tgindex
Aziz Jo‘rayev | Jo’rayevjon

Aziz Jo‘rayev | Jo’rayevjon

Статистика
@Jorayevjonузбекский

Postlar mavzusi: Shaxsiy rivojlanish, salomatlik va umuman hayot haqida fikr-mulohazalar, tajribadan o’tgan maslahatlar. Men haqimda👇 - https://t.me/Jorayevjon/31 Har bir ishda Hikmat bor! Ushbu sahifani kuzatishingiz ham bejizga emasdir :)

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
155
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
326
21 постов
Вовлечённость
210,3%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
137
1/48двое суток
157
1/72трое суток
169

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ​​“Имконсизликми ёки қотиб қолган фикрлар?! Яқин ўтмишда бир воқеа бўлган экан, сўз бошини шу билан бошласак: Бир куни нуфузли бир университетда математика дарсида бир талаба йигит кеч қолиб кирибди, дарсга кирса дарс деярли тугаб қолган, доскага профессор 2 та масала ёзган экан. Йигит доскада ёзилган масалар кейинги дарс учун уйга вазифа бўлса керак деб, масалаларни ёзиб олиб сўнг уйига кетибди. Кейинги дарсда талаба йигит устозининг олдига бориб ўтган дарсда доскада ёзилган ўша масаланинг биттасини ечганини, иккинчисини еча олмай қийналаётганини айтиб профессордан ёрдам сўрайди. Яъни талаба йигит доскадаги 2та масаладан бирини еча олмагани учун паст баҳо олишдан чўчиб, устозидан ёрдам сўрайди. Устоз талабанинг масаланлардаг биттасини тўғри ечганини кўриб ҳайратини яшира олмай шундай дейди: “— Буни қандай ишладинг, ахир бу масала дунёдаги енг кучли математиклар ҳам ҳали жавоб топа олмаган масала-ку” дейди Талаба босиқлик билан шунчаки ўтириб масалани ечишга ҳаракат қилганини, буни ечиш имконсиз эканлигини ешитмаганини айтади. Ўша куни қаҳрамонимиз кечикиб боргани учун, чиндан ҳам профессорнинг “бу масалаларни ечиш имконсиз, энг кучли математиклар ҳам ишлолмайди” деган гапини эшитмаган эди. Бу воқеадан хулоса шу - биз ҳам кўпинча кўплар иложсиз деган ёки иложсиз кўринган ишларни иложини топишга уруниб ҳам кўрмаймиз. Ўзимизга шунчалик чегаралар қўйиб ташлаймиз. Кимдир 3-4 км тўхтамай сузиш имконсиз деса ишонманг, шунчаки имконсиз деган киши бундай натижалар қайд этганлар ҳақида эшитмагани ёки ўзи сузишни билмагани учун шундай деган. Бутун дунёда 3-4км очиқ масофага дам олмай сузган инсонлар сони 400 000 - 500 000дан ҳам кўплигини билган киши буни имконсиз демас эди. Кимдир қайсидир дардни бу касаллик тузалмайди деса ишонманг, шунчаки у кўрганлар ёки эшитган 3-4киши ичида тазалганлар бўлмагани ёки касаллик ҳақида миясида заррача маълумоти йўқлигидан айтади буни. Ҳар қандай энг жиддий оғирликдаги касалликлардан тузалиб кетганлар сони ҳар йилига бир неча ўн миллионлар ( 10 000 000 - 50 000 000) лар эканлигини билган киши ҳеч қайси касалликни давосиз демайди, дея олмайди. Шунчаки биз бир нарсани атрофида қотиб қолган хулосаларимиз, ўзимизга, ақлимизга қўйган чегаралаларимиз билан “имконсиз” деб қўя қоламиз холос. Ҳар имконсиз деган чегарамиз уни босиб ўтгандан кейин бузилади! Бир қийинликка имконсиз деб йиллаб бир жойда турибмизми, демак тан олиш қанчалик қийин бўлмасин шундай яшаш бизга қулайроқ, ўзимизга шу керак деган хулоса чиқади. Ўзига чегаралар қўйиб олганларга ва ўз-ўзимизга ҳам эслатма. — Азиз Акобир ўғли.

