tgindex
Pseudo nevrolog

Pseudo nevrolog

Статистика
@pseudonevrologузбекский

— Mualliflik kanali. Muammolarga oson yechimlar topamiz. Sahifa haqida:👉 https://t.me/pseudonevrolog/83 ‼️ Qiryuzming yillik tajribaga ega ekspert emasman. Shu paytgacha “diplomim bor” deyish uchungina o’qiganman ehtimol…

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
542
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
905
20 постов
Вовлечённость
167,0%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 20
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
135
1/48двое суток
154
1/72трое суток
166

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.11865из Jorayevjon

    ​​“Имконсизликми ёки қотиб қолган фикрлар?! Яқин ўтмишда бир воқеа бўлган экан, сўз бошини шу билан бошласак: Бир куни нуфузли бир университетда математика дарсида бир талаба йигит кеч қолиб кирибди, дарсга кирса дарс деярли тугаб қолган, доскага профессор 2 та масала ёзган экан. Йигит доскада ёзилган масалар кейинги дарс учун уйга вазифа бўлса керак деб, масалаларни ёзиб олиб сўнг уйига кетибди. Кейинги дарсда талаба йигит устозининг олдига бориб ўтган дарсда доскада ёзилган ўша масаланинг биттасини ечганини, иккинчисини еча олмай қийналаётганини айтиб профессордан ёрдам сўрайди. Яъни талаба йигит доскадаги 2та масаладан бирини еча олмагани учун паст баҳо олишдан чўчиб, устозидан ёрдам сўрайди. Устоз талабанинг масаланлардаг биттасини тўғри ечганини кўриб ҳайратини яшира олмай шундай дейди: “— Буни қандай ишладинг, ахир бу масала дунёдаги енг кучли математиклар ҳам ҳали жавоб топа олмаган масала-ку” дейди Талаба босиқлик билан шунчаки ўтириб масалани ечишга ҳаракат қилганини, буни ечиш имконсиз эканлигини ешитмаганини айтади. Ўша куни қаҳрамонимиз кечикиб боргани учун, чиндан ҳам профессорнинг “бу масалаларни ечиш имконсиз, энг кучли математиклар ҳам ишлолмайди” деган гапини эшитмаган эди. Бу воқеадан хулоса шу - биз ҳам кўпинча кўплар иложсиз деган ёки иложсиз кўринган ишларни иложини топишга уруниб ҳам кўрмаймиз. Ўзимизга шунчалик чегаралар қўйиб ташлаймиз. Кимдир 3-4 км тўхтамай сузиш имконсиз деса ишонманг, шунчаки имконсиз деган киши бундай натижалар қайд этганлар ҳақида эшитмагани ёки ўзи сузишни билмагани учун шундай деган. Бутун дунёда 3-4км очиқ масофага дам олмай сузган инсонлар сони 400 000 - 500 000дан ҳам кўплигини билган киши буни имконсиз демас эди. Кимдир қайсидир дардни бу касаллик тузалмайди деса ишонманг, шунчаки у кўрганлар ёки эшитган 3-4киши ичида тазалганлар бўлмагани ёки касаллик ҳақида миясида заррача маълумоти йўқлигидан айтади буни. Ҳар қандай энг жиддий оғирликдаги касалликлардан тузалиб кетганлар сони ҳар йилига бир неча ўн миллионлар ( 10 000 000 - 50 000 000) лар эканлигини билган киши ҳеч қайси касалликни давосиз демайди, дея олмайди. Шунчаки биз бир нарсани атрофида қотиб қолган хулосаларимиз, ўзимизга, ақлимизга қўйган чегаралаларимиз билан “имконсиз” деб қўя қоламиз холос. Ҳар имконсиз деган чегарамиз уни босиб ўтгандан кейин бузилади! Бир қийинликка имконсиз деб йиллаб бир жойда турибмизми, демак тан олиш қанчалик қийин бўлмасин шундай яшаш бизга қулайроқ, ўзимизга шу керак деган хулоса чиқади. Ўзига чегаралар қўйиб олганларга ва ўз-ўзимизга ҳам эслатма. — Азиз Акобир ўғли.

