Namangan viloyati soliq boshqarmasi
СтатистикаNamangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞(69) 227 91 96 📞(69) 227 95 51 @NAMANGANSOLIQ
- Последний пост
- 14:45
- Последнее чтение
- 17 авг.
- Постов за неделю
- 59
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 300
- 1/48двое суток
- 333
- 1/72трое суток
- 359
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
#qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobni yuritish va hisobotlarni taqdim etish "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 👉 O‘RQ-1168 17.08.2026-yil. Qonunning 17-moddasi yangi tahririga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotlarni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobotlar istisno tarzida axborot tizimlari orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti uning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlariga hisobni elektron shaklda yuritish uchun dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul taqdim etadi. Kichik tadbirkorlik subyektlari belgilangan shakllar bo‘yicha hisobotlarni faqat statistika va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa — davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlar va statistika ma’lumotlarining Yagona ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektlaridan Yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlar va statistika ma’lumotlarini talab qilish taqiqlanadi. Davlat organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilgari taqdim etilgan hisobotlar va statistika ma’lumotlarini takroran talab qilishga haqli emas. Bunda davlat organlari o‘rtasida hisobotlar va statistika ma’lumotlarini almashish elektron axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi kerak. ___________ #новое_в_законодательстве Ведение учета и представление отчетности субъектами предпринимательства В Закон "О гарантиях свободы предпринимательской деятельности" внесены изменения и дополнения. 👉№ЗРУ-1168 от 17.08.2026 г. В соответствии с новой редакцией статьи 17 Закона субъекты предпринимательской деятельности ведут учет и отчетность в соответствии с законодательством. Отчеты представляются исключительно в электронной форме через информационные системы. Отчет субъекта предпринимательства, представленный в электронной форме, подтверждается электронной цифровой подписью субъекта предпринимательства. Государство предоставляет программное обеспечение для ведения учета субъектами предпринимательства в электронной форме на льготных условиях или бесплатно. Субъекты малого предпринимательства представляют отчетность по установленным формам только в органы статистики и органы государственной налоговой службы, а индивидуальные предприниматели — в органы государственной налоговой службы. Единый перечень отчетности и статистических данных, представляемых субъектами предпринимательства в государственные органы, утверждается Президентом Республики Узбекистан. При этом требовать от субъектов предпринимательства отчеты и статистические данные, не включенные в Единый перечень, запрещается. Государственные органы не вправе повторно требовать отчеты и статистические данные, ранее представленные субъектами предпринимательства. При этом обмен отчетностью и статистическими данными между государственными органами должен осуществляться через электронные информационные системы. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlik subyektlarining toifalari "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 👉 O‘RQ-1168 17.08.2026-yil. Tadbirkorlik subyektlari kalendar yil davomidagi jami daromadi miqdoriga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi: ➡️ kichik tadbirkorlik subyektlari; ➡️ o‘rta tadbirkorlik subyektlari; ➡️ yirik tadbirkorlik subyektlari. Kichik tadbirkorlik subyektlari toifasiga quyidagilar kiradi: ✔️ yakka tartibdagi tadbirkorlar; ✔️ mikrofirmalar — muassislari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda kalendar yil davomidagi jami daromadi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari; ✔️ kichik korxonalar — kalendar yil davomidagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan va (yoki) muassislari (ishtirokchilari) tarkibida yuridik shaxslar-mikrofirmalar mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari. O‘rta tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari kiradi. Yirik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi 100 mlrd so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari kiradi. ❗️Tadbirkorlik subyektlarini ushbu toifalarga ajratish ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. 👉"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonuni 5-moddasi ____________ #новое_в_законодательстве Категории субъектов предпринимательства В Закон "О гарантиях свободы предпринимательской деятельности" внесены изменения и дополнения. 