olimovlaw
СтатистикаHaq olinur, berilmas. Maxmudxo'ja Behbudiy ▫️jinoyat, fuqarolik, oila, mehnat va kiber huquqiga yengil sho'ng'ish: ▫️o'qilgan kitoblardan taqrizlar: 📤 @olimowbot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 57
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 77
- 1/48двое суток
- 88
- 1/72трое суток
- 95
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Yoz o’tmoqda soz! Hammada shundaymi? t.me/anonaskbot?start=StD8bVQ07AGjL2t
Endilikda «светафор» emas “yo’lchiroq” deyilarkan, ba’zi xorijdan olingan tushuncha va yuridik atamalarni milliy tilimizda muqobil shakllari uchun takliflar ishlab chiqilyapti. Shu jaryonlar “семечка” ni ham muqobil shaklini topib ketaylik azizlar “pista” alohida me’va ku chalkashyapti odam…. @olimovlaw
Hokimlarni tinch qo’yaylikda, sizni muhimroq shu moddaga e’tirboringizni tortaman. Xo'sh, bu jamiyatga qanchalik xavfli?
ayam: qizni manzilini aytasanmi? men: -ha, Sharmandali mahalla, Uyatli xonadon 9 batafsiil
Davlat organlari xizmatchilari tijorat reklamalarida ishtirok etishlari qonunga ziddir. Xizmat mavqeidan tadbirkorlik yoki tijorat manfaatlarini ilgari surish uchun foydalanish manfaatlar to’qnashuvi va xizmat odobiga zid kelishi aniq. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida” Qonuni 16-moddasiga ko’ra : “Tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko’rsatish taqiqlanadi”. Ya’ni reklamada mansabdor shaxs ishtiroki mahsulot yoki xizmat davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgandek taassurot uyg’otsa bu noqonuniydir. Ma’lumot uchun, yuqorida keltirilgan reklama roligida Ichki ishlar vazirligi YPX xizmati xodimlari (ulardan biri podpolkovnik). Shaxsan, ikki xodimni ham instagramda kuzatmayman. Balki bu reklamalaridan biridir. Fikrlar bo’lsa marhamat👇🏻
Ertalab turganda tepadagi ikkita postni o’qib qo’ying a🤨 reksiyalar ham bo’lsin
Buzilgan “Nomdor” Bugun bu xabarni o’qiganimda ko’nglim biroz tugun bo’ldi, sababi bu maskanda kursdoshlar bilan yaxshi xotiralarim bor edi. Xo’sh o’zi nega buzildi. Avvaloroq O’zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani buzish haqida va uni javobgarligi haqida yozgan edim. “Nomdor” ham shu toifadagi qurilma bo’lgani uchun Kadastr agentligini hududiy bo’limi ushbu obyektni buzdirish uchun chiqqan. Bu kabi nizolar FPKni 23-2-bobida berilgan moddalar asosida ko’rib chiqiladi. Uni boshqalardan asosiy 3ta farqi bor: • ish ko’rish muddati: 20kun qabul qilish va qo’zg’atish ajrimi chiqarilgandan • bu toifadagi ishlarda kelishuv yoki meditatsiya qilib bo’lmaydi. • xal qiluv qarori apellatsiya shikoyati berilmasa 10kundan keyin kuchga kiradi. Nomdorga kelsak, sudning xal qiluv qarori mavjud va shu asosida javobgarning yonidan buzdirildi. Buni tadbirkorlarga taqiq deb baholamayman, shunchaki biznesingizni rivoji uchun yurist bilan maslahatlashing. Ko’ramiz qanday shaklda qayta qurishar ekan. @olimovlaw
Qaynona hokim Ijtimoiy tarmoqlarda bugun ba’zi hokimlarni yangi qiliqlari haqida videolar aylandi va bunga ko’plar o’z munosabatini bildirdi. Men esa ularni harakatlarini huquqiy tahlil qilib beraman. Avvalo Konstitutsiyani 31-moddasi: Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Hokim buva bir vaqtlar “-bizniki” deb hayqirgan Konstitutsiyani ochib ko’rmagan ham shekili, bemalol katta xolasininiki kelgandek kirib muzlatgichni kirligini tanqid qilyapti. ikkinchidan, yana bizda 26-modda bor: Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas. Bular esa yuvilmagan kosani ko’rsatib “-yomon xotin”likda ayblab o’tirishib kamiga video olishganinichi? uchinchidan, yuqoridagi moddalardagi huquqlarni mensimaganlik uchun javobgarliklar yetarli: Mjtk 46-1-modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish - BHMni 10 baravaridan 40 baravarigacha jarima to’rtinchidan FK ning 1021-1022-moddalari kirib keladi, ya’ni ma’naviy zarar undirish. Unga ko’ra zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa fuqaro bemalol sudga murojaat qilib bu uchun oqilona haq undirishi mumkin. Meni xavotirga qo’ygani bu tuman yoki shahar hokimini miyyasiga bugun to’satdan kelgan fikr emas, buni sababi bir bekorchi vallomat tepaga yaxshi ko’rinish uchun o’ylab topgan. Unda o’ylab ko’ring qaysi hokimni bu ishga vaqti bor. @olimovlaw
Buzilgan “Nomdor” va Qaynona hokim qaysi biridan boshlay?
Nima deysizlar manashu fuqarolik ishlarini, da'vo arizlarini va boshqa huquqiy masalalarni videoda soooodda qilib tushuntirib tursam? Reaction bervorilarchi? https://t.me/anonaskbot?start=StD8bVQ07AGjL2t
Foydalanish yoki qurilish qilish Mjtkning 60-moddasida "Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish" bo'yicha huquqbuzarliklar sanab o'tilgan. Ulardan moddaning ikkinchi qismida quyidagicha mavzu bor Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʻlmagan holda ulardan foydalanish Bu nima degani desangiz? Aytaylik mahallada yoki yo'l yoqasida hech kimga tegishli bo'lmagan yer mavjud siz uni borib o'zlashtirdingiz va makka yoki qalampir ekdingiz deylik. Shu holatda siz undan noqonuniy foydalangan bo'lasiz va BHMni 30 baravarida jarima to'lashingizga to'g'ri keladi(mansabdor shaxslarga BHMni 70 baravarida) Endi shu joyga aytaylik do'koncha qurdingiz yoki "Abdullajon"dagi baliqchilarni chaylasini, bu holatda vaziyat quyidagicha baholanadi: Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʻlgan va tutash boʻlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish Bu holatda siz BHMni 200 baravarida jarima to'lashga majbur bo'lasiz(mansabdor shaxslarga BHMni 400 baravarida). Qarabsizki buyam kamdek Kadastr xodimlari 1 oy o'tib fuqarolik sudiga ushbu noqonuni qurilmani sizni hisobingizdan buzdirishga da'vo ariza bilan chiqadi va uni buzishga sud qarori chiqadi va 824 ming davlat boji sizga disert bo'ladi. Shuning uchun "yerdan topsang ham so'rab ol" deganidek biror ish qilishdan oldin mas'ullar bilan maslahatlashish kerak. Hali FKga "Qo'shnichilik" bo'yicha moddalar kiritilsa "-uy qurmasdan yashayman" deb yuborasiz. @olimovlaw
Yo’lma-yo’l bir niyat bilan ketyapman “-ishxonaga hech kim mushuk olib kelmagan bo’lsin.” Hayvonlarga yaxshi munosabatda bo’ling. @olimovlaw
Oilada er-xotin vazifasi, o’rni, nikoh odobi va majburiyatlarini muhokama qilishda islomga suyanmagan xalq negadir nikohdan ajratishda “uch taloq” tushunchasini ushlab olib “-diniy tomondan javobini berganman” deb olishiga hayron qolaman. @olimovlaw
Shaxsiydan yozishni ⭐️ bilan narxlab qo’ygan kazo-kazolardan boshqa hammaga -Assalomu alaykum, yangi hafta muborak bo’lsin. @olimovlaw
Toshkentdan kelsam qo’ylarimiz ko’payibdi, bugun shanbaligiga dadam ko’chada boqgin degandi. Ko’chda o’tlaganiga ular ham xursand, yoshlikni eslab men ham. Shunday qilib shaharlik echkini sarguzashtlari boshlanyapti. @olimovlaw
1-avgust tarixda bunkerlardan javob berilgan va X variantlar tarqalgan mudhish kun, buni his qilish uchun bu kinoni ko’rish kerak. https://youtu.be/eJJSM86OSuM?si=x3aMJxcHfWeeuuos