  • Dunyoda koʻrgani shu tor hovuzcha, Va mudroq tollarning achchiq xazoni. Menga alam qilar, tilla baliqcha, Bir koʻlmak hovuz deb bilar dunyoni... Abdulla Oripov @Pseudonevrolog

  • 3 авг.369137

    Eshak sening kabi ustun, ongli mavjudot boʻlmagani holda oʻz egasini yaxshi taniydi. Uning bogʻlaganini ham, boʻshatganini ham biladi. Bu ishlarni boshqa biri qilmayotganini ham yaxshi anglaydi. Egasini koʻrganda boshini qimirlatib, quloqlarini oʻynatadi va oʻzicha xursand boʻladi. Hatto ovozidan taniydi. Chunki egasining ovozi u uchun begona emas. Chunki uning qoʻlidan yem-xashak yegan, suvlar ichgan edi. Qanday ham gʻalati, hayron qoladigan ish. Nahotki shu eshakchalik ham "fahm-farosat" ing boʻlmasa? Senga nisbatan lutf-marhamatda boʻlgan, seni yedirib-ichirgan, seni saodat va neʼmatlari ichra yashatgan, seni maxluqotlari ichida akram va ashraf qilgan, hech bir mavjudotga bermaganlarini senga bergan chin Egangni, seni yoʻqdan bor qilgan Xoliqingni tanimasang! Senga afsus va nadomatlar boʻlsin. Xuddi kofirlar kabi, boshingga bir balo kelgan vaqtda Uni eslaysan. Boshingni egib, taslim boʻlasan. Zotan u olamlarga mansub boʻlmagan, u olamlarni oʻylamagan bosh, yarim arpa doniga ham arzimaydi… Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu @Pseudonevrolog

  • “Ijtimoiy dilemma” (Davomi. boshlanishi tepada) Har kuni ideal hayot va cheksiz muvaffaqiyatlarni, bo'rttirilgan figura, ideal munosabatlarni va hkz ko'rgan kishi uchun shunaqa standandartlar va ideologiya shakllanib qolmaydimi?! Kishi har qanday qilib bo'lsa ham, to'g'ri yo'l bilanmi noto'g'rimi, boshqalarga zarari tegadimi yo'qmi mana shu quyilgan 'standartlar'ga erishish uchun tirishib harakat qila boshlamaydimi?! Imkoniyatlari, kuchi, salohiyati, tanish bilishi, ijtimoiy holati, yoshi, sohasi xullas umuman turli faktorlar jihatdan o'sha idealogiyaga erisholmagan kishi "cho'kib, o'tirib qolmaydimi?! Shu holat ayni "ijtimoiy dilemma" deyiladi. Hamma shunday qilayapti, menam qilishim kerak degan ideologiya sekin asta jamiyatimizni, insonlar orasida cheksiz stress va hasadni ko'paytirib qolmay, jamiyatda odamiylik, halol-. harom, yaxshilik qilish, birovni haqqi kabi o'lmas va qimmatli tushunchalarni ham qadrsizlantiraveradi. Umutmasligimiz kerak: - ishda va munosabatlarda hammasi doim ham ideal bo'lmaydi; - Muvaffaqiyat standartlari har kimda har xil bo'ladi; - Hammaning yo'li bir xil emas; - Hamma ham X sohada birday muvaffaqiyat qozonolmaydi; - Hammaning o'z vazifasi bor bu jamiyatda; - Hammani peshonasiga yozilgan taqdiri bor va Har kim unikal - SIZ ham. Har kim uchun muvaffaqiyat cho'qqisi va baxtli hayot standarti ham unikal bo'lishini to'g'ri va qat'iy tushunsak zarar qilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda, jamiyatda shakllangan ideal hayot, baxt standartlaridan ehtiyot bo'ling. U sizni, bizni o'z "unikalligimiz"ni, insonligimizni, halovatimizni, butun umrimizni ham olib qo'yishi mumkin hatto. Bu gaplarni bekor yozmadim. ljtimoiy tarmoqlar, jamiyat srandartlari bizga restoranlarni baxtliroq deb uqtiradi, gummaxona yoki biror bozorda yoki eng yaxshisi uyda oila davrasida ovqatlanishda ham ideal baxt bo'ladi aslida. Bizni nima baxtiyor qilayapti, ideal hayotni qanday tushunamiz, muvaffaqiyatimizni nima bilan o'lchab kelganmiz shu paytgacha, o’ylab ko’ring. @Pseudonevrolog A.J. 27.07.2026

  • ⚡️ Ijtimoiy dilemma - balki tugatarmiz a?! (biroz uzunroq insho) - Bugun deyarli hamma eng yaxshi kunlarini, hayotidagi chiroyli va emotsional sahnalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashga harakat qilayapti… — Nimaga?! — Chunki, kutilmagan yutuq, kuchli emotsiya, ideal tana, ideal hayot va hashamat aks etgan rasm/videolar ommaning e’tiborini ko’proq ushlaydi. Bu esa ko’proq layk, ko’proq fikr (negativ bo’lsa ham), ko’proq ulashishlarga sabab bo’ladi. Bu “ko’proq aktiv” uchun qilinayotgan harakatlar necha yillardirki ko’paysa ko’payyapti-ki kamaymayotgan bo’lsa kerak manimcha. Kimdir 20ga ham to’lmay qimmatbaho moshina oladi(yoki sovg’a qilishadi), buni instagramga joylaydi; Kimdir navbatdagi sayohatini, kimlardir esa umrida endi birinchi marta qaysidir davlatga sayohatga chiqadi va uni instagramga chiroyli upakovka qilib joylaydi; Kimdir eri/xotini bilan juda qimmat restoranda umrida birinchi yo ikkinchi marta “ujin”ga boradi va buni ham odatiy kunlaridek instagramga joylaydi; Kimdir “notanish” kishiga “tipa” yaxshik qiladida, uni chiroyli syomka qilib instagramga joylaydi; Kimdir ideal qomatini syomka qilib instagramga joylaydi; Kimdir aqli yetmagan narsaga, siyosatga, yoki odamlarning u o’zi xato deb bilgan harakatlarini muhokama qilib aql chi*ib, shuni syomka qilib nstagramga joylaydi; Kimdir ilmiy daraja, unvon olganini instagramga joylaydi; Kimdir yosh bo’la turib ota onasini qandaydir sayohatlarga yuboradi, instagramga joylaydi; Kimdir X sohada 16 yoshimda birinchi 10K(“bir pochka”) pulimni topdim deb imstagramga joylaydi; Va hokazo… davom ettirsa tugamaydi hech! Siz ham hech bo’lmasa umrizda bir marta bo’lsada shunaqa kontentlarni ko’rgansiz va ta’sirlangansiz ehtimol havas qilib shulardek content”lar olib allaqachon ijtimoiy tarmoqqa joylab ham bo’lgandirsiz. Ular “buni nimasi yomon, boshqalarga motivatsiya bo’lsin deymiz” deyishadi. Qarang! Har kun muvaffaqiyat, yutuqlar, ideal hayot, ideal qomat, chiroyli munosabatlar, doimiy baxtiyor va to’la to’kis kontentlar ko’paygan sari, bu kontentlarni ko’ruvchilarda ham albatta shunga mos o’zgarishlar bo’lishi tabiiy . Har kuni “ideal hayot” portretini ko’rib, unga ishonib kuzatayotgan kishi aqlida bu o’zi shunday bo’lishi kerak ekan. Hammada shunaqa, faqat bizda boshqacha, nimaga bizda o’xshamayapti degan fikr uyg’otmaydimi? (Davomi pastda) @Pseudonevrolog A.J. 10.04.2026

  • “Tegirmon eshagi”*ga o’xshaymizmi?! Imom Tahonaviy “-Tegirmon eshagiga o’xshab qolmagin” degan ekanlar. Yana aytgan ekanlarki “-Agar sen solih amallar qilaversang-u, gunohdan to’xtamaydigan bo’lsang umuman o’smaysan. Qayerda bo’lsang, turaverasan o’sha joyda…” Haqni topish, asl maqsad tomon yo’lga chiqqan kishi manzilga yetishi uchun yurishi kerak, yurgan kishi kishi haqqa yetadi. Kishi gunohlardan tiyilmas ekan bir joyda qo’zg’almay aylanib turadigan eshakdan farqi qolmaydi degan ekanlar. Amallarni yuvadigan nimalar qilayotganimizga hech e’tibor berganmizmi? - Yaxshi gapiramiz — g’iybat ham qilib qo’yamiz; - Rost gapiramiz — yolg’on ham qo’shib qo’yamiz; -Namoz o’qiymiz — birovga yomonlik ham qilib qo’yamiz; - Ro’za tutamiz — birovni so’kib ham qo’yamiz; - Zakot beramiz — minnat ham qilamiz; - Ilm olamiz — yonida katta-kichik gunohlarni ham qilib qo’yamiz. Yuzimizni yuvsak-u ustidan loy chaplayversak yuzimiz ikki dunyoda oqarmaydi. Tanamizdagi jarohatga malham qo’ysag-u ustidan kesib qo’yaversak yaramiz ikki dunyoda tuzalmaydi. * avvalgi zamonlarda tegirmonlar donni ezish uchun atrofida eshak aylanma harakat qilib aylantirgan. Eshshak kun bo’yi tinmay yurgan-u, lekin joyidan qo’zg’almay turavergan. Siz bilan biz shu holda emasmizmi - o’ylab ko’ring!? Ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid suhbatlaridan @Pseudonevrolog A.J 18.07.2026

  • без подписи

  • Sezyapsizmi?! Butun umrimizni ertaga qoldiryapmiz… @Pseudonevrolog A.J. 14.07.2026

  • Munosabatlar. Ayollarga oilaviy hayotda oʻziga faqat yaqinlik uchun kerakdek munosabatda boʻlishlari yoqmagani kabi erkaklarga ham ularga faqat “pul mashinasi”dek munosabatda boʻlishlari yoqmaydi. Vaziyatga yuqoridan qaralsa har kim vazifasini bajarayotgan bo’ladi aslida. Xo’sh unda norozilikka sabab nima desangiz, sabab qarashlar va talablarda me’yorni unutishdan bo’lib chiqadi. 🔑Koʻp oilaviy konfliktlarga shu koʻrinmas sababni tuzatib, yechim topish mumkin. Ikkala tomon ham buni ochiq aytmaydi lekin odatda. Siz ham aytishga qiynalsangiz juftingizga buni yoboring, ancha osonlashadi. @Pseudonevrolog A.J. 23.06.2026

  • Ko’proq pul… yaxshiroq uy… yaxshiroq mashina… yaxshiroq joyda dam olish va hokazo. Yana ko’proq, yana yaxshiroq. Biz hatto o’z-o’zimizga, egalik qila olmaymiz, lekin shuuncha narsaga egalik qilishga da’voyimiz baland. Hech bu da’volarimizdan, talablarimizdan kechgimiz kelmaydi. Xuddi hammasiga haqlidek tutamiz o’zimizni, qo’limizdan chiqqanlari-yu, boshimizga tushganlariga biz loyiq emasmiz go’yo. O’ylab ko’rganmisiz hech @Pseudonevrolog A.J. 21.06.2026

  • 7 июн.944248

    “Vaqtim yo’q!” Bir ishni qilamiz deymiz - boshlaymiz… Ishni ko’ngildagidek zo’r qilishim kerak deymiz… Oradan vaqt o’tadi, zo’r qilishim keraguu lekin, vaqtim yo’q - boshqa ishlarim bilan ulgurmayapman deymiz. Oradan vaqtlar o’tadi - boshlagan ishimiz qolib ketgani esimizdan ham chiqib ketadi, eslaganda afsuslanib ham qo’yamiz - “essiz vaqtim yo’qda, vaqt topib yana boshlayman, zo’r qilib bajaraman ishni” deymiz… Aslidachi?! - Aslida, vaqtimiz yo’q emas, bir ishni qilishga yetarlicha diqqatimiz yo’q! - Aslida vaqtimiz yo’q emas, bir ishni oxiriga yetkazish uchun ketadigan ketma-ket harakatlar uchun intizomimiz yo’q! Vaqtimiz bor, ishonavering — ko’p ishlarni qoyillatishga ko’p vaqtimiz bor ekan, bilib qolyapman oxirgi paytlar. @Pseudonevrolog A.J 07.06.2026