  • 11 авг.46из abdusattor

    Jamiyat uchun eng muhim ishlarni umuman sezmaymiz. Ularni o'ylamaymiz ham. Masalan, elektr borligini, suv kelayotganini yoki ko‘cha tozalanganini deyarli o‘ylamaymiz. Biz ularning qiymatini odatda ular yo‘qolganda tushunamiz. Tasavvur qiling obodonlashtirish xodimlari 10 kun shaharni tozalamasa, avtobus va metro haydovchilari 10 kun ishga chiqmasa yoki shifokorlar bemorlarni ko’rmasa. Manashu 10 kun ichida jamiyatda haqiqiy xaos boshlanadi. Qiziq tomoni, shu vaqt ichida Instagramda kuzatadigan mashhur insonlaringizning aksariyati 10 kun, hatto bir oy ko‘rinmasa ham, kundalik hayotingizda deyarli hech narsa o‘zgarmaydi. Bugun kimning obunachisi ko‘p bo‘lsa, kimning mashinasi qimmat bo‘lsa yoki kimni millionlab odamlar kuzatsa, ularni muhim insondek qabul qilamiz. U insonning jamiyatga qo'shayotgan hissasi qanday ekanligiga qaramaymiz ham. Aslida jamiyatning haqiqiy poydevori ertalab ishga chiqadigan, kechqurun uyiga qaytadigan va ertasi kuni yana o‘sha ishni qiladigan odamlardan iborat. Ular mashhur emas. Ular haqida videolar olinmaydi. Ularning ishiga millionlab like bosilmaydi. Lekin ular ishlashdan to‘xtasa, buni millionlab odamlar darhol sezadi. Ba'zida ertalab 9 dan kechki 6 gacha bo'lgan ish grafikini kamsitib qo'yamiz. Inson erkin bo'lishi kerak. Ishga majburan bormasligi kerak deymiz. Kechirasiz lekin jamiyat bunaqa ishlamaydi. Jamiyatda hammaning vazifasi bor. U kattami kichikmi farqi yo'q. Vazifa egalariga nisbatan hurmatsizlik qilish ularga yuqoridan qarash noinsoflik bo'ladi. Ba'zan insonning jamiyatdagi ahamiyatini uning qanchalik mashhurligi bilan emas, u yo‘q bo‘lganda nimalar to‘xtab qolishi bilan o‘lchash kerakdir deb o'ylab qolaman.

  • Uztoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bir ma’ruzada qiziq gap aytgan ekanlar: “— Hozir ko’pchiligimiz dunyoda bitta ishni qoyillatib bajaryapmiz - dangasalikni” 👉 To’liq suhbatni eshitishni istasangiz, suhbatga havola!

  • 10 июн.1573из rovitalk

    Hadeb ota-onangizni ayblayvermang. Bu dunyoga ularni ham birinchi marta kelishlari. @rovitalk | Instagram | YouTube

  • Odamlarning ongini raqamlar bilan to‘ldiring. Ularni zararsiz, betashvish faktlardan boshlang — toki hatto ko‘ngillari aynib ketguncha. Hechqisi yo‘q, buning evaziga ularga o‘zlarini nihoyatda bilimdon deb his qilishadi. Hatto ularda o‘ylayapmiz, oldinga siljiyapmiz degan taassurot ham paydo bo‘ladi, aslida esa ular bir joyda depsinib turishadi. Va odamlar baxtli bo‘lishadi, chunki ularga singdirilgan “faktlar” go‘yoki o‘zgarmas haqiqatdek tuyuladi. Ammo ularga falsafa yoki sotsiologiya kabi sirg‘aluvchan, murakkab sohalarni bermang. Xudo asrasin, agar ular xulosa chiqarishni va umumlashtirishni boshlasalar...” “Farengeyt bo’yicha 451°” kitobidan iqtibos ekan. Qiziiq )

  • 25 мар.2933из smartlashamiz

    Katta o’sish katta o’zgarish talab qiladi Katta o’zgarish esa voz kechish va mas’uliyat talab qiladi. Voz kechish va mas’uliyat olish nimani talab qiladi? O’zlikni va real xohishlarni anglashni talab qiladi! Eski fikrlash modelidan voz kechish va yangi mas’uliyatlarni olish yangi daraja va masshtab beradi.

