СтатистикаVazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi 🏢 Toshkent sh., Qamarniso, 1 📞1282, 71 202 33 55 🌐www.gov.uz/ru/migration 📥 info@migration.uz 📲 www.instagram.com/migratsiya_agentligi 📲 www.youtube.com/@age 📲 t.me/uzmigration https://xorijdaish.uz/
- Последний пост
- 17 авг.
- Последнее чтение
- 18 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 99 312
- 1/48двое суток
- 113 811
- 1/72трое суток
- 122 749
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇯🇵 YAPONIYADA ISHLASH ISTAGIDAGI YOSHLAR UCHUN BEPUL DASTUR Migratsiya agentligi va Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi Yaponiyaga "Parvarishlash" va "Oziq ovqat" sohalarida ishga taklif qiladi. Talablar qanday? 📕Toshkent shahrida tashkil qilinadigan o’quv kurslarida 6 oy davomida mutlaqo bepul grant asosida ta’lim olishingiz kerak! 👩🏻⚕️/👨🏻🍳Yosh chegarasi: 18 - 35 (hamshiralik sohasida yoki oziq-ovqat sohasida oldin ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi) Nega aynan ushbu dasturni tanlash kerak? 🟣Yapon tilini noldan o‘rganish; 🟣 O‘qish davrida barcha sharoitlarga ega Migratsiya agentligi tomonidan bepul turar joy; 🟣 Viza xizmatlari va Yaponiyada ishga joylashish BARCHASI BEPUL! 📋 IJTIMOIY YORDAM: Yaponiyaga borgach, xizmat uyi bilan ta’minlanasiz,ijara haqi 108$ qolganini kompaniya qoplab beradi. 💰Oylik maosh: 1500$ - 1600$ (boshlang'ich) 💳 Belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan kun yoki soatlarga (overtime) qo'shimcha pul to'lanadi. ✍️ Joyingizni kafolatlash uchun hoziroq anketa to‘ldiring! 👇👇 ➡️ANKETA TO'LDIRISH⬅️ 📅 O‘qish boshlanishi:2026-yil, 1-Oktyabr 📍 Manzil: Toshkent shahri Yashnabod tumani, Parkent ko’chasi, 331/1-uy ✈️ Murojaat uchun:👇👇 @Our_Kashifa Yaqinlaringizga ulashing! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib boring!
🚛💶 YUK AVTOMOBILI HAYDOVCHILARI RUMINIYAGA ISHGA TAKLIF QILINADI! 👥 Ish o'rni: 50 ta 🌍 Ish joyi: Oradea, Ruminiya (Yevropa bo'ylab reyslar) 📄 Ish turi: doimiy (permanent) ⏱️ Ish vaqti: EU Mobility Package talablariga muvofiq, tахograf orqali hisobga olinadi ━━━━━━━━━━━━ 💰 ISH HAQI: 💶 Qo'lga tegadigan (soliqdan keyin): 3150 EUR 🎁 Bonus: ~200 EUR/oy 📆 Sinov muddati: 3 oy — shu davrda ham to'liq maosh to'lanadi ━━━━━━━━━━━━ 📚 TALABLAR: 🪪 CE toifali haydovchilik guvohnomasi 🚻 21–45 yosh (erkak/ayol) 🛣 Yevropada kamida 6 oy haydovchilik tajribasini tasdiqlovchi hujjat ustunlik beradi (ish beruvchi bilan suhbatga olib kelish kerak) 🗣 Rus va ingliz tilini muloqot darajasida bilish 🩺 Professional haydovchilik uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lish ━━━━━━━━━━━━ 🏠 TA'MINOT (kompaniya hisobidan): ✅ Ish vizasi xarajatlari (~300$) ✅ Viza rasmiylashtirish (~100$) ✅ Aviachipta(~500$) ✅ Aeroportdan turar joyga transfer ✅ Ish ruxsatnomasi xarajatlari (~200$) ✅ Turar joy (yotoqxona) ✅ Ishga qatnov xarajatlari ✅ Tibbiy sug'urta (qonunchilikka muvofiq) 🧮 Ovqatlanish va o'qish xarajatlari xodim hisobidan MUDDATLAR: Ro’yxatdan o’tish - 15-20 avgust; 📝 Ish beruvchi ishtirokida tanlov - 24-30 avgust oralig’ida; 🗣 Yuzma-yuz va nazariy savollar; 🚛 Yuk mashinasida avtomaydonda amaliy imtihon. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (545) 📌ARIZA QOLDIRISH 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