  • 3 мая872184

    Qiziq paradoks Juda qiziquvchan insonlarmiz, hammamiz… Nimaga? Kim? Qachon? Qayerda? Qanday qilib? Qancha? Hammasini bilgimiz kelaveradi, hamma narsa haqida bilishga imkon qadar ko’p intilamiz. Lekin nima uchundir o’zimiz haqimizda bilishga shunchalik harakat qilmaymiz. O’zimiz o’zimiz uchun shunchakik ahamiyatsizmizmi? O’zimiz uchun o’zimiz shunchalik qiziq emas holatdamizmi? O’ylab ko’ring! Qabul qilish qiyin a?! @Pseudonevrolog A.J 03.05.2026

  • Odamlarning ongini raqamlar bilan to‘ldiring. Ularni zararsiz, betashvish faktlardan boshlang — toki hatto ko‘ngillari aynib ketguncha. Hechqisi yo‘q, buning evaziga ularga o‘zlarini nihoyatda bilimdon deb his qilishadi. Hatto ularda o‘ylayapmiz, oldinga siljiyapmiz degan taassurot ham paydo bo‘ladi, aslida esa ular bir joyda depsinib turishadi. Va odamlar baxtli bo‘lishadi, chunki ularga singdirilgan “faktlar” go‘yoki o‘zgarmas haqiqatdek tuyuladi. Ammo ularga falsafa yoki sotsiologiya kabi sirg‘aluvchan, murakkab sohalarni bermang. Xudo asrasin, agar ular xulosa chiqarishni va umumlashtirishni boshlasalar...” “Farengeyt bo’yicha 451°” kitobidan iqtibos ekan. Qiziiq )

  • 17 апр.1 070212

    📜Uzun postlarni o’qiy oladigan kamyob insonlardansiz barchangiz. Hozirgi paytda insonlar diqqatini buzish, asosiy hayotdan chalg’itish va mutloq istemolchiga aylantirish uchun yetarlicha instrumentlar bor. Bularni sanab bermasam ham bilasiz. Shular sababdir ehtimol, uzun xabarlarni, uzun insholarni sabr bilan o’qiy oladiganlar ancha kamayib qolgan. Sizlar shunaqa kamyob insonlardan birisiz. Bu xususiyatni yo’qotmang iltimos.🫆 Yuqoridagi qisqaroq inshoni o’qigan bo’lsangiz kerak a, shuni yozgandan keyin man ham hech nima qilmaslikni mashq qila boshladim. Natijalar o’ylaganimdanam yaxshi. Siz-chi, bu haqda o’ylab ko’rmadingizmi hech -⚡️ @Pseudonevrolog

  • 9 апр.1 2022216

    Hechnima qilmay o’tirish shunchalik qiyinmi?! - Bo’shab qolsak, qo’lga telefonni olamiz; - Sal bo’shab qolsak instagramni tekshiramiz; - Bo’shab qolsak, telegram chatlarni kuzatib chiqamiz; - Bo’shamasak ham YouTube, instagramdan qisqa videolar ko’rishga tushamiz; - Qo’limizda telefon bo’lmasa juda muhim nimanidir yo’qotganday his qilamiz; - Do’stlarimiz bilan g’iybatsiz, manfaatli suhbat qurolmaymiz (chunki g’iybaysiz suhbat qizimaydida, zarikib qolamiz) Bajaradigan vazifalarimiz, qiladigan ishlarimiz aslida juda ko’p, lekin biz hech nima qilmaymiz. Hech nima qilmaymiz, lekin hamma narsa qilayotgandek o’zimizni tutamiz. Hamma narsa qilayotgan bo’lsak nima uchun hech ishimiz oxirigacha ko’ngildagidek bitmayapti, nima deb o’ylaysiz?! Ko’plarimiz, hech nima qilmay turolmaydigan holatga kelib qolibmiz, shu holatda qolsak hamma ishlarimiz chala qolaverishini sezib qoldim. Avval hech nima qilmay hech bo’lmasa yarim soat turishni o’rganaylik. Keyin hamma muhim ishlarimizni bir boshidan tugatishni o’rganamiz. Tushunmagan bo’lsangiz, keyingi post(rils, rasm, video) ga shoshilmasdan biroz o’ylab ko’ring. Eng yaqiningiz bilan shu masalada suhbatlashing. Bu haqdagi kechinmalaringiz va tafakkur qilgandagi xulosalaringizni yozib yuborsangiz ham bo’ladi istasangiz. @Pseudonevrolog A.J 09.04.2026

