tgindex
Otabek Komil

Asosan biznes va marketing haqida, ammo doim emas! Aloqa uchun: @otabek_komiliy

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Маркетинг
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
367
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 105
20 постов
Вовлечённость
301,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
134
1/48двое суток
153
1/72трое суток
165

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O'tkan kunlar So'nggi 2 hafta ichida meni eng ko'p o'z domiga tortgan asar. Toshkentdan Marg'ilonga safarim chog'ida, poyezdda anchadan beri eshitishni kechiktirayotgan podkastlarimni to'liq eshitdim. 1-qism 2-qism 3-qism Podkastlarda Shayx hazratlarining shogirdlari, aynan O'tkan kunlarni zo'r tahlil qilishgan, Qodiriy misralari orasidan juda ko'pchilik bilmaydigan ma'nolarni ochib berishgan. Haqiqatdan "o'zbekning pasporti" deb bejiz nomlanmagan asar. O'zbeklarning musibati ham, yutuqlari ham yaqqol ochib berilgan asarda. Bu asarni ilk bor 2023-yil AQShda paytim rostmana tushunib o'qiganman, u paytlar ham musofir, ham bo'ydoq edim. Hozir yana o'qishga shaylandim, faqat yonida xuloslarni konspekt qilishga daftar ruchkalar bilan. Bundan tashqari, hozir Qodiriy shu shedevrni yozayotgan davridagi yoshidaman, ya'ni yanada ko'proq ma'no oladigan yoshdaman. Marg'ilonda paytim ba'zi xonadonlarda mehmon bo'ldim, u xonadonlardan Mirzakarim Qutidorni uyidagi vibe'ni qidirdi miyyam negadir. Orada "Toshkentlik Otabek Marg'ilonga qadam ranjida qilibtida" deb ham yoqimli hazillar qilib qo'yishdi men bilan tanishgan yoshi kattalar. Shu aurada safardan qaytishim bilan, butun ofis jamoamizga oldingi oygi qilgan ishlari uchun rag'batlantirish sifatida asarning yangi nashridan sovg'a qildim. Zo'r sifatda chiqibti, 3 qismga bo'lingan, shriftlari yirik-yirik. Har bir Turkistonlikka yana bir bor o'qishni tavsiya qilaman, asarni kamida 5 marta o'qish kerak deyishdi ustozlar. @otabek_komil

  • 8 авг.2 21510

    ASKO GO jamoamizga B2B sotuv menejeri qidiryapmiz. Asosiy talab — avval B2B sotuvlar bilan shug'ullangan bo'lishingiz kerak. Tajriba muhim, chunki bu yerda muzokara qila olish, ishonch qurish va real natija kerak bo'ladi. Qiziqqanlar o'zi haqida 2 daqiqalik ovozli xabar va rezyumeni @otabek_corp ga yuborsin. @otabek_komil

  • Mehmondo’stlik skilli Yurtimizning mehmondo’stligini haqiqatda xis qildiradigan akalarimiz bor, shukr. Kamina O’zbekistonning har bir viloyatida kamida 4 marotabadan bo’lib chiqqanman. O’zbekiston bo’ylab 70+ safar qilganman. Qoraqalpoqning Qo’ng’irotidan to Andijonning Xonabodigacha. Eng qizig’i 18 yoshimgacha Toshkentdan tashqariga chiqmaganlardan edim. Shu barcha safarlarim ichida turli xil mehmondo’stliklarni ko’rganman. Ko’p mehmondo’stliklar manfaatlar ustida qurilayotganini his etib turasiz borganingizda. Ammo hayotim davomida ikkita safarim bo’lganki, unda absolyut hech qanday manfaatsiz meni chin dildan mehmon qilishgan. Birinchisi. 2022-yil Andijonga safarimizda, Shahrixonlik Elyor aka uncha yaxshi tanish bo’lmay turgan bo’lsak ham, ungacha Toshkentda atigi ikki martagina tadbirlarda ko’rishgan bo’lsak ham, beminnat mehmon qilgandilar. Ikkinchisi, yaqindagina Marg’ilonga safar qilganim bo’ldi. Abdulloh akani bir og’iz gaplari bilan Muhammadamin ismli akamiz full formatda mehmon qildilar. Mehmon qilish bu faqat sizga ovqat olib berishlari emas, sizni to’liq safaringiz davomida o’z ishlarini chekkaga surib mashinasida to’liq 1-2 kun olib yurishi, siz mehmonxona olaman desangiz ham yo’q deb o’zi boshpana topib berishi va o’sha makonlarning barcha past balandini ichkaridan tushunishga yordam berishini tushunaman. Ayniqsa, sizni maqsad qilib borgan ishingizni, o’z maqsadlaridek qabul qilib, o’sha ishingiz bitishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlarini tushunaman. Va bu ishlarni ikkala safarimdagi akalar ham qoyilmaqom uddalashgan. Eng qizig’i buni birortasini ulardan iltimos qilib so’ramaganmiz. Shunchaki o’sha yerga ketayotganimizni bilishgan xolos. Endi ikkala mehmon qilgan akalarning ishlariga bir nazar solsam, ikkalasining ham ishlarida o’zgacha baraka bor. Ikkovi ham o’z hududlaridagi, o’z industriyalaridagi yaxshi o’ringa ega tadbirkorlardan. Ya’ni o’zi o’sha iqtisodiyoti Toshkentga nisbatan zo’r bo’lmagan Shahrixon va Marg’ilonda, uncha muncha odam poytaxtda qila olmayotgan ishlarni uddalab tashlashgan. Shu akalarni deb endi Shahrixonga ham, Marg’ilonga ham va u yerlik insonlarga ham mehrim bo’lakcha bo’lib qolgan. Qani endi men ham shunday zo’r skillga ega bo’lsam deyman… Nasib sekin sekin endi buni ham shakllantiraman deb niyat qilib qo’ydim. Juda qimmat va noyob skill — bu hech qanday dunyoviy manfaatlarsiz mehmondo’stlikni qoyil qilib qo’yish! Shu skilli bor odamlarning ota-onasiga ming rahmat. @otabek_komil

  • 28 июл.4171из azizasodiq

    nimaga faqat moddiyat qiziq? insonning kundalik ehtiyojlari qondirilsa, boshqa narsalar haqida oʻylashni boshlaydi deyishadi men kundalik ehtiyojlarini qondirgan, moddiy holati yaxshi, lekin maʼnaviyat, jamiyat haqida oʻylab koʻrmaganlarni koʻrdim «qornim toʻq, ustim but, gʻamim boʻlmasa, menga yana nima kerak?» deb yashaydi. jamiyat, rivojlanish qiziqtirmaydi. demak, moddiy yetarlilik har doim maʼnaviyatga olib bormaydi. olib borishi uchun insonda anglash boʻlishi kerak aslida, insonning tabiati bu narsaga moyilligi aytilgan: «Albatta, inson mol-dunyoga nihoyatda oʻchdir» Odiyat surasi, 8-oyat moddiyat yomon emas, chunki bu narsa qulaylik, erkinlik, qandaydir maʼnoda baxtlilik hissini beradi lekin faqat moddiyat ortidan quvish, uni hayotning yakka-yu yagona mazmuniga aylantirib olish muammo. faqatgina moddiyat ahli emas, maʼnaviyat ahli ham boʻlaylik @azizasodiq

  • Ustoz Aziz aka Rahimov bir postimizni repost qilganlaridan keyin blogda yangilar ko'payibti, baraka topsinlar. Insho o'qishga o'rgangan bu auditoriya uchun, tishimni ko'vagidagi bir inshoni quyida joylab ketaman: Davomiylikning ahamiyati Bir ish qilishga qasd qilganda, uni tashlab qo'ymaslik nimalarga olib kelishi haqida yozdim. @otabek_komil

  • Keling endi bu safar asosan ilm va e'tiqodga suyangan holda biznes yuritadiganlar haqida yozsam. Bu Colba va Rahimov school asoschilari. Ha, yana ta'lim industriyasidagilar, shularni ko'pini boshqa sohalardan ko'ra yaxshiroq bilaman shekilli. Bittasida Doniyor aka Nasriddinov asosiy figura bo'lsa, ikkinchisida Aziz aka Rahimov. Ikkovini ham olim insonlar deb hisoblayman. Sakiynatlariga besh ketaman. Ikkovi ham ko'p o'qiydi va ko'p yozadi. Ularni so'z yuritishlari va fikrlarini yetkazishlarida bu yaqqol namoyon bo'ladi. Kamtarlik ham alohida ularni jamiyatdan ajratib turadigan xususiyat shekilli. Qalbida dunyo yo'qligiga ishonaman negadir shu insonlarni. Bizneslarida sifatga qattiq e'tibor berishlarini, jamiyat va ummat qayg'usi bilan yashashlari ham qilayotgan actionlaridan seziladi. Ikkovida yana bir o'xshash jihat bor, oldilarida bitta kuchli gaz funksiyasini bajaradigan operatsion sheriklari bor. Jahongir aka Nasriddinov va Abdulloh aka Shamsutdinov ustozim. Yuqoridagilar ko'proq olim bo'lsa, bular haqiqiy biznes personalar. Bu ikkalasi, yuqoridagi olim shaxslarda bo'lmagan xususiyatlarini to'ldirib turishadi. Keskinlik, kerakli joyda me'yoridagi agressiya, kuchli energiya va tezlik. Ilm insonga chuqurlik, sabr, va to'g'ri niyat beradi — lekin ba'zan qattiq qaror qabul qilish, bozorga bostirib kirish, "yo'q" deyish kerak bo'lgan joyda "yo'q" deyish uchun boshqa xil energiya kerak bo'ladi. Va aksincha — faqat kuch, faqat tezlik bilan yurgan biznes tez charchaydi, ba'zi o'rinlarda yo'nalishini yo'qotib qo'yishi ham mumkin nazarimda. Doniyor aka va Jahongir akaning, Aziz aka va Abdulloh akaning yonma-yon turishi menga tasodifiy tuyulmaydi. Sherikchilik bo'lsa shunday bo'lsin deyman. Bu insonlarga ham faqat va faqat havas qilaman. Jamiyatimizda shunday insonlar borligidan faxrlanaman rosti. @otabek_komil

  • Yana bir energiyasi vagon bo'lgan odam haqida bugun yozsam. Bu Xurshid aka, Everest o'quv markazlari asoschisi. Akani bitta darslariga abituriyent paytimda (2019-yil) borganman, 120+ odam bitta sinf xonada o'tirar edi adashmasam. Dars tungi soat 01:00gacha cho'zilib ketgani uchun boshqa joyni tanlaganman o'qish uchun. Ammo shuncha odam o'zidan o'zi o'qimasdi, bilim olishdan tashqari akani xarizmasi va energiyasidan ilhomlanishardi. Chunki shu ikkita narsa ulargacha dars olingan 95% ustozlarda ko'rinmagan. Ba'zi do'stlarim akani qo'lida o'qishdi, ba'zilari ularni o'quv markazlaridagi boshqa ustozlarda o'qishdi. Lekin qaysi biri o'sha yerda o'qimasin, yotvolib Everestni maqtaydigan, qo'pol qilib aytganda fanatiki bo'lib qolishardi. Keyinchalik shunday do'stlarimni ba'zilari o'sha yerda dars berishni boshlashdi. Ular bilan gaplashsangiz missiyasini aniq bilib turadigan, jamiyatga qanday qiymat berayotganini va o'zi nima qiymat olayotganini aniq va tinniq ajratib turgan yoshlar edi. Everest korporativ kulturasini Xurshid aka zo'r qurgan, haqiqatdan unikal jamoa va qadriyatlar ustiga qurishganini atrofdan kuzataman. Aka bilan 3-4 marotaba deep suhbatda bo'lganman, har biri kamida 1,5-2 soatlik. Har safar akadan har xil fikrlar chiqar va ambitsiyalarini eshitib hayron qolaverardim. U suhbatlar o'quv markazlariga kitob sotish maqsadida bo'lgan albatta va biz buni uddalay olmaganmiz. Uddalay olmaganimizni sababi ham aynan shu qadriyatlar edi. Everestga kitob chiqarib beradigan "zemlyak"lari bo'lar edi, keyinchalik nega shuncha harakat qilib ham ularni mijoz qila olmaganimizni so'rasam, o'sha insonni ko'zlari qiymaganini aytganlar. Akani biznesmen sifatida qanday jamoa qurganiga qarab, o'quv markazlari orasida bunday unikal do'stona korporativ kulturaga ega bizneslarni qidirib topa olmadim. Xurshid aka juda ko'p o'quvchilarini yoddan taniydi va xotirasida saqlaydi, jamoa a'zolari haqida esa gapirmasa ham bo'ladi. O'qituvchi sifatida Toshkentdagi o'quv markazlarda ishlash uchun o'zini bitiruvchisi bo'lishingiz shart, qanchadir o'quvchingiz 7+ ball olsa, kattaroq kreslolik bo'lasiz, qanchadir o'quvchingiz yuqori ball olsa yoki o'zingiz yuqori ball olsangiz sayohatga ketasizmiye va hokazo. Bularni orqasidan sodiqlik a'lo darajada xullas. Bu yil aka ham katta o'zgarish qildilar, o'z shaxsiy Instagramlarini yurita boshladilar. Shaxsiy brend deb bo'lmaydi, sababi akani shaxsiy brendi instagramgacha ham katta edi jamiyat orasida. Xulosa o'rnida Xurshid aka Uroqovdek insonni energiyasiga havas qilishimiz kerak nazarimda. @otabek_komil

  • Ba'zi zamondoshlarimizning energiyasiga besh ketaman. Bugun Cambridge o'quv markazining reklamasiga qaysidir bloger istoriyasida ko'zim tushib qoldi. O'quv markaz profilini ichiga kirsam, ancha o'zgarishlarni qilib tashlashibti. Shu yozning o'zida 3ta yangi filial ochishyapti tushunishim bo'yicha. To'g'ri, filial soni bilan biznes muvaffaqiyati o'lchanmaydi, ammo men sizga boshqa fikrni yetkazmoqchiman. O'tgan yili Jahon Schoolni o'zbek tadbirkorlarini kattalaridan bo'lgan Ortiqxo'jayev bilan birga ochishgandi, do'stimni aytishicha ochilgan yilidayoq O'zbekistonda eng ko'p o'quvchi yig'gan maktab bo'lgan. Offerlari yaxshi tuzilgan, targ'iboti zo'r qilingan, yaxshi sotuv bo'limi va yaxshigina byudjet sarflanib yangi maktab to'ldirib tashlashgan. Ta'lim sifatidan xabarim yo'q rosti, lekin tadbirkorlik rakursidan 5 bahoga loyiq ko'radigan ish qilishdi tashqaridan. Albatta, agar biznes foydada bo'lsa shunday baho)) Bilishim bo'yicha bu yil maktab uchun yana bir filial ochish rejaligisi o'xshamadi shekilli, ammo tushunishimcha Jahongir Po'latov bu yozni ya'ni sezonni ham quruq qo'yib yubormay deb fokusni o'quv markazlariga qaratdi. Olgan lokatsiyalariga qaraganda networkinglari rostakasimiga kuchayganligini ko'rsatyapti menga. Shunday energiya, shijoat va gazini bosish osh bo'lsin! @otabek_komil

  • Hozir tushundim… Bir bo’lak buxanka nonning bunchalik shirin bo’lishiga sabab shakar emas ekan. U bolalikning ta’mi ekan. Buxanka non, ustiga sariyog’, uning ustidan esa saxiy qilib sepilgan shakar. O’sha paytda bundan ortiq shirinlik kerak emasdi. Oradan yillar o’tib bildim: biz ta’mni emas, uning ortida qolgan iliq xotiralarni sog’inar ekanmiz. O’sha yog’och qoshiqning piyolaga urilgan mayin “tiq… tiq…” ovozi, hech nimadan shoshmay ichilgan bir piyola choy… Bugun hammasini takrorlash mumkin. Buxanka ham bor, sariyog’ ham, shakar ham. Faqat bitta ingredient yetishmaydi. Bolalik. Manba @otabek_komil

  • без подписи

  • Keskin burilish Kecha Kapo Verdening 40 yoshlik darvozaboni Ispaniyaga qarshi fantastik o'yin ko'rsatib tashlagani haqida eshitgandirsiz yoki o'zingiz ham ko'rgandirsiz. Qisqa qilib aytganda Vozinyaning shu kungacha bo'lgan faoliyati umuman yorqin bo'lmagan, ammo Ispaniyaga qarshi kechagi 90 daqiqalik o'yini butun hayotini o'zgarish nuqtasiga aylangani aniq. Akani instagramida o'yingacha 50 ming obunachisi bor edi, hozir 7 milliondan oshdi mana, hali yana oshadi ko'p ehtimol. Transfer narxi-yu, topish tutishi ham o'zgarishi aniq endi akani aniq. Ikkinchi videoda esa Zizi kompaniyasining butun O'zbekistonga mashhur reklama roligini qo'yganim ham shu voqeaga bog'liq. Shu kompaniyaga aloqador real odamlardan eshitganimga ko'ra, Zizi asoschilarini hayoti shu reklamadan keyin keskin o'zgarib ketgan, akalar millionerga aylanishgan. Reklama g'oyasi hech qanday production studiyalari yoki falon millionlik ssenaristlar tomonidan ham yozilmagan, shunchaki o'zlari chaq-chaqlashib o'tirishganida biznesni muhokama qilib, shu g'oya Alloh tomonidan tillariga solingan va rolikni tayyorlab tashlashgan. Atigi 5 soniyalik reklama ortidan esa, asoschilarning hozirda qo'lida hech qanday kreditlarsiz bir nechta zavodlar, bir necha yuzlab xodimlar va muvaffaqiyatli biznes tarixi bor. Shu kabi inson hayoti yo'nalishini butunlay boshqa tomonga burib yuboradigan, uning ijtimoiy statusi, karyerasi va kelajagini tubdan o'zgartiradigan hodisa burilish nuqtasi hisoblanadi. Bunga Davron Ergashevning Mario qo'shig'i, Malika Ravshanovaning "Bu mening onam" qo'shiqlari kichkinaroq masshtabda bo'lsada misol bo'la olishi ham mumkin. Aslida, bitta kino va bitta qo'shiq o'sha ijrochini hayotini o'zgartirganini ko'p eshitgan va ko'rganmiz, sababi aynan artistlar media persona bo'lgani uchundir. Lekin bu faqat ularda emas, juda ko'p insonlarda bo'ladigan hodisa. Quantum leap, compound effect va shu kabi nazariyalar bekorga o'ylab topilmagan axir. Shu sababli, hozir siz qilayotgan qaysidir mehnatlaringiz uchmayotgan bo'lsa-da, kelajakdagi omadga umid qilib, o'zidan so'rab, gazini bosaverish kerak nazarimda. Albatta, Rim faylasufi Seneka aytganidek, omad — tayyorgarlik va imkoniyat uchrashgan joyda sodir bo'lishini ham unutmasligimiz kerak. @otabek_komil

  • LinkedIn'ni jiddiy yuritishni boshladim Aslida bir necha marta boshlab, yarim yo'lda tashlab ketganman. Sababi avvallari qandaydir motiv ko'rmaganman. Hozir esa u yerdagi potensialni ko'rib, B2B sotuvlarimizni oshirish, startup qurish jarayonidagi baland-pastliklarni tarixda muhirlash va o'zimni kichik shaxsiy brendchamni yaratish imkoniyatini ko'rdim. Bu safar farqi — mavzular aniq, strategiya bor. Oxirgi haftalarda chiqargan postlarim: — ASKO GO'ning 5 ta masteri — barchasi Rossiyada ishlab qaytgan. Nega va bu biznes uchun nima berdi? — Shina bozoridagi narx illyuziyasi — ASKO doim bir xil ishlaydi, bozor o'zgaradi. Lekin odamlar teskarisini o'ylaydi. — ASKO GO — mobil avtoservis bozori O'zbekistonda endi rivojlana boshlayapti. Nega aynan hozir? — ASKO GO loyihamizni o'ldirishi mumkin bo'lgan xatomiz. Agar shu mavzular qiziq bo'lsa, marhamat o'qib chiqing va like, comment deganlaridan qo'llab yuboringlar. Rus tilida yozyapman, chunki ayni paytda auditoriyamda ko'proq shu tilda o'qiydiganlar bor. O'zbek tiliga o'tadigan vaqtim ham keladi, nasib bo'lsa. @otabek_komil

