Охват к подписчикам
649,2%
ERR
Реакции к просмотрам
0,52%
143 на 49 постов
Пересылки к просмотрам
0,51%
139
Постов в день
4,3
всего 91
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 14 авг.🦋 Axborot xizmatlari rahbarlari attestatsiyaga tayyorlanmoqda 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida viloyat, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek, hududiy boshqarmalar axborot xizmatlari rahbarlari uchun attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi. 🟢Seminar gibrid formatda — oflayn va onlayn tarzda o‘tkazilib, unda axborot xizmatlari rahbarlarining attestatsiyaga nazariy tayyorgarligini oshirish, sohaga oid bilimlarini mustahkamlash hamda zarur uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratildi. 🟢Mashg‘ulotlar davomida media trener Beruniy Alimov tomonidan axborot xizmati faoliyatiga oid attestatsiya savollari yuzasidan, Kontent markazi mutasaddisi R. Yahyaev tomonidan esa sohaga oid qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi. 🟢Mazkur seminar axborot xizmatlari rahbarlarining attestatsiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashi hamda kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/1743350,00%
- 14 авг.AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MEDIASAVODXONLIK Bugungi kunda axborot jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bordi. Inson ertalab uyg‘onishi bilan telefonidagi xabarlarni ko‘radi, ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishadi, kun davomida turli elektron platformalardan foydalanadi, ish va ta’lim jarayonida raqamli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shu tariqa axborot insonning kundalik hayoti, mehnat faoliyati, dunyoqarashi va qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omilga aylandi. Батафсил ўқинг @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.31,58%
- 14 авг.🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi Britaniyada ham yangramoqda Londondagi Eminsight nashrida mamlakatimiz taraqqiyoti, buguni va kelajagiga bag‘ishlangan maqolamiz e’lon qilindi. Bir maqola aslida bir sana haqidagina emas. U bugungi O‘zbekistonning dunyoga qanday ko‘rinayotgani haqida. 35 yil. Yangi tarix. Yangi imkoniyatlar. Bosh muharrir Raza Syedga hamkorlik uchun katta rahmat! https://www.eminsight.co.uk/article/6a7f2ced40a97b21d183677730,00%
- 10 авг.DAVLAT KOMMUNIKATSIYASIDA ENG QIMMAT NARSA — ISHONCH Bugun Farg‘ona viloyati davlat boshqaruv organlari matbuot kotiblari uchun treningda aynan shu mavzuning eng muhim jihatlari haqida ikkita sessiya o‘tkazdim. ✅Davlat kommunikatsiyasi: ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyani jalb qilish strategiyalari. ✅Zamonaviy media muhitida inqiroz kommunikatsiyasi: Reputation Management & Public Trust — davlat xizmatlarida ishonch kapitalini oshirish. Hozir davlat kommunikatsiyasining vazifasi shunchaki axborot berish emas. Odamni eshitish. Savoliga javob berish. Muammosini eshitish, yechishga yordamlashish. Inqiroz paytida esa — ishonchni saqlab qolish. Ishonch aslida yillar davomida quriladi, ammo birgina noto‘g‘ri kommunikatsiya bilan bir necha daqiqada yo‘qolishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy matbuot kotibi — shunchaki axborot tarqatuvchi emas. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchning kundalik boshqaruvchisidir. Photo credit: Oqil G'ulomov25,00%
- 10 авг.⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Mavzu: Afgʻoniston aslida qanday? Ekspertimiz: Beruniy ALIMOV (DSc), professor Tomosha qiling ➡️https://youtube.com/live/r4xvg7XicNM?feature=share Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline22,86%