  • 1 мар.1 23161

    https://t.me/pseudonevrolog/104

  • 28 февр.2 0612630

    Zanjirlarni uzamizmi? (barcha erkaklar oʻqisin) Zamonaviy dunyoda erkak kishini boshqarish juda oson boʻlib qoldi. "Qanday" deysizmi? -Uning dofamin tizimini izdan chiqarish orqali. Ijtimoiy tarmoqlardagi ochiq-sochiq suratlar, cheksiz pornografiya va har qadamdagi vizual shahvat erkakning irodasiga taʼsir qilmay qoʻymaydi albatta. Ramazon — bu zanjirlarni parchalash uchun bizga berilgan imkoniyat desak xato boʻlmasa kerak!?. Bu inshoda ramazonnining bu boradagi bizga foydalari haqida toʻxtalamiz: 1. "Oson dofamin" qaramligidan qutilish. Bizning miyamiz mukofot tizimi asosida ishlaydi. Har safar shahvat qoʻzgʻatuvchi kontentlar yoki koʻchada "birortasi"ni koʻrganingizda, miyada dofamin portlashi yuz beradi. Ana shu holat oson dofamin lazzati boʻladi. Shunaqa "portlash"lar koʻpayishidan bu oʻz ayolingizga boʻlgan xohishga ham taʼsir qiladi, diqqat-eʼtiboringiz tarqoqlashadi. Bu bilan erkakdagi "jangchi"lik ruhiyati oʻrnini "isteʼmolchi"lik egallaydi. Ramazon nigohlarni tiyishda biz erkaklarga juda yaxshi yordam beradi inshaaAlloh. 2. Ochlik bilan iroda nazoratini kuchaytirish. Ramazonda shahvatlarni jilovlash bilan energiyamiz ancha tejaladi. Siz oʻz nafsingizni tiyganingizda, ochlik vaqtida miyangizda prefrontal korteks (qaror qabul qilish va iroda markazi) kuchayadi. Iroda muskullaringiz baquvvatlashadi xullas😄💪. 30 kunlik bunaqa “trenirovka” miyadagi neyron yoʻllarini yangilaydi. Bu fanda - neyroplastika deyiladi. 3. Shahvat nazoratining erkak ruhiyatiga taʼsiri. Oʻz shahvatiga qul boʻlgan erkak hech qachon haqiqiy yetakchi (lider) boʻla olmaydi. Chunki eng katta dushmanimiz - oʻz ichki nafsimizni yenga olmasak, tashqi dunyoda ham zaifligimizcha qolamiz. Nafsni tarbiyalash oson ish emas. Ramazondagi tiyilish siz-u bizga bunda ancha koʻmak beradi inshaAlloh. Koʻz va fikrlar nazorati kishini oʻziga ishonchini qayta tiklaydi. Bu bilan vizual chalgʻituvchilarga qaramlik ham ancha kamayadi. 4. Dofamin detoks effekti Ramazonning 15-kuniga borib, miya "tozalana" boshlaydi. Siz ayolingizning oddiy bir qarashidan, farzandingizning kulgisidan yoki oddiy bir taomdan ilgarigidan 10 baravar koʻproq lazzat oladigan boʻlasiz. Chunki dofamin retseptorlari qayta tiklanadi. Faqat muhim joyi instagram, yutubda qisqa videolar, ochiq-sochiq rasmlar, ayollarga qarashdan toʻliq tiyilish shart. Ushbu yozganlarimizni oʻqib Ramazonda koʻzni va xayolni nomahramdan, soxta shahvatdan, qisqa videolardan tiyish bilan oʻzingizni(o’zimizni) qayta kashf qilasiz(qilamiz) degan umiddaman. Foydali boʻlsa albatta ulashing. Yetib borganlarga manfaatli boʻlsin. Alloh bu oylarni barakasidan hammamizni nasibador qilsin ilohim. @Pseudonevrolog A.J 28.02.2026