  • 13 апр.10,1 тыс61

    Hamma AI ishlatishni o'z korxonasida majburiy qilayotgan bir paytda, men uni taqiqlamoqchiman! Har bir muammoni yechimini topish uchun internet yoki AI ishlatish shart emas, zararga ishlab qo'yishi ham mumkin. Internetsiz hal qilingan masalalar originalroq yechim topadi nazarimda. GPT kabilardan har bir masalaga doimiy yechim olib yurish, kreativlikni va izlanish skillarini insonda keskin pasaytirib yuborishiga guvoh bo'lyapman. GPT yo'q davrlarda o'sha masalaga qanday yechim topishimizni bir eslang. Google va Yandexdan kamida 5-6 ta maqola o'qib, keyin qandaydir shaxsiy xulosalar olar edik. Hozir esa xuddi shu ishni GPT qilib beryapti, farqi xulosa qilishni ham o'zi qilyapti va siz izlanish uchun vaqtdan yutyapsiz, ammo qo'shimcha qaysidir foydali ma'lumotlarni qoldirib ketyapsiz. Sababi siz prompt berganingizga qarab, javob beradi GPT. Siz esa promptda unutgan qo'shimcha detallarni, o'sha mavzu ustida o'zingiz ko'proq izlanganingizda duch kelishingiz ehtimoli yuqori. Kreativlik talab qilinadigan soha egalari ayniqsa, bu jarayonga doimiy o'rganib qolishlari mumkin emas. Kreativlikni keskin tushirib yuboradi. Kerak bo'lsa, "shu masalani umuman internet va AI bo'lmagan davr bo'lganda qanday hal qilardim?" degan savol bilan inson o'ziga ko'proq berish orqali kreativlikni oshirgani yaxshi. — SMMchilar kontent planni AI orqali qilishni bas qiling! — Kontent meykerlar ssenariyni AI orqali yozishni bas qiling! — Marketologlar marketing strategiyasini AI orqali tayyorlashni bas qiling! Chunki biz "oson yechimlar tuzog'i"ga tushib qolyapmiz. Qidiruv jarayonidagi mashaqqat — bu miya uchun mashg'ulot. 5 ta maqola o‘qib chiqarilgan 1 ta xulosa, GPT bergan 10 ta tayyor javobdan qadrliroq. Aynan o'sha izlanish davomida siz mavzuning ichiga kirasiz, kutilmagan g'oyalarga duch kelasiz va eng asosiysi — fikrlashni o'stirasiz. @otabek_komil

  • Chalg'ituvchi dunyo So'nggi 1 oy ichida ko'rgan podkastlarim orasida eng yoqqan top-4tasi: 1) Ustozation — https://youtu.be/TEHSVrDQiPU?si=FldYxoZGmDYNvNhM 2) Aziz Rahimov va Humoyun Sobirov — https://youtu.be/LrXVhV82-LY?si=mI2vNs1OdmNe0CFx 3) Zafar Hoshimov — https://youtu.be/ZoyToi2MqtY?si=TjbCripE0RItK0hQ 4) Osmondagi Bolalar: Shahboz Dolimov va Temurbek Adhamov — https://youtu.be/K84BGAZ4eBg?si=nGeN_ZToQpsPT_k0 Xo'sh bu barcha podkastlarni nima bog'lab turishini bilasizmi?! Hammasida hozir qanchalik chalg'ituvchi dunyoda yashayotganimiz haqida gap ketgan joylari bor. Va bunday dunyoda, konsentratsiya va fokusni bir joyga yig'ib olish qanchalik muhimligini ham tushunib yetadi odam. Deep focus qilish bu hozirgi hayotimiz uchun vitamin emas, balki dori hisoblanadi. U dorini ichmasak og'riqlarimiz o'tib ketmaydi va oxiri bizni jar yoqasigacha olib keladi. Oxirgi marta qachon 2 soat boshingizni ko'tarmay, hech narsaga chalg'imay biror masala ustida deep focus qildingiz? Agar eslasangiz, o'shanda qancha ko'p qiymat olganingizni ham bila olasiz. Yanada batafsil bu mavzuni Ustozation zo'r ochib beribti. Haqiqatda, aslida pulga olib ko'riladigan video qilibti Ustozation. @otabek_komil

  • без подписи

  • #Arxiv 2022-yil boshida olingan surat ekan. Iftixor Print deb nomlanuvchi birinchi biznesimizning pik davrlari. Sherigim Sardor bilan biznes uchun nima qilsak ham o’xshab ketaverardi. Juda barakali davrlar edi. Qo’l ostimizda ilk marotaba xodimlar ishlatib, qo’liga oylik berib, ularni xursandchiligini ko’rgan davrlarimiz. Hayot qanchalik murakkabligini hali tushunib yetishga ulgurmagan davrlarimiz bo’lgan. 18-20 yoshlik bolalar hammadan yoshimizni berikitib, katta muzokaralarni yutgan davrlarimiz. Kap-katta odamlar katta yolg’onlar gapira olishini ilk marotaba tushungan davrlarimiz. Sog’inar ekan odam… 🙃 @otabek_komil

  • Dunyo atigi 100 kishilik qishloq bo‘lganida... (2026-yil tahlili) Agar biz sayyoramizdagi 8,2 milliard aholini bitta kichik qishloqqa jamlasak va barcha nisbatlarni saqlab qolsak, manzara quyidagicha bo‘lar edi: Hududlar (demografiya): 60 kishi — osiyolik (Hindiston hozirda aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketgan). 18 kishi — afrikalik (eng yosh va tez o‘sayotgan qatlam). 9 kishi — yevropalik (eng keksayotgan qatlam). 8 kishi — Lotin Amerikasi va Karib havzasi. 5 kishi — Shimoliy amerikalik. Ta’lim: 87 kishi — o‘qish va yozishni biladi Faqat 10-12 kishi — oliy ma’lumotga ega (bu ko'rsatkich so'nggi yillarda sezilarli o'sdi). Texnologiya va aloqa: 72 kishi — internetga kirish imkoniga ega (lekin ularning yarmi faqat past tezlikdagi mobil internetdan foydalanadi). Faqat 28 kishi — shaxsiy kompyuter yoki sifatli noutbukka ega. Iqtisodiyot: 9 kishi — mutlaq qashshoqlikda (kuniga 2.15 dollardan kamroq mablag‘ga) yashaydi. 15 kishi — yuqori daromadli (yiliga 15,000$+ daromad) qatlam. Qolgan 76 kishi — o‘rta va past daromadli qatlam. Biz ko‘pincha yo‘q narsalarimizga fokus qaratamiz, lekin millionlab odamlar orzu qiladigan imkoniyatlar (internet, ta'lim, tinchlik) ichida yashayotganimizni statistik raqamlar eslatib turadi. Manba: UN Population Division & World Bank 2025-2026 database. Link @otabek_komil

  • Bu hayotda yutsa bo'ladimi? Har bir insonni peshonasiga yozilgan alohida taqdir bor. Kimdir boy oilada tug'ilsa, yana kimdir kambag'al oilada tug'iladi. Kimdir shifokorlar oilasida katta bo'lib shifokor bo'lsa, yana kimdir chorvachilar oilasida katta bo'lib shifokor bo'ladi. Kimnidir ota-onasi farzandiga investitsiya qilsa, yana kimnidir ota-onasi hech qanday maqsadlarsiz farzandini o'stirayotgan bo'ladi. Kimdir tayyor biznesga voris sifatida ega chiqsa, kimdir yillar davomida sog'lig'ini umrini sarflab o'sha biznesni quradi. Eng yaxshi va eng yomon keyslarni yashab o'tganlar orasida bu hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar yetarlicha. Ya'ni hech qaysi omil bizga halaqit qilmasligi kerak, shunchaki o'sha omillar qaysidir ishni ertaroq yoki kechroq bitishiga ta'sir o'tkazadi deb qarash kerak. "Biz bilan sodir bo‘ladigan voqealar emas, ularga bo‘lgan munosabatimiz hayotimizni belgilaydi" degan faylasuf Epiktet. Demak ko'proq mehnat qilib, oqilona qarorlar va sog'lom mindset bilan albatta bu hayotda yutsa bo'lishiga ishonishimiz kerak. @otabek_komil

  • Yildan yilga bir barakani boshqacha sezib kelaman. Ramazonning barakasini! Bu oy o'zimizni isloh qilib olishimiz uchun eng zo'r oydir. Tartibsiz hayotdan, rejimi bor tartibli hayotga o'tib olsangiz bo'ladi. Ovqatlanish vaqtlarimiz aniq bo'lgani uchun biologik ritm soddalashadi. Masalan, kun davomida ortiqcha snack yoki kofe iste'mol qilmasligimiz, tartibsiz energiya tebranishi bo'lmasligini kafolatlaydi. Bu esa miyyani barqaror ishlashiga va fokus oshishiga yordam beradi, odamni zeriktiradi. Demak tartib bizni fokus qilishimizga yordam beradi. Fokusimiz bor paytida kattaroq yuklamali ishlarni qilishimiz va yangi ilm olishimiz nisbatan osonroq kechadi. Yangi ilm olishni istagan o'zimga o'xshagan boshqaruvchilarga esa, mana bu darslarni tavsiya qilaman. O'zim xuddi shu darslarni offline holda tamomladim va darslar o'sha vaqtda yozib olingandi. Olgan yangi bilimlarimdan ulashaman deb hech vaqt ajrata olmayapman, sababi bor vaqtimni o'sha ilmlarni amalda tatbiq etishga sarflayapman. @otabek_komil

  • Odamlarning oshkora hayotini kartinasi, yashirin hayotini natijasi. Aziz aka Rahimov uchrashuvlarimizdan birida shu gapni aytdilar, buni oldin ham eshitgandim, ammo yaxshi anglamagan ekanman. Ya'ni biz hech kim ko'rmayotgan hayotda ya'ni kechalari uyda, umumiyda yolg'iz paytlarimiz nima qilsak, qaysi odatlarimizga sodiq tursak, qaysi o'ylarni o'ylasak bu bizni oshkora hayotimizda o'z aksini ko'rsatadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlarimizda, kiyinishimizda, gapirish uslubimizda, bo'sh qolganda ochadigan mavzularimizda, muvaffaqiyat va mag'lubiyatlarimizda yashirin hayotimiz faktori katta ro'l o'ynaydi. Maktab davrimizni bir eslaylik, sinfda (ya'ni oshkora hayotda) hamma bir xil ma'lumot va ilm oladi ustoz tomonidan, uyida (ya'ni yashirin hayotida) shu ilmlarni mustahkamlagan va uyga vazifalarni o'zi halol yo'l bilan to'g'ri bajarganlar keyingi darsda darhol yaxshi tomondan seziladi. Ishda ham hammasi xuddi shunday, ishxonadagi vaqtimiz bu xuddi sinfdagi vaqtimizdek gap. Ishda kim zo'rroq ishlaydi, albatta yashirin hayotida uyida ham bu uchun qo'shimcha tayyorgarlik ko'rganlar. Zo'rroq ishlash esa, tezroq o'sish degani. Shu sababli, o'zimizga o'zimiz uyga vazifalar o'ylab topaylik, yashirin hayotimizda ko'proq o'rganaylik va izlanaylik. @otabek_komil