👉№ЗРУ-1168 от 17.08.2026 г. Субъекты предпринимательства в зависимости от размера совокупного дохода за календарный год подразделяются на следующие категории: ➡️субъекты малого предпринимательства; ➡️субъекты среднего предпринимательства; ➡️субъекты крупного предпринимательства. К категории субъектов малого предпринимательства относятся: ✔️индивидуальные предприниматели; ✔️микрофирмы — субъекты предпринимательства, учредителями (участниками) которых являются физлица и совокупный доход которых за календарный год составляет до 1 млрд сумов; ✔️малые предприятия — субъекты предпринимательства, совокупный доход которых за календарный год составляет от 1 млрд сумов до 10 млрд сумов и (или) в составе учредителей (участников) которых имеются юридические лица-микрофирмы. К категории субъектов среднего предпринимательства относятся субъекты предпринимательства, совокупный доход которых за календарный год составляет от 10 млрд сумов до 100 млрд сумов. К категории субъектов крупного предпринимательства относятся субъекты предпринимательства, совокупный доход которых за календарный год составляет 100 млрд сумов и более. ❗️Отнесение субъектов предпринимательства к этим категориям осуществляется в целях их государственной поддержки и формирования данных официальной статистики. 👉ст.5 Закона "О гарантиях свободы предпринимательской деятельности" Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar: 📌Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi; 📌Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi; 📌Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi; 📌ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi; 📌Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 📌Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak; 📌Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi; 📌Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi; 📌Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi; 📌Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi; 📌Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi; 📌Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur. Facebook|Instagram|X
Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X
Beshinchi yo‘nalish – biznesga maʼmuriy bosimni keskin kamaytirish. So‘nggi uch yilda soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga, o‘n yilda yashirin iqtisodiyot ulushi 50 foizdan 26 foizga tushdi. – Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari. Tahlil qilingan 5 ming tadbirkorning yarmidan ko‘pida bir yilda 2-3 marta, yana 21 foizida 4 martadan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Bunga yong‘in, qurilish, sanitariya, karantin va energiya inspeksiyalarining takroriy tekshiruvlari ham qo‘shilmoqda. – Bir narsani tushunish kerak: xotirjamlik bo‘lmagan joyda erkinlik ham, rivojlanish va yangilikka intilish ham bo‘lmaydi, – dedi Prezident. Shu bois, kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi. O‘rta va yirik tadbirkor o‘z korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan o‘tkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi. Kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi, bir yilda takroriy tekshiruv esa faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi. Facebook|Instagram|X
#qonunchilikdagi_yangiliklar Biznesni himoya qilishning 7 ta tamoyili: qonun tadbirkorlarga nimalarni kafolatlaydi? "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 👉O‘RQ-1168-son, 17.08.2026-y. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy tamoyillari tasdiqlandi: ✔️ qonuniylik; ✔️ tadbirkorlik erkinligi; ✔️ tadbirkorlik subyektlarining tengligi; ✔️ ishonchni himoya qilish; ✔️ korrupsiyaning mavjud emasligi; ✔️ xususiy mulkning daxlsizligi; ✔️ tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikning barqarorligi va aniqligi. Qonuniylik tamoyili Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishda, tadbirkorlik subyektlari esa o‘z faoliyatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari shart. Tadbirkorlik erkinligi tamoyili Har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining butun hududida va undan tashqarida tadbirkorlik bilan erkin shug‘ullanish hamda o‘z mol-mulkidan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanish huquqiga ega. Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyat turini amalga oshirishga va o‘z faoliyat yo‘nalishlarini mustaqil tanlashga haqli. Tadbirkorlik subyektlarining tengligi tamoyili Tadbirkorlik subyektlari mulkchilik shaklidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan va boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdir. Ishonchni himoya qilish tamoyili Insofli tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan hujjatlarga bo‘lgan ishonchi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining shakllangan amaliyot bilan bog‘liq qonuniy kutilmalarini hurmat qilishlari shart. Shakllangan amaliyotni o‘zgartirish yoki bekor qilish jamoat manfaatlari bilan asoslangan, umumiy xususiyatga ega bo‘lgan hamda barqaror bo‘lishi lozim. Korrupsiyaning mavjud