- 10 авг.Yangi mingtasidan bitta eskisi durust Esimda, talabalikda Sherzodxon bilan “Axborot”ga birga borardik. Aytsam ishonmaysiz, tez efirga chiqish kerak bo’lib qolsa, nafaqat galstuklarimizni balki kostyumimizni ham almashrtirib chiqaverardik. Xullas, jurnalistikaning sehrli, ammo o’ta murakkab va ba’zan ayovsiz dunyosiga bir davrda kirib keldik. O‘sha paytlarda na lavozim bor edi, na katta nomlar. Shunchaki kasbga qiziqish, katta orzular va oldinda nima kutayotganini bilmaydigan ikki g’o’ch yigit bor edi, xolos. Oradan yillar o‘tdi. Hayot degani tubdan o‘zgardi. Kasb va unga talab ham o‘zgarib ketdi. Tizimlar, lavozimlar, odamlar o‘zgardi. Ammo biz hamon bir to’lqindamiz. Balki eski qadrdonlikning qadrini ham aynan vaqt ko‘rsatayotgandir. To’gri, yangi tanish sizning faqat buguningizni biladi. Eski jo‘ra esa aynan qayerdan, qaysi nuqtadan boshlanganingizni yaxshi biladi. Shuning uchun: yangi mingta jo‘radan — bitta eski jo‘ra durust. Nima dedingiz?21,43%
- 13 авг.Pomidor qoqi, Ser! (Full video)21,21%
- 10 авг.Fikrat studiyasida mehmon bo‘lish — xayolga ham kelmagan edi. Shu media loyihani boshidan kuzatib kelaman. Qanday qilib shakllanib, o‘sib, katta auditoriyaga ega bo‘lib borayotganini chetdan kuzatib yurardim. Yaqinda kutilmaganda SMS kelib qoldi: “Sizni suhbatga taklif qilamiz”. Rostini aytsam, bir soniya ham ikkilanmadim. Hatto nima haqida gaplashamiz deb so’ramabman ham. “Albatta boraman!” dedim. Jonli efirda Afg‘onistonga qilgan sayohatimiz haqida batafsil gaplashdik. U yerda ko‘rganlarim, oddiy odamlar, hayratlanarli va ba’zan xavfliroq lahzalar, kutilmagan voqealar va Afg‘oniston haqidagi ko‘pchilik bilishni istaydigan savollarga baholi qudrat javob berdim. Agar hali ko‘rishga ulgurmagan bo‘lsangiz, suhbat havolasi mana bu yerda 👇 https://youtube.com/live/r4xvg7XicNM?feature=share20,00%
- 6 авг.“Men bilgan Afg‘oniston aslida boshqacha ekan”- Beruniy Alimov Bir necha o‘n yillar urushdan boshi chiqmagan yon qo‘shnimiz Afg‘onistondagi bugungi hayot haqida tasavvur va qarashlar turfa. Bu fikrlar xorijiy nashrlar prizmasidan o‘tkazilgan ma’lumotlar asosida shakllangan, deyish mumkin. So‘nggi yillarda barqaror bo‘lib borayotgan tinchlik ushbu mamlakatga qiziquvchilarning ortishiga sabab bo‘lyapti. Buni ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistonning turli hududlaridan tayyorlangan materiallarning ko‘payib borayotganidan ham sezish mumkin. Jumladan, taniqli jurnalist Beruniy Alimovning Afg‘onistonga safari va u yerdan tayyorlagan materiallari ko‘plab foydalanuvchilarning qiziqishlari hamda muhokamalariga sabab bo‘ldi. Muallif bir nechta shaharlarda bo‘lib, mahalliy aholi, xususan ko‘plab o‘zbek millatiga mansub afg‘onistonliklar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Bog‘i Bobur, G‘azna shahridagi Abu Rayhon Beruniy dafn etilgan qabristonda ham bo‘lib, materiallar e’lon qildi. Hazrat Alisher Navoiy tug‘ilgan, buyuk olim Abu Rayhon Beruniy va Zahiriddin Muhammad Bobur mangu qo‘nim topgan Afg‘onistonga qanday borish mumkin? Xavfsizlik darajasi qanday? Sharoitlar, narxlar, xarajatlar-chi? O‘zbekistonga qaytgan Beruniy Alimov “Vatandoshlar” gurungida safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 📱 Toʻliq videoni YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/sAhBmivOWws Veb-sayt | Facebook | Instagram | @vatandosh_tv | YouTube | X20,00%
- 7 авг.#OAVda_biz “Men tanigan O‘zbekiston” kitobi taqdimoti “O’zbekiston 24” telekanalida batafsil yoritildi. ✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTube17,78%
- 11 авг.Kutubxona jim, sokin bo‘lishi kerak. Lekin kutubxonachi — yo‘q. Bugun kutubxonalar rahbarlari bilan kommunikatsiya haqida gaplashdik. Viral kontent qanday yaratiladi? Media oldida qanday gapirish kerak? Rahbarning bitta gapi tashkilot imijini qanday o‘zgartirishi mumkin? Ichki va tashqi kommunikatsiya nega bir xil darajada muhim? Eng muhimi — bugun odamlar siz qilayotgan ishning o‘zidan ko‘ra, u haqda qanday gapirayotganingizni tezroq ko‘radi. Yaxshi ishlash — bir masala. Yaxshi kommunikatsiya qilish — boshqa masala. Chunki bugun eng katta xato — yaxshi ish qilib, uni hech kimga aytmaslik. Axborot davrida ba’zan jimlik ham kommunikatsiya. Faqat ba’zan u sizning foydangizga ishlamaydi.17,50%
- 28 июн.без подписи15,38%