  • 16 янв.1 6631610

    🎯Nimaga kechga suramiz yoki umuman bajarmaymiz? Ko'pchiligimizda ulgurilmagan, kechikkan yoki unutib qoldirilgan vazifalarimiz anchagina. Buning sababi haqida roppa rossa 3yil avval post yozgandim, shuni qayta eslasak: (Hozir ayniqsa aktual, ayniqsa o’zim uchun) Biz ko'pincha "vaqtim yo'q", "hali falon ishni boshlay olmayman", "falon ishni unutib qo'yibman" kabi iboralar bilan ish, o’qish umuman hayotimizdagi ko’p vazifalarni bajarishni doim orqaga suramiz. Bir narsani tushunishimiz kerak, siz haqiqatda muhim deb bilgan ishlaringizni aslo ortga surmaysiz! Miyamizda muhimlilik darajasi rejalagan harakatlarimizni amalda bajarish ehtimoliga to’g’ri proporsional. Misol uchun prezident yoki juda obro'li kishi bilan istiqbolli kelajagingiz masalasida ko'rishish uchun uchrashuv belgilasangiz, siz 99% ehtimol bilan bu uchrashuvga hech ham uxlab qolmaysiz yoki-da uchrashuvga hattoki vaqtidan oldin borib kutib turasiz. Nega? - Chunki birgina sabab - bu uchrashuv siz uchun muhimligini haqiqatda his qilasiz va harakatlaringiz ham shunga mos bo'ladi. Yaqinda shunaqa bir viqea bo’ldi, safardan qaytayotgan ota-onamlarni kechgi soat 2:00 larda uyga olib kelishim kerak edi. Ertalab qirsakkizta budilnikka zo’rg’a turadigan kishiman, soat 1 lar atrofida avtomatik uyg’ondim ishonasizmi?! Budilnik ham kerak bo’lmadi. Bunaqa holatlar sizdayam bo’lgan ehtimol. Vaqtim yoq, hali boshlolmayman, yoshlik qilaman, pulim yo’q, yaxshi kiyimim yo’q, ishxonada sharoit yo’q, ishxonada qo’yishmaydi kabi har xil vaziyatlardagi pozitsiyalarimizam faqatgina bahona xolos, chunki biz uchun muhim ishga har doim ham vaqt va kuch topa olamiz. Istalgan yosh bolani eslang, biror ish uchun orzusidagi o'yinchoq yoki shirinlik vada qilsangiz, u siz tayinlagan ishga bor diqqati va kuchini sarflaydi. Uning buni qanchalik bajara olishi ikkinchi masala, muhimi u buning uchun bor kuchi bilan harakat qilishida. Chunki bola uchun bular muhim! Biz uchun nimalar muhim?! Bir har qanday muhim vazifaga diqqat qilib, uni shuurimizda haqiqatdan muhim deb hisoblay olmas ekanmiz, shunaqa bahonalar qilib umrimizni o'tkazib yuraveramiz. Ko’pchiligimiz muhim ishlarimizni anchadan beri ortga surib kelayapmiz yoki turli sabablar bilan ulgurolmayapmiz! Birinchi "biz uchun nima muhim" - shuni aniqlab olaylik. Dunyo va oxiratimizga manfaat keltirmaydigan ishlarga shundoq ham ortiqchasi bilan vaqt sarflab yuboramiz, sarflab yuboryapmiz haligachayam. Miyani aldasa bo’ladi, unga nimalar muhumligini joylash mumkin. Harakatlarimiz shu tushunchalarimiz natijasiga ko’ra bo’ladi Xulosa sizga qolsin. 16.01.2026 @Pseudonevrolog A.J

  • 13 янв.1 4831063

    Telefon Uyg’ongach birinchi telefonni oladiganlardan yoki uxlashdan avval qisqa videolar ko’rib keyin uxlaydiganlardan bo’lsangiz mana bu -🏆 reaksiyani bosing. Bu haqda siz(biz)ga kerakli va foydali mavzuda izlanishlar bilan post yozmoqchiman )

  • 10 янв.1 710138

    #qalb Inson sevganlarini, qalbi ko’p muhabbat qo’yganlarini ko’p zikr qiladi. Bizning ofatimiz shu - dunyo va uning ne’matlarini sevdik. @Pseudonevrolog A.J 10.01.2025