🇩🇪 Maktabdan — Germaniya klinikalarigacha: 1 500 ta grant o‘rni Tibbiyot sohasini tanlagan yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniyada ishlashga maqsadli tayyorlash imkoniyati haqida bilasizmi? 📚 Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida O‘zbekiston bo‘ylab tanlab olingan 20 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining “Hamshiralik ishi” yo‘nalishiga 2026-2027-o'quv yili uchun 1 500 ta grant o‘rni ajratildi. Dastur ishtirokchilari 3 yil davomida: 🔹 hamshiralik yo‘nalishida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni egallaydi; 🔹 nemis tilini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganib, B2 darajadagi xalqaro sertifikat olishga tayyorlanadi; 🔹 Germaniya tibbiyot sohasi talablariga mos maxsus kasbiy fanlarni o‘zlashtiradi; 🔹 o‘qishni tamomlagach, Germaniya klinikalarida ishlash uchun ish beruvchilar tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🎯 Maqsad — yoshlarni texnikumda o‘qish davridan boshlab Germaniya mehnat bozori talablariga mos ravishda kasb va tilga tayyorlash. 📍 Hujjatlar Respublikamiz bo'ylab Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida qabul qilinmoqda. 🗓 QABUL MUDDATI: 10-AVGUSTDAN -10-SENTYABRGACHA 🔗 Hujjatlarni onlayn topshirish uchun havola: my.edu.uz Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
🇷🇸 QURILISH SOHASI VAKILLARI UCHUN SERBIYADA BO'SH ISH O'RINLARI Vakansiyalar va yo'nalishlar: 1️⃣ Armaturachilar — 50 ta o'rin 💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi) 2️⃣ Duradgorlar — 50 ta o'rin 💰 Maosh: 1 000 YEVRO (qo'lga tegishi) 3️⃣ Qurilish muhandislari — 5 ta o'rin 💰 Maosh: 1 500 YEVRO (qo'lga tegishi) 🎓 Talab: qurilish (fuqaro muhandisligi) fakultetini tamomlagan bo'lish 4️⃣ Kran operatorlari — 5 ta o'rin 💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi) ⚠️ Balandlikda ishlash imkoniyati bo'lishi shart 5️⃣ Stanok operatorlari — 10 ta o'rin Vazifa: qurilish texnikasini boshqarish 💰 Maosh: 1 200 YEVRO (qo'lga tegishi) ⏰ Ish vaqti: 5 ish kunida 7:00 dan 17:00 gacha 📄 Mehnat shartnomasi: kamida 1 yil, uzaytirish imkoniyati bilan 📋 Qanday nomzodlar kerak? ▪️ Tegishli yo'nalish bo'yicha kasb-hunar ta'limi (O'zbekistondagi akkreditatsiyadan o'tgan muassasa sertifikati) ▪️ Kamida 5 yillik yo'nalish bo'yicha ish tajribasi ▪️ Ingliz tilini boshlang'ich darajada bilish (rus tili bo'lsa, afzallik) ▪️ Sudlanmagan ▪️ Jismonan sog'lom, mas'uliyatli, jamoada ishlay oladigan 🧮 Ish beruvchi tomonidan qoplanadigan xarajatlar: 📇 Ish vizasini rasmiylashtirish ✈️ O'zbekiston – Serbiya yo'l xarajatlari 🚐 Aeroportdan yashash joyigacha transfer 🪪 Ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish 🏠 Yashash joyi (turar joy) 🍽 Ovqatlanish — kuniga 2 mahal 🩺 Tibbiy sug'urta rasmiylashtirilishi 📆MUDDATLAR: 1. Ro'yxatdan o'tish — joriy yil 20-avgustga qadar 2. Ish beruvchi bilan onlayn suhbat — 2026-yil, 25-28-avgust kunlari ARIZA QOLDIRISH Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
XORIJDA ISH pinned a video
XORIJDA ISH pinned a photo
🇸🇰 SLOVAKIYADA KARA HAYDOVCHILARI UCHUN BO’SH ISH O’RINLARI 🤝 Slovakiyada kara (pogruzchik) haydovchisi bo‘lib ishlashni istagan fuqarolar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 🔹 Ish o‘rinlari soni: 80 ta 🔹Oylik maosh: 1 000 yevro (qo’liga tegishi) 🔹Haftada 5 kun ish (8 soatdan) 📋 Qanday nomzodlar kerak? 20–45 yosh oralig'idagi, "B" toifali haydovchilik guvohnomasiga ega, kara haydash bo'yicha 6 oylik tajribasi bor, rus tilini muloqot darajasida biladigan erkaklar. Ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar: ▪️Turar joy xarajatlari ▪️Tibbiy sug‘urtani rasmiylashtirish 🧮 Ishchi viza va aviabilet xarajatlari nomzod hisobidan (ishga joylashgan taqdiringizda Migratsiya agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi). RO’YXATDAN O’TISH 📆 Shoshiling! Yuqoridagi talablarga to'g'ri kelgan nomzodlarga joriy yil 19-24 AVGUST kunlari ish beruvchilar tomonidan yozma va amaliy (kara haydash) imtihon o'tkaziladi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (906) 📲 Yaqinlaringizga ulashing! So‘nggi yangiliklarni XORIJDA ISH kanali orqali kuzatib boring.