emasligi tamoyili Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va uni davlat tomonidan tartibga solish jarayoni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan, shu jumladan manfaatlar toqnashuvi va huquqning tanlab qo‘llanilishidan xoli bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan bevosita muloqotini cheklashga qaratilgan tizimli choralar ko‘rilishi lozim, chunki inson omili sababli bunday muloqotlar korrupsiya kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. Xususiy mulkning daxlsizligi tamoyili Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki daxlsizdir va davlat muhofazasida bo‘ladi. Tadbirkorlik subyektlari qonunda nazarda tutilgan holatlar va tartibdan tashqari hamda sud qarorisiz o‘z mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikning barqarorligi va aniqligi tamoyili Tadbirkorlik subyektlari o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda izchil, barqaror va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan huquqiy muhit bilan ta’minlanadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklashni nazarda tutuvchi, shuningdek, yangi javobgarlik choralarini belgilovchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda: ✖️ bunday hujjatlarning asoslantirilmagan holda tez-tez o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi; ✅ tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirishda barqaror huquqiy muhit bilan ta’minlanishi kerak; ⚖️ normalar o‘xshash huquqiy vaziyatlarda bir xil, izchil va adolatli qo‘llanilishi lozim; 🤎 huquqiy aniqlik va asoslanganlik talablariga qat’iy rioya etilishi shart. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X
Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit berish imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi. “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi. Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar bo‘sh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish o‘rni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. Facebook|Instagram|X
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. – Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun! – dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi. Facebook|Instagram|X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. Facebook|Instagram|X
#mustaqillik NAMANGAN-YANGI NAFAS Kosonsoy tumani “TERRY JAR TEXTILE” MCHJ 2025 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p tayyor mahsulot ishlab chiqargan korxona. Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube
#Intervyu_24 | 16.08.2026 Tadbirkorlar mehnati - davlat e'tirofida mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
📸 KUN FOTOSI Sportdagi jamoaviylik — ishdagi hamjihatlikning davomidir. Bir maydonda bir maqsad sari harakat qilish o‘zaro ishonch, qo‘llab-quvvatlash va jamoaviy ruhni mustahkamlaydi. Bu esa ish jarayonida ham ahillik va samarali hamkorlikka xizmat qiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS Korxona tovar aylanmasi 2026-yil may oyida 1 mlrd so‘mdan oshgan. Unga ham umumbelgilangan tartibga o‘tishning yangi, bazaviy hisoblash miqdorining 12 000 barobar chegarasi tatbiq etiladimi? Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#Bilasizmi Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasini qanday bekor qilinadi? 🔵E-ijara xizmati (ijara.soliq.uz)da tasdiqlangan ijara shartnomalarini bekor qilish imkoniyati mavjud. Buning uchun: ✔️ Ijaraga beruvchi “Chiquvchi shartnomalar” toifasidagi “Ijaralar ro‘yxati” menyusidagi “Tasdiqlangan” bandiga o‘tishi kerak; ✔️jadvalda ijara shartnomasini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi kerakli guvohnomani tanlab “Koʻrish” tugmasi bosiladi; ✔️ o'ng tomonda ochilgan oynada "Bekor qilish" tugmasini bosib ushbu guvohnoma bekor qilinadi. Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube
#soragan_edingiz Uy-joylarini ijaraga bеrgan fuqarolar soliq to`lamaydimi? Soliq kodеksining 378-moddasi 19 prim bandiga asosan soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi. Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida "Talabalar uchun ijara shartnoma" bo‘limi orqali amalga oshirish mumkin. Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube
#Intervyu_24 | 16.08.2026 Tadbirkorlar mehnati - davlat e'tirofida mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2026-yil 17-avgust iyul oyi uchun: - hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi 👉Soliq kodeksining407-moddasi 4- va 5-qismlari - aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi ___________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 17 августа 2026 года последний день за июль: - представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога 👉ч.1 ст.389 Налогового кодекса 👉ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса - представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода 👉ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads