Muhammad Amin Naziraliyev
СтатистикаCodial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Технологии (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 217
- 1/48двое суток
- 248
- 1/72трое суток
- 268
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yoshlikda sayohat Opoqim doim "Yoshlikda sayohat qilinglar" deydilar. O'zlari ham o'sha davrlarda 17 ta davlatga borganlar. Germaniya, Iordaniya, Suriya, Rossiya va hokazo. Aytadilarki: Sayohat faqat dam olish emas ibratlanish, yangi g'oyalar topish uchun qilinadi. Yosh bir joyga borganda yangi g'oya nega kerak? Quvvatdan qolib, sog'liqda muommo bo'lganda ba'zi bir ishlarga qunt qilmay qo'yiladi. Yoshlikdagi kichik taasurot ertangi katta ishlarni debochasi bo'ladi. Sayohat deganda faqat chet el emas. Boshqa viloyat, boshqa shahar, narigi qishloqqa borish ham sayohat. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Topa olmaysiz Insonga shunday tabiat bergan ekanki, doim bir narsaga intilib yashaydi. Uylar soladi, xursand bo'ladi. Lek bir kemtik to'lmaydi. Pullar topadi, farzandini uylaydi. Lek nimadir yetishmayotgandek. Qo'sha-qo'sha ishxonalar, yordamchilari oldida. Lek mazzasi tugal bo'lmaydi. Tog'ga chiqar, safarga, birovlar chiqmaydigan qoyalar. Lek qidirayotgani u yerda ham emas. Afsus, qidirayotgan narsasi na hashamatdan, na tog'u toshlardan, na safarda topadi. Uni, uni topganlar huzuridan topiladi. Nelarni ko'rmadi bu ko'zlar. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Qurilishdan xulosalar Blog'dan maqsad nima bo'lsa yozish emas xulosalarni yozish. Usta ishlatdik, ba'zi narsalar o'rgandim. 1. Darvozani katta qo'yilsa zarari yo'q ekan. Buyumlar, mashina, qurilishda katta darvoza yaxshi asqotar ekan. 2. Mo'ljallagan puldan 2x ko'p ketadi. Hisob taxminiy bo'ladi, yo'lda esa kutilmagan xarajatlar bisyor. Ayniqsa ish "puxta, yaxshiroq" so'zlari bilan bezansa. 3. Ustalar vaqtida boshlamasligi va vaqtida tugatmasligi tabiiy xol. Vaqtida tugatmasligi vaqtida boshlamaganidan. Ba'zi ishlar ob-havo va xom-ashyo hisobiga cho'zilib ketadi. Shogirtni kasal bo'lib qolishi, to'y va hokazo. Siznikida shunday bo'lganidan keyin keyingi ishga ham kech qolishadi. 4. Uyni oppoq qilish keyinchalik kayfiyatga ta'sir qiladi. Oq patalok, oq gilam, oq aboy shular qatori. Bir xil narx lekin kayfiyat. Ps: Rus so'zlari uchun uzr. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Ipsiz bog'langanlar 3ta xo'jalik bir uydamiz, uy olishga majburman. Farzandim nogiron, pul yetkaza olmayapman. Singlim qaytib kelib qolgan, Rossiyada ishlamasam bo'lmaydi. Butun oilam menga qarab qolgan. Va boshqalar. Ipsiz bog'langanlar deb shularni aytiladi. Bularni dardi ichida. Nima ish qilsa ham ipsiz bog'langani yuzma-yuz chiqaveradi. Vaqti kelib rohatini ham ko'rishadi. Abadiyatda ham. Bularni dangasa, jur'atsiz yoki tavakkal qila olmaydi, deb baholamang. Ko'rinmas iplari bor. Kimnidir mas'uliyat bog'lagan, kimnidir singil, kimnidir farzand, kimnidir ota-ona. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Niyat yetarli "Ikki yil oldin bir uyga kirib havas qilib chiqqan edim. Shunaqa uy oldim" deydi Jamshid. "O'qishni boshlaganimda oyligim 2.000$ deganlarga havas qilar edim. Meni oyligim shunga chiqdi" deydi Karim. Shu gaplarni ko'p eshitamiz. Ba'zida qalbdan havasni o'zi kifoya. Bir kun erishasiz. Harakat shart deyishadi kimdirlar. Lekin qanday erishib qolganini bilmay qoladi. Hisoblasangiz matematikaga to'g'ri kelmaydi. Havas qilgandan keyin qalbdan niyat qilar ekanmiz, oz qoldi deyavering. Demak, do'stimiz olgan narsasiga, erishgan yutug'iga birinchi tabriklaymiz. Keyin havas qilamiz va qattiq xohlab niyat qilamiz. Bir sinab ko'ringda! ps: Qasd qilish yo'nalish beradi. Inson nimaga qasd qilsa, miyasi o'sha narsani ko'proq payqay boshlaydi. Oldin e'tibor bermagan imkoniyatlarini ko'radi. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Qolaymi yoki ketayli? Ishxona bilan xayrlashaymi yoki qolaymi? Oddiy qoida bor: Ishxonada qolishda yoki moliyaviy o'sayotgan yoki shaxsiy va kasbiy o'sayotgan bo'lishingiz kerak. Moliyaviy o'sayotgan, oyligi har safar yaxshi foizga oshib borayotgan bo'lsa qolish kerak. Pul orqali umum o'sishni tashqaridagi kurs va mentorlardan olib olish mumkin. Endi ishxonada shaxsiy va kasbiy o'sayotgan lekin oylik kam oshayotgan bo'lsa ham qolib turish kerak. Chunki tajriba orqali kelasi safar topmoqchi bo'lganingizni ikki barobar qilib chiqarib olish mumkin. Ikkisi bor joy tanlash nur ustiga nur. O'zimizda ko'p tajribadan o'tgan usul bu. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Kichik maqsadlar Narigi odamga yaxshilik qilingani uchun rahmat eshitish odamni xursand qiladi. Bog'chani bir filiali to'ldi. Yangi filial ochish, joy ko'rish, xodimalar olish, tizim va ko'p muommolar bilan yeg'ishga kirib ketyapman. Filial to'lganini nishonlash hayolda ham yo'q. Eski maqsadni nishonlamasdan yangisiga o'tib ketibman. Keyin xato tuzatildi. Hissasi qo'shilganlarga bonuslar, rahmatlar aytildi. Demak erishilgan maqsadni nishonlash keyingilariga dastak bo'ladi. Yangi filialimizda ham sanoqli joylar qoldi. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
Ichdan buzilish Ba'zi mevalar oldida achigan meva tursa ichdan aynir ekan. Boshqasi tashqaridan boshlanadi. Muhit ham shunday. Oldida buzuq tursa ham buzilmagandek ko'rinadi. Aslida ichidan darz ketishni boshlagan bo'ladi. Qalblarga ozor, achinmaslik, vidjon yo'qolishi, yolg'iz qolgandagi o'ylar shular qatori. Ko'rinmay turadi. Yomoni buni o'zi ham bilmaydi. Aynish ichdan bo'lgani uchun. Ichdan aynimaslik uchun oldingizdagi mevaga nazar soling. Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz
без подписи
без подписи
без подписи
Sayohat Sayohat qilish zavq beradi. Qo'shni viloyat ham sayohat. Bir faoliyatdan ikkinchisiga o'tish ham dam olish. Sayohatga ko'p pul ketmaydi. Fikrlar ochiladi, tolerantlik kengayadi, qobig'dan chiqiladi. Qo'qon: O'rda ziyoratgohi Toshkent: Angren, Sinegorye(moviy tog'lar) -> Ziyoratlar Samarqand: Imom Buxoriy ziyorati -> Shoxi zinda -> Imom Moturudiy -> Registon Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbaralari -> Sulton saodat majmuasi -> ziyoratlar Muhammad Amin Nazirali @mnshuz
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи