tgindex
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Статистика
Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
11
Всего постов
171
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 625
−6 за 2 дн.
Сутки
−3
−0,18%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
754
40 постов
Вовлечённость
46,4%
к подписчикам
Постов в день
1,6
всего 171
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
620
1/48двое суток
710
1/72трое суток
766

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 15 авг.227из piimauz

    🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: ✅ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; ✅ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; ✅ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; ✅ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; ✅ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; ✅ qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; ✅ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; ✅ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi — obodlik va bunyodkorlik bilan! Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. 🌳Maktab hududi tartibga keltirilib, atrof-muhit tozalandi, daraxtlarga oqlov berildi, yashil maydonlar parvarish qilindi. Zero, ozod va obod Vatan, fayzli va ko‘rkam maskan — mustaqilligimizning go‘zal ifodasidir. Bizni kuzating 📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan

  • #YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #IOAI_2026 💻IOAI-2026: O‘zbekistonning ilk ishtirokida 3 ta medal! 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi — IOAI-2026da ilk bor ishtirok etib, birdaniga 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Olimpiadada 103 ga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi vakillari: 🥈 Bilolbek Yo‘ldoshxo‘jayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — kumush medal; 🥉 Muhammadziyo Saytjonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — bronza medal; 🥉 Umrzoq Ochilov — Samarqand shahridagi Prezident maktabi — bronza medal. O‘quvchilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga 2026–2027-o‘quv yili uchun saralash va kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda. Joriy yilning 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1-sinfiga o‘tkazilgan 1-bosqich saralash imtihonlari, shuningdek, 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari 2-, 3- va 4-sinflar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda. Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #Imtihon_2026 📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi va 1-sinfiga o‘tkazilgan sinovlarning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun 2-bosqich suhbatlari o‘tkaziladi. Suhbatlar jadvali: ⏺ Tayyorlov guruhi: 11–12-avgust kunlari, soat 08:00 dan 14:00 gacha; ⏺ 1-sinf: 13–14-avgust kunlari, soat 08:00 dan 14:00 gacha. 2-bosqich suhbatida ishtirok etadigan talabgorlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda. 🔴 Hurmatli ota-onalar, farzandingizning suhbatda qaysi kuni, soat nechada va qaysi manzilda ishtirok etishi ruxsatnomada aniq ko‘rsatilgan. MUHIM ESLATMALAR! ✅ Tashkil etilayotgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, suhbat ham davlat tilida tashkil etiladi. ✅ Talabgorlardan suhbat manziliga belgilangan vaqtdan kamida 15 daqiqa oldin yetib kelishlari, o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi. Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 6 авг.1 0191

    #imtihon_natijalari_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Al-Beruniy maktab-internatiga kirish imtihonlari: 2-bosqich natijalari Joriy yilning 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uchun o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilinmoqda. ✅ Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 6 авг.1 16310

    видео или голосовое, без подписи