tgindex
Sergeli tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi

Sergeli tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi

Статистика

🌐 Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi! 📝 Manzil: 📍 Toshkent sh, Sergeli t, Nilufar MFY 64-A uy. 📌 Rasmiy: 📱https://t.me/sergeli_IM ⌨️instagram.com/sergeli_ixtisos_maktabi 💻www.facebook.com/groups/927262318259670/?ref=share&mibextid=NSMWBT

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
4
Всего постов
99
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 144
−6 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,09%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 135
40 постов
Вовлечённость
99,2%
к подписчикам
Постов в день
0,6
всего 99
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
493
1/48двое суток
564
1/72трое суток
609

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorini rivojlantirish maqsadida “San’at”, “Sport” va “Kitobxonlik” to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. “San’at” to‘garagida o‘quvchilarning ijodiy salohiyati rivojlantirilib, musiqa va tasviriy san’at yo‘nalishlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. “Sport” to‘garagida jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda sportga qiziqishni oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilgan. “Kitobxonlik” to‘garagida esa mutolaa madaniyatini shakllantirish, badiiy adabiyotga qiziqishni kuchaytirish hamda o‘qilgan asarlarni tahlil qilish va fikrni erkin ifodalash ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda.

  • #YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida to‘garaklar faoliyati Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati, jismoniy faolligi, kitobxonlik madaniyati hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida “Shahmat”, “Sport”, “Zakovat” va “Kitobxonlik” to‘garaklari muntazam faoliyat olib bormoqda. “Shahmat” to‘garagida o‘quvchilarning mantiqiy va strategik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, diqqat va xotirasini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. “Sport” to‘garagi doirasida o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borilmoqda “Zakovat” to‘garagi o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, tezkor va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

  • #Vatanim_uchun_olimpiadachiman 🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge! Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun! ✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #imtihon_natijalari_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 Al-Beruniy maktab-internatiga kirish imtihonlari: 2-bosqich natijalari Joriy yilning 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uchun o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilinmoqda. ✅ Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 1 авг.1 878635

    📢 ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI OTA-ONALAR! 2026–2027-o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilayotgan maktab formalar yarmarkasiga barchangizni taklif etamiz! 📅 Boshlanish sanasi: 10.07.2026 kundan boshlab har kuni, soat 10:00 dan 18:00 gacha. 📞 Bog‘lanish uchun:+998930428877 📍 Manzil: Mirzo G'olib ko'chasi 71 📍 Xarita orqali manzil: https://maps.app.goo.gl/bh5RCDZBMGpoRkh58⁠

  • 28 июл.1 5208

    #apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • #Rekord IMC 2026: NAVBATDAGI REKORD – 20 ta medal! ✅O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 22-27-iyul — kunlari Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tayotgan 32 ta davlatdan 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da ishtirok etdi. Umumiy hisobda: ➡️1 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza — jami 20 ta MEDAL! G‘oliblar bilan tanishing 👈 📝Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube

  • 📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi. Tanlov bosqichlari: ✅ 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. ✅ 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi. Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi. ✅ Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 25 июл.1 041133

    🎓 Portfolioyingiz hali ham bo'shdek tuyilyaptimi? Sentabr oyida bu imkoniyat maktabimiz eshigidan kiradi — TEDxSergeli Specialized School rasman va litsenziyalangan holda bizning maktabimizda bo'lib o'tadi🔜 Bu shunchaki tadbir emas. Bu sizga: 🗣 O'z fikringizni katta sahnada ulashish jasorati va notiqlik mahoratini 🤝 Ilhomlantiruvchi insonlar, mentorlar va yangi tanishlar bilan aloqalarni 🎓 Universitetlar qadrlaydigan haqiqiy, real tajribani (portfolio/CV uchun) 🌍 Global "g'oyalar tarqalishga arziydi" harakatining bir qismi bo'lish imkoniyatini olib keladi. Hatto ishtirok etmasangiz ham — shunchaki tomoshabin bo'lib, jarayonni kuzatib borish, maktabimiz bilan faxrlanish va ilhomlanish ham katta qiymat. Spiker, ko'ngilli va mehmon bo'lish uchun murojaatlar, barcha yangiliklar va batafsil ma'lumotlar rasmiy TEDxSergeli Specialized School kanalida e'lon qilinadi 👇 🔗 https://t.me/TEDx_Sergeli_Specialized_School

  • 🖌 DIQQAT, YO‘RIQNOMA! Tayyorlov guruhi va 1-sinfga kirish sinovlari qanday o‘tkaziladi? 🎓 2026–2027-o‘quv yili uchun Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) hamda 1-sinfiga qabul jarayonlari ikki bosqichda tashkil etiladi. ✅ Birinchi bosqich — bolajonlar uchun qiziqarli rasmli sinovlardan iborat. Eng muhimi, ushbu bosqichda matn o‘qish yoki yozish talab etilmaydi. Barcha topshiriqlar rangli rasmlar asosida tuzilgan bo‘lib, ular bolalarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan. ✅ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbat jarayonida ishtirok etadilar. Suhbatning o‘tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot alohida e’lon qilinadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 24 июл.1 018135

    🎓 Portfolioyingiz hali ham bo'shdek tuyilyaptimi? Sentabr oyida bu imkoniyat maktabimiz eshigidan kiradi — TEDxSergeli Specialized School rasman va litsenziyalangan holda bizning maktabimizda bo'lib o'tadi🔜 Bu shunchaki tadbir emas. Bu sizga: 🗣 O'z fikringizni katta sahnada ulashish jasorati va notiqlik mahoratini 🤝 Ilhomlantiruvchi insonlar, mentorlar va yangi tanishlar bilan aloqalarni 🎓 Universitetlar qadrlaydigan haqiqiy, real tajribani (portfolio/CV uchun) 🌍 Global "g'oyalar tarqalishga arziydi" harakatining bir qismi bo'lish imkoniyatini olib keladi. Hatto ishtirok etmasangiz ham — shunchaki tomoshabin bo'lib, jarayonni kuzatib borish, maktabimiz bilan faxrlanish va ilhomlanish ham katta qiymat. Spiker, ko'ngilli va mehmon bo'lish uchun murojaatlar, barcha yangiliklar va batafsil ma'lumotlar rasmiy TEDxSergeli Specialized School kanalida e'lon qilinadi 👇 🔗 https://t.me/TEDx_Sergeli_Specialized_School

  • 17 июл.1 7814

    видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.2 0895

    видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.1 7204

    видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.1 4414

    видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.1 4004

    видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.1 4314

    видео или голосовое, без подписи

Sergeli tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi — tgindex