  • Вафо эгасига ошиқ бўлмаган жон, қандай ҳам вафосиз жондир. Ҳақ лутфига ошиқ бўлмаган қулни, Ҳақ паришон қилсин! “Ма зоғал басар” шарафига мазҳар бўлган подшоҳ, оламларни сайр қилган вақтида ниҳоясиз шаклларни кўрди. Аммо у зот шаклларга ошиқ эмасди. Доимо қуруқликга чиқиб қолган балиқга афсуслар бўлсин. Кимёга ошиқ бўлмаган мисга афсуслар бўлсин. Жоннинг аслига интилмаган жон, жонми? Қандай қилиб темир, оҳанрабога ошиқ бўлмаслиги мумкин? Ҳазрати Мавлоно Жалолиддин Румий қуддиса сирруҳу @jorayevjon

  • Assalomu aleykum 👋🏻 Content marketing va media xizmatlarimizni ommalashtirish uchun instagramga videolar chiqaryapmiz, fikringiz va repostlaringiz qadrli👇 https://www.instagram.com/reel/DUa8RQHDXve/?igsh=aTBvOTRra3FoMXl6

  • 🎯Nimaga kechga suramiz yoki umuman bajarmaymiz? Ko'pchiligimizda ulgurilmagan, kechikkan yoki unutib qoldirilgan vazifalarimiz anchagina. Buning sababi haqida roppa rossa 3yil avval post yozgandim, shuni qayta eslasak: (Hozir ayniqsa aktual, ayniqsa o’zim uchun) Biz ko'pincha "vaqtim yo'q", "hali falon ishni boshlay olmayman", "falon ishni unutib qo'yibman" kabi iboralar bilan ish, o’qish umuman hayotimizdagi ko’p vazifalarni bajarishni doim orqaga suramiz. Bir narsani tushunishimiz kerak, siz haqiqatda muhim deb bilgan ishlaringizni aslo ortga surmaysiz! Miyamizda muhimlilik darajasi rejalagan harakatlarimizni amalda bajarish ehtimoliga to’g’ri proporsional. Misol uchun prezident yoki juda obro'li kishi bilan istiqbolli kelajagingiz masalasida ko'rishish uchun uchrashuv belgilasangiz, siz 99% ehtimol bilan bu uchrashuvga hech ham uxlab qolmaysiz yoki-da uchrashuvga hattoki vaqtidan oldin borib kutib turasiz. Nega? - Chunki birgina sabab - bu uchrashuv siz uchun muhimligini haqiqatda his qilasiz va harakatlaringiz ham shunga mos bo'ladi. Yaqinda shunaqa bir viqea bo’ldi, safardan qaytayotgan ota-onamlarni kechgi soat 2 larda uyga olib kelishim kerak edi. Ertalab qirsakkizta budilnikka zo’rg’a turadigan kishimab, soat 1lar atrofida avtomatik uyg’ondim ishonasizmi?! Budilnik ham kerak bo’lmadi. Bunaqa holatlar sizdayam bo’lgan ehtimol. Vaqtim yoq, hali boshlolmayman, yoshlik qilaman, pulim yo’q, yaxshi kiyimim yo’q, ishxonada sharoit yo’q, ishxonada qo’yishmaydi kabi har xil vaziyatlardagi pozitsiyalarimizam faqatgina bahona xolos, chunki biz uchun muhim ishga har doim ham vaqt va kuch topa olamiz. Istalgan yosh bolani eslang, biror ish uchun orzusidagi o'yinchoq yoki shirinlik vada qilsangiz, u siz tayinlagan ishga bor diqqati va kuchini sarflaydi. Uning buni qanchalik bajara olishi ikkinchi masala, muhimi u buning uchun bor kuchi bilan harakat qilishida. Chunki bola uchun bular muhim! Biz uchun nimalar muhim?! Bir har qanday muhim vazifaga diqqat qilib, uni shuurimizda haqiqatdan muhim deb hisoblay olmas ekanmiz, shunaqa bahonalar qilib umrimizni o'tkazib yuraveramiz. Ko’pchiligimiz muhim ishlarimizni anchadan beri ortga surib kelayapmiz yoki turli sabablar bilan ulgurolmayapmiz! Birinchi "biz uchun nima muhim" - shuni aniqlab olaylik. Dunyo va oxiratimizga manfaat keltirmaydigan ishlarga shundoq ham ortiqchasi bilan vaqt sarflab yuboramiz, sarflab yuboryapmiz haligachayam. Miyani aldasa bo’ladi, unga nimalar muhumligini joylash mumkin. Harakatlarimiz shu tushunchalarimiz natijasiga ko’ra bo’ladi Xulosa sizga qolsin. 👉 @Jorayevjon

  • Vatan himoyachilar kuni muborak bo’lsin do’stlar. *rasmdagi qog’oz - yoshligimizda o’tkazilgan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbirga tayyorlangandik, shu paytlardan esdalik ekan.

  • 🫆90% maqsad, rejalarimiz unutiladi. Nimaga?! Shu haqida instagramda post qoldirdim👇 https://www.instagram.com/reel/DTBMQKYDV9c/?igsh=MTZoYmVqOThubTlpaA==

  • #fikr Aqlli kishilar. Aqlli kishilar o’zlarini kamroq ovvora qiladiganlar uchun ko’proq haq to’lashga tayyor. Doim! @Jorayevjon

  • #fikr Bilim olish va o'rganish bilan bog'liq bo'lgan istalgan sohalarning reklamalarida «qisqa muddat ichida o'rganish», «tezda [qanchadir kaaatta] daromadga chiqish» kabi so'zlar va va'dalardan foydalanayotganlarga ishonmang! Bilim olish, o'rganish va yaxshi daromad topish jarayonlari yaxshigina vaqt ham talab qiladi. Tez o'rganib, tez boyib ketishni o'ylab, shunaqa biror soha izlab yurgan bo’lsangiz chuchvarani xom sanabsiz ) @Jorayevjon

  • 18 нояб.317из Jorayevjon

    🇺🇿Bayrog’imizni doim xalqaro darajada birinchilardan bo’lib, yuqori ko’tarilishiga sababchilardan bo’laylik. Bayram muborak bo’lsin!😊 @jorayevjon

  • Rakurs: “Ikkita bir xil suhbat yakuni” — Xizmatlarimiz narxi oyiga 10so’m, uch yoki xohishingizga qarab olti oylik shartnoma qilib ishlaymiz. Kelishilgan xizmatlar barchasi o’z vaqtida to’liq bo’lishini ta’minlaymiz. 1) — Qimmat ekan, Biroz kelishtirasizmi?! Bir maslahatlashib ko’raylik, aloqaga chiqishimiz mumkin. 2) — Juda yaxshi, kutganimdan arzon ham ekan, ishlaringizam ko’nglimdagidek, manga yoqdi. Siz bilan birga ishlaymiz. Mahsulot yoki xizmatni uni olishga tayyor insonlarga sotish kerakligini anglab qoldim. Juda qimmat deb e’tiroz bildirganlar sizdan xizmat yoki mahsulot sotib olgan taqdirda ham nima olganini tushunib yetmaydilar ko’p hollarda. Muhim eslatma: munosib bo’lmagan mahsulot(xizmat) ga nomunosib qimmat narx belgilab olish yaxshi emas. @Jorayevjon

  • 📌Замонавий тиббиёт юзлаб йиллар олдин айтилнан бу муборак гапларни тасдиқлайди. Ҳар хил соғломлашиш, диетология курсларига эҳтиёж қолмас эди агар тўғри илм олганимизда «Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:  «Одам боласи тўлдирадиган идишларнинг энг ёмони қориндир. Одам боласига қаддини турғизадиган емаклар етади. Агар жуда лозим бўлса, таоми учун учдан бир, шароби учун учдан бир ва ҳавоси учун учдан бир», дедилар». Аҳмад ва Термизий ривоят қилишган. Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Бир киши жуда кўп таом ер эди. Бас, мусулмон бўлди ва оз таом ейдиган бўлиб қолди. Бу Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга зикр қилинди. Шунда у зот: «Албатта, мўмин бир ошқозон ила ейди. Кофир эса етти ошқозон ила ейди», дедилар». Икки шайх ва Термизий ривоят қилишган.  Расмий, ишончли манба

  • — Болам, бизни боланг қаторида кўр…

  • https://t.me/pseudonevrolog/112

  • O’zi oddiy ishku! 🏹Biz osongina deb o’ylagan, natijasi zo’r ishlar ortida aslida juda ko’p mehnat yotishi mumkin . O’z sohasining ustasi bo’lgan shifokorga borganda ayrimlar “bir ikkita oddiy maslahat berganiga shuuncha to’laymanmi, undan ko’ra internetdan qidirsam ham bo’lardi deyishadi. Ayrimlar bor, makkapoyani o’rtasida ko’rib qolib, sen vrachsan, falon kasalligimni davolashga dori yozib ber, falon dorilarni oldim foyda bermadi deydi. “Dorilarni kimni tavsiyasi bilan oldingiz” desang, “— aptekachidan so’radim shuni berdi” deyishadi. Sizga hozir biror nima tavsiya berolmayman, avval tekshiruvlar o’tkazish kerak, analiz topshirish kerak desangiz “- bir ikkita dori yozib berish qiyinmi, o’zini taroziga soladi” deb xafa bo’lib qolishadi. Bu kulgili emas, ancha jiddiy holat tushungan kishi uchun. Dori yozib berish, tavsiya qilish oddiy ish bo’lishi mumkin, ammo uni asoslash uchun qandaydir analizlar, tekshiruvlar, anamnez, kasallik tarixi haqida ma’lumot, boshqa kasalliklarni inkor qilish uchun kerakli bilim va tajriba oddiy ish emas. Xuddi shuningdek har bir sohada ham o’z professionali bilan gaplashganda yoki undan yordam so’raganda, “o’zi oddiygina ishiga shuncha to’laymanmi, shuncha pul oladimi” deb jig’ibiyron bo’lishimiz noto’g’ri, uning bu darajaga yetib kelishi uchun qancha mehnat qilganini bilmaymiz. 👉 @Jorayevjon

  • 23 июл. 2025 г.5653из pseudonevrolog

    Vazifa! Ayollarga kuchli erkaklar yoqadi. Erkaklarga esa ojiza ayollar. Bu ayni qarama qarshi jins vakillarining asli o’zligidir. O’zlikdan chetga chiqishga urinishning oxiri esa tugamaydigan muammolarga sabab bo’ladi. Kuchsiz ojiz erkaklar va erkaklashib qolgan ayollar ko’paygan jamiyatda ajralishlar va suitsidlar ko’payishi, jamiyatlar tanazzulga uchrashi tarixiy tajribalarda ko’p marta tasdiqlangan. Hozirgi paytda ayollarimizga “kuchli bo’l”, “sen o’zingni o’zing epashing kerak” “erkakka qaram bo’lma” “biznes ledy bo’lishing kerak” kabi “muvaffaqiyatli ayol portreti”ni uqtirayotganlar ayolni asl fitratidan chiqarib, haqiqiy qul qilish, millatni negizini buzishdan boshqa maqsadlari bo’lmasa kerak deb o’ylayman. Asl muvaffaqiyatli ayol itoatli ayol, farzandlar tarbiyasi uchun ilm olgan, farzandlarini ilmli qilishga harakat qilgan ayol, tugamas moddiy xohishlarni nazorat qilish bilan o’z turmush o’rtog’iga yengillik qilgan, erini boy qilgan ayol. Erkak esa azaldan oila ta’minotchisi, himoyachi va “ovchi” rolida bo’lib kelgan. Erkak doim muhim qarorlar qabul qilishi, yo’l boshchi bo’lishi, oilasining moddiy va eng muhimi ma’naviy farovonlilgi rivojlanishi uchun harakat qilishi muhim. Diqqat - bu yozilganlar bilan ayolini ishlashiga yoki rivojlanishiga qarshi tor va konservativ fikrlashni chalkashtirmang. Keling, jamiyatdagi ikki oila misolida ko’rib chiqsak. Bir oilada ayol ham erkak ham ishlaydi lekin ayol hech qachon ro’zg’or yukiga, rahbarlikka davo qilmaydi va o’z vazifasini bilib qiladi, eriga itoat va farzadlar tarbiyasi uchun borini qiladi. Erkakning qarorlarini hurmat qiladi. Doim o’z fikrlari bilan qo’llab quvvatlaydi. Erkak nuqta qo’yganidan keyin vergul qo’ymaydi. Yana bir xuddi shunday erkak va ayol ham ishlaydigan oilada esa ayol bor ro’zg’or tashvishlarini zimmasiga oladi, uydagi ustachilik santexnika ishlarigacha aralashadi, o’ziga keraksiz bo’lgan va olishi kerak bo’lmagan yuklarni hammasini olish uchun nima qilish kerak bo’lsa qiladi. Bunday holatda hamma yukni ayol zimmasiga olib, yuki bo’lmagan erkak nima qiladi bilasizmi?! Kayp qilib, betashvish yashash pozitsiyasiga o’tib oladi yoki o’ziga boshqa “yuk” topishga harakat qiladi, nima uchun - chunki asliy o’zligi shunga monand. Erkakka xo’jayin emas, itoatkor, dono ayol kerak. Ayolga esa vazifalarini unga yuklab qo’ygan bola emas uni bo’ysundirgan dono erkak! @Pseudonevrolog 22.07.2025