tgindex
Abdulhamid | Blog

Abdulhamid | Blog

Статистика
@abdulhamidonblogузбекский

O'qib-o'rganayotganlarimdan uqqanlarim, ojizona fikrlar, qiziq deb topganlarimni ulashib boraman. Murojaat uchun: @abdulhamid_ontg

Последний пост
31 мар.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
118
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
392
24 постов
Вовлечённость
332,2%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Karis tilida bizdagiga o'xshash sizlab, sensirab gaplashish bor. Yaqin tanishlar, oila a'zolari (hatto farzand o'z ota-onasini) sensirab gaplashishlari mumkin. Begonalar, yoshi kattalar sizlanadi. Bu so'zlashuv ko'rinishi faqat sizlash, sensirash bilan emas, ba'zi so'zlardagi o'zgarish bilanam o'ziga xos. Masalan ism, yosh, uy kabi oddiy so’zlarda sizlash va sensirash ma'nosida alohida-alohida so’zlar ishlatiladi. Ikki begona ko'rishganida sensirash huquqi kimdaligini aniqlash uchun bir-biridan yoshlarini so'rashadi. Bir yoshi 50 dan oshgan tanishim chet ellikka uylanmoqchiligini aytganidi. "Nega karisgamas?" deb so'raganimda, u holatda potensial qaynota-qaynonalari kamida o'zi tengi bo'lishi, bu esa so'zlashuvda ikki tomongayam noqulaylik tug'dirishini aytganidi. Jiddiy oxangda. Bizdaku, tilimizda o’xshashlik bor. Bu so’zlashuv usuliga bizdan ko’ra g’arbliklar ko’proq hayron. #ozimizni_karislar @abdulhamidonblog

  • Karislar o'ta materialist xalq 1. Tashqi ko'rinish. Bugun ko'rishib turgan odamiga "Chiroyli qiz yoki yigitakansan" deya olishadi. Yoshiga nisbatan qanaqa ko'rinishini aytishadi yoki aksincha, sizdan shuni kutishadi. "Ochilib ketish" uchun soqolni qirib ovolish, qosh terish haqidagi maslahatlarniyam eshitasan bulardan. Qizig'i, buning hammasini hech qanday jiddiy sababsiz qilishadi. 2. Boylik. Qaysi sohada pul ko'pligi, kim qancha topayotganini boshqalar kabi bularam muhokama qilishni sevishadi. Muhimrog'i esa karislar butun hayotini topayotgan puliga qarab reja qiladi. Oila qurish, farzand tarbiyasi, marosim-u yubileylar uchun yozilmagan standardlari bor. Puli yetmayaptimi, rejasiniyam qilolmaydi. 3. 2024-yil kichikroq guruhda o'tkazilgan so'rovga ko'ra, qatnashuvchilar 50+ foizi dinsizligini aytgan. Umuman bu yerda dindor sanalish uchun haftada bir cherkovga borib turish yetarli. Ko'chadagi diniga targ'ib qiladigan missionerlar esa albatta buni moddiy manfaat uchun qilishadi. Eng yomoni bu muammolar bir shaklda biznikiyam #random_thoughts #ozimizni_karislar @abdulhamidonblog

  • Ishtaha va ochlik farqi haqida shu videoni ko'rdim. Sodda tushuntirilgan. Istalgan yegulikni yeyishga tayyor bo'lsangiz ochlik, maxsus bir nima talab qilinayotgan bo'lsa ishtaha bo'larkan. Huddi shuni sal moslashtirib, ehtiyoj va orzu-havasga nisbatan ishlatsa bo'larkan. Zaryadi uzoqroqqa yetadigan istalgan telefon bilan ish bitsa bu ehtiyoj. Aynan iPhone 15 Pro Max qidirayotgan bo'lsangiz, bunisi ehtiyojdan teparoq narsa, ishtaha. Xohishlarni tushunish, ortiqchalarini boshqarish uchun foydali tushunchadek tuyuldi @abdulhamidonblog

  • 8 февр.3179из Iysoxon

    Nima haqida maqtanib gapirilsa, shundan sinov kelishini ko’rdim. «O’zi men ancha sabrli insonman» — sabringiz sinalishiga tayyor turing. «Hammaning xarakterini qabul qila olaman» — tabiati eng og’ir insonlarni kutavering. «Kompaniyam kuchli tizimda ishlaydi, zo’r tizim qura olaman» — tez orada tizimingiz ishdan chiqqanini ko’rib, hammasi aslida sizga bog’liq bo’lmaganini ich-ichingizdan his qilasiz. Bunga o’xshagan holatlarni qayta-qayta ko’rganim uchun o’zimga eslatma bo’lsin dedim: Maqtanma, tilingga ehtiyot bo’l. Natijalarni o’zinga ko’p bog’lab yuborma va aslida hammasi sendan emasligini his qil. Bo’lmasa, O’zi anglatib qo’yadi. 📌 @Iysoxon

  • Kimdir ovqatlangan yoki yo'qliging bilan qiziqsa, eng kamida birga ovqatlanish taklifini kutasan. Lekin, bir karis "Ovqatlandingmi?" deb so'rab qolsa, javobingni qizig'i yo'q. Bu shunchaki hol-ahvol so'rashdek gap. "Yo'q" javobidan keyin "Tezroq kirib ovqatlan unda" deb qolsa hayron bo'lish yo'q) Guruchga nima qo'shib yesa shirinligiyu, qaysi burchakda qanaqa oshxona borligi, falon joyda falon taomni mazali tayyorlashlari haqidagi gaplarni aytmasayam bo'ladi. Ovqat masalasida haddan ziyod ko'p gaplashishadi. Oshirvoryapman-ku, ba'zida ota-bobolari kabi yashab qolish uchun yeb emas, yeyish uchun yashaydigandek tuyuladi. Xullas, karislar urush yillarida oziq-ovqatga qattiq qiynalgani, haligi seriallardagi bir burda guruchga zorlik bor gap. #random_thoughts #ozimizni_karislar @abdulhamidonblog

  • Islah aklı başında olanlar için geçerlidir. Bunların aklı başında değilki. ———————————————— Isloh aqli boshidagilar uchun ishlaydi. Bularning aqli boshida emasku. (c) Fehim posho. Poytaxt Abdulhamid seriali. #iqtibos @abdulhamidonblog

  • 25 мая 2025 г.675152из abdulhamidmirzoblog

    Jigarim! Biz har doim insonlarni vaziyatini toʻgʻri tushunib mehribonlik qilsak, bizni zaif deb hisoblaydiganlar, murosa yoʻlini tanlasak, bizdan foydalanishga harakat qiladiganlar doim topiladi “Ular ham meni sodda deb o‘ylashsa kerak”, deb o‘zinga oʻzing alamli savol berasanmi? Yoʻq! Sen sodda emassan, va shu yoʻlni tutayotgan hech qaysi inson aslida sodda emas. Chunki soddalik hamma narsaga ishonish bo'lsa, mehribonlik, andisha hamma narsani bilish va baribir zarar bermaslikni tanlashdir. Ular bir narsani unutishadi: mehribonlik ojizlik emas, balki tanlovdir. Mehribon bo'lish hech qachon hamma narsani qabul qilishni anglatmaydi. Ba'zida yoqmasa ham kuchli "yo'q" eng yaxshi yoʻl orqali mayin tushuntiriladi, aytiladi. Shunday ekan, anglab ol. Kim nima desa desin-u sening yaxshi niyatli pozitsiyang, andishang va mehribonchiliging bu dunyodagi eng katta insoniy fazilat ekanini unutma @abdulhamidmirzoblog

  • Kris Uilliamson bir suhbatida erkak kishi so’z haqqiga erishishi kerakligi haqida gapiradi. So’z haqqi deganda og’riqlari, qiyinchiliklari haqida gapirishni nazarda tutadi. Misol sifatida bodibilding bo’yicha 7 karra jahon chempioni Kris Bumstedni keltiradi. Bumsted bir necha chempionlikdan keyingina muammo, qiyinchiliklarini tajriba sifatida gapirib boshlaganini e’tirof etadi. Xo’sh, shu fikr bilan yurish bir narsalarga erishvorishga undaydimi? Bilmadim. Lekin kamroq nolib, duch kelganga muammolaringni ochavermaslikka o’rgatishi mumkin @abdulhamidonblog

  • без подписи

  • 2. Tanganing faqat bir tomonini gapirmay: - Ba'zi mashqlarda hali ham to'g'ri formani topdimmi bilmayman. - Muskullar ko'rinib boshlagan bo'lsada, massamda o’sish yo'q. Asosiysi shug’ullanish odati natija uchun sabrli bo’lishni, jarayondan zavq olishni o’rgatyapti. Hozircha shular P.s: "Ichib-chekmasang nimadan zavq olib yashaysan?"(무슨 재미로 살아?) deydigan karis amakilar shunaqa zallarga chiqib ko'rishmagan bo'lsa kerak:) P.s.2.0: Bunisi 11-aprel, bugungi rasm #gymrat #health #monster @abdulhamidonblog

  • 1. Do'stlarim zal hayoti qimmatligini aytishardi. Zalga to'lov, qo'shimcha ozuqalar kabi faqat moddiy emas, vaqt masalasida ham shunday. Shundog'am bekor o'tib ketadigan vaqtni sog'ligim uchun sarflayotganimni hisobga olsam, menga ma'qul kelyapti. Uy sharoitida tartibsiz shug'ullanib yurib nihoyat 2 oy oldin do'stim Shohruz maslahatlari bilan zalga chiqa boshladim. - Uyquda uncha o'zgarish sezilmayapti. Lekin kun davomida bo'ladigan charchoq, toliqishlar yo'qoldi. - Immunitetim yaxshilanganga o'xshaydi. Allergiyam bezovta qilmayapti. - Zal sabab sog'lom, tartibli ovqatlanishga o'tdim. Shakardan deyarli to'liq tiyilyapman, alohida "cheat day" ham yo'q. Rasm 13-fevralda olingan

  • Jeyms Klir odat shakllantirishda xohish, motivatsiyadan ko’ra muhitni muhimroq sanaydi. Odatlanmoqchi bo’lgan amalingni osonlashtiruvchi, eslatuvchi muhit qurishni tavsiya qiladi u. Mos odamlar davrasiga qo'shilish esa sog'lom ijtimoiy muhitni beradi. AyTini mustaqil o'rganishga qiynalayotganlarga sheriklar bilan birga o'rganish yordam berishi mumkin. Codialda grant o'tkazishyaptiykan. Imtihondan yuqori ball olgan 20 ta o'quvchi uchun bepul ta'lim imkoniyati beriladi. Oldingi grantlarda juda yaxshi yigit-qizlar kashf qilingan. Orasida grant sabab sohaga jiddiyroq kirishib ketganini aytganlar bor. Hozir yaxshi loyihalarda ishlayotganlari, ta'lim berishni boshlaganlari bor. Dasturlashga qiziqadigan tanishlarga ulashib qo'ying, birgalikda sababchi bo'lib qolarmiz. @abdulhamidonblog

  • Guruhdoshi yo’q talabalar Kredit tizimiga asoslangan(credit-based system) universitetlarni bitirish uchun belgilangan miqdordagi kreditni to’plash kerak. 1 kredit haftadagi 1 dars soatini bildiradi. Masalan haftada 3 soat o’tiladigan fan 3 kredit bo’ladi…

  • Odamzot o'zini qiynab yurgan o'y-fikrlardan qutulishni xohlaydi. Bu yo'lda ayniqsa boshqalarni ayblash zo'r yordam beradi. Qanaqa vaziyatga tushib qolma, aqling ustalik bilan tashqaridan aybdor topib beroladi. Aleks Hormozi bir suhbatida shu haqida: O'zingni yaxshi his qilishni xohlasang, boshqalarni aybla. O'zingni yaxshilashni xohlasang, o'zingni aybla - Tushib qoldingmi? Aybni o'zingdan qidir, ular firibgar bo'lsa, sen xushyorlik qilmagansan. - Yiqildingmi? Imtihonni qiyin qilishmagan, o'zing yaxshi tayyorlanmagansan. Va hokazo. Ishonaver, aybni o'zingdan qidirishni boshlagandan so'ng o'zingni yaxshi his qilishni ham boshlaysan. @abdulhamidonblog

  • Guruhdoshi yo’q talabalar Kredit tizimiga asoslangan(credit-based system) universitetlarni bitirish uchun belgilangan miqdordagi kreditni to’plash kerak. 1 kredit haftadagi 1 dars soatini bildiradi. Masalan haftada 3 soat o’tiladigan fan 3 kredit bo’ladi, shu fanni 1 semestr o'qisangiz 3 kredit yopgan bo'lasiz. O'qishimizda biz kirgan yildagilar bitirish uchun 130 kredit to'plashi kerak. Tahminan 44 ta fan. Faloncha yil o'qish emas, falonta fanni o'qib chiqish kerak. Talaba fanlarga o'zi ro'yhatdan o'tadi. Belgilangan kredit miqdorigacha fanlar tanlanishi mumkin. Baholarga qarab keyingi semestrda qo'shimcha kreditlar ham beriladi. Bu o'z o'rnida universitet yillaringizni ko'paytirishi, kamaytirishi mumkin. Har semestr belgilangan miqdorgacha fanlar olib o'qisangiz vaqtida, kamroq tanlasangiz kechroq bitirasiz. Hech kim "Nega 5-yilga o'tib ham o'qishga qatnayapsan??" demaydi. Hamma kredit yopilmaguncha bitirolmaysiz. Bir vaqt o'zida guruh tushunchasi ham yo'qqa chiqadi. Shu semestr uchun 6 ta fanga ro'yhatdan o'tdingiz deylik, tabriklayman, bu yaqin 15 hafta vaqtni 6 ta guruh bilan o'tkazasiz degani. Tizim o'zingiz uchun kurashishga majburlaydi. O'qimoqchimisiz, mas'uliyat bilan fanlarni olib, o'qib chiqing. O'qilmagan fanlarni yopish uchun birga yugurib beradigan kurator, guruh sardori yo'q. Abituriyentlarga, ayniqsa chetda o'qishni reja qilganlarga qiziq deb o'ylab ulashgim keldi. @abdulhamidonblog

  • ChatGPT endi manbalar ro'yhatini ko'rsatib ketyapti. Albatta har qanday so'rov uchun emas. Faktlar haqida gap ketganda javob so'ngida manbalarga havola qoldiryapti. Yig'ib kelingan xulosanigina o'qimasdan, mavzuga oid chuqurroq izlanish qilib turadiganlar uchun foydali qo'shimcha bo'libdi. P.s: Rasmdagi so’rovni shunchaki tekshirib ko’ray deb yozib ko’rdim) @abdulhamidonblog

  • 5 мар. 2025 г.341125из birfoizbilim

    Инстаграм зарбани қизларга беряпти.  Инстаграм шунчаки расм қўйиш жойи эмас. Бу руҳиятни бузувчи куч. Ва айнан қизларга энг катта зарбани бераяпти. Жонатан Ҳаидтнинг The Anxious Generation китобида ёзилишича, 2010-2015 йиллардаги “катта ўзгариш” – яъни телефон ва ижтимоий тармоқларнинг болаликни эгаллаши – қизларни мукаммаллик ортидан қувишга, ўзини бошқалар билан солиштиришга ва ўзига зарар етказишга мажбур қилди. Ўзига зарар етказиш 62%га ошган.  2016 йилга келиб, АҚШдаги ўсмир қизлар орасида ўзига зарар етказиш ҳолатлари 2010 йилга нисбатан 62%га ошган. Бу шунчаки тасодиф эмас. Ҳаидт буни Инстаграмнинг оммалашиши билан боғлайди. Айниқса, Facebook уни сотиб олгач, илова янада кенг тарқалди. Инстаграмда фақат чиройли юзлар ва мукаммал ҳаётлар кўрсатилади. Қизлар эса бундай кўрина олмагани учун ўзини «жазолай бошлайди» – оч қолади, қаеринидир кестиради, нимадир улайди, қисқаси ўзидан қониқмайди.  Болалар ҳам бундан мустасно эмас, лекин бу ҳақида батафсил кўпроқ ёзаман. Шунчаки китобда қизлар ҳақида алоҳида боб очилгани учун шу ерга қоралаб кетишни мақул деб топдим.  Инстаграмда вақтини кўп сарфлаётган дўстингиз бор. Сиз бундан ҳавотирдасиз ва у инсон учун қайғурасиз. Мақолани ўша инсонга юбориб қўйинг. Зарар қилмайди. Хуршид Марозиқов @birfoizbilim

  • Yozuvchi va tadbirkor Bet-Deyvid odamni oldinga undovchi quyidagi 4 ta sababni aytadi: 1. O'sish. Ish joyida ko'tarilish, vazifani vaqtida bajarish, jamoa bo'lib bir natijaga erishish. 2. Shaxsiy moddiy qiziqish. Qimmat hayot tarzi, moddiy erkinlik, boylik. 3. Qat'iyat. Kimgadir bir narsani isbotlash uchun qattiq kirishish, musobaqa, kuchga erishish, rekordlarni yangilash kabilar. 4. Maqsad. Boshqalarga yordam berish, o'zgarish, o'zgartirish. Birinchi va uchinchisida har bir ko'tarilish, cho'qqidan keyin o'zing uchun keyingisini topib bermasang, zerikib qolasan. Ikkinchisi o'rganish, o'sish uchun foydali, lekin umumiy fonda zararinga ishlab qo'yishi mumkin. Oxirgisini esa butun umrlik qilib belgilab olsa bo'ladi. Maqsad juda unaqa katta, dunyoni o'zgartirvoradigan bo'lishi ham shartmas deb o'ylayman. Muhimi xolis bo'lsin, har kuni unga yanada yaqinlashish imkoni bo'lsin. @abdulhamidonblog

  • Raqamlar gapiradi Reja tuzish bo'yicha SMART usulida qo'yiladigan reja "Measurable", ya'ni o'lchasa bo'ladigan bo'lsin deyishadi. Rezyume yozishda XYZdagi Y orqali esa qilingan ishlar hajmini sonlar bilan ko'rsatib berish nazarda tutiladi. Qisqaroq qilsak, reja tuzayotganda son ishlatginki, kun yakunida "ha, falon ishni qildimku, shu bajarildi hisobiga o'tadi" deb o'zingni alday olmagin. Ishlaringni boshqalarga ko'rsatishda son bo'lsinki, aslida arzimagan ishlarni ham sifatlar bilan bo'rttirib aravani quruq olib qocholmagin. Vijdoning qiynalsin) @abdulhamidonblog

  • 1 янв. 2025 г.43611из yunus_blog

    https://www.azon.uz/content/views/yangi-yil-ogohlantiruvchidir