🇩🇪 SIZ SO'RAGAN VAKANSIYALAR: GERMANIYADA 2027-YILGI MAVSUMIY ISHLAR Germaniyada 6–8 oy davomida rasmiy ishlash, daromad topish, nemis tilini rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyati 💼 ISH SHAROITLARI: ▪️ Mehnat shartnomasi muddati: 6 oydan 8 oygacha; ▪️ Kunlik ish vaqti: 7,5–8 soat (smena asosida); ▪️ Haftalik ish vaqti: 39–40 soat; ▪️ Ish grafigi: haftasiga 5 kun; ▪️ Tanaffus: 30 daqiqa. ⏰ ISH SMENALARI: • 05:00–13:00 • 07:00–16:30 • 12:30–21:00 💶 MAOSH VA QO‘SHIMCHA TO‘LOVLAR: ▪️ Soatlik maosh: 10,20 € netto; ▪️O'rtacha oylik maosh: €1 768 Netto; ▪️ Yakshanba kuni ishlaganlik uchun: +20%; ▪️ Bayram kunlari ishlaganlik uchun: +125%. 👥 NOMZODLARGA TALABLAR: ✅ Yosh: 20–40 yosh; ✅ Nemis tilida kamida B1 darajada gaplasha olish; ✅ Saranjom-sarishta va ozoda ko‘rinish; ✅ Sudlanmaganlik ; ✅ Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi. ⚠️ MUHIM: Nemis tili sertifikati majburiy emas - biroq nomzod nemis tilidagi suhbat natijasi va ish beruvchining talablari asosida saralanadi. 📌 YO‘NALISHLAR: 🛏 Housekeeping — mehmonxona xonalarini tozalash; 💳 Kassenkraft — kassir; 🍻 Thekenkraft — ichimlik va taomlarni tarqatish; 🍽 Food Runner — ofitsiantlarga yordamchi; 🧽 Abräumer & Spüler — idishlarni yig‘ish va yuvish; 👨🍳 Küchenhilfe — oshpaz yordamchisi; 🍞 Bäcker — non va shirinliklar tayyorlash. Nomzodlar nemis tilidagi suhbat natijasi va ish beruvchining talablari asosida saralanadi. ⚠️ Har bir nomzodning qaysi ish yo‘nalishiga taklif qilinishi ish beruvchi bilan suhbatdan so‘ng - uning tajribasi, til darajasi va vakansiyadan kelib chiqib ish beruvchi tomonidan belgilanadi. Nomzod ish turini o‘zi tanlamaydi. 📆 MUDDATLAR: Arizalar joriy yil avgust oyining 30 sanasiga qadar qabul qilinadi; Ish beruvchi bilan suhbat 2026-yil oktyabr oyida onlayn tarzda bo'lib otadi; Tanlovdan o'tganlar 2027- yil aprel va may oylarida Germaniyada ish boshlaydi. 🇩🇪 📚 Nemis tili ko‘nikmalaringizni yanada mustahkamlash va suhbatga puxta tayyorlanish uchun hali yetarlicha vaqtingiz bor. Imkoniyatni boy bermang — Germaniya sari ilk qadamingizni hoziroq tashlang! 📥 ARIZA QOLDIRISH Qo'shimcha savollar uchun: @consultinguz_chat ☎️ Migratsiya agentligiga murojaat uchun: 71 202-33-55 (106,502 ichki raqam) 📤 Germaniyaga borib ishlashni istayotgan do‘stlaringizga ushbu e’lonni yuboring! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.
🇫🇷 Fransiya mehnat bozoriga ilk qadam: pilot loyiha amaliy bosqichda Migratsiya agentligi tomonidan tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish geografiyasi yana bir yangi davlat — Fransiya hisobiga kengaymoqda. Joriy yil 12 iyun kuni Fransiyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlash uchun e'lon berilgan, 1 iyul kuni esa nomzodlar fransuz ish beruvchilari ishtirokida onlayn suhbatdan o'tgan edi. 📌 Pilot loyiha doirasida 10 nafar nomzod ish beruvchi tomonidan tanlab olindi. 🍇🍎 Ularning dastlabki 6 nafari mehnat vizalarini oldi va shu oyda Fransiyaga yo‘l olib, mevalarni yig‘ish va saralash ishlarida ish faoliyatini boshlaydi. 🥦🥕Loyihaning keyingi bosqichida qolgan 4 nafar nomzod shu yil kuz oylarida sabzavot yetishtirish va yig‘ish mavsumidagi ishlar uchun Fransiyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan. Bu — O‘zbekiston fuqarolarini Fransiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish bo‘yicha ilk yo‘nalish va dastlabki pilot loyiha. Natijalar kelgusida Fransiyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va ushbu yo‘nalishda yangi imkoniyatlarini yaratish uchun muhim qadam bo‘ladi. 📢 Xabarni tarqating! 👉 @uzmigration
📢 DIQQAT, SHIFOKORLAR, OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRALAR VA TIBBIYOT OG‘ALARI! 🇨🇿🇸🇰 Chexiya va Slovakiyaning yirik tibbiyot muassasalarida ishlash imkoniyati! Migratsiya agentligi Slovakiyaning “Penta Hospitals International” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chexiya va Slovakiyada mehnat faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan tibbiyot mutaxassislarini ro‘yxatga olishni boshlaydi. ✅ Loyihada kimlar ishtirok etishi mumkin? — rus tilida erkin muloqot qila oladigan, tibbiyot oliy ta’lim muassasasini hamshiralik yo‘nalishida so‘nggi ikki yil ichida tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alarilar; — shifokorlar; 🎓 Saralangan nomzodlar uchun: — Migratsiya agentligining “Intil” xalqaro markazida 3 oylik tezlashtirilgan chex yoki slovak tili kurslari; — Chexiya va Slovakiyadan jalb etiladigan malakali o‘qituvchilar; — viza hujjatlarini rasmiylashtirishda Migratsiya agentligining to‘liq amaliy ko‘magi taqdim etiladi. Turar joy va o‘qish harajatlari Migratsiya agentligi tomonidan to'lab beriladi! O‘quv jarayonlari 2026-yil sentabr oyidan boshlanadi. Viza rasmiylashtirish ishlari til kurslari bilan bir vaqtda olib boriladi. 💶 Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun oylik ish haqi: — shifokorlar uchun — 3 000 yevrodan; — hamshiralar va tibbiyot og‘alari uchun — 2 000 yevrodan boshlanadi. 🌍 Xalqaro tajriba orttirish, professional faoliyatingizni rivojlantirish va Yevropada ishlash imkoniyatidan foydalaning! 📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali ariza yuboring. 👇🏻 LINK Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Интерпол қидирувида бўлган, собиқ Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги мулозими А.Тоштемиров интернетда тарқатаётган норасмий ва ҳақиқатга мутлақо тўғри келмайдиган маълумотлар юзасидан айрим ФИКР-МУЛОҲАЗАЛАР Ҳозирда халқаро қидирувда бўлган Азиз Тоштемировнинг “Кореяга ишга юбориш билан боғлиқ коррупцион схема юзасидан 90 млн. АҚШ доллари қаерда?” – деган саволига жавоб излаб кўрамиз. Чиндан ҳам пул қаерда? ➡ БАТАФСИЛ ЎҚИШ + ВИДЕО 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration
🇺🇿🇺🇸 АҚШ билан қишлоқ хўжалиги соҳасида меҳнат миграцияси бўйича ҳамкорлик кенгаймоқда 🤝 Миграция агентлиги АҚШнинг мазкур йўналишдаги яна бир йирик рекрутинг компанияси билан ҳамкорлик тўғрисидаги Келишувни имзолади. 🌾 Томонлар Ўзбекистон фуқароларини H-2A дастури орқали АҚШнинг мавсумий ишларига тайёрлаш ва ишга жойлаштириш бўйича келишиб олди. 📚 Лойиҳа доирасида: 🔹 иш берувчилар эҳтиёжига мос ўқув дастурлари ишлаб чиқилади; 🔹 инглиз тили ва касбий тайёргарлик ташкил этилади; 🔹 номзодларнинг амалий кўникмалари баҳоланиб, қўшма сертификатлаш тизими жорий қилинади; 🔹 саралаш ва ишга юборишнинг шаффоф механизмлари йўлга қўйилади. ✅ Миграция агентлиги номзодларни саралаш, АҚШ меҳнат қонунчилиги ва меҳнат шароитлари бўйича тайёрлаш ҳамда мавсумий ишлар якунлангач ҳамюртларимизнинг Ватанга ўз вақтида қайтишини таъминлайди. 🇺🇸 АҚШда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари бўйича иш берувчиларнинг дастлабки талаблари ва рўйхатдан ўтиш тартиби "XORIJDA ISH" Telegram каналида эълон қилинади. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿🇺🇸 АҚШ билан қишлоқ хўжалиги соҳасида меҳнат миграцияси бўйича ҳамкорлик кенгаймоқда 🤝 Миграция агентлиги АҚШнинг мазкур йўналишдаги яна бир йирик рекрутинг компанияси билан ҳамкорлик тўғрисидаги Келишувни имзолади. 🌾 Томонлар Ўзбекистон фуқароларини H-2A дастури орқали АҚШнинг мавсумий ишларига тайёрлаш ва ишга жойлаштириш бўйича келишиб олди. 📚 Лойиҳа доирасида: 🔹 иш берувчилар эҳтиёжига мос ўқув дастурлари ишлаб чиқилади; 🔹 инглиз тили ва касбий тайёргарлик ташкил этилади; 🔹 номзодларнинг амалий кўникмалари баҳоланиб, қўшма сертификатлаш тизими жорий қилинади; 🔹 саралаш ва ишга юборишнинг шаффоф механизмлари йўлга қўйилади. ✅ Миграция агентлиги номзодларни саралаш, АҚШ меҳнат қонунчилиги ва меҳнат шароитлари бўйича тайёрлаш ҳамда мавсумий ишлар якунлангач ҳамюртларимизнинг Ватанга ўз вақтида қайтишини таъминлайди. 🇺🇸 АҚШда мавсумий қишлоқ хўжалиги ишлари бўйича иш берувчиларнинг дастлабки талаблари ва рўйхатдан ўтиш тартиби "XORIJDA ISH" Telegram каналида эълон қилинади. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration
🚌 YAPONIYADA HAYDOVCHILIK SOHASI GRANT DASTURIGA NAVBATDAGI QABUL BOSHLANDI 🇯🇵 Migratsiya agentligi, Yaponiyaning "Onodera User Run" va "Willer Express" kompaniyalari hamkorligida tajribali haydovchilar Yaponiyaga tezyurar avtobus va yuk mashinalari haydovchisi sifatida ishga taklif qilinadi! 📚 Talablar qanday? Yosh: 21-35 Guvohnoma: D, CE, BC toifalaridan kamida bittasi (nomzod haydovchilik guvohnomasini olganiga kamida 2,5 yil bo‘lgan va guvohnoma olganidan so‘ng O‘zbekistonda kamida 3 oy yashagan bo‘lishi shart.) O'qish: 7,5 oylik bepul intensiv yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kursi Manzil: Toshkent shahri Yashnabod tumani, Parkent ko'chasi 331 uy. Xalqaro til va ko'nikmalar maktabi 🏘 Migratsiya agentligi bepul yotoqxona bilan ta’minlaydi. 💰Maosh: Bugungi kurs bilan hisoblaganda umumiy daromad barcha ustama va bonuslar bilan 1 350–2800 AQSH dollarigacha yetadi! 🏠 Yaponiyada ta’minot: Ishchi viza, tibbiy, ijtimoiy sug‘urta va turar joyga yordam beriladi! 🧑💻Tanlov joriy yil avgust oyining ikkinchi yarmida ONLAYN SUHBAT asosida bo'lib o'tadi! ✍️ Joyingizni band qilish uchun hoziroq anketa to‘ldiring! 👇👇 ➡️ANKETA TO'LDIRISH⬅️ 📱 Batafsil ma'lumot uchun @Our_Xurshid telegram profiliga murojaat qiling